1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3543]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
1. Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-iyun,
144-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 144-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarishning buxgalteriya hisobi tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
1. Mazkur Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi (bundan budjet, banklar va nobank kredit tashkilotlari mustasno).
2. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan chiqariladi:
e) yuridik shaxs taʼsischilari tarkibidan taʼsischining chiqishida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilinishi;
j) kamomad yoki yoʻqotishlar aniqlanishi.
3. Nomoddiy aktivlar balansdan chiqarilganda moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil boʻlgan nomoddiy aktivlarni bahosi oʻsish summasining qoldigʻi 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi hamda 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi boʻyicha rezerv kapital kamaytiriladi.
2-bob. Nomoddiy aktivlarni tugatilishi munosabati bilan ularni balansdan chiqarilishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
4. Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin:
a) belgilangan foydali xizmat muddati tugaganidan (amortizatsiya ajratmalari toʻliq hisoblanganidan) keyin;
b) tegishli vakolatli davlat organlarining qarorlariga muvofiq;
v) maʼnaviy eskirgan nomoddiy aktivlar (maʼnaviy eskirgan nomoddiy aktivlar — xuddi shunday maqsaddagi nomoddiy aktivlarning yanada unumdor va tejamkor turlarini ishlab chiqish (yaratish) natijasida qadrsizlanadigan nomoddiy aktivlar);
g) bundan keyin foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan nomoddiy aktivlar.
5. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun rahbar tomonidan tayinlanadigan shaxs raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va tashkilotning moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tuziladi.
6. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga ega boʻladi:
a) hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlarning holatini oʻrganish. Bunda mutlaq huquqlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar (patent, pasport va boshqa hujjatlar), shuningdek buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan foydalanish;
b) ularni qayta tiklashning mumkin emasligi yoki iqtisodiy maqsadga nomuvofiqligini belgilash;
v) nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish sabablarini belgilash (amortizatsiya ajratmalarini toʻliq hisoblash, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar va boshqa holatlar);
g) nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatidan avval chiqib ketishiga aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash.
7. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida komissiya qabul qilgan qarorning natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq nomoddiy aktivlarni tutatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Mazkur nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va tashkilot rahbari tayinlangan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bunda, nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasining birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi nomoddiy aktivlar obyektlarining saqlanishi uchun masʼul shaxsda qoladi.
8. Favqulodda hodisalar yoki normal foydalanish sharoitlarini buzilishi oqibatida chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga favqulodda hodisalar yoki normal foydalanish sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar izohlanadi.
Favqulodda hodisalar oqibatida chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinishi mumkin.
9. Tugatish dalolatnomalarini tasdiqlangunga qadar nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tugatish jarayoni yakunlangach tashkilot buxgalteriyasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga binoan nomoddiy aktivlarni tugatish natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuziladi.
10. Nomoddiy aktivlarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati va ularni tugatish bilan bogʻliq xarajatlar summasini nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan oʻsishlar summasiga tuzatishlar kiritish orqali aniqlanadi.
11. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
b) nomoddiy aktivlarning jamgʻarilgan amortizatsiyasini hisobdan chiqarayotganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
v) tugatish xarajatlari summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlarni (6500) hisobga oluvchi hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlar;
g) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
d) nomoddiy aktivlarni tugatishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi debeti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
e) nomoddiy aktivlarni tugatishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
3-bob. Nomoddiy aktivlarni sotilishi munosabati bilan ularni balansdan chiqarilishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
12. Nomoddiy aktivlarni sotish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
Bunda tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nomoddiy aktivlarni sotishning boshqacha qiymatini belgilash huquqiga egadir, bu qiymat balans qiymatidan farq qiladi.
13. Nomoddiy aktivlarni sotishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) qoʻshilgan qiymat soligʻi, sotish xarajatlari, nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan oʻsishlar summalarini hisobga olgan holda sotiladigan nomoddiy aktivlarni sotishdan tushum va qoldiq (balans) qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
14. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni sotish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning sotish (realizatsiya) qiymati summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
b) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblangan taqdirda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
v) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
d) sotish xarajatlari summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlarni (6500) hisobga oluvchi hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlar;
e) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
j) nomoddiy aktivlarni sotishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
z) nomoddiy aktivlarni sotishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
4-bob. Nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan ularni balansdan chiqarilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
15. Nomoddiy aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular mazkur aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlashga berayotgan tashkilotning balansidan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
16. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga (qoʻshimcha toʻlovsiz) ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga tengdir.
Nomoddiy aktivlar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan taqdirda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablagʻlari summasini berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga qoʻshish (kamaytirish) orqali aniqlanadi.
17. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻxshash boʻlmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga tengdir.
Nomoddiy aktivlar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan taqdirda oʻxshash boʻlmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablagʻlari summasini berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga qoʻshish (kamaytirish) orqali aniqlanadi.
18. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan ularni balansdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
b) nomoddiy aktivlarning jamgʻarilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
v) berilayotgan xuddi shunday nomoddiy aktivning qoldiq qiymati boʻyicha yoki oʻxshash boʻlmagan nomoddiy aktivga joriy qiymat boʻyicha qoʻshimcha toʻlovsiz ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
g) pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlari qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400) — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati summasiga va pul mablagʻlari yoki ular ekvivalentlarining toʻlanadigan summasiga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati boʻyicha;
kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaragʻi — ayirboshlashda toʻlanadigan pul mablagʻlari yoki ular ekvivalentlari summasiga;
d) pul mablagʻlari yoki ular ekvivalentlari olinishi bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400) — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bilan ayirboshlashda olinadigan pul mablagʻlari yoki ular ekvivalentlari summasi oʻrtasidagi farq summasiga;
debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi — ayirboshlashda olinadigan pul mablagʻlari yoki ular ekvivalentlari summalariga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymatiga;
e) moddiy aktivlar ayirbosh qilinganda xarajatlar summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500)ni hisobga oluvchi hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlar;
j) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
z) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblab yozilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
i) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
k) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi debeti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
5-bob. Nomoddiy aktivlarni tekinga berilishi munosabati bilan ularni balansdan chiqarilishi
19. Nomoddiy aktivlarni tekinga berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular tekinga beradigan tashkilot balansidan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
20. Nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) beriladigan nomoddiy aktivlar qoldiq (balans) qiymati va ular boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining, hamda nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan oʻsishlar summalarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
21. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tekinga berish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
b) nomodiy aktivlarning jamgʻarilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
v) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblab yozilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
g) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
d) nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
e) nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
6-bob. Nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga taʼsischining ulushi koʻrinishida berilishi munosabati bilan balansdan chiqarilishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
22. Nomoddiy aktivlar boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga taʼsis hujjatlariga asosan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ulush sifatida beriladi.
23. Nomoddiy aktivlar ularni ustav kapitaliga ulush sifatida berayotgan tashkilot balansidan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
Bunda, tashkilotlar nomoddiy aktivlarni boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda balans qiymatidan farqlanadigan qiymat boʻyicha ulush sifatida kiritishlari mumkin.
24. Nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan oʻsishlar hamda ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlar summalarini hisobga olgan holda, ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibga balans qiymatidan farqlanadigan qiymat boʻyicha ulush sifatida kiritilgan qiymati va berilayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
25. Tashkilotlarda ulush sifatida ustav kapitaliga berish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga taʼsis shartnomasiga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga belgilangan tartibda balans qiymatidan farqlanadigan qiymat boʻyicha ulush sifatida kiritish:
debet uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0600);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
b) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
g) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlari:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500)ni hisobga oluvchi hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlar;
d) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
e) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
j) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
7-bob. Yuridik shaxs taʼsischilari tarkibidan taʼsischining chiqishida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilinishi munosabati bilan nomoddiy aktivlarni chiqarilishi
26. Nomoddiy aktivlarni yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotgan ishtirokchiga berish ushbu yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Nomoddiy aktivlar tashkilotning balansidan ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
28. Ishtirokchi yuridik shaxs tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan oʻsishlar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, chiqib ketayotgan ishtirokchining ulushi boʻyicha qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati va chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
29. Berilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati ularning ulushi boʻyicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasidan oshib ketsa, farqni chiqib ketayotgan ishtirokchilar qoplaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
30. Tashkilotlarda ishtirokchi yuridik shaxs tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha qarzni hisob-kitob qilish uchun berish:
debet 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz” hisobvaragʻi — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha qarz summasiga;
debet turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4800) debeti — berilayotgan nomoddiy aktivlar qiymati bilan chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha qarz summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, chiqib ketayotgan ishtirokchilarga qoplanadigan summasiga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati summasiga;
b) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
v) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0400);
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
d) rezerv kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy obyektlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
e) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻi;
j) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi.
8-bob. Kamomad yoki yoʻqotishlar aniqlanishi munosabati bilan nomoddiy aktivlarni chiqarilishi
31. Nomoddiy aktivlar tashkilotlar balansidan inventarizatsiyada kamomad yoki yoʻqotishlar aniqlanishi munosabati bilan balans qiymati boʻyicha chiqariladi.
32. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni kamomad yoki yoʻqotishlar aniqlanishi munosabati bilan balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida Inventarizatsiyada aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) muvofiq aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
NM-4-son namunaviy shakl
“Tasdiqlayman”
___________________
___________
rahbar F.I.O.
imzo
“_____” ____________ 20___ y.
Nomoddiy aktivlarni tugatish toʻgʻrisida
______-son DALOLATNOMA
Tashkilot ______________________________________________________________________
Tarkibiy boʻlinma
Tuzilgan sana
Operatsiya turi kodi
Nomoddiy aktivlar saqlanishi uchun javobgar shaxsning kodi
Nomoddiy aktivning nomi
Turi
Kodi
Dastlabki (tiklanish) qiymati
Hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi
Inventar raqami
1
2
3
4
5
6
20 ___ y. “__________” _________ da __________________ -son buyruq bilan
tayinlangan komissiya ___________________________________ ni oʻrgandi.
obyekt nomi
Oʻrganish natijasida komissiya quyidagilarni aniqladi:
1. Ishlab chiqilgan (tayyorlangan) yili “____” ___________ 20___ y.
2. Tashkilotga kelib tushgan “____” __________________ 20 ___ y.
3. Foydalanishga topshirish sanasi “____” ____________ 20 ___ y.
4. Hisobdan chiqarish sababi _________________________________
5. Texnik holati ___________________________________________
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nomoddiy aktivlarni tugatish natijalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Tugatish xarajatlari
Ishlar turi
Hujjat raqami
Xarajatlar moddasi
Summa
1
2
3
4
Jami
Tugatish natijalari ____________________________________
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish kartochkasi (daftari)da chiqib ketish qayd etilgan.
Buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs
________
_____________________
imzo
F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 144-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 14-dekabrda 105-son “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 17-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 13-iyundagi 59-son “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539-1, 2013-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 25-son, 327-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 68-son “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539-2, 2016-yil 9-sentabr,) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil, 36-son, 424-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 9-iyundagi 72-son “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539-3, 2017-yil 16-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 24-son, 513-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 23-son “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539-4, 2019-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-yil, 10-son, 194-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 10/24/3543/0694-son)