1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Elektr energetikasi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Ushbu Qonunning maqsadi elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun:
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini oʻz ehtiyojlari uchun sarf qiladigan, quvvati 5 MVt dan kam boʻlgan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalariga;
isteʼmolchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avariya rejimi — elektr energetikasi obyektlari ishlashining texnologik parametrlari yagona elektr energetikasi tizimi ishonchli tarzda ishlab turishining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holat;
bozor ishtirokchisi — elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olish bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek tegishli tizim operatori;
vakolatli isteʼmolchi — elektr energiyasi taʼminotchisini tanlash yoki oʻzgartirish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
ijtimoiy xizmatlar — elektr energetikasi korxonalari tomonidan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni koʻzlab koʻrsatiladigan xizmatlar;
ishlab chiqaruvchi — elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
yirik isteʼmolchi — elektr energiyasining ulgurji bozorida ishlab chiqaruvchilardan yoki elektr energiyasining chakana bozoridagi bir va undan ortiq taʼminotchilardan elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
markaziy xarid qiluvchi — elektr energiyasini markazlashgan tarzda sotish va sotib olish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
muvozanatlash — yagona elektr energetikasi tizimidagi elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni barcha omillarni inobatga olgan holda saqlab turish hamda real vaqt rejimida kuchlanish va chastotani tartibga solish jarayoni;
tayinlangan taʼminotchi — taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga kafolatlangan tarzda yoki vakolatli isteʼmolchining murojaatiga koʻra elektr energiyasini yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
taqsimlash tizimi — uzatish tizimidan yoki ishlab chiqaruvchilardan to yakuniy isteʼmolchilarning ulanish nuqtasigacha boʻlgan past kuchlanishli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari majmui;
taʼminotchi — elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
tegishli tizim operatori — foydalanuvchi ulangan uzatish, taqsimlash va berk taqsimlash tarmoqlarining tegishli operatori;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvi — yagona elektr energetikasi tizimini real vaqt rejimida tezkor boshqarish orqali uning barqaror ishlashini taʼminlash va boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimini boshqarish;
tizim operatori — elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifga taʼsir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
tizim xizmatlari — tizim operatori tomonidan yagona elektr energetikasi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash uchun koʻrsatiladigan xizmatlar;
treyder — elektr energiyasini sotish bilan shugʻullanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs, bundan uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari mustasno;
uzatish tizimi — ishlab chiqaruvchilar, yirik isteʼmolchilar va taqsimlash tizimlari ulangan, shuningdek boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan bogʻlangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari majmui;
uzatish tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasida uzatish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
foydalanuvchi — yagona elektr energetikasi tizimidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari majmui;
elektr tarmoqlari — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlari, shuningdek elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish obyektlari majmui;
elektr taʼminoti — elektr energiyasini isteʼmolchiga taqsimlash, yetkazib berish va sotish;
elektr energetikasi korxonasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash, taqsimlash, sotib olish, sotish yoki elektr energiyasi bozorini tashkil etish, shuningdek elektr energiyasining importi va eksporti boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. Bunda aksiyalari bevosita yoki bilvosita davlatga tegishli boʻlgan elektr energetikasi korxonalari guruhi bitta vertikal integratsiyalashgan energetika korxonasi hisoblanmaydi;
elektr energetikasi obyektlari — elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash, uzatish va taqsimlashda foydalaniladigan elektr energetikasi infratuzilmasi;
elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarishni, saqlashni, uzatishni, taqsimlashni, yetkazib berishni, sotib olishni va sotishni, shuningdek isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladigan soha;
elektr energiyasi — tovarning bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilishi (saqlanishi) va isteʼmol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turi;
elektr energiyasi bozori — elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori;
elektr energiyasi bozori operatori — Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorini shakllantirish hamda elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori xavfsiz va samarali ishlashi uchun bozor ishtirokchilari nomidan elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan yuridik shaxs;
elektr energiyasi bozori qoidalari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari rioya etishi kerak boʻlgan, elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalarida belgilanadigan huquqiy normalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
elektr energiyasini saqlash tizimi — elektr energiyasini saqlash va keyinchalik uzatish, taqsimlash uchun foydalaniladigan akkumulyator batareyalari, mexanik saqlash tizimlari, gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va boshqa uskunalar majmui;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori — elektr energetikasi korxonalari, yirik isteʼmolchilar va boshqa davlatlarning elektr energetikasi korxonalari oʻrtasida elektr energiyasini raqobat asosida sotish va (yoki) sotib olishni tartibga soluvchi mexanizmlar majmui. Bunda elektr energetikasi korxonalari elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorida Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradi;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalari — elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qoidalar toʻplami;
elektr energiyasining raqobatli chakana bozori — bir yoki bir nechta hududlarda vakolatli isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish maqsadida ikki va undan ortiq taʼminotchilar oʻrtasida elektr energiyasini sotish uchun savdolashish jarayonlari va (yoki) vakolatli boʻlmagan isteʼmolchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektr energiyasini sotish mexanizmlari majmui;
elektr energiyasining raqobatli chakana bozori qoidalari — elektr energiyasi raqobatli chakana bozorining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qoidalar toʻplami;
yagona elektr energetikasi tizimi — elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash obyektlari, uzatish va taqsimlash tizimlari majmui hamda ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi.
4-modda. Elektr energetikasi sohasidagiasosiy prinsiplar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energetikasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
sogʻlom raqobat;
tenglik va hisobdorlik;
ochiqlik va shaffoflik;
elektr energetikasi sohasi xavfsizligining ustuvorligi.
2-bob. Elektr energetikasi sohasinidavlat tomonidan tartibga solish
5-modda. Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
atrof-muhitga salbiy taʼsirni va issiqxona gazlari hajmini kamaytirish, xavfsizlikni taʼminlash choralariga muvofiq elektr energetikasi sohasini barqaror rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish;
yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va barqaror ishlashiga, isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan taʼminot xavfsizligini taʼminlash;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish va undan foydalanish huquqini himoya qilish;
raqobatbardoshlikni, shaffoflikni va kamsitishga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlash;
elektr energetikasi sohasini bosqichma-bosqich subsidiyalashdan va oʻzaro kesishma subsidiyalashdan chiqarish;
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash boʻyicha faoliyatning elektr energetikasi sohasidagi boshqa faoliyat turlaridan hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan manfaatlardan mustaqilligini taʼminlash;
elektr energetikasi sohasida energiya jihatidan samarador texnologiyalardan va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash;
boshqa davlatlar energetikasi tizimlarini bogʻlovchi elektr uzatish tarmoqlari salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ular bilan elektr energiyasini almashishni qoʻllab-quvvatlash;
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
6-modda. Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
elektr energetikasi sohasini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
elektr energetikasi sohasidagi iqtisodiy islohotlarning asosiy prinsiplarini va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansini tasdiqlaydi;
elektr energetikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
elektr energetikasi obyektlarini moliyalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarish tartibini belgilaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj isteʼmolchilarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibini tasdiqlaydi;
elektr energetikasi korxonalarining ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarini belgilaydi;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalarini, shu jumladan markaziy xarid qiluvchining tijorat qoidalarini belgilaydi;
magistral va taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini belgilaydi;
elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlashini, shuningdek isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlari qanoatlantirilishini taʼminlaydi;
elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish muvozanatini ishlab chiqadi hamda uning ijrosini nazorat qiladi;
elektr energetikasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini, konsepsiyalarni va strategiyalarni ishlab chiqadi, yangilab boradi, amalga oshiradi, shuningdek ularning ijrosini nazorat qiladi;
elektr energetikasi sohasini rivojlantirish boʻyicha oʻn yillik reja ishlab chiqadi va ushbu rejani har yili yangilab boradi;
davlatga tegishli boʻlgan elektr stansiyalarining xususiy investorlarga sotilishini yoki mazkur obyektlar boshqaruvi bir yoki bir necha xususiy investorga ularning aksiyadorlari va Energetika bozori regulatori bilan kelishuvga koʻra oʻtkazilishini taʼminlaydi;
yangi elektr stansiyalarini qurish boʻyicha mahalliy va chet ellik investorlar uchun qonunchilikda belgilangan shartlar asosida ochiq va shaffof tanlovlar oʻtkazadi;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalari kuchga kirguniga qadar elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish maqsadida elektr stansiyalari quvvatining yetarlilik darajasini taʼminlaydi;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalari kuchga kirguniga qadar ishga tushiriladigan elektr stansiyalari mahalliy yoki chet ellik investorlar tomonidan loyihalashtirilishi, qurilishi, moliyalashtirilishi, egalik qilinishi va ekspluatatsiya qilinishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
elektr energetikasi sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
tizim operatori bilan birgalikda yagona elektr energetikasi tizimining ishlab turishi rejimini belgilaydi;
yagona elektr energetikasi tizimida, shu jumladan boshqa davlatlar tizimlariga ulangan elektr energiyasini uzatish tarmoqlarida yuklamaning ortishi va yuklamani boshqarish qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj isteʼmolchilarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibini ishlab chiqadi;
elektr energetikasi sohasida ilmiy tadqiqotlarni va yangi texnologiyalar joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
elektr energiyasining eksporti va importini qoʻllab-quvvatlash uchun boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qiladi;
elektr energetikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va qabul qiladi;
xalqaro hamkorlikni, shu jumladan qoʻshni davlatlarning vakolatli davlat organlari bilan transchegaraviy masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan nuqtada quvvati 500 kVt gacha boʻlgan elektr stansiyalarining (bundan buyon matnda mikroelektr stansiyalari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini taʼminlaydi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda Energetika bozori regulatori deb yuritiladi).
