O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada kulay sharoitlar yaratish, sohaga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, modulli mehmonxonalarni tashkil qilishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tog‘li va chekka hududlarda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bir martalik subsidiya ajratiladi;
b) subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiyalar belgilanadi:
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million so‘m;
“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million so‘m;
“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million so‘m.
Bunda subsidiya miqdoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik kiritiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
subsidiya beriladigan tadbirkorlik subyektlariga qo‘yiladigan talablar;
subsidiya olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi;
subsidiya ajratishni rad etish asoslari;
subsidiya sifatida ajratilgan mablag‘larni tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish tartibi.
3. Belgilansinki:
modulli mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya modulli mehmonxona faoliyat yuritgan davrga mutanosib ravishda chegirilgan holda, qolgan mablag‘lar tadbirkor tomonidan Jamg‘armaga qaytarilishi shart. Bunda Jamg‘armaga qaytariladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘n ish kunida Jamg‘armaning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
mablag‘lar Jamg‘armaga belgilangan muddatda yoki to‘liq qaytarilmagan taqdirda, Turizm qo‘mitasi belgilangan tartibda ularni undirish choralarini ko‘radi.
4. Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatini ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Turizm qo‘mitasi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha uning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
572-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 572-son qaroriga

ILOVA

Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari (keyingi o‘rinlarda — tadbirkor) tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nizom 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
modulli mehmonxona — montaj va demontaj qilish imkoniyatiga ega konstruksiyalar hamda mustahkam metall karkasdan (ramkadan) tayyorlangan, kamida bir yoki undan ortiq modullardan iborat bo‘lgan, har bir xonasi belgilangan standartga muvofiq jihozlangan to‘laqonli mehmonxona;
subsidiya — tadbirkorga modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Jamg‘armadan bir marta ajratiladigan mablag‘lar.
3. Modulli mehmonxonani sertifikatlashtirish va unga yulduz toifasi (kategoriya) berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan “I”,”II” va “III” toifadagi modulli mehmonxona uchun ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya belgilanadi:
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million so‘m;
“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million so‘m;
“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million so‘m.
Bunda:
subsidiya miqdoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik;
mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
6. Tadbirkor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar hamda turistik (mehmonxona) yig‘im bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lmasligi;
modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yerni ijaraga olish hujjatlari onlayn-auksion savdolari orqali taqdim qilingan bo‘lsa) mavjudligi.
7. Subsidiya Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish, uni ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi) subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) Turizm qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
9. Ariza ariza beruvchi tomonidan identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi.
Ariza YIDXP orqali to‘ldirilganda, ariza beruvchining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qo‘mita ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, hududiy bo‘linmalari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
11. Qo‘mita ariza beruvchining arizasini o‘rganish davrida quyidagi hujjatlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali real vaqt rejimida oladi:
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari;
modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yerni ijaraga olish hujjatlari onlayn-auksion savdolari orqali taqdim qilingan bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
toifasi to‘g‘risida muvofiqlik sertifikati.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
12. Qo‘mita arizani o‘rganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida (rad etish asoslari aniq ko‘rsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunida davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.
13. Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorda subsidiya miqdori, modulli mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud bo‘lsa), xonalar fondi, o‘rinlar soni, joylashgan joyi va kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor (yuridik shaxs) nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvarag‘i ko‘rsatiladi.
14. Subsidiya berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etiladi:
arizada Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
ariza beruvchi va mehmonxona Nizomning 4 — 6-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasligi.
Subsidiya berishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab ko‘pi bilan o‘ttiz ish kuni ichida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Qo‘mitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
16. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kunida qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
18. Subsidiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida Qo‘mita tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib beradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Subsidiya berish uchun Jamg‘arma hisobidan mablag‘ ajratilgan tadbirkorlar reyestri Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
20. Tadbirkor subsidiya olish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi.
21. Qo‘mita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorga yetkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
22. Modulli mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya modulli mehmonxona faoliyat yuritgan davrga mutanosib ravishda chegirilgan holda, qolgan mablag‘lar tadbirkor tomonidan Jamg‘armaga qaytarilishi shart. Bunda Jamg‘armaga qaytariladigan mablag‘lar Qo‘mitaning qaroriga muvofiq tadbirkor tomonidan o‘n ish kunida Jamg‘armaning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim.
Mablag‘lar Jamg‘armaga belgilangan muddatda yoki to‘liq qaytarilmagan taqdirda, Qo‘mita belgilangan tartibda ularni undirish choralarini ko‘radi.
23. Tadbirkor Qo‘mitaning qarori yoki uning xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlari.
24. Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi)

Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash maqsadida subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Turizm qo‘mitasiga ariza taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Turizm qo‘mitasi

1. Arizani joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi, natijasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiradi, zarur ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tegishli davlat organlari va tashkilotlardan so‘rab oladi.

15 ish kunida

2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda davlat xizmatlari markazi yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi)

1. Subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olganda, qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.

2. Tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni (ma’lumotlarni) ilova qilgan holda, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali Turizm qo‘mitasiga takroran murojaat qiladi.

30 ish kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda

4-bosqich

Turizm qo‘mitasi

Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta ko‘rib chiqadi.

7 ish kunida

5-bosqich

Turizm qo‘mitasi

Subsidiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib beradi.

10 ish kunida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi

Turizm qo‘mitasiga

Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya olish to‘g‘risida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(pochta manzili)

_____________________________________________________________ manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan,

Direktori

(ishonchli vakil): _____________________________________________________________ shaxs nomidan

(ariza beruvchi rahbari / ishonchli vakil F.I.O.)

_______________________________________________________________________ manzilda joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami)

modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratishingizni so‘rayman.

Modulli mehmonxonadagi o‘rinlar soni:

____________________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami:

____________________________________________

Yerdan vaqtinchalik foydalanish (ijara) huquqini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari: sanasi, raqami (agar huquq onlayn-auksion savdolari orqali olinmagan bo‘lsa)

____________________________________________

Bank rekvizitlari

va hisobvarag‘i:

______________________________________

______________________________________

______________________________________

Aloqa ma’lumotlari

(tel/faks raqami,

elektron pochta manzili:

______________________________________

_________________________________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

20 ____ yil _____________

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/572/0716-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)