1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-208-son Farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Qoʻmitaning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Qoʻmita rahbariyatining hamda hududiy boʻlinmalarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, 2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun 15 mlrd soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratish nazarda tutiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2024-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-avgust,
500-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2. Qoʻmita oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritadigan alohida maqomga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
4. Qoʻmita oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
6. Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, oʻz logotipiga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida milliy va xorijiy valyutalarda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Qoʻmitaning tuman (shahar) boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari orqali markazlashgan tarzda moliyalashtiriladi.
7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Komitet semi i jenshin Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Komitet semi i jenshin;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The Committee on Family and Women of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — The Committee on Family and Women.
8. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1 G-uy.
2-bob. Qoʻmitaning tuzilmasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoʻmitaning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari);
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti;
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi;
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi;
mahalladagi xotin-qizlar faollari;
“Olima ayollar” jamiyati;
“Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali tahririyati.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
10. Hududiy boshqarmalar Qoʻmitaga hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.
Tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, “Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali tahririyati Qoʻmitaga hisobot beradi.
Qoʻmita iqtidorli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasida “Olima ayollar” jamiyati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
3-bob. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;
erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish, munosib ish topishiga koʻmaklashish, tadbirkorligini rivojlantirish;
oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xodim va boshqa davlat xizmatchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish;
oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish;
oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib qilish;
migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʻmaklashish;
keys menejmentni qoʻllagan holda, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash;
oʻziga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga biriktirilgan jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni taʼminlash.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash sohasida:
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari ishini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qiladi;
oilalar va xotin-qizlar, ayniqsa, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy hamda moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritadi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
xotin-qizlar oʻrtasida har yili ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarni tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash bilan bogʻliq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining oila va xotin-qizlar masalalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;
oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar]
b) erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
qonunchilikda belgilangan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash choralarini koʻradi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
qonunchilikda belgilangan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini berish toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari va axborotlarni toʻplash hamda tahlil qilishni tashkil etadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
qonunchilikda belgilangan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
zarur hollarda, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qiladi, ishchi guruhlar tuzadi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning muhokama qilinishida, shuningdek, gender tenglik, ayollar masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, yoshlarga va ijtimoiy sohalarga oid boshqa masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
v) davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular oʻrtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umr davomida oʻqishga boʻlgan imkoniyatlarini ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirishga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion gʻoyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda erkaklar ulushi kam boʻlgan boshqa sohalarga ayollar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida takliflar ishlab chiqadi;
xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni keng targʻib qilish maqsadida xalqaro va respublika miqyosidagi forum, konferensiya, simpozium, seminar, tanlov va koʻrgazmalar tashkil qilish hamda ularda xotin-qizlarning oʻz innovatsion loyihalari natijalari bilan ishtirok etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat organlari, xalqaro donorlar, yirik korxona va boshqa tashkilotlar tomonidan dolzarb mavzulardagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovlarda xotin-qizlarning oʻz loyihalari bilan ishtirok etishlarini targʻib qiladi;
olima, tadqiqotchi, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijalari yuzasidan keng ommani xabardorligini oshirish boʻyicha turli tadbirlar tashkil etadi;
g) iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish sohasida:
iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish boʻyicha oila, mahalla, taʼlim muassasalari hamda mehnat jamoalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini yoʻlga qoʻyadi;
iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ular bilan manzilli ishlash, qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish va ragʻbatlantirishga, siyosiy, huquqiy va kasbiy bilimlarini, boshqaruv koʻnikmalari va liderlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etadi;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, “Qizlarjon” va boshqa jamoatchilik tuzilmalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
iqtidorli xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va tavsiya etishga koʻmaklashadi;
iqtidorli qizlarni aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi va oʻqishdagi muvaffaqiyatlari asosida belgilangan tartibda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
mamlakatimizda xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qiladi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan taʼlim muassasalaridagi oʻquvchi qizlar bilan ularning taʼlim olishga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishiga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
d) xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish va munosib ish topishiga koʻmaklashish, tadbirkorligini rivojlantirish sohasida:
xotin-qizlar, xususan, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalarni oshirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga oʻqitish va munosib ish topishiga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ish beruvchilarga takliflar kiritib boradi;
mahallalarda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda tadbirkorlik bilan shugʻullanish hissini uygʻotish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan va yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kreditlar, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grantlar ajratilishiga koʻmaklashadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy va amaliy tavsiyalar beradi;
joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyati samarali tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarni hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikka jalb qilish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
e) oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xodim va boshqa davlat xizmatchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish sohasida:
oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda huquqiy madaniyatni, shu jumladan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirish, zoʻravonlikka murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etadi;
xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish borasida amaliy targʻibot va turkum tadbirlarni tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
nizoli vaziyatlarning, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qiladigan tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
zoʻravonlikning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoxud suiqasd qilishga moyil boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi hamda ushbu yoʻnalishda ilgʻor xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini joriy etish choralarini koʻradi;
xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik kabi holatlarning sabablarini oʻrganish hamda natijalari boʻyicha mahallalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlash ishlarini profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tashkil etishga uslubiy va amaliy koʻmaklashadi;
j) oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish sohasida:
“Sogʻlom ona — sogʻlom bola” shiori ostida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik bilan birgalikda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish, erta tugʻruq va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsirlari hamda nogiron bolalar tugʻilishi xavfi yuzasidan targʻibot ishlarini olib boradi;
“Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
mahallalardagi “Salomatlik maktablari” samarali faoliyat yuritishga koʻmaklashadi, “Salomatlik maktabi” aʼzolarini jalb etgan holda aholi orasida, oila va xonadonlarda sogʻlom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish boʻyicha seminarlar va amaliy targʻibot tadbirlarini tashkil etadi;
oilalarda xonadon gigiyenasiga rioya etilishi borasida targʻibot ishlarini tashkil etadi;
mahallalarda xotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda, turli ijtimoiy-madaniy va sogʻlomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalarini tashkil etadi;
mehnat jamoalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida sportning ommaviy turlari hamda velosport boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilishini tashkil etadi;
xotin-qizlarni sogʻlomlashtirish, madaniyat, turizm, bolalarni sogʻlomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
z) oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib qilish sohasida:
oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, ota-onaning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati va javobgarligini oshirish, oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targʻib etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oila institutini mustahkamlash, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini koʻradi;
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oila-nikoh munosabatlari sohasidagi amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish, mediatorlik institutining rolini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
“Sogʻlom oila — sogʻlom turmush tarzi” tamoyilini targʻib qilish maqsadida “oila-mahalla-taʼlim” ijtimoiy-tarbiyaviy tizimi asosida targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, mazmunan boyitish, ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish, oilalarda targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mahallalarda xotin-qizlarning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi, yozuvchilar, sanʼatkorlar, rassomlar va boshqa ijodkorlarni taklif etgan holda ijodiy kechalar va kitobxonlik tadbirlarini tashkil etadi;
mahallalardagi oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan jamoatchilik tuzilmalari ishini muvofiqlashtiradi;
oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib boradi, ularning muammolarini joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyin hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlashga hamda oilaviy qadriyatlarni targʻib etish, nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish va oilaning qonuniy asoslarini mustahkamlash borasidagi targʻibot ishlarini tashkil etishga uslubiy-amaliy koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
k) migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʻmaklashish sohasida:
migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda ularning oilalaridagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, salomatligini tiklashga hamda jamiyat hayotiga moslashuviga koʻmaklashadi;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choralarini koʻradi;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan shaxslarning uyda qolgan voyaga yetmagan farzandlari turmush tarzini oʻrganish va qoʻllab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda choralarni koʻradi;
Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi orqali xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
l) keys menejmentni qoʻllagan holda, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash sohasida:
uyma-uy yurish orqali xotin-qizlarning muammolarini, xususan, ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, keys menejment asosida muammolarni hal etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu yoʻnalishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlashda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar), mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ayollar muammolarining hal etilishi yuzasidan monitoring yuritadi va koʻmaklashadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni ogʻir ijtimoiy ahvoldan chiqarishda uslubiy va amaliy koʻmaklashadi;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
uy-joyga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan hamda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan boshlangʻich badalni toʻlab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan taʼminlashda koʻmaklashadi;
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan Ijtimoiy reyestriga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini jarrohlik yoʻli orqali sogʻlom hayotga qaytarish, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
(12-band “l” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish orqali xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish choralarini koʻradi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etishga koʻmaklashadi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari bajarilishini monitoring qilish va mahallalarda hal etilmagan tizimli muammolarini yuqori turuvchi idoralarga kiritib boradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar]
m) davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish sohasida:
Qoʻmita tizimida davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida hamkorlik chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, Ijtimoiy reyestriga kiritilgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etish ishlarini tashkil etadi;
(12-band “m” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning mamlakatimizni rivojlantirishga boʻlgan daxldorlik hissini kuchaytirish, roʻy berayotgan jarayonlarni anglash va muhokama qilishga jalb etish, shuningdek, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishlariga undaydigan tadbirlarni tashkil etadi;
zaruratga koʻra xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy masalalarni hal qilish jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspertlar hamda olimlarni jalb etadi;
n) mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga biriktirilgan jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni taʼminlash sohasida:
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya hamda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtiradi;
jamoatchilik tuzilmalari tarkibiga faol, fidoyi, salohiyatli, shaxsiy sifatlari bilan mahallada obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan aholi vakillarini jalb etadi;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha samarali choralarni koʻrish, oilaviy hayot masʼuliyati, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari haqida tushuntirish ishlarini olib boradi;
xotin-qizlarni ishga joylashtirish, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, kooperativlarga, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etishga masʼul idoralarga koʻmaklashadi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, hokim yordamchilari bilan birgalikda muvofiqlashtirish.
notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sogʻlomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy ishlar olib borish, oila aʼzolari va qarindoshlar oʻrtasidagi oilaviy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
xotin-qizlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda tushuntirish ishlarini olib borish, bunday holatlar aniqlanganda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashadi;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda ishlarni olib borishda tegishli idoralar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ular bilan doimiy ravishda axborot almashadi.
Qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonunchilik hujjatlari bajarilishini zarur hollarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari ishtirokida oʻrganish;
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Qoʻmita va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi asosida bir hududiy boʻlinmadan boshqasiga berish;
Qoʻmita xodimlari hamda uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan faoliyat samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
davlat organlari va tashkilotlarining oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari, shu jumladan, hayʼat majlislarida ishtirok etish;
Qoʻmita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlar tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
Qoʻmita vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
oʻziga yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki Qoʻmitaning idoraviy mansub boʻlinmalari orqali xorijiy tarmoq tashkilotlari, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Qoʻmitaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ichki nazorat, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Qoʻmita tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning nizomlari hamda boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
binolarga xizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa hamda hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminotni sotib olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari hamda Qoʻmitaning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qoʻmitaning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.
Qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
14. Qoʻmita:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
2-§. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar]
15. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
vakolatiga kiruvchi masalalarda, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari, shu jumladan, hayʼat majlislarida ishtirok etish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari:
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Qoʻmitaga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yoʻl xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlarning belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda samarali amalga oshirilishi;
tegishli hududda oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotning taqdim etilishi;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
5-bob. Qoʻmita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
6.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
17. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrsatmalarini bajarish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Qoʻmitaning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini oshirish;
oliy taʼlim muassasalarida talabalar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish;
xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish koʻlamini oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash;
respublikada xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish;
tadbirkor xotin-qizlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va yangi biznes gʻoyalariga yordam berish orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish;
hunarmandlarga ehtiyojmand, ishsiz xotin-qizlarni biriktirish orqali ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish;
Qoʻmita tizimida raqamlashtirishni joriy etish;
oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, mahallalarda nizolarni barvaqt aniqlash, nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish;
“Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, masʼuliyatli ota-onalik gʻoyasini singdirish tadbirlarini tashkil etish;
davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash;
xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish, forum, konferensiya, tanlov, koʻrgazma, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilish;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash;
migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʻmaklashish;
jamiyatda xotin-qizlarga qaratilgan tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan targʻibot tadbirlari orqali murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish;
Qoʻmita xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
Qoʻmita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar chiqarish, koʻrsatmalar berish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar koʻrish;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Qoʻmita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni taʼminlash;
Qoʻmita xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, jumladan ular tomonidan lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan muddatlarda va tartibda joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Qoʻmita rahbariyati va xodimlarining faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
(17-bandning qirq beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda ustavlarni tasdiqlash;
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqarish hamda koʻrsatmalar berish;
Qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash hamda boshqa ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
Qoʻmita mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarish;
Qoʻmita xodimlarini hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy davlatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmitaning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish.
18. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Qoʻmita faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisining topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga oid masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini rivojlantirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga kiritish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita raisiga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari xodimlari, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan muddatlarda va tartibda joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlari bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
(18-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
oʻz faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kadrlarni, shu jumladan, xorijdagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari va taʼlim markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
oʻz faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Qoʻmita tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Jumladan, soha yoʻnalishlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
a) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari (xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikka erishish, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha):
xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish;
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini samarali tashkil etishida koʻmaklashish;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash;
gender tenglikni taʼminlash;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarga ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy yordam berish ishlarini tashkil qilish;
boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini oshirish;
oliy taʼlim muassasalarida talabalar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish;
xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishi koʻlamini oshirish;
xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylov jarayonlarida nomzod xotin-qizlarning ulushini oshirish;
iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish, forum, konferensiya, tanlov, koʻrgazma, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash;
davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarni maxsus jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
respublikada xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish;
xotin-qizlar eng koʻp ishlashi mumkin boʻlgan tarmoqlarda tegishli vazirlik va idoralarning mavjud ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarni ushbu ish oʻrinlariga jalb etish orqali bandligiga koʻmaklashish;
barcha hududlarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga xotin-qizlarni, xususan, uy bekalarini jalb etish;
“Edo.ijro.uz” elektron ichki hujjatlar almashinuvi tizimi orqali hujjatlar ijrosining taʼminlanishini nazorat qilish;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
b) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari (oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash va migratsiya masalalari boʻyicha):
“Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, masʼuliyatli ota-onalik gʻoyasini singdirish tadbirlarini tashkil etish;
oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, mahallalarda nizolarni barvaqt aniqlash, nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish;
“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari”da nikohlanuvchi shaxslarni oʻqitish;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
noqonuniy nikoh asosida yashayotgan oilalarning nikohini qonuniy rasmiylashtirish choralarini koʻrish;
xavfsiz migratsiyani tashkil qilish maqsadida hududlarda chet elga ishlash uchun chiqish istagidagi xotin-qizlar bilan suhbatlarni tizimli tashkil qilish;
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash;
migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʻmaklashish;
jamiyatda xotin-qizlarga qaratilgan tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish;
hududlarda elektr energiyasini tejash maqsadida quyosh panellaridan foydalanishni targʻib qilish;
“Edo.ijro.uz” elektron ichki hujjatlar almashinuvi tizimi orqali hujjatlar ijrosining taʼminlanishini nazorat qilish;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish;
xotin-qizlar masalalari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;
xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish;
“Ibratli oila”, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
ijtimoiy reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtirish;
Qoʻmita tizimida axborot texnologiyalari va raqamlashtirishni joriy etish;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini tashkil etishga oid chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish.
19. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Qoʻmita rahbariyati topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Qoʻmita xodimlarining Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan muddatlarda va tartibda joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat sirlari bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
(19-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritish.
20. Quyidagilar Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoʻmitaning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ijrosi taʼminlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Qoʻmita rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
hududiy boshqarmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
hududiy boshqarmalar xodimlarining va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga kiritish;
hududiy boshqarmalar xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi. Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Qoʻmitaga takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari manfaatlarini ifoda etish;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
6-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
21. Qoʻmita raisi:
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qoʻmita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga taʼsiri;
tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha belgilangan parametrlar va koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
Qoʻmita tizimida ijro intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun javob beradi.
22. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.
23. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
faoliyat yoʻnalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
24. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining boshliqlari:
yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;
tegishli hududda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
tegishli hududda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qoʻmita rahbariyati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
25. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan takdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh vazir oʻrinbosari — Qoʻmita raisi rahbarlik qiladi.
Qoʻmita raisi oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
26. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq rais oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra — tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Qoʻmita markaziy apparati xodimlari — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining markaziy apparati xodimlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari rahbarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlariga, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari rahbarlari — tuman va shahar hokimlarining oʻrinbosarlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari xodimlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlariga tenglashtiriladi.
27. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, boʻlim, boʻlinma va xizmatlar) boʻlinmalari, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishlicha Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari taqdimnomasi boʻyicha Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
29. Tuman (shahar)lar hokimlarining oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari tarkibidagi boʻlimlar va tuman (shahar)lar Oila va xotin-qizlar boʻlimlari mutaxassislari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatining mutasaddi boshqarma va boʻlimlari boshliqlarining xulosalariga muvofiq tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining buyrugʻiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari hamda tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlariga 1 nafardan avtomobil haydovchisi va rahbar kotibasi (yordamchi xodimlar) ajratiladi.