Energetika bozori regulatori:
elektr energiyasi bozori faoliyatini tartibga soladi, uning monitoringini amalga oshiradi va nazorat qiladi;
elektr energiyasi bozori faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan elektr energiyasi bozori konsepsiyasi va qoidalarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
elektr energiyasi bozori konsepsiyasining belgilangan tartibda har uch yilda yangilab borilishini taʼminlaydi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan qarorlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi hamda ularning nazoratini amalga oshiradi;
yirik isteʼmolchi maqomini belgilaydi;
taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchini yoki isteʼmolchilar toifalarini aniqlash tartibini ishlab chiqadi;
elektr energetikasi korxonalari tomonidan xizmatlar koʻrsatish shartlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
qonunchilikka muvofiq bozor ishtirokchilarining ustun mavqega ega boʻlmasligini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi;
elektr energiyasi bozorida shaffoflikni, shu jumladan ulgurji va chakana narxlarni monitoring qilishga oid majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
bozor ishtirokchilarini litsenziyalash tartibini ishlab chiqadi, litsenziyalashni hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli tizim operatorining va markaziy xarid qiluvchining mustaqil faoliyat yuritishiga doir talablarga rioya etilishini monitoring qiladi hamda belgilangan talablar buzilgan taqdirda qonunchilikka muvofiq tegishli choralar koʻradi;
qonunchilikka muvofiq elektr energiyasi bozori faoliyati bilan bogʻliq tekshiruvlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
elektr energetikasi korxonalaridan va davlat organlaridan elektr energiyasi bozori faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni soʻrab oladi;
tegishli tizim operatorining va markaziy xarid qiluvchining shartlarini, tariflari va narxlarini belgilash boʻyicha choralar koʻradi;
tariflar va toʻlovlarni hisob-kitob qilish uslubiyatlarini ishlab chiqadi, tartibga solinadigan tariflarni va toʻlovlarni belgilaydi hamda ularning toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qiladi;
elektr energetikasi korxonalari oʻrtasida bevosita yoki bilvosita subsidiyalar yuzaga kelmasligini va (yoki) kengaytirilmasligini nazorat qiladi;
elektr energetikasi korxonalari tomonidan qonunchilikka rioya etilmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqadi va uning toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qiladi;
uzatish tizimi operatorining mustaqilligini belgilovchi talablarni ishlab chiqadi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
tegishli tizim operatorining investitsiya dasturlarini kelishadi, monitoring qiladi va zarurat boʻlganda ularni oʻzgartirish boʻyicha tavsiyalar beradi;
uzatish tizimi operatorining faoliyatini, shu jumladan talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni saqlash mexanizmlari va usullari samaradorligini monitoring qiladi;
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish reyestrini yuritadi;
elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
elektr energiyasi bozorida foydalanuvchilarning kamsitishsiz ishtirok etishi uchun zarur boʻlgan texnik va tijoratga oid axborotning sifatini va taqdim etilishini nazorat qiladi;
qoʻshni davlatlarning vakolatli davlat organlari bilan elektr energetikasi sohasida transchegaraviy masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi;
energetika bozorini tartibga solishga doir faoliyat toʻgʻrisidagi dasturlarning bajarilishi yuzasidan yillik hisobot tayyorlaydi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Energetika bozori regulatori oʻzining yillik budjetini mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
Energetika bozori regulatorining faoliyati bozor ishtirokchilari tomonidan toʻlanadigan litsenziya uchun bir martalik toʻlovlardan, litsenziya uchun yillik davriy yigʻimlaridan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda litsenziya uchun yillik davriy yigʻimlar litsenziatlar yillik aylanmasining ikki foizidan oshmasligi kerak.
Energetika bozori regulatori qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi elektr energetikasi sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir (bundan buyon matnda davlat nazorati organi deb yuritiladi).
Davlat nazorati organi:
elektr energetikasi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash, uzatish, taqsimlash (yetkazib berish) va isteʼmol qilish chogʻidagi xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), binolar, inshootlar va qurilmalarning energiya samaradorligi hamda energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyadan oqilona foydalanishga va sifat koʻrsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
elektr energiyasini tejash, undan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha talablar buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Davlat nazorati organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
elektr energetikasi sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
elektr energetikasi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
elektr energetikasi obyektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining berilishini taʼminlaydi;
hududlarda kelgusi yilda elektr energiyasini isteʼmol qilish prognozlarini kelishadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tezkor-dispetcherlik boshqaruviga, shuningdek elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Elektr energetikasi sohasidagi qoidalar
12-modda. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori konsepsiyasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori konsepsiyasi (bundan buyon matnda bozor konsepsiyasi deb yuritiladi) elektr energiyasi bozorini va uning alohida segmentlarini tashkil etishning hamda ular faoliyat koʻrsatishining batafsil tartibini va prinsiplarini belgilaydi.
Bozor konsepsiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
elektr energiyasi bozorining umumiy tuzilishi va chegaralarini;
elektr energiyasi bozoriga oʻtish bosqichlarini va har bir bosqichda amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlarni;
bozor ishtirokchilarining har bir bosqichdagi vazifalarini;
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish chora-tadbirlarini;
taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarni yoki isteʼmolchilarning toifalarini aniqlashni.
Bozor konsepsiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa tartib va prinsiplarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Bozor konsepsiyasi Energetika bozori regulatori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
13-modda. Elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalari (bundan buyon matnda bozor qoidalari deb yuritiladi) bozor konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqiladi.
Bozor qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
elektr energiyasi bozorining batafsil tuzilishini;
raqobatbardosh narxlarni talab va taklif asosida shakllantirish tartibini;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish talablarini;
ishlab chiqarish va isteʼmolning moslashuvchanligini ragʻbatlantirish mexanizmlarini;
elektr energetikasi sohasida qazilma yoqilgʻidan foydalanishni qisqartirish tartibini;
boshqa davlatlarning elektr uzatish tizimlari bilan aloqalarni;
bozor ishtirokchilarini identifikatsiya qilish, ularning malakasini baholash va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini;
elektr energiyasi bozorini boshqarish jarayonlarini va uning faoliyat koʻrsatishini tashkil etish hamda taʼminlash uchun maʼlumotlar bazasini;
elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olish tartibini hamda uni nazorat qilish tartibini;
tayinlangan taʼminotchining mutlaq huquqlarini tugatish tartibini;
elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olishning namunaviy shartnomalarini.
Bozor qoidalari qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Bozor qoidalari Energetika bozori regulatori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
14-modda. Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
uzatish tizimining xavfsizligini taʼminlash uchun talablarni;
uzatish tizimiga ulanish hamda undan foydalanish tartibi va shartlarini;
elektr taʼminoti xavfsizligini hisobga olgan holda uzatish tizimining normal va noodatiy sharoitlarda, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda ishlashi tartibini;
tizim operatori tomonidan xizmat koʻrsatish shartlarini oʻz ichiga olgan tezkor-dispetcherlik boshqaruvini;
taqsimlash tizimiga yoki uzatish tizimiga ulangan foydalanuvchilarning tarmoqlariga ulanish va ulardan foydalanish shartlarini;
yagona elektr energetikasi tizimining barqarorligini eng kam xarajatlar hisobidan taʼminlashni;
transchegaraviy elektr energiyasi almashinuvini tartibga solishni;
uzatish tizimidagi oʻta yuklanishlarning oldini olish va yuklamalarni boshqarish shartlarini;
tizim xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish mezonlari, usullari va shartlarini;
uzatish tizimining ishonchli ishlashini hamda uni uzoq muddatli rivojlantirishni rejalashtirish mezonlari va tartib-taomilini;
foydalanuvchilarni uzatish tizimidagi elektr taʼminotidan uzish tartibini;
elektr energiyasini uzatish tizimiga ulanish va undan foydalanish bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibini;
tizimning ishlashi bilan bogʻliq axborotni yigʻish, boshqarish va tizimdagi boshqa operatorlar oʻrtasida maʼlumotlar almashish usullarini;
elektr energiyasini uzatish tizimining ishlashi va boshqaruvi uchun zarur boʻlgan axborotni uzatish tizimi operatoriga taqdim etishga doir talablarni;
tizim xavfsizligini taʼminlash talablarini bajarish yuzasidan uzatish tizimi operatorining va tizim operatorining javobgarligini.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar va texnik talablarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15-modda. Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq taqsimlash tizimining xavfsizligini taʼminlashni;
taqsimlash tizimini normal va avariya rejimida, nosozliklar chogʻida, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda ishlashi shartlarini;
taqsimlash tizimiga uchinchi taraflarning ulanishi va undan foydalanishi shartlarini;
taqsimlash tizimiga doir funksional talablarni, foydalanuvchilarni va elektr stansiyalarini taqsimlash tizimiga ulash shartlarini;
taqsimlash tizimi operatori va foydalanuvchilarining taqsimlash tizimiga ulanish hamda undan foydalanishga doir huquqlari va majburiyatlarini;
taqsimlash tizimida dispetcherlik faoliyatini amalga oshirish, uzatish tizimining hamda taqsimlash tizimining ishlashi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish shartlari va tartibini;
taqsimlash tizimining ishlashini va boshqaruvini rejalashtirish mezonlarini;
taqsimlash tizimi orqali elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlar sodir boʻlgan taqdirda koʻriladigan chora-tadbirlarni;
taqsimlash tizimi xizmatlarini koʻrsatishning umumiy shartlarini;
taqsimlash tizimiga ulanish va undan foydalanish bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibini;
tegishli tizimlarning ishlashi va bozorni tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni boshqarish usullarini hamda ularni chop etishni;
taqsimlash tizimining ishlashi va boshqaruvi uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni taqdim etishga hamda tegishli tizim operatorlari oʻrtasida axborot va maʼlumotlar almashish usullariga doir talablarni;
elektr energiyasidan foydalanish qoidalaridan kelib chiqqan holda taqsimlash tizimi operatorining vakolatlari doirasida energiya samaradorligini va elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni;
taqsimlash tizimining ishlashi va boshqaruvi bilan bogʻliq boshqa shartlar yoki texnik masalalarni.
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar va texnik talablarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
16-modda. Markaziy xarid qiluvchining tijorat qoidalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Markaziy xarid qiluvchining shartnomaviy masalalarga nisbatan qoʻllaniladigan texnik, tijorat, billing, toʻlov va boshqa muhim shartlarni oʻz ichiga olgan tijorat qoidalari elektr energiyasi bozori konsepsiyasi va qoidalariga muvofiq Energetika bozori regulatori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Elektr energiyasi bozori faoliyatining tashkil etilishi va monitoringi
17-modda. Elektr energiyasi bozori faoliyatining umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi bozorida elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalarida belgilanadigan tartibda elektr energiyasini hamda qoʻshimcha xizmatlarni sotish va (yoki) sotib olish amalga oshiriladi.
Elektr energiyasining chakana bozorida isteʼmolchi va taʼminotchi oʻrtasida elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olish amalga oshiriladi.
Elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlari ushbu Qonunga, elektr energiyasi bozori konsepsiyasi va qoidalariga muvofiq tashkil etiladi.
Elektr energiyasi bozori tashkil etilguniga qadar markaziy xarid qiluvchining modeli elektr energiyasi bozorining vaqtincha mexanizmi hisoblanadi.
Markaziy xarid qiluvchi modelining amal qilish muddati bozor konsepsiyasida belgilanadi.
18-modda. Elektr energiyasi bozori faoliyatining monitoringi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi bozorifaoliyatining monitoringi Energetika bozori regulatori tomonidan amalga oshiriladi.
Energetika bozori regulatori quyidagi tahlilni oʻz ichiga olgan yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 31-martiga qadar eʼlon qiladi:
elektr energiyasi bozorining faoliyati;
bozor ishtirokchilarining faoliyati;
narxlash mexanizmlari;
tartibga solinadigan tariflarni qoʻllash va elektr energiyasi bozoridagi oʻzgarishlar dinamikasi.
Elektr energiyasi bozori operatori va tegishli tizim operatori elektr energiyasi bozori ishtirokchilarining faoliyatini monitoring qiladi hamda bozor qoidalari buzilganligi hollari toʻgʻrisida energetika bozori regulatorini hamda raqobat sohasidagi vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
5-bob. Elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari
19-modda. Bozor ishtirokchilari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:
elektr energiyasi bozori operatori;
ishlab chiqaruvchi;
elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
uzatish tizimi operatori;
markaziy xarid qiluvchi;
treyder;
taqsimlash tizimi operatori;
taʼminotchi;
isteʼmolchi.
Elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori tashkil etilguniga qadar quyidagi elektr energetikasi korxonalari elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olish bilan shugʻullanadi:
markaziy xarid qiluvchi;
ishlab chiqaruvchi;
tayinlangan taʼminotchi;
tegishli tizim operatori.
Yirik isteʼmolchilar elektr energiyasini faqat elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorida ushbu Qonunga muvofiq sotib olishi shart.
Bozor ishtirokchilari oʻzining shartnomaviy huquq va majburiyatlarini elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalariga hamda bozor konsepsiyasi talablariga muvofiq bajaradi.
20-modda. Tizim operatori
Tizim operatori yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz, ishonchli va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimda ishlashini taʼminlash maqsadida uni boshqarish uchun javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energetikasi korxonalari tizim operatoriga uning soʻrovi boʻyicha yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlashi, texnik xizmat koʻrsatishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan aniq axborotni kechiktirmasdan taqdim etadi.
Tizim operatori hisobot davrida olingan, iqtisodiy ahamiyatga ega yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan va oshkor qilinmaydigan axborotdan faqat yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlashini, texnik xizmat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash uchun foydalanadi. Bunday axborot ommaga oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydigan shartlarga rioya etgan holda saqlanadi.
21-modda. Tizim operatorining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Tizim operatori quyidagi huquqlarga ega:
real vaqt rejimida yagona elektr energetikasi tizimini va unga ulangan barcha elektr energetikasi obyektlarini tezkor boshqarish, ularning tezkor-texnik xodimlariga koʻrsatmalar berish;
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, barcha elektr energetikasi korxonalari hamda yirik isteʼmolchilarning tezkor xodimlariga yagona elektr energetikasi tizimidagi elektr energiyasi va quvvat muvozanatini taʼminlash, avariya holatlarining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariyadan keyingi ishlash rejimlarini tiklash zarur boʻlgan hollarda, bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvida favqulodda vaziyatlar bartaraf etilishi choʻzilishiga olib keluvchi dispetcherlik intizomining, texnika xavfsizligi qoidalarining, texnikadan foydalanish qoidalarining buzilishi aniqlansa, Energetika bozori regulatoriga qoidalarni buzgan tarafning litsenziyasini toʻxtatib turish yoki tegishli choralar koʻrish uchun murojaat qilish;
avariya rejimini bartaraf etish uchun yagona elektr energetikasi tizimida mavjud boʻlgan barcha zaxira quvvatlaridan foydalanish, elektr energetikasi obyektlarida rejali-joriy taʼmirlash ishlarini bekor qilish, shuningdek elektr energiyasi isteʼmoliga cheklovlar joriy etish;
yagona elektr energetikasi tizimini rivojlantirish, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti xavfsizligini oshirish, tizimning ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha takliflar berish hamda elektr energetikasi tizimini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha elektr energetikasi obyektlariga kirish va tezkor-dispetcherlik boshqaruvi, shuningdek rele himoyasi va avariyaga qarshi avtomatikasi masalalarining bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
yagona elektr energetikasi tizimidagi vaziyatni va mavjud resurslarni hisobga olgan holda, boshqa davlatlar bilan elektr energiyasining importi va eksporti hajmlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni maxsus vakolatli davlat organiga kiritish.
Tizim operatori:
yagona elektr energetikasi tizimini tezkor boshqarishni belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirishi va uning ishonchli ishlashini taʼminlashi;
elektr energetikasi korxonalarining dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirishi;
elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash va uning isteʼmoli muvozanatini saqlab turishi;
yagona elektr energetikasi tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini taʼminlashi;
yagona elektr energetikasi tizimining boshqa davlatlar uzatish tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarishi;
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olishi, ularni bartaraf etishi va avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklashi shart.
22-modda. Elektr energiyasi bozori operatori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi bozori operatori aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Elektr energiyasi bozori operatori oʻz faoliyatini Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Elektr energiyasi bozori operatori ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq belgilangan toʻlovlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Elektr energiyasi bozori operatori oʻz faoliyatini shaffoflik, xolislik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsiplariga rioya etgan holda amalga oshiradi.
23-modda. Elektr energiyasi bozori operatorining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi bozori operatori quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda mazkur Qonun talablariga muvofiq bozor ishtirokchilari nomidan elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olishni tashkil etish;
elektr energetikasi korxonalaridan elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorini tashkil etish maqsadida talab qilinishi mumkin boʻlgan tegishli axborotni elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalariga muvofiq soʻrab olish.
Elektr energiyasi bozori operatori:
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorini tashkil etishi;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori ishtirokchilarini roʻyxatga olishi va ularning hisobini yuritishi;
elektr energiyasi bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi shartnomalarning va majburiyatlarning hisobini yuritishi;
elektr energiyasi savdosining (shu jumladan importi va eksportining) har kungi jadvallarini tayyorlashi;
elektr energiyasi savdosining har kungi jadvallarini uzatish tizimi operatoriga va elektr energiyasi bozorining boshqa manfaatdor ishtirokchilariga oʻz vaqtida taqdim etishi;
elektr energiyasi ulgurji bozorining raqobatli va erkin tashkil etilishi hamda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha axborotni oʻz vaqtida eʼlon qilib borishi;
boshqa davlatlar uzatish tizimlari bilan bogʻlovchi tarmoqlardagi yuklamalarni toʻgʻri taqsimlash, ulardan foydalanishni takomillashtirish va uzatish tizimidagi oʻta yuklanishlarni boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organiga, Energetika bozori regulatoriga hamda uzatish tizimi operatoriga takliflar kiritishi shart.
Elektr energiyasi bozori operatori bozor konsepsiyasiga va elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
24-modda. Ishlab chiqaruvchi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini ishlab chiqarish Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Bir nechta elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi har bir elektr stansiyasi uchun alohida litsenziya oladi.
Quyidagi hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi:
oʻrnatilgan quvvati 5 MVtdan kam boʻlgan elektr stansiyasida oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishda;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda;
mikroelektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun litsenziya elektr stansiyasini qurish ishlarini boshlashdan avval olinadi.
Elektr stansiyalari davlat mulki yoki xususiy mulk boʻlishi mumkin. Bunda oʻrnatilgan quvvati 5 MVtdan ortiq boʻlgan gidroelektr stansiyalari va gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalarining kamida 25 foizi Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlishi shart.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yangi innovatsion yechimlar asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish qonunchilikka muvofiq ragʻbatlantiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar elektr energiyasini oʻz ehtiyoji uchun ishlab chiqarishi mumkin.
Elektr energiyasini faqat oʻz ehtiyoji uchun ishlab chiqaruvchilar isteʼmolchi maqomiga ega hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr stansiyalarini qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari yakunlaganidan soʻng ularni sinash va foydalanishga topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchilar (yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan oʻrnatilgan quvvati 5 MVt va undan yuqori boʻlgan elektr stansiyalari) elektr stansiyasini yoki uning bir qismini vaqtincha oʻchirish yoxud foydalanishdan chiqarishdan oʻn ikki oy oldin tizim operatorini va Energetika bozori regulatorini bu haqda xabardor qiladi.
Alohida hollarda, Energetika bozori regulatori vaqtincha oʻchirilayotgan yoki foydalanishdan chiqarilayotgan obyektni uning yagona elektr energetikasi tizimiga boʻlgan taʼsirini tegishli tizim operatori va tizim operatori tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish asosida vaqtincha oʻchirishga ruxsat berishi yoki asoslantirgan holda uni rad etishi mumkin.
25-modda. Ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari
Ishlab chiqaruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda mazkur Qonun talablariga muvofiq bir yoki bir nechta elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish;
elektr energiyasi bozori qoidalariga muvofiq bozor ishtirokchilari bilan elektr energiyasini sotish va sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish;
tegishli tizim operatori bilan muvozanatlashni tashkil etish boʻyicha va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, foydalanishga topshirish va ulardan foydalanish.
Ishlab chiqaruvchilar:
ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi;
tizim operatorining tezkor-dispetcherlik boshqaruvi, muvozanatlash, tizimdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq tezkor koʻrsatmalariga rioya etishi;
elektr stansiyalarini ishchi holatda saqlashi va ularning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini taʼminlashi;
elektr energiyasi bozoridagi sogʻlom raqobatni taʼminlashi;
yagona elektr energetikasi tizimi boshqaruvi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tizim operatoriga taqdim etishi;
zaxira quvvatlar bilan taʼminlashda va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan uskunalarni tekshirish, sinash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun tegishli tizim operatoriga sharoitlar yaratishi;
ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishi shart.
Ishlab chiqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
26-modda. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini saqlash Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Har bir elektr energiyasini saqlash tizimi uchun alohida litsenziya olish talab qilinadi.
Quyidagi hollarda Energetika bozori regulatori tomonidan litsenziya berilishi talab etilmaydi:
foydalanuvchilar faqat oʻz ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlash tizimini oʻrnatganda;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlari uchun.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori elektr energiyasini saqlash uskunalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun mol-mulk soligʻini toʻlashdan hamda ushbu uskunalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga ozod etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori tomonidan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari tugallanganidan soʻng ularni sinash va foydalanishga topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori elektr energiyasini saqlash tizimlarini yoki ularning bir qismini vaqtincha oʻchirish yoxud foydalanishdan chiqarishdan olti oy oldin tizim operatorini va Energetika bozori regulatorini bu haqda xabardor qiladi.
Alohida hollarda, Energetika bozori regulatori elektr energiyasini saqlash tizimlaridagi vaqtincha oʻchirilayotgan yoki foydalanishdan chiqarilayotgan obyektni uning yagona elektr energetikasi tizimiga boʻlgan taʼsirini tegishli tizim operatori va tizim operatori tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish asosida vaqtincha oʻchirishga ruxsat berishi yoki asoslantirgan holda uni rad etishi mumkin.
27-modda. Elektr energiyasini saqlash tizimi operatorining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda ushbu Qonun talablarga muvofiq bir yoki bir nechta elektr energiyasini saqlash tizimlarida elektr energiyasini saqlash;
elektr energiyasi bozori qoidalariga muvofiq bozor ishtirokchilari bilan elektr energiyasini sotib olish va sotish uchun hamda quvvat berishga tayyorligi boʻyicha shartnomalar tuzish;
tegishli tizim operatori bilan muvozanatlashni tashkil etish boʻyicha va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish.
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori:
ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi;
tizim operatorining tezkor-dispetcherlik boshqaruvi, muvozanatlash, tizimdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq tezkor koʻrsatmalariga rioya etishi;
elektr energiyasini saqlash tizimlarini ishchi holatda saqlashi va ularning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini taʼminlashi;
elektr energiyasi bozoridagi sogʻlom raqobatni taʼminlashi;
yagona elektr energetikasi tizimi boshqaruvi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tizim operatoriga taqdim etishi;
elektr energiyasini saqlash tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish uchun tegishli tizim operatoriga sharoitlar yaratishi;
elektr energiyasini saqlash tizimlariga qabul qilingan va ulardan chiqarilgan elektr energiyasi hajmlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishi shart.
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
28-modda. Uzatish tizimi operatori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini uzatish Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida uzatish tizimi operatori tomonidan boshqa elektr energetikasi korxonalaridan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Uzatish tizimi operatori ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Uzatish tizimi obyektlari davlat mulkidir va ular xususiylashtirilmaydi.
