|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.04.2000
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOShKENTUYJOYINVESTQURILISh” TOShKENT MOLIYA-QURILISh KORPORATSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA”
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-apreldagi 145-sonli “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1.“Farois” firmasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga ixtiyoriy ravishda kirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-sentabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
2. Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga raisining to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya qilinsin.
Korporatsiya raisi va uning o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning o‘rinbosarlari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi 181-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda uy-joy obligatsiyasi va uy-joy obligatsiyalariga egalik qilish to‘g‘risidagi guvohnoma namunalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
bir oy muddatda uy-joy obligatsiyasi zayomi emissiya prospektini ishlab chiqsinlar va uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar. Zayom emissiyasi prospekti ro‘yxatga olingandan keyin uy-joy obligatsiyalari va uy-joy obligatsiyalariga egalik qilish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari “Goznak” fabrikasida tayyorlanishiga buyurtma bersinlar va uning haqini to‘lasinlar.
7. Toshkent shahar hokimligiga “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining uy-joy obligatsiyasi egasiga Toshkent shahri hududida kvartira berish bo‘yicha majburiyatlari yuzasidan kafil bo‘lishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi esa ularning sug‘urta qilinishini ta’minlashda ko‘maklashsinlar.
9. Xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash uchun garov sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahar hokimligi ko‘rsatib o‘tilgan asosiy fondlari tasarruf etish huquqini “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga bersin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi garov shartnomasi tuzilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha tashkiliy-huquqiy masalalarni belgilangan tartibda hal etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
11. Pul-kredit siyosati bo‘yicha komissiya “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga o‘zini tiklab olish davrida ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsin.
12. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 16-uyga joylashishi belgilab qo‘yilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-dekabr,
622-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Garov sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan obyektlar
ro‘yxati
1. Sirg‘ali-8 mikrorayonidagi 16 qavatli 124 kvartirali uy
2. Chorbog‘dagi uchta mehmonxona
3. Xo‘jayev ko‘chasidagi rigelsiz sinchli 16 qavatli uy
4. “Boshliq” mikrorayonidagi Jamoatchilik markazi
5. Algoritm-2 mikrorayoni (II-navbati) 16-18 ming kishiga xizmat ko‘rsatadigan savdo markazi
6. Markaz-15 mikrorayonidagi 16 qavatli 124 kvartirali 1-uy
7. Chimyonsoydagi 52-oromgoh
8. Chimyonsoydagi 4-oromgoh
9. Chotqoldagi sog‘lomlashtirish kompleksi
10. Baqacho‘ldagi jamoatchilik markazi
11. “Rossiya” mehmonxonasi
12. “Zarafshon” mehmonxonasi
13. Yangi-O‘zbekiston ko‘chasidagi 14 qavatli bino
14. “Turon” mehmonxonasi
15. Shahar arxitektura bosh boshqarmasining Navoiy ko‘chasi, 2-uydagi ma’muriy binosi
16. H.Olimjon maydonidagi kompleks
17. “Shodlik” kafesi
18. Furqat ko‘chasi, 1-uydagi ma’muriy bino
19. “Olmazor” restorani
20. “Bahor” restorani
21. Xalqlar do‘stligi ko‘chasidagi 12 qavatli 55 kvartirali 1-uy
22. Xalqlar do‘stligi ko‘chasidagi 12 qavatli 55 kvartirali 2-uy