2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
31. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
32. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Qoʻmita rahbariyatiga kiritadi;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
33. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Qoʻmitaning markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Qoʻmitaning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Qoʻmita vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Qoʻmitaning markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
joylarda Qoʻmita hayʼati yigʻilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
3-§. Qoʻmitaning davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
34. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
35. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
4-§. Qoʻmita hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
36. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar hamda hududiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
37. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
tizimli ravishda Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
38. Hayʼat majlisiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
39. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
40. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
41. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.
42. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
43. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
44. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
45. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
46. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
47. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
48. Qoʻmitaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
49. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Qoʻmita markaziy apparati, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
50. Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 dan 3 yilgacha — 0,3;
3 dan 5 yilgacha — 0,6;
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
10 dan 15 yilgacha— 1,0;
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan ishlamaydigan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, ragʻbatlantirish va qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar miqdori Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan:
a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Qoʻmitaning markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining ikki yuz foizigacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining xodimlariga lavozim maoshining yuz foizigacha, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining xodimlariga lavozim maoshining yetmish besh foizigacha oylik qoʻshimcha haqlar va ustamalar;
(50-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
(50-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Qoʻmita markaziy apparatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha toʻlovlar jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
51. Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Qoʻmita hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
10-bob. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
52. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
53. Qoʻmita raisi har yili Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga Qoʻmita faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot berib boradi.
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har yarim yilda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga Qoʻmita hududiy boʻlinmalari faoliyati yuzasidan hamda sohada uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha axborot beradi.
54. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarni amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
55. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qoʻmita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring qilib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
56. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan esa tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
57. Qoʻmita qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yigʻiladi.
5. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻida jamlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun 15 mlrdgacha miqdorda nazarda tutiladigan mablagʻlar;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
8. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Qoʻmitaning vazifalarini samarali amalga oshirish;
Qoʻmitaning kommunal, aloqa, qoʻriqlash xarajatlarini qoplash, avtotransport xarajatlari, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash, taʼmirlash hamda saqlash, shu jumladan, zarur zamonaviy uskunalar, mebel, inventarlar bilan jihozlash, avtotransport vositalari va qurilmalarini xarid qilish va ularni taʼmirlash hamda boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni xarid qilish;
axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnika vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va saqlash, pochta xizmatlari maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Qoʻmita xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
oʻz xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan, sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, yuqori kasb mahorati hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan Qoʻmita xodimlariga lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda har oylik ustamalar belgilagan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish yoki bir yoʻla mukofotlash;
bayramlar, yubiley munosabati bilan hamda davlat nishonlari va unvonlari berilganligi munosabati bilan lavozim maoshining 1 baravarigacha miqdorda mukofot pullari berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilangan ilmiy unvonlar uchun belgilangan ustamalar va boshqa turdagi ustamalarni toʻlash;
xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish (xodimning nikoh va farzand toʻylarini oʻtkazish, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, sogʻligʻini tiklash bilan bogʻliq holatlar);
Qoʻmita rahbar va xodimlarini xorijiy boshqaruv idoralari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarga tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
uy-joy bilan taʼminlanmagan Qoʻmita markaziy apparati xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun belgilangan tartibda har oylik kompensatsiya toʻlash;
Qoʻmita xodimlariga ustama toʻlovlari kundalik ovqatlanish va transport xarajati uchun kompensatsiya toʻlovlari xodimga haqiqatda ishlagan davri (ish kunlari) uchun toʻlash;
xodim vafot etganda, xodimning oylik lavozim maoshining oʻn baravaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qoʻmita faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar.
Mazkur bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovlarning joriy yil uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlangan parametrlardan ortib ketmasligiga Qoʻmita raisi shaxsan masʼul hisoblanadi.
9. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli gʻazna hisobvaraqlaridan sarflanadi.
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
12. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi tomonidan boshqariladi va taqsimlanadi.
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
14. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) keyingi hisobot yiliga oʻtadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
18. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 4-iyuldagi 358-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi 665-son qaroriga 1-ilovaning 23-bandi.