Uzatish tizimi obyektlari uzatish tizimi operatoriga tegishlidir.
29-modda. Uzatish tizimi operatorining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Uzatish tizimi operatori quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda ushbu Qonun talablarga muvofiq elektr energiyasini uzatishni zamonaviy usullardan foydalangan holda boshqarish;
elektr energiyasi bozorining qoidalariga muvofiq elektr energiyasini hamda quvvatni sotish va (yoki) sotib olish;
tegishli tizim operatori bilan muvozanatlashni tashkil etish boʻyicha va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;
qoʻshimcha xizmatlardan foydalanish, tizim xizmatlarini koʻrsatish;
uzatish tizimi quvvatlaridan iqtisodiy va texnik jihatdan maqbul rejimlarda foydalanish;
elektr stansiyalari va elektr energiyasini saqlash tizimlari obyektlarini tekshirish, sinash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
elektr energetikasi korxonalarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash.
Elektr energiyasini uzatish tizimi operatori:
ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi;
tizim operatorining tezkor-dispetcherlik boshqaruvi, muvozanatlash, tizimdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishga taalluqli tezkor koʻrsatmalariga rioya etishi;
yagona elektr energetikasi tizimining muvozanatini taʼminlashi;
uzatish tizimidan foydalanganlik uchun belgilangan tariflar va toʻlovlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlashi;
tizim xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qoidalar va shartlarga rioya etishi;
uzatish tizimi operatori mustaqilligiga tahdid qiluvchi omillar toʻgʻrisida Energetika bozori regulatorini xabardor qilishi;
Energetika bozori regulatori va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda boshqa davlatlarning uzatish tizimlari operatorlari bilan hamkorlik qilishi;
uzatish tizimini rivojlantirishning koʻp yillik rejasini ishlab chiqishi, bozordagi talab va taklifga muvofiq uning har yili yangilanishini hamda amalga oshirilishini taʼminlashi;
boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan bogʻlovchi elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini energetika xavfsizligini, iqtisodiy va texnik jihatdan asoslanganligini inobatga olgan holda rivojlantirishi;
yagona elektr energetikasi tizimida va boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlariga ulangan elektr energiyasini uzatish tarmoqlarida yuklamaning ortishi va yuklamani boshqarish boʻyicha tizim operatori topshiriqlarini bajarishi;
hududlarning (yirik isteʼmolchilarning) elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini barqaror taʼminlash maqsadida uzatish tizimini qurishi, ishchi holatda saqlashi (ekspluatatsiya qilishi), unga muntazam ravishda texnik xizmat koʻrsatishi va uni rivojlantirishi;
namunaviy shartnomalar asosida foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatishi;
yagona elektr energetikasi tizimini boshqarish uchun zarur boʻlgan axborotni tizim operatoriga taqdim etishi;
uzatish tizimi orqali oʻtgan elektr energiyasi hajmlari toʻgʻrisida har oylik va yillik axborotni oshkor etishi;
oʻzaro bogʻlangan tizimlar operatorlarini ularning xavfsiz va samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlashi shart.
Uzatish tizimi operatori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Uzatish tizimi operatori quyidagilarga rioya etgan holda transchegaraviy elektr energiyasi almashinuvini boshqaradi:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga;
boshqa davlatlarning uzatish tizimlari operatorlari bilan tuzilgan, Energetika bozori regulatori bilan kelishilgan va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan shartnomalarga;
uzatish tizimining umumiy texnik imkoniyatlariga;
magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga.
30-modda. Markaziy xarid qiluvchi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Markaziy xarid qiluvchi funksiyalari Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Markaziy xarid qiluvchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Markaziy xarid qiluvchi va uzatish tizimi operatori elektr energiyasini uzatish tizimi orqali ishlab chiqaruvchilarning ulanish nuqtalaridan taqsimlash tizimining tegishli ulanish nuqtalarigacha yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarning ulanish nuqtalarigacha uzatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzadi. Bunda uzatilgan elektr energiyasining hisobini uzatish tizimi operatori yuritadi.
31-modda. Markaziy xarid qiluvchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Markaziy xarid qiluvchi quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda ushbu Qonun talablariga muvofiq markaziy xarid qiluvchi vazifasini bajarish;
ishlab chiqaruvchilar bilan elektr energiyasini sotib olish va (yoki) sotish shartnomalarini tuzish;
elektr energetikasi korxonalari va yirik isteʼmolchilar bilan elektr energiyasini sotib olish va (yoki) sotish shartnomalarini tuzish;
elektr energiyasini import va eksport qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
yangi elektr stansiyalarini qurishga doir rejalashtirishda ishtirok etish.
Markaziy xarid qiluvchi:
Energetika bozori regulatori tomonidan belgilagan tariflarga muvofiq oʻn ikki oydan oshmaydigan muddatga elektr energiyasini sotib olish uchun namunaviy shartnomalarni imzolashi;
quvvat uchun toʻlov va elektr energiyasi tarifi boʻyicha eng yaxshi shartlarini taklif etgan yangi elektr stansiyasini qurish uchun tanlov gʻolibi bilan elektr energiyasini sotib olish va (yoki) sotish shartnomalarini imzolashi;
bozor qoidalariga muvofiq eng yaxshi taklif prinsipi asosida quvvat uchun toʻlov va elektr energiyasi tarifi belgilanadigan, toʻgʻridan-toʻgʻri kelishuvlar asosida qurilishi nazarda tutiladigan yangi elektr stansiyalari bilan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomalarni imzolashi;
bozor qoidalariga muvofiq eng yaxshi taklif prinsipi asosida quvvat uchun toʻlov va elektr energiyasi tarifi belgilanadigan, xususiylashtirilgan yoki xususiylashtiriladigan elektr stansiyalaridan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomalarni imzolashi;
sotuvchi sifatida elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomalarga va bozor qoidalariga muvofiq quyidagi bozor ishtirokchilari bilan elektr energiyasini sotishga doir namunaviy shartnomalarni tuzishi shart:
taʼminotchilar;
tegishli tizim operatori;
ishlab chiqaruvchilar;
yirik isteʼmolchi (ixtiyoriga koʻra).
Markaziy xarid qiluvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Markaziy xarid qiluvchi tomonidan shartnomaviy munosabatlarda boʻlgan yoki shunday munosabatlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklarni asossiz ravishda berish yoxud boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish taqiqlanadi.
32-modda. Treyderlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Treyderlar elektr energiyasi bozorida Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida oʻz tavakkalchiligi ostida elektr energiyasini sotib oladi va savdo faoliyatini amalga oshiradi.
Treyderlar va isteʼmolchilarning elektr energiyasi savdosi boʻyicha huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va elektr energiyasini sotib olish va (yoki) sotish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomalar shartlari bilan tartibga solinadi.
33-modda. Treyderlarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Treyderlar quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda ushbu Qonun talablariga muvofiq elektr energiyasi bozorida treyderlik faoliyatini amalga oshirish;
elektr energiyasi bozori qoidalariga muvofiq bozor ishtirokchilari bilan elektr energiyasini sotib olish va (yoki) sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan talablarga muvofiq elektr energiyasi savdosi operatsiyalari uchun toʻlovlarni yigʻish.
Treyderlar:
elektr energiyasi savdosi boʻyicha operatsiyalarning xavfsiz, ishonchli va barqarorligini taʼminlash talablariga rioya etishi;
narxlar, tariflar yoki elektr energiyasi savdosi boʻyicha operatsiyalarning shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida isteʼmolchilarni oldindan xabardor qilishi;
isteʼmolchilarning elektr energiyasi savdosi bilan bogʻliq murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqishi;
Energetika bozori regulatoriga savdo faoliyati toʻgʻrisida har oyda hisobotlar taqdim etishi;
elektr energiyasi bilan bogʻliq savdo operatsiyalari toʻgʻrisidagi tegishli axborotni besh yil davomida saqlab turishi va uni soʻrov boʻyicha vakolatli davlat organlariga taqdim etishi;
tayinlangan taʼminotchi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashi va bu boʻyicha alohida moliyaviy hisobot yuritishi shart.
Treyderlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
34-modda. Taqsimlash tizimi operatori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini taqsimlash Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida, taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan belgilangan hududda, boshqa elektr energetikasi korxonalaridan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Taqsimlash tizimi operatori ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Taqsimlash tizimi obyektlari taqsimlash tizimining operatoriga tegishlidir.
Taqsimlash tizimi operatori ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin. Ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxs taqsimlash tizimi obyektlarining ishchi holatda saqlanishini taʼminlashi shart.
Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan elektr energiyasini taqsimlash ushbu Qonun, taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari hamda litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Taqsimlash tizimini rivojlantirish va investitsiya rejalari Energetika bozori regulatoriga va maxsus vakolatli davlat organiga kelishish uchun taqdim etiladi.
Taqsimlash tizimi operatori tasdiqlangan investitsiya rejalarini eʼlon qiladi.
35-modda. Taqsimlash tizimi operatorining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Taqsimlash tizimi operatori quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ushbu Qonun talablariga muvofiq elektr energiyasini taqsimlashni zamonaviy usullar bilan boshqarish;
Energetika bozori regulatori bilan kelishilgan holda taqsimlash tizimidagi texnologik yoʻqotishlar oʻrnini qoplash va elektr energiyasini saqlash obyektlarining ishlashini taʼminlash maqsadida elektr energiyasini sotish va sotib olish;
tegishli tizim operatori bilan muvozanatlashni tashkil etish boʻyicha va qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish;
qoʻshimcha xizmatlardan foydalanish, tizim xizmatlarini koʻrsatish;
taqsimlash tizimidan iqtisodiy va texnik jihatdan maqbul rejimlarda foydalanish;
elektr energetikasi korxonalarini va isteʼmolchilarni yagona elektr energetikasi tizimiga belgilangan tartibda ulash.
Taqsimlash tizimi operatori:
ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi;
tizim operatorining tezkor-dispetcherlik boshqaruvi, muvozanatlash, tizimdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq operativ koʻrsatmalariga rioya etishi;
taqsimlash tizimi operatori mustaqilligiga tahdid qiluvchi omillar toʻgʻrisida Energetika bozori regulatorini xabardor qilishi;
taqsimlash tizimini rivojlantirishning besh yillik rejasini ishlab chiqishi, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda uni har yili yangilashi hamda amalga oshirishi;
hududlarning (isteʼmolchining) elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini barqaror taʼminlash maqsadida taqsimlash tizimini qurishi, ishchi holatda saqlashi (ekspluatatsiya qilishi), unga muntazam ravishda texnik xizmat koʻrsatishi va uni rivojlantirishi;
taqsimlash tizimidan foydalanganlik uchun belgilangan tariflar va toʻlovlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shartnomalar asosida foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatishi;
yagona elektr energetikasi tizimini boshqarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni tizim operatoriga taqdim etishi;
taqsimlangan elektr energiyasini hisobga olishi va hisobini yuritishi;
taqsimlash tizimidan oʻtgan elektr energiyasining hajmi toʻgʻrisidagi har oylik va yillik axborotni oshkor qilishi;
oʻzaro bogʻlangan tizimlar operatorlarini ularning xavfsiz va samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlashi;
yoʻqotishlarning joriy holatini aniqlashi va ularni kamaytirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va ularning bajarilishini taʼminlashi shart.
