Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.08.2001
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YuRIDIK ShAXS BO‘LMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARNING MEHNAT STAJINI HISOBGA OLISh VA ULARNING PENSIYA JAMG‘ARMASIGA BADALLAR AJRATISh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 351-sonli “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ruyobga chiqarish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda yakka tartibda ishlaydigan fuqarolarning sug‘urta badallarini alohida hisobga olishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Tartib 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda mazkur Tartibni yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha fuqarolarga yetkazsinlar va uning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. Ijtimoiy ta’minot vazirligi Mehnat vazirligi va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali aholi o‘rtasida o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash vositasida o‘zini daromadlar bilan ta’minlaydigan fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta qilish tamoyillari va mexanizmi to‘g‘risida faol tushuntirish ishlari olib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-yanvar,
47-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
28-yanvardagi 47-son qaroriga
1-ILOVA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi
Tartibi
Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorini bajarish yuzasidan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda tadbirkor deb ataladi) davlat ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Tadbirkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunlarga, mazkur Tartibga va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ta’minlanadi.
Mazkur Tartib tadbirkorlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar shartlari va turlarini tartibga soladi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar (sug‘urta badallari) to‘lashni va mehnat stajini hisoblab chiqishni, shuningdek tadbirkorlarning mehnat daftarchalarini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib yashash joyidagi hokimliklarda, soliq organlarida va Pensiya jamg‘armasida yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tatbiq etiladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash hisobiga pensiya bilan ta’minlanish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Tartib, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs bo‘lmasdan mashg‘ulotning istalgan boshqa turi (boshqa ish) bilan qo‘shib olib boruvchi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi.
2. Tadbirkor Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan taqdirda:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, bola tug‘ilganda nafaqa olish hamda dafn marosimi uchun nafaqa olish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy muhofazaning boshqa turlarini olish huquqiga ega bo‘ladi.
3. Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi mazkur Tartibga muvofiq tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lash davrida boshlangan bo‘lsa beriladi.
4. Belgilangan pensiyalar va nafaqalar mazkur Tartibda nazarda tutilgan miqdorda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda beriladi.
II. Tadbirkorni Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tkazish
5. Tadbirkor yashash joyidagi hokimlikda davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish bilan bir paytda sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishi shart.
6. Tadbirkorni Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsiy ariza asosida amalga oshiriladi.
Belgilangan namunadagi ariza tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning to‘liq manzili, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumot, shuningdek, tadbirkor faoliyatining turi hamda, tadbirkorning xohishiga ko‘ra, uning faoliyatiga tegishli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi (1-ilova).
Tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish paytida pasportni, tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan dalolat beruvchi guvohnomani, shuningdek, mehnat daftarchasini ko‘rsatishi kerak.
Tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazishda mehnat daftarchasi saqlash va belgilangan yozuvlarni yuritish uchun Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida qoladi, tadbirkor faoliyatining mazkur turi bilan o‘rindoshlik bo‘yicha shug‘ullangan va uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyi bo‘yicha yuritilgan hollar bundan mustasno.
7. Har bir tadbirkorga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, hamda sug‘urta badallarini to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida yozma bildirishnoma beriladi (2-ilova), Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadigan Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftari yuritiladi (3-ilova), Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar to‘lash uchun tadbirkorning yashash joyidagi Xalq banki bo‘limida foizsiz shaxsiy schyot ochiladi.
III. Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash tartibi
8. Tadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq u badallarining mazkur Tartib bilan belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa miqdori Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari miqdoriga hamda tadbirkorning mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘liq mehnat staji (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq erkaklar uchun — 25 yil, ayollar uchun — 20 yil) sharoitida yoshga ko‘ra eng kam miqdordagi pensiya olish uchun Pensiya jamg‘armasiga oyiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining o‘rtacha miqdori eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi zarur.
9. Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining eng kam miqdori har bir oy uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
10. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari yilning har choragida, hisobot choragidan keyingina oyning 8 kunidan kechikmay to‘lanadi.
11. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob yo‘li bilan yoxud naqd pul bilan Xalq banki bo‘limi orqali tadbirkorning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi schyotiga to‘lanadi. Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. Sug‘urta badali to‘langanligi haqida to‘lov hujjatlari sug‘urta badallarini tushumini solishtirish va Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftariga tegishli yozuvlar qayd etilishigacha tadbirkorda saqlanishi kerak.
12. To‘langan sug‘urta badali qaytarilmaydi. O‘z vaqtida to‘lanmagan sug‘urta badali uchun muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kunga sug‘urta badallari to‘lash paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining 0,15 foizi miqdorida penya qo‘shiladi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda tadbirkorning iltimosiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasi sug‘urta badallari to‘lashni penya qo‘shilmagan holda uch oy muddatgacha kechiktirishi mumkin.
IV. Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish
13. Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftarida yuritiladi. Ushbu daftarda to‘langan sug‘urta badallari sanasi va miqdori to‘g‘risida yozuvlar qayd etiladi, Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftari tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘langanligini va uning miqdorini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi, hamda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi.
14. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida yilning har choragida tadbirkordan tushadigan sug‘urta badallari tushumi bo‘yicha yakunlar chiqariladi, hamda to‘lamaganlik yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlarga ularning qarzi miqdorlari haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr va to‘lovlar muddati o‘tkazib yuborganligi uchun qo‘shilgan penya miqdori ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
15. Tadbirkorning birinchi talabi bilan, biroq bir yilda kamida bir marta Pensiya jamg‘armasi tadbirkordan Pensiya jamg‘armasiga tushgan to‘lovlarni Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirish lozim.
16. Yashash joyini yangilagan yoki boshqa sabablar bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatgan shaxsning talabi bilan Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftarini keyinchalik nafaqa belgilashda taqdim etish uchun tadbirkorning qo‘liga beradi.
V. Mehnat stajini hisoblab chiqarish va tadbirkorlarning mehnat daftarchalarini yuritish tartibi
17. Tadbirkor mazkur Tartibga binoan sug‘urta badallari to‘lagan davrlar uning mehnat stajiga qo‘shiladi. Mehnat daftarchasi tadbirkorning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
18. Tadbirkorning mehnat daftarchasi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi va yuritiladi.
Agar tadbirkor pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan paytgacha mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda ushbu fuqaro uchun yangi mehnat daftarchasi ochadi.
Tadbirkorning mehnat daftarchasi Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lashning barcha muddatlari mobaynida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida saqlanadi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblangan holda mazkur shaxsning mehnat daftarchasi belgilangan tartibda uning asosiy ish joyida yuritiladi. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish o‘rindoshlik hisoblangan tadbirkorning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga mehnat faoliyatining tadbirkor sifatidagi davri to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilishi mumkin. Yozuv sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida tadbirkor sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yoziladi.
19. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar:
— “Sana” ustunida tadbirkor faoliyatining boshlanish sanasi va tadbirkor faoliyatining to‘xtatilishi sanasi to‘g‘risidagi yozuvlar yoziladi.
Tadbirkor sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida Pensiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan kun, u to‘lovlarni to‘lab borgan taqdirda tadbirkor faoliyatining boshlanish sanasi hisoblanadi.