Taqsimlash tizimi operatori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
36-modda. Taʼminotchi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasini sotish Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziyaga asosan taʼminotchilar tomonidan belgilangan hududda boshqa elektr energetikasi korxonalaridan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
37-modda. Tayinlangan taʼminotchi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Tayinlangan taʼminotchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi.
Tayinlangan taʼminotchi turli sabablarga koʻra (elektr taʼminotidagi rejali yoki rejadan tashqari uzilish yoki taʼminotchi tomonidan majburiyatlarning buzilishi) elektr taʼminotidan uzilgan vakolatli isteʼmolchiga uch oy davomida elektr energiyasi sotilishini kafolatlaydi.
Agar vakolatli isteʼmolchi ushbu muddat ichida boshqa taʼminotchi bilan shartnoma tuzmasa, tegishli tizim operatori vakolatli isteʼmolchiga elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatadi.
Tayinlangan taʼminotchi oʻz faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni, shuningdek har oylik va yillik hisobotlarni Energetika bozori regulatoriga taqdim etib boradi.
38-modda. Taʼminotchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Taʼminotchi quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari hamda ushbu Qonun talablariga muvofiq elektr energiyasini isteʼmolchilarga sotish;
sotilgan elektr energiyasi va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish;
elektr taʼminotining namunaviy shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar isteʼmolchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, tegishli tizim operatoridan isteʼmolchiga elektr energiyasini yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatishni va isteʼmolchini yagona elektr energetikasi tizimidan uzishni talab qilish;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash. Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi, shuningdek mazkur talablar buzilgan hollarda, isteʼmolchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
Taʼminotchi:
yillik biznes-rejalarni Energetika bozori regulatoriga kelishish uchun taqdim etishi;
isteʼmolchilarning xavfsiz, ishonchli va barqaror elektr taʼminotini taʼminlashi;
isteʼmolchilarning elektr energiyasi savdosi bilan bogʻliq murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqishi;
elektr energiyasining isteʼmol qilinishi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmolchining talabiga binoan oshkor etishi;
belgilangan hududda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yuzasidan majburiyatlarni bajarishi;
oʻzining rasmiy veb-saytida elektr taʼminotining namunaviy shartnomasi shartlarini, tariflarni va boshqa toʻlovlarni eʼlon qilishi;
amaldagi narxlarga, tartibga solinadigan tariflarga va boshqa shartlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida isteʼmolchilarni oldindan xabardor qilishi;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarni mazkur qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisida qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilishi;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklashni mazkur qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda avtomatik ravishda bekor qilishi;
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek har oylik va yillik hisobotlarni Energetika bozori regulatoriga muntazam ravishda taqdim etishi;
tegishli tizim operatorlari bilan tuzilgan elektr energiyasining sotish va (yoki) sotib olish shartnomalarini hamda ushbu shartnomalar asosida sotilgan yoki sotib olingan elektr energiyasi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni besh yil davomida saqlashi shart.
Taʼminotchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
39-modda. Elektr energiyasi isteʼmolchisining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Elektr energiyasi isteʼmolchisi quyidagi huquqlarga ega:
taʼminotchidan sifatli va barqaror elektr energiyasini sotib olish va undan foydalanish;
namunaviy shartnomaning shartlari oʻzgartirilishi munosabati bilan shartnomani bekor qilish;
namunaviy shartnomaning shartlari toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun taʼminotchiga murojaat qilish;
taʼminotchidan oʻziga tegishli maʼlumotni oshkor etishni soʻrash;
tegishli tizim operatori yoki taʼminotchi tomonidan elektr energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi yoki sifat koʻrsatkichlari milliy standartlarga mos boʻlmagan elektr energiyasi yetkazib berilganligi sababli yetkazilgan zararning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlarning oshkor qilinishini talab qilish;
qonunchilikka muvofiq oʻz obyektlarini tegishli tizim operatorining obyektlariga ulash;
elektr energiyasining isteʼmol qilinishi boʻyicha barcha tegishli maʼlumotlarni olish;
tegishli tizim operatorida texnik yoki boshqa nosozliklar yuzaga kelganda namunaviy shartnoma shartlariga muvofiq ularni eng qisqa muddatlarda bartaraf etishni talab qilish.
Vakolatli boʻlmagan isteʼmolchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari tegishli hududdagi tayinlangan taʼminotchidan elektr energiyasini olish huquqiga ham ega.
Vakolatli isteʼmolchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari elektr energiyasi bozori qoidalarida belgilangan shartlarga muvofiq taʼminotchini tanlash yoki oʻzgartirish huquqiga ham ega.
Yirik isteʼmolchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari ulgurji yoki chakana bozorda (bir nechta taʼminotchidan) elektr energiyasini sotib olish huquqiga ham ega.
Elektr energiyasi isteʼmolchisi:
namunaviy shartnomada belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimiga rioya etishi;
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun haqni (shu jumladan oldindan toʻlovni) namunaviy shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlashi;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni mazkur qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisida qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida bartaraf etishi;
(39-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirishiga yoʻl qoʻyishi;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish uchun choralar koʻrishi;
oʻzi foydalanayotgan elektr tarmoqlarining, asbob va uskunalarning lozim darajadagi texnik holati hamda xavfsizligini taʼminlashi, nosozliklar toʻgʻrisida tegishli tizim operatoriga yoki taʼminotchiga xabar qilishi shart.
Isteʼmolchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
6-bob. Elektr taʼminotiga oid shartnomaviy munosabatlar. Tariflar va toʻlovlar
40-modda. Elektr taʼminotining namunaviy shartnomasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Isteʼmolchilar hamda taʼminotchilarning huquq va majburiyatlari elektr taʼminotining namunaviy shartnomasi shartlari bilan tartibga solinadi.
Elektr taʼminotining namunaviy shartnomasi Energetika bozori regulatori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Elektr taʼminotining namunaviy shartnomasi quyidagi axborotni oʻz ichiga oladi:
taʼminotchining nomi va manzili;
xizmatlar tavsifi va sifati, yetkazib berishni boshlashning taxminiy sanasi;
amaldagi barcha tariflar va toʻlovlar, shu jumladan isteʼmolchi tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchini qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilish, mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar isteʼmolchining elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash shartlari;
(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
shartnomaning amal qilish muddati, uni uzaytirish va shartnomani bekor qilish shartlari, shartnomani bekor qilish huquqi toʻgʻrisidagi axborotni olish shartlari;
shartnomada belgilangan xizmat koʻrsatish sifatiga rioya etilmagan, shu jumladan hisob-fakturalar notoʻgʻri berilgan va oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar;
nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi axborot;
toʻlov usullari va shartlari.
41-modda. Tizim xizmatlarining sifati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Energetika bozori regulatori tegishli tizim operatorlari bilan birgalikda quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqib, foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga oid talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi:
foydalanish, xavfsizlik va ishonchlilik, shu jumladan taʼminotdagi uzilishlarning davomiyligi va takrorlanishi;
tizimga ulanishning, qayta ulanishning, taʼmirlashning va taʼminotdagi uzilishlarning davom etish muddatlari;
isteʼmolchilardan kelib tushgan shikoyatlar (xizmat koʻrsatish masalalari yuzasidan murojaatlar) soni va ularni koʻrib chiqish muddatlari;
kuchlanish, chastota sifati va boshqa koʻrsatkichlar.
Tegishli tizim operatorlari har yili koʻrsatiladigan xizmatlar sifati boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
42-modda. Elektr energiyasini lokal tarmoqlar orqali yetkazib berish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Yuridik va jismoniy shaxslar lokal tarmoqni yaratish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini lokal tarmoq orqali realizatsiya qilish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Lokal tarmoqlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
43-modda. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish yoki ulanishni rad etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish va ulanishni rad etishning batafsil tartibi va shartlari elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida belgilanadi.
Quyidagi hollarda yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish rad etilishi mumkin:
tegishli tizim operatorlari tomonidan xizmat koʻrsatish majburiyatlarini bajarish imkoniyati boʻlmaganda;
elektr quvvati yoki ulanish imkoniyati boʻlmaganda (bundan ulanuvchi taraf elektr quvvatini yoki ulanish imkoniyatini oshirish boʻyicha barcha xarajatlarning oʻrnini qoplashga rozi boʻlgan hollar mustasno).
44-modda. Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.04.00 Maishiy xizmatlar uchun tariflar va imtiyozlar, hisob-kitob tartibi]
Quyidagi tariflar va toʻlovlar Energetika bozori regulatori tomonidan tartibga solinadi:
markaziy xarid qiluvchi tomonidan ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan quvvat va elektr energiyasi uchun tariflar;
taʼminotchilar va yirik isteʼmolchilar tomonidan markaziy xarid qiluvchidan sotib olinadigan elektr energiyasi uchun tariflar;
toʻgʻridan-toʻgʻri kelishuvlar asosida yoki litsenziyaga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilgan yangi elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan quvvat va elektr energiyasi uchun markaziy xarid qiluvchi toʻlashi lozim boʻlgan tariflar;
mikroelektr stansiyalaridan sotib olinadigan elektr energiyasi uchun tariflar;
taʼminotchiga yoki tayinlangan taʼminotchiga isteʼmolchilar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan tariflar;
foydalanuvchilar tomonidan uzatish tizimi operatoriga elektr energiyasini uzatish xizmatlari uchun toʻlanadigan tariflar;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlar bilan bogʻlangan davlatlararo elektr energiyasini uzatish tarmoqlaridan foydalanganlik uchun uzatish tizimi operatoriga toʻlanadigan tariflar;
foydalanuvchilar tomonidan taqsimlash tizimi operatoriga elektr energiyasini taqsimlash xizmatlari uchun toʻlanadigan tariflar;
yagona elektr energetikasi tizimida ulanish nuqtalarini qurish uchun toʻlovlar;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish uchun toʻlovlar;
tegishli tizim operatorlari tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovlar;
elektr energiyasi bozori operatorining xizmatlari uchun toʻlovlar;
ishlab chiqaruvchilarning zaxira quvvatlari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun tariflar;
qonunchilikda belgilangan boshqa tariflar va toʻlovlar.
Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.
Tariflar va toʻlovlar bir tomonlama oʻzgartirilmaydi.
Energetika bozori regulatori tomonidan barcha isteʼmolchilar yoki isteʼmolchilarning toifalari uchun yagona tarif belgilanishi mumkin.
Shartnoma tuzilganidan keyin tartibga solinadigan tarif yoki toʻlov oʻzgargan taqdirda, tegishli shartnomaga nisbatan tarifning yoki toʻlovning oʻzgartirilgan miqdori qoʻllaniladi.
Energetika bozori regulatori tayinlangan taʼminotchining tarifi bir xil toifadagi isteʼmolchilarga sotiladigan elektr energiyasining oʻrtacha tarifidan yuqori boʻlishini taʼminlaydi.
45-modda. Tariflar va toʻlovlarni belgilash prinsiplari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.04.00 Maishiy xizmatlar uchun tariflar va imtiyozlar, hisob-kitob tartibi]
Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar, ularni belgilash uslublari ushbu Qonun prinsiplariga asoslanadi.
Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar elektr energetikasi korxonalarining rentabelligini taʼminlaydi hamda quyidagi asosli xarajatlarni aks ettiradi:
ekspluatatsiya xarajatlarini;
yoqilgʻi uchun xarajatlarni;
texnik xizmat koʻrsatish, modernizatsiya qilish, qurilish va rekonstruksiya qilish uchun xarajatlarni;
amortizatsiya xarajatlari, shu jumladan asosiy xarajatlarni;
soliqlar, litsenziya yigʻimlari va boshqa toʻlovlarni.
Asosiy xarajatlar asosli xarajatlar prinsipi asosida elektr energetikasi korxonalari tomonidan hisobga olinadi.
Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni belgilashda elektr energetikasi korxonalarining ekspluatatsiya va boshqaruv samaradorligini oshirish, yoʻqotishlarni kamaytirish, taʼminot xavfsizligini taʼminlash, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek energiya samaradorligini oshirish choralari hisobga olinadi.
Tegishli tizim operatorlari obyektlaridan foydalanishni, yetkazib berishni va savdo faoliyatini oʻzaro kesishma subsidiyalash taqiqlanadi, shuningdek foydalanuvchilar oʻrtasida kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
46-modda. Tariflar va toʻlovlarni belgilash tartibi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.04.00 Maishiy xizmatlar uchun tariflar va imtiyozlar, hisob-kitob tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Tariflar va toʻlovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar Energetika bozori regulatori tomonidan belgilanadi.
Qabul qilingan tariflar va toʻlovlar kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qilinadi. Hech qanday tarif yoki toʻlov orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Tariflar va toʻlovlarni belgilash uslubiyati tariflar va toʻlovlarga nisbatan qoʻllaniladigan batafsil qoidalarni, ularning tuzilishi va hisobini, shu jumladan asoslangan xarajatlar hajmini va oqilona daromad stavkasini hisoblashni belgilaydi.
Tariflar va toʻlovlar uslubiyati kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qilinadi. Zarur boʻlgan taqdirda Energetika bozori regulatori tomonidan tariflar va toʻlovlar uslubiyati qayta koʻrib chiqiladi.
Energetika bozori regulatori tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni litsenziatlardan olingan takliflar asosida belgilaydi.
Litsenziatlar Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan tartibda oʻzining pul aylanmalari va xarajatlari bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy hisobotlar va maʼlumotlarni shakllantiradi.
Litsenziatlar tariflar va toʻlovlarni belgilash uslubiyatiga muvofiq qoʻllaniladigan tariflar va toʻlovlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni Energetika bozori regulatoriga taqdim etadi.
Litsenziatlar elektr energetikasi sohasidagi oʻz faoliyatini eng kam xarajatlar prinsipi asosida amalga oshiradi hamda Energetika bozori regulatorining talabiga koʻra ushbu prinsipga rioya etishini asoslab beradi.
47-modda. Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni nazorat qilish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.04.00 Maishiy xizmatlar uchun tariflar va imtiyozlar, hisob-kitob tartibi]
Litsenziatlar tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha axborotni Energetika bozori regulatoriga taqdim etishi shart.
Tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni qoʻllash qoidalari litsenziatlar tomonidan buzilgan taqdirda, Energetika bozori regulatori:
litsenziatlarga tariflar va toʻlovlarni toʻgʻri qoʻllash toʻgʻrisida koʻrsatma beradi;
tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar boʻyicha ortiqcha undirilgan mablagʻlar elektr energetikasi korxonasi tomonidan ushbu tariflar yoki toʻlovlarni toʻlagan kontragentga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bazaviy stavkaga teng foizlar bilan toʻlanishi toʻgʻrisida buyruq chiqaradi;
ushbu qismning uchinchi xatboshisiga muvofiq kontragentni aniqlashning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ortiqcha undirilgan mablagʻlar koʻrsatilgan foizlar bilan birgalikda shartnoma boʻyicha har bir kontragentiga teng nisbatda toʻlanishi toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
7-bob. Elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalashning umumiy qoidalari
48-modda. Elektr energetikasi sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Elektr energetikasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlari litsenziya asosida amalga oshiriladi:
elektr energiyasi bozori operatori;
elektr energiyasini ishlab chiqarish;
elektr energiyasini saqlash;
elektr energiyasini uzatish;
markaziy xarid qiluvchining vazifalarini bajarish;
elektr energiyasini taqsimlash;
elektr energiyasi bilan taʼminlash;
elektr energiyasi savdosi.
Elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar Energetika bozori regulatori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
49-modda. Litsenziya talablari va shartlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi quyidagi litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi shart:
elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning har bir turiga xos boʻlgan vazifalarni bajarish, huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish uchun texnik, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarning, shuningdek kadrlar salohiyatining mavjudligi;
taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qobiliyati;
ushbu Qonun talablariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi;
litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadigan boshqa litsenziya talablari va shartlari.
50-modda. Litsenziyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
elektr energetikasi sohasidagi tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan elektr energetikasi obyektlariga egalik qilish huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoxud ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatish yoki ularni taʼmirlash boʻyicha kelishuvni tasdiqlovchi hujjatlarni. Bunda ariza beruvchi tegishli elektr energetikasi obyektiga egalik qilish huquqi, undan foydalanish yoki unga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalari Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan eng kam muddat davomida amal qilishini asoslaydi;
ushbu qismning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan elektr energetikasi obyektlarini ishga tushirishga doir ruxsatnomani, agar bunday ruxsatnoma elektr energetikasi sohasidagi tegishli faoliyatga taalluqli boʻlsa;
har qanday faoliyat turida elektr qurilmalarning elektr tarmogʻiga ulanishi nazarda tutilsa, elektr tarmogʻiga ulanishda qoʻllaniladigan texnik reglamentga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni;
ariza beruvchining asosiy vositalari roʻyxatini va elektr energetikasi sohasidagi tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar mavjudligi toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasini;
amaldagi yoki taklif etilayotgan tashkiliy tuzilma va shtat jadvalini yoxud mavjud boʻlgan taqdirda tegishli kasbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tasdiqlovchi hujjatlarni, ariza beruvchi tegishli faoliyat uchun barcha kasbiy yoʻnalishlarni qamrab oluvchi yetarli xodimlarni jalb etganligini tasdiqlovchi hujjatlarni;
ariza beruvchi yuridik shaxs boʻlgan taqdirda, aksiyadorlar (ulushdorlar) tarkibini;
litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.
Elektr energiyasini uzatish yoki taqsimlash faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun ariza beruvchining elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish funksiyasi elektr energiyasini sotib olish va sotish funksiyasidan ajratilgan boʻlishi shart.
Markaziy xarid qiluvchining faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Qonunda belgilangan mustaqillik talablariga toʻliq javob berishi shart.
Energetika bozori regulatorining soʻrovnomasiga asosan ariza beruvchi ariza bilan birga litsenziya olish uchun barcha talablar bajarilganligini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Litsenziya olish uchun talab qilinadigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati Energetika bozori regulatorining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
51-modda. Litsenziyalash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziyalash jarayonida Energetika bozori regulatori shaffof, xolis tarzda va kamsitishsiz harakat qiladi.
Litsenziyalash boshqa davlat organlari tomonidan litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziyalar Energetika bozori regulatori tomonidan ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Energetika bozori regulatori quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishi mumkin:
agar ariza beruvchi hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etgan boʻlsa;
agar ariza beruvchining qonunchilik talablariga muvofiq ayrim turdagi faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun qoʻshimcha litsenziyalari yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari boʻlmasa;
agar ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra yoki sudning qaroriga koʻra tugatish jarayonida boʻlsa;
agar ariza beruvchining elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlaridan birini amalga oshirishga doir avvalgi litsenziyasi tegishli ariza berilishiga qadar soʻnggi besh yil ichida ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi bilan bogʻliq sabablarga koʻra bekor qilingan boʻlsa;
agar ariza beruvchining elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasida ustun mavqeyi eʼtirof etilgan boʻlsa;
litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Faoliyatning quyidagi turlari (va ularning kichik turlari) boʻyicha litsenziya uchun yillik davriy yigʻim belgilanadi:
elektr energiyasini ishlab chiqarish;
elektr energiyasini uzatish;
elektr energiyasini taqsimlash;
elektr energiyasini saqlash;
elektr energiyasi taʼminoti;
markaziy xarid qiluvchining vazifalarini bajarish;
elektr energiyasi savdosi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Litsenziya uchun yillik davriy yigʻimlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 91-sonli “Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
52-modda. Litsenziatlarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Litsenziatlar oʻz huquq va majburiyatlarini ushbu Qonunga hamda litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Litsenziatlar Energetika bozori regulatorining yozma roziligisiz elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatni toʻxtatib turishi, tugatishi, cheklashi yoki kengaytirishi mumkin emas, bundan kontragent tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar haqi toʻlanmagan yoki ushbu Qonun yoki litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiq tegishli faoliyat turlari texnik yoxud xavfsizlik sabablari tufayli toʻxtatib turilgan, tugatilgan, cheklangan hollar mustasno.
Litsenziat litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi yoki axborotdagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Energetika bozori regulatorini xabardor qiladi. Litsenziat oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni muntazam ravishda Energetika bozori regulatoriga hamda ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa vakolatli davlat organlariga Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan hisobot berish qoidalariga muvofiq oshkor qiladi.
Elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlari qoidalariga, shuningdek litsenziya shartlariga muvofiq elektr energetikasi korxonasining bozordagi ishtiroki ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga doir quyidagi majburiyatlarni oʻz ichiga oladi:
xizmatlarni isteʼmolchilarning ehtiyojlari va talablariga muvofiq bajarish hamda tashkil etish;
barcha elektr energetikasi korxonalariga nisbatan sogʻlom raqobat hamda kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsiplarini keng qoʻllash orqali elektr energiyasi ishonchli, qulay va samarali tarzda yetkazib berilishini taʼminlash;
elektr energiyasining va turdosh xizmatlarning hajmlari va narxlari, shuningdek boshqa tijoratga doir shartlar bozordagi talab va taklif asosida kelishilishini taʼminlash.
Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda barcha elektr energetikasi korxonalari quyidagilarni hisobga olishi kerak:
elektr taʼminoti xavfsizligini;
elektr taʼminotining belgilangan yoki shartnomada nazarda tutilgan sifatini;
tariflarni tartibga solish talablarini;
atrof-muhitni muhofaza qilishni, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligini oshirishni;
odamlarning sogʻligʻi, hayoti va mol-mulkini himoya qilishni;
isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilishni.
53-modda. Litsenziya shartlariga oʻzgartirishlar kiritish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Agar ushbu Qonunga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga litsenziya shartlariga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, Energetika bozori regulatori litsenziya shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Energetika bozori regulatori tegishli litsenziat bilan baholash ishlari natijasiga koʻra, elektr energetikasi tizimining xavfsizligini yoki isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli taʼminlash uchun litsenziya shartlarini oʻzgartirish zarur deb topsa, litsenziya shartlariga oʻzgartirishlar kiritadi va tegishli oʻzgartirishlar sabablarini koʻrsatadi.
54-modda. Litsenziatni qayta tashkil etish yoki uning ustav fondidagi (kapitalidagi) oʻzgartirishlar oqibatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Litsenziatning yoki uning bir qismi qayta tashkil etilgan (shu jumladan tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan, ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi oʻzgargan yoki litsenziat boʻlingan) yoki ulushdori oʻzgargan taqdirda, elektr tarmoqlari sohasidagi tegishli faoliyat turini davom ettirish uchun zarur boʻlgan litsenziya litsenziatning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida, koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, ushbu huquqiy vorisning nomiga qayta rasmiylashtiriladi va litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beriladi.
Litsenziatni qayta tashkil etish yoki litsenziatning ovozga qoʻyilgan aksiyalarining 25 foizdan ortigʻini toʻgʻridan-toʻgʻri yoxud bilvosita sotib olish Energetika bozori regulatorining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Energetika bozori regulatori qayta tashkil etishga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita sotib olishga rozilik berishni faqat qayta tashkil etish yoki ovozga qoʻyilgan aksiyalarni sotib olish quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan holda rad etishi mumkin:
qonunchilikda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etmaslik;
ushbu Qonun 51-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan litsenziya berishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlsa;
elektr energetikasi sohasi ishlashining xavfsizligi yoki isteʼmolchilarning elektr taʼminoti ishonchliligi jiddiy tahdid ostida boʻlsa.
Energetika bozori regulatori ushbu moddaga muvofiq litsenziatning aksiyalarini sotib olishga rozilik berishni rad etgan taqdirda, sotib oluvchi litsenziatga nisbatan aksiyador huquqlarini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziatning huquqiy vorisi litsenziyaga nisbatan aksiyador huquqlarini ushbu moddaga muvofiq Energetika bozori regulatori ruxsati olinganidan keyingina amalga oshirishi mumkin.
55-modda. Litsenziatlar tomonidan qonunchilik, litsenziya talablari va shartlarining buzilishi oqibatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziat ushbu Qonunni yoki qonunchilikda belgilangan litsenziya talablari va shartlarini yoxud Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan qoidalarni buzgan taqdirda, Energetika bozori regulatori quyidagi choralarni koʻrishga haqlidir:
litsenziatni jarimalar qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirgan holda oʻz majburiyatlarini bajarishini va belgilangan muddatlarda qoidabuzarliklarni bartaraf etishini talab qilishga;
qonunda belgilangan tartibda jarimalar qoʻllashga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari.
ushbu moddaga va Energetika bozori regulatorining qaroriga muvofiq jarimaning qoʻllanilishiga qaramay, litsenziat qoidabuzarlikni bartaraf etish choralarini koʻrmasa, litsenziya shartlarini oʻzgartirishga yoki uning amal qilishini toʻxtatib turishga.
Energetika bozori regulatori quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga haqlidir:
agar litsenziat elektr stansiyasi yoki boshqa elektr energetikasi obyektini elektr energiyasi taʼminoti xavfsizligiga, aholi salomatligi va xavfsizligiga, elektr energetikasi obyektining xavfsiz ishlashiga yoki atrof-muhitga jiddiy tahdid soladigan tarzda ishlatsa;
agar litsenziat Energetika bozori regulatori tomonidan belgilangan muddatdan keyin ham litsenziya talablari va shartlariga rioya etmasa;
agar litsenziya notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida berilgan yoki qonunchilikni buzgan holda boshqa yoʻl bilan olingan boʻlsa.
Energetika bozori regulatori ushbu Qonunga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlishi shart boʻlmagan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi obyektlar operatorlariga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilgan jazo choralarini qoʻllashi mumkin.
Litsenziatlar elektr energiyasini yetkazib berish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz faoliyatini ushbu moddada va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar bajarilguniga qadar davom ettirib turadi.
Agar jismoniy yoki yuridik shaxs elektr energetikasi sohasidagi faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirayotgan boʻlsa, Energetika bozori regulatori ushbu faoliyatni toʻxtatish choralarini koʻradi hamda ushbu Qonunning 57-moddasida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllaydi.
8-bob. Elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
56-modda. Elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Energetika bozori regulatori quyidagi shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan jazo choralarini qoʻllashi mumkin:
ushbu Qonun qoidalarini yoki Energetika bozori regulatoritomonidan belgilangan qoidalarni yoki talablarni buzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga;
ushbu Qonunga muvofiq asoslar mavjud boʻlganda har qanday litsenziatga.
Energetika bozori regulatori tomonidan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining IX bobi.
57-modda. Elektr energetikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Bozor ishtirokchilari tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik, elektr energiyasi bozori bilan bogʻliq qonunchilikda belgilangan qoidalarni buzganlik uchun qonunga muvofiq ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Moliyaviy sanksiyalar quyidagi huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladi:
ushbu Qonunda nazarda tutilgan mustaqillik prinsiplari va talablarini buzish;
elektr energiyasini sotish va sotib olish majburiyatlarini bajarmaslik;
faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik;
hisobvaraqlarni alohida hisobga olish va ushbu hisobvaraqlarning ijrosi talablarini bajarmaslik;
Energetika bozori regulatoriga notoʻgʻri va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etish;
uzatish tizimiga yoki taqsimlash tizimiga ulanishga ushbu Qonunni, elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini yoki boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan holda toʻsqinlik qilish;
faoliyatni ushbu Qonunni, litsenziya talablari va shartlarini, Energetika bozori regulatorining qarorlarini yoki boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan holda amalga oshirish;
elektr energetikasi sohasiga oid xavfsizlik talablarini buzish;
ulanish shartnomasi mavjud boʻlmagan holda elektr taʼminoti tizimiga ulanish.
Moliyaviy sanksiyalar miqdorlari quyidagi omillar hisobga olingan holda belgilanadi:
elektr taʼminotining buzilishi natijasida yuzaga kelgan tahdid darajasi va buzilishning davomiyligi;
qoidabuzarlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning miqdori va ushbu qoidabuzarlik natijasida olingan foyda;
tashkilotning moliyaviy holati;
qoidabuzarlikning elektr energiyasi bozori faoliyatiga salbiy taʼsiri;
qoidabuzarlikka tegishlilik darajasi;
avval sodir etilgan qoidabuzarliklar;
litsenziatning Energetika bozori regulatori tomonidan tekshiruv boshlanguniga qadar qoidabuzarlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish boʻyicha harakatlari;
Energetika bozori regulatori tomonidan qoidabuzarlikni bartaraf etish yuzasidan belgilangan choralarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qilingan harakatlar.
Jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan jarimalar miqdori qonunchilikda belgilangan shartlarga rioya etgan holda tayinlanadi.
Moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, bundan tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va moliyaviy sanksiyaning summasini ixtiyoriy tarzda toʻlagan hollar mustasno.
Ushbu moddaga muvofiq undirilgan moliyaviy sanksiyalar summalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
9-bob. Elektr taʼminoti xavfsizligi va elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish
58-modda. Elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlashni va elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarishni tashkil etish
Maxsus vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining elektr energetikasi sohasida elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlash va favqulodda vaziyatlarni boshqarish uchun javobgardir.
Maxsus vakolatli davlat organi:
elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda koʻriladigan chora-tadbirlar strategiyasini ishlab chiqadi;
elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyat yuzaga kelganda koʻriladigan chora-tadbirlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
elektr energiyasi taʼminoti xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish orqali elektr energetikasi korxonalarining, bozor ishtirokchilarining va foydalanuvchilarning yetkazib berish xavfsizligi talablarini taʼminlash jarayonidagi huquqlari va majburiyatlarini tartibga soladi.
Maxsus vakolatli davlat organi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni ularning samaradorligi, isteʼmolchilar va atrof-muhitga taʼsirini, shuningdek elektr energiyasining raqobatli ulgurji yoki chakana bozori faoliyatiga taʼsirini hisobga olgan, mutanosiblik prinsipiga rioya etgan holda Energetika bozori regulatori bilan birgalikda qabul qiladi.
Uzatish tizimi operatorining va taqsimlash tizimi operatorining yillik hisobotlari asosida maxsus vakolatli davlat organi elektr taʼminoti va potensial ehtiyojlar bilan bogʻliq boʻlgan joriy vaziyat toʻgʻrisida yillik hisobot tayyorlaydi.
59-modda. Elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlash choralari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Maxsus vakolatli davlat organi elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlash hamda elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etishda Energetika bozori regulatori va uzatish tizimi operatori bilan hamkorlik qiladi hamda quyidagi yoʻnalishlarni takomillashtirib boradi:
Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmolchilarni xavfsiz va barqaror elektr energiyasi bilan ishonchli taʼminlash;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorining shakllanishi hamda ishlashi;
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlarining samaradorligini taʼminlash, muntazam texnik xizmat koʻrsatish hamda zarur hollarda ushbu tizimlarni yangilash, qurish va rekonstruksiya qilish;
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglamentlarga muvofiq tegishli texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
elektr energiyasiga boʻlgan talabni qanoatlantirish uchun uzatish va taqsimlash tizimlariga kapital qoʻyilmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni, shuningdek elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarishni rivojlantirish;
elektr energetikasi sohasining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida elektr energiyasini uzatish uchun yetarli boʻlgan quvvatlarni va zaxira quvvatlarni yaratish;
elektr energiyasiga boʻlgan talab va ishlab chiqarish quvvati oʻrtasidagi muvozanatni saqlash;
energiya samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va energiyani tejash choralarini ragʻbatlantirish;
elektr energiyasini tejashga doir chora-tadbirlarni ilgari surish.
Elektr taʼminoti xavfsizligini taʼminlash choralari Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga nisbatan ushbu choralarning iqtisodiy va ijtimoiy taʼsiri, xususan, elektr energiyasining tariflariga yoki narxlariga potensial taʼsir koʻrsatishi nuqtai nazaridan asoslantirilgan hamda kamsitmaydigan boʻlishi va elektr energiyasining ulgurji yoki chakana bozoridagi raqobat shartlarini hamda narxlarni belgilashda noaniqliklarni keltirib chiqarmasligi, shuningdek elektr energiyasi bozorining ishtirokchilariga yoki yangi ishtirokchilariga haddan ortiq toʻsiqlar yaratilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Elektr energetikasi sohasining barqarorligini, xavfsizligini va ishonchliligini, shu jumladan talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni saqlash uchun maxsus vakolatli davlat organi Energetika bozori regulatori va uzatish tizimi operatori bilan kelishgan holda bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchining zimmasiga oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish majburiyatini yuklatishi mumkin. Ushbu qismga muvofiq elektr stansiyalarining quvvatlarini saqlash va boshqarish shartlari elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Elektr energetikasi obyektlari va tegishli uskunalar uchun majburiy boʻlgan texnika va xavfsizlik qoidalari, shuningdek elektr taʼminoti xavfsizligi bilan bogʻliq texnik koʻriklarga doir talablar belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik reglamentlar bilan tartibga solinadi.