Tadbirkorning Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badal to‘lashini to‘xtatish to‘g‘risidagi shaxsiy arizasiga qo‘yilgan sana yoki u sug‘urta badallari to‘lashni bu haqda Pensiya jamg‘armasini xabardor qilmasdan to‘xtatgan bo‘lsa, tadbirkor sug‘urta badali to‘lagan davrning oxirgi kuni tadbirkorning faoliyati to‘xtagan sana hisoblanadi.
— “Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar” ustuniga — “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul” — deb yoziladi hamda tadbirkorlarning Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limidagi ro‘yxatdan o‘tish raqami va ushbu bo‘limning to‘liq nomi ko‘rsatiladi.
“Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi qaroriga asosan deb yoziladi, hamda ushbu qarorning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
20. Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa belgilash uchun mehnat stajini hisoblab chiqarishda, agar to‘langan badallar summasi (to‘langan penyalar hisobga olinmagan holda) o‘sha yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam badal miqdoridan kam bo‘lmasa, ushbu yil stajga qo‘shiladi.
Agar tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashdan iborat bo‘lsa, ushbu yilda kamida 9 oy mobaynida badallar to‘langan bo‘lsa, mehnat stajiga to‘liq yil qo‘shiladi.
Boshqa hollarda staj sug‘urta badallari to‘langan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
21. Tadbirkor tomonidan Pensiya jamg‘armasiga mazkur Tartibning 10-chi bandiga muvofiq, belgilangan muddatdan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmangan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi fuqaroning tadbirkor sifatida ish bilan ta’minlanganligi va ish stajining to‘xtatilganligi to‘g‘risida mehnat daftarchasiga yozib qo‘yadi. Agar tadbirkor mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatida uning mehnat staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritilgandan so‘ng bir oy mobaynida sug‘urta badallari to‘lanmagan barcha davrga sug‘urta badallari bo‘yicha qarzlarni hamda qarzlar bo‘yicha penyani to‘laganda, ish bilan ta’minlanganligi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuv bekor qilinadi, tadbirkorning mehnat staji to‘xtatilgan paytidan tiklanadi.
Agar tadbirkorning ish staji to‘xtatilganligi to‘g‘risida mehnat daftarchasiga yozilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tegishli badallar va qarzlar bo‘yicha penyalar to‘lanmasa, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi belgilangan tartibda fuqaroning yashash joyiga mehnat daftarchasini jo‘natadi va bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tgazilganlikni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi hokimlikka tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘xtatilganligi haqida bildirishnoma yuboradi.
VI. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash
22. Pensiyalar (yoshi bo‘yicha, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo‘qotish bo‘yicha) tadbirkorning arizasiga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, chaqaloq tug‘ilganda, dafn etish uchun nafaqa) tadbirkorni ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badal to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
23. “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq pensiya miqdorini hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa va homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan oylik daromad miqdori ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘langan oylik badallar summasini 37,2 ga bo‘lish va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Oylik badal miqdorini aniqlash uchun choraklik badallari summasi 3 ga bo‘linadi.
24. Pensiya tayinlashda tadbirkorning mehnat staji mazkur Tartibning V bo‘limiga muvofiq mehnat daftarchasiga yozilgan yozuvlar asosida ijtimoiy ta’minot tomonidan aniqlanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlashda mehnat staji Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan:
tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish paytigacha bo‘lgan staj mehnat daftarchasidagi;
tadbirkor sifatida ish bilan ta’minlangan davrdagi staj (Pensiya jamg‘armasida tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) Sug‘urta badallari to‘lashni hisobga olish daftaridagi yozuv asosida aniqlanadi.
25. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblab chiqarish uchun o‘tgan yilda Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallar summasidan kelib chiqib aniqlanadigan ish haqi olinadi.
O‘tgan yilda badallar to‘lanmaganda tadbirkorga eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, keyinchalik qayta hisoblagan holda, nafaqa belgilanadi.
26. Pensiyalar pensionerning xohishiga ko‘ra pensionerning turar joyidagi pochta aloqa bo‘limlari yoki Xalq banki bo‘limlari orqali ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to‘lanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar nafaqa summasini tadbirkorning foizsiz shaxsiy schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan Xalq banki bo‘limlari orqali ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to‘lanadi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga
1-ilova