Favqulodda vaziyatlardagi elektr taʼminoti masalalarida ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar roʻyxati ularning strategik ahamiyatidan kelib chiqqan holda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka yetkaziladi.
60-modda. Elektr energetikasi sohasidagi favqulodda vaziyatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, yetkazib berish va elektr energiyasi savdosi jarayonlarini buzadigan yoki ularga tahdid soladigan, shuningdek elektr energetikasi sohasining umumiy xavfsizligiga, tizimning ishonchliligiga yoki isteʼmolchilarning elektr taʼminotiga tahdid tugʻdiradigan, elektr energetikasi korxonalarining nazorati ostidan chiqqan kutilmagan holatlar tufayli yuzaga keladigan avariya vaziyati elektr energetikasi sohasidagi favqulodda vaziyat hisoblanadi.
Elektr energetikasi sohasidagi favqulodda vaziyat maxsus vakolatli davlat organi tomonidan eʼlon qilinadi.
Elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda qoʻllaniladigan himoya choralari va tartib-taomillari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Energetika bozori regulatori, uzatish tizimi operatori va taqsimlash tizimi operatori, shuningdek favqulodda vaziyat taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa tegishli vakolatli organlar bilan kelishilganidan keyin qabul qilinadi.
Elektr energetikasi sohasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda qoʻllaniladigan barcha choralar vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlib, aholi, elektr energetikasi obyektlari va uskunalarning jisman xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarni bartaraf etish uchun qabul qilinadi. Ushbu choralar elektr taʼminoti tizimining ishlashiga aralashuvni imkon qadar kamaytirish uchun qatʼiy zarur harakatlar bilan cheklanadi.
Ushbu bob qoidalari “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zarar yetkazmagan holda qoʻllaniladi.
61-modda. Elektr taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmolchilarning elektr taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shu jumladan elektr tarmogʻida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda, yagona elektr energetikasi tizimining muvozanatini saqlab turish yoki elektr taʼminoti tizimiga texnik xizmat koʻrsatish uchun amalga oshiriladi.
Isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirmasdan elektr taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish zarur boʻlganda amalga oshiriladi. Bunday hollarda, tegishli tizim operatorlari isteʼmolchilarni bunday uzilishlar yoki cheklovlar, ularning elektr taʼminotiga taʼsiri va kutilayotgan davomiyligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilish kerak.
Uzatish yoki taqsimlash tizimlarida rejali profilaktika ishlari uchun elektr taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash tegishli tizim operatorlari tomonidan qabul qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Texnik xizmat koʻrsatish jadvallari tegishli tizim operatorlari va taʼminotchilar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. Tegishli tizim operatorlari elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida belgilangan muddatlarda isteʼmolchilarni rejali texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Agar isteʼmolchi tegishli tizim operatoridan xabarnoma olganidan keyin besh kun ichida qoidabuzarliklarni yoki salbiy taʼsirlarni bartaraf etmasa va bunday qoidabuzarliklar yoki salbiy taʼsirlar avariyaga yoki elektr taʼminoti tizimida uzilishlarga olib kelishi yoki tizimning xavfsizligi va ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, uzatish tizimi operatori va taqsimlash tizimi operatorlari bunday isteʼmolchilarning elektr taʼminotini toʻxtatib qoʻyishi mumkin (bundan maxsus tartibga koʻra elektr energiyasi yetkazib beriladigan isteʼmolchilar mustasno).
Agar tegishli tizim operatori vakolatli vakillarining isteʼmolchi binolariga ular oldindan yozma ravishda ogohlantirilganidan keyin elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish yoki sinash uchun kirishiga monelik qilinsa, bunday qoidabuzarlik tegishli tizim operatoridan bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bartaraf etilmasa, tegishli tizim operatori bunday isteʼmolchining elektr taʼminotini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Uzatish va taqsimlash tizimlari orqali elektr energiyasini yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash shartlari elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari bilan belgilanadi.
Ushbu modda isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berishni elektr energiyasini uzatish, taqsimlash yoki yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi sababli vaqtincha toʻxtatib turish holatlari uchun zarar yetkazmasdan qoʻllaniladi.
62-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi talablar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
Elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi shart.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
63-modda. Energetika bozori regulatori tomonidan nizolarning hal qilinishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Energetika bozori regulatori quyidagi nizolarni va shikoyatlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi:
isteʼmolchilar va taʼminotchilar oʻrtasidagi;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish bilan bogʻliq;
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bilan bogʻliq;
uzatish tarmoqlariga uchinchi tarafning kirishi bilan bogʻliq;
tegishli tizim operatorlarining sifat koʻrsatkichlari talablariga muvofiqligi bilan bogʻliq;
tizimga ulanishni yoki tizimga kirishni taqdim etish bilan bogʻliq;
elektr taʼminotini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki cheklash bilan bogʻliq;
elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq;
tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni qoʻllash tartibini buzish bilan bogʻliq elektr energetikasi korxonalari oʻrtasidagi.
Energetika bozori regulatori ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq nizolarni hal etish tartib-taomilini belgilovchi batafsil qoidalarni tasdiqlaydi.
Nizoning har qanday tarafi oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
Energetika bozori regulatori bozor ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan kontragentlarning shikoyatlarini va nizolar boʻyicha hisobotlarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi, har tomonlama koʻrsatmalar beradi va bunday nizolarni hal qilish maqsadida tegishli qarorlar qabul qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Nizo taraflari uning Energetika bozori regulatori tomonidan koʻrib chiqilishi davomida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilgan hollarda, Energetika bozori regulatori ularga ushbu jarayonda koʻmak koʻrsatadi.
64-modda. Elektr energiyasi bozori uchun oʻtish qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Markaziy xarid qiluvchi elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozori toʻliq tashkil etilguniga qadar elektr energiyasi bozori operatori vazifasini bajaradi.
Elektr energiyasi bozori qoidalariga muvofiq elektr energiyasi bozori faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilganidan keyin markaziy xarid qiluvchi ushbu Qonunning31-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni bajarishni toʻxtatadi (bundan uzoq muddatli elektr energiyasini sotib olish bitimlari boʻyicha huquq va majburiyatlar mustasno). Bunda elektr energiyasi bilan savdo qilish faoliyatini amalga oshirish uchun markaziy xarid qiluvchi Energetika bozori regulatoridan belgilangan tartibda litsenziya oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 91-sonli “Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Markaziy xarid qiluvchining Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar tuzilgan elektr energiyasining barcha oldi-sotdi shartnomalaridan (bitimlaridan) kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar markaziy xarid qiluvchiga oʻtadi. Bunda majburiyatlar markaziy xarid qiluvchiga oʻtganida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarning oʻrni bitimlar taraflariga qoplanishini talab qilish, bitimlarni qisman yoki toʻliq bekor qilish, majburiyatlarni muddatidan oldin bajarish toʻgʻrisida boshqa tarafga talablar qoʻyish taqiqlanadi.
Markaziy xarid qiluvchi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida Energetika bozori regulatoriga ushbu Qonunda nazarda tutilgan namunaviy shartnomalarni tasdiqlashni taʼminlash uchun taqdim etadi. Elektr energiyasi bozori qoidalari qabul qilinganidan keyin markaziy xarid qiluvchi tomonidan belgilangan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Elektr energiyasi bozori qoidalari tasdiqlanganidan keyin markaziy xarid qiluvchi uch oy ichida tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar va taʼminotchilar bilan shartnomalar tuzadi.
Maxsus vakolatli davlat organi birinchi xaridlar rejasini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Uzatish tizimi operatori va taqsimlash tizimi operatori ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida uzatish va taqsimlash tizimlari xizmatlari uchun namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi. Ushbu namunaviy shartnomalar ushbu Qonunga muvofiq namunaviy shartnomalar tasdiqlanganidan keyin tegishli tizim operatorlari tomonidan belgilangan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Energetika bozori regulatori tartibga solinadigan tariflar va yigʻimlarni belgilash uslubiyati ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Energetika bozori regulatori tomonidan tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni belgilash funksiyasini amalga oshirish bilan bogʻliq qoidalar bozor konsepsiyasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga kiritiladi.
Energetika bozori regulatori namunaviy shartnomalar ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy ichida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Litsenziyalash talab etiladigan faoliyat bilan shugʻullanuvchi har qanday subyekt litsenziya olish choralarini ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy ichida koʻrishi shart.
Agar elektr energiyasini uzatish yoki taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin markaziy xarid qiluvchiga, uzatish tizimi operatoriga yoki taqsimlash tizimi operatoriga birinchi marta berilgan boʻlsa, litsenziat ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni taqsimlash boʻyicha talablarni bajarishni taʼminlashi shart.
Elektr energiyasining bozori qoidalari kuchga kirguniga qadar chakana bozordagi barcha isteʼmolchilarga elektr energiyasini uzluksiz, xavfsiz va ishonchli tarzda yetkazib berish vazifasi tayinlangan taʼminotchining zimmasiga yuklatiladi.
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
65-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Qonunning 1-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan litsenziyalash tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
2) 1-ilova quyidagi mazmundagi 52 — 59-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
52.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasini gidroelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarish, shu jumladan gidroakkumulyatsiya saqlash tizimi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
elektr energiyasini issiqlik elektr stansiyalari yoki issiqlik elektr markazlari orqali ishlab chiqarish faoliyati;
shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati
quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;
chiqindilarni qayta ishlash jarayonida yoki biogaz orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;
vodoroddan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;
atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;
boshqa turdagi stansiyalar orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati.
53.
Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasini uzatish faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
54.
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
55.
Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasini siqilgan havo orqali saqlash faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
elektr energiyasini gravitatsiya kuchi orqali saqlash faoliyati;
elektr energiyasini batareyada saqlash faoliyati;
elektr energiyasini boshqa usullar orqali saqlash faoliyati.
56.
Elektr taʼminoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr taʼminoti faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
57.
Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Markaziy xarid qiluvchi faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
58.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
59.
Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
Elektr energiyasi savdosi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
Elektr energiyasi eksporti va importi faoliyati.
”;
3) 4-ilovaning I boʻlimi quyidagi mazmundagi 45 — 52-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
45.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
46.
Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
47.
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
48.
Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
49.
Elektr taʼminoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
50.
Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
51.
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
300
52.
Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
51. Elektr energiyasi bozori faoliyati turlarini litsenziyalash uchun toʻlanadigan davlat boji
Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasini uzatish faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasini saqlash faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasi taʼminoti faoliyati
— BHMning 30 baravari
Markaziy xarid qiluvchi faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati
— BHMning 30 baravari
Elektr energiyasi savdosi faoliyati
— BHMning 30 baravari
”.
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-225-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 339-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 44-moddasi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 195-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-800-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1061-modda) 28-moddasining 10-bandi.
66-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
67-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozori qoidalarini ushbu Qonun 13-moddasining talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini ushbu Qonun 15-moddasining talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
markaziy xarid qiluvchining tijorat qoidalarini ushbu Qonun 16-moddasining talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
68-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-avgust,
OʻRQ-939-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son; 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son)