_______________________________________
‎(tumani, shahri)
‎Pensiya jamg‘armasi bo‘limi‎

1.________________________________‎‎_________________________________________________________
‎(Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi)

2.__________________________________tumani (shahri);‎ Manzili_________________‎______________
‎‎__________________________________________________________________________________________;‎
Telefoni_______________________________‎
3.Pasport:Seriyasi__________________________________ raqami________________________________‎
Qayerda va qachon berilgan____________________________________________________________________
4.Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnomaning raqami, berilgan sanasi‎‎ va joyi:
‎ Raqami__________________________; Berilgan sanasi 199 yil “___”___________________
‎ Ruxsatnoma bergan organ __________________________________________________________‎
5.Faoliyat turi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishiga binoan)‎ _______________________________________ ________________________________‎‎_________________________________________________________;
‎‎6.Boshqa ma’lumotlar‎ (murojaat qiluvchining xohishiga ko‘ra)______________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________;
‎‎

‎‎A R I Z A

Meni sug‘urtachi ‎‎‎— sug‘urta badallarini Pensiya jamg‘armasiga to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
‎ Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibi bilan tanishib chiqdim.
‎ Sana: 199___yil _________________________________________________________________________

‎‎‎(shaxsiy imzo)

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning
mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya
jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga
2-ilova

______________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi‎

‎‎Sug‘urtachi badallarini to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida
‎ SUG‘URTAChIGA BILDIRIShNOMA

‎‎Sug‘urtachining familiyasi, ismi va otasining ismi ________________
‎‎_____________________________________________________________
Sug‘urtachining manzili ‎__________________________________________
‎‎(tumani, shahri)
‎‎Pensiya jamg‘armasi shuni bildiradiki, Siz tomondan taqdim etilgan hu�jatlarga muvofiq
‎‎Siz _______________________________________________________________ dan

‎‎(ro‘yxatdan o‘tkazilgan yil, kun, oy)

‎‎boshlab _______________ raqami bilan ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lovchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdingiz. Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish raqami Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga Siz tomondan taqdim etiladigan sug‘urta badallari hisob-kitoblari bilan bog‘liq barcha hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak.

‎‎Badallar Pensiya jamg‘armasiga Siz tomondan yil choraklari bo‘yicha, 199__yil _____________ dan boshlab, sug‘urta badali to‘lanadigan yil choragi oxirgi oyidan keyin keladigan oyning 8-kunidan kechikmay to‘lanishi kerak. Sizning badalingizning eng kam miqdori hisob-kitob qilinadigan yil choragining oylari uchun eng kam oylik ish haqi summasidan kam bo‘lmasligi kerak. Sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanmasa, muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sug‘urta badallarini to‘lash paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida penya qo‘shiladi.

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni olish huquqi paydo bo‘lgan hollarda, ular Sizga, Xalq bankining______________________ bo‘limidagi _____________ son foizsiz shaxsiy schyotga o‘tkaziladi.‎‎

_________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi
‎ bo‘limining boshlig‘i ‎

_________________
‎(imzo)‎

199___yil “_______” ______________ ‎‎‎
M.O‘.‎
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning
mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya
jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga
3-ilova

_______________________________________________________
(tumani, shahri)
‎Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

Sug‘urta badallarini ‎‎Pensiya jamg‘armasiga
‎ to‘lashni hisobga olish
‎D A F T A R I

‎____________________________tumani (shahri) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lovchi hisoblanuvchi_______________________________________________________________________________‎‎

(sug‘urta badallari to‘lovchi shaxsning familiyasi, ismi‎

‎‎_________________________________________________________________________________________ga‎
va otasining ismi)‎
berildi. U 199___yil_______________da ___________raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.‎‎‎

____________________________
‎(tumani, shahri)‎

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i‎

_______________________199___yil_____________________
imzo‎‎

M.O‘.‎

199___yil‎‎‎

199___yil‎‎‎

199___yil‎‎‎

yil choragi

summa

yil choragi

‎summa

yil choragi

‎summa

1‎-chorak
2‎-chorak‎
3‎-chorak‎
4‎-chorak‎
JAMI‎

‎‎‎‎imzo
‎M.O‘.

‎‎‎‎imzo
‎M.O‘.

‎‎‎‎imzo
‎M.O‘.

199___yil‎‎‎‎‎‎

199___yil‎‎‎‎‎‎

‎‎199___yil‎‎‎‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1‎-chorak‎
2‎-chorak‎
3‎-chorak‎
4‎-chorak‎
JAMI‎

‎‎imzo
‎M.O‘.‎‎
‎‎

‎‎‎‎imzo
‎M.O‘.

‎‎imzo
‎M.O‘.

199___yil‎‎‎‎‎‎

199___yil‎‎‎‎‎‎

199___yil‎‎‎‎‎‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1‎-chorak‎
2‎-chorak‎
3‎-chorak‎
4‎-chorak‎
JAMI‎

‎‎imzo
‎M.O‘.

‎‎imzo
‎M.O‘.‎

‎‎imzo
‎M.O‘.

To‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida ma’lumotlar‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan).