Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda uy-joy sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va zamonaviy koʻp kvartirali uylar qurish koʻlamini kengaytirish, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish hamda banklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida:
hududlarda zamonaviy arxitektura koʻrinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylarni 1-ilovaga muvofiq qurish;
qurilish tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etish;
koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlarini keng joriy qilish;
ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) hamda banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan kamida 17 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish;
Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlarini ajratish;
banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalanish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bir oy muddatda “Onlayn mahalla” elektron platformasida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarning roʻyxatini yuritish imkoniyatini yaratsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun kredit olgan fuqarolarning muntazam daromad olish imkonini beradigan faoliyat turlari bilan band boʻlishlarini taʼminlasin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yil 1-maydan boshlab:
a) banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha 2-ilovada koʻrsatilgan miqdorlarda qayta moliyalashtiriladi.
Bunda, qarz oluvchi tomonidan birlamchi uy-joy bozorida kvartira sotib olish uchun zarur boʻlgan ipoteka kreditining miqdori 2-ilovada koʻrsatilgan miqdorlardan yuqori boʻlganda, banklarga kreditning yetmagan qismini oʻz mablagʻlari hisobidan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali moliyalashtirishga ruxsat etiladi;
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratilgan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtiriladi:
ipoteka krediti jismoniy shaxslarga birlamchi uy-joy bozoridagi (shu jumladan, ulush kiritish asosida qurilgan) kvartiralarni sotib olish, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlash uchun ajratilgan boʻlishi;
qarz oluvchi Dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan boʻlishi. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
ipoteka kreditining muddati 20 yildan oshmasligi va foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan koʻpi bilan toʻrt foiz bandga yuqori boʻlishi (ulushdor jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bundan mustasno);
v) ulushdor jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari foiz stavkasi miqdoridan qatʼi nazar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) belgilangan talablarga javob beradigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish va banklarni uzluksiz ravishda moliyaviy resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich Kompaniyaga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 20 yil muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan uch foiz bandga yuqori stavkada 1,2 trillion soʻm miqdorida resurs ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu resurslar birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun 20 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan koʻpi bilan sakkiz foiz bandga yuqori boʻlgan stavkalarda ajratilgan va Kompaniya tomonidan belgilangan shartlarga mos boʻlgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
6. Dastur doirasida subsidiyalar toʻlashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin, ularga muvofiq:
subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi;
2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi;
birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.
7. Quyidagilar:
2024-yilda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2024-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi shaklida ochiladigan Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Jamgʻarmaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va mablagʻlarini shakllantirish manbalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. 2024-yil 1-maydan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sugʻurta xavflaridan sugʻurta qilish talabi bekor qilinadi;
b) koʻp qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” va “SS” boʻlgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.
Bunda, elektron reyting bahosi “S” boʻlgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori boʻlmagan, “SS” boʻlgan tashkilotlarga — toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi;
v) 2025-yil 1-yanvarga qadar roʻyxati 6-ilovada koʻrsatilgan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 700 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bunda:
(9-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 06/26/29/0195-son)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi pul mablagʻlarini banklarga 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtiradi, banklar esa ushbu mablagʻlarni ikki foizlik marja qoʻllagan holda qurilish tashkilotlariga kredit sifatida ajratadi;
aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun kreditlar ajratiladigan qurilish tashkilotlarining roʻyxati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Markaziy bank tomonidan qurilish tashkilotlari reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barcha toifasiga mansub boʻlgan qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratiladigan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha kafillik hamda 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kompensatsiyalar taqdim etiladi. Bunda:
kafillik va kompensatsiyalar kredit summasidan qatʼi nazar taqdim etiladi;
kompensatsiya — har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarga taqdim etiladi;
kafillik — har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kichik tadbirkorlik subyektiga 2,5 milliard soʻmdan, oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 milliard soʻmdan, yirik tadbirkorlik subyektlari uchun 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
10. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar “yashil” uy-joy standartlarini tasdiqlasin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) hamda Kompaniya (M. Farmanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-aprelga qadar:
“yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
xalqaro moliya institutlaridan “yashil” ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb qilish choralarini koʻrsin.
12. Quyidagilar:
2024-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurishning manzilli roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer maydonlari roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Belgilab qoʻyilsinki:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish, xususan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmonida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi;
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida piyodalar yoʻlaklari, yoritish tizimlari va avtoturargohlar qurish, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, shu jumladan daraxtlar ekish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda tarmoq tashkilotlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari, tarmoq tashkilotlarining oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini mazkur Farmonga muvofiq olib qoʻyish sababli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari istisno tariqasida undirilmaydi;
yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi;
mazkur Farmonga 8-ilovada koʻrsatilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi hamda uy-joylar, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarining oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 13-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
14. Viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu Farmon bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida 9-ilovaga muvofiq yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
Bunda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan soʻng oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
15. 2024-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Quyidagilar:
Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan birgalikda yer uchastkalari elektron auksion savdolariga chiqarilishini, koʻp qavatli uy-joylar hamda muhandislik-transport kommunikatsiya tarmoqlarining oʻz vaqtida qurib bitkazilishini, koʻp qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanilishi hamda ushbu uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatilishini taʼminlasin;
Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadov koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarida ortiqcha ish hajmlari koʻrsatilishi va asossiz oshirilgan narxlar kiritilishining oldini olish, uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirish jarayonlarida ortiqcha byurokratik tartib-taomillar, korrupsiya va qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari bilan birgalikda ipoteka kreditlari va subsidiyalarning oʻz vaqtida ajratilishi va moliyalashtirilishini taʼminlasin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-aprel,
PF-70-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
1-ILOVA
2024-yilda “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar

T/r

Hududlar nomi

Xonadon soni

Respublika boʻyicha jami

100 000

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

4 200

2.

Andijon viloyati

8 200

3.

Buxoro viloyati

5 000

4.

Jizzax viloyati

4 500

5.

Qashqadaryo viloyati

6 500

6.

Navoiy viloyati

4 000

7.

Namangan viloyati

7 200

8.

Samarqand viloyati

11 300

9.

Surxondaryo viloyati

8 000

10.

Sirdaryo viloyati

2 500

11.

Toshkent viloyati

8 500

12.

Fargʻona viloyati

8 600

13.

Xorazm viloyati

5 500

14.

Toshkent shahri

16 000

Izoh:
2024-yilda “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilanadi.
2024-yilda “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga zarur hollarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
2-ILOVA
2024-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlari*

ming soʻmda

T/r

Hudud

Birlamchi uy-joy bozoridagi (shu jumladan ulush kiritish asosida qurilgan) kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha

Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha

2024-yilda fuqarolarga birlamchi bozordan turar-joy sotib olish va mavjud yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar

330 000

120 000

2.

Toshkent shahri

420 000

* 2024-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlariga zarur hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
3-ILOVA
2024-yilda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari*

mlrd. soʻm

T/r

Hududlar nomi

Jami

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar

yangi uy-joy sotib olish uchun

yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Respublika boʻyicha jami

38 018

10 863,7

21 882

7 536,1

7 000

714,0

9 136

2 613,6

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2 078

535,2

920

303,6

500

51,0

658

180,6

2.

Andijon viloyati

2 921

825,0

1 800

594,0

500

51,0

621

180,0

3.

Buxoro viloyati

2 089

552,3

1 100

363,0

500

51,0

489

138,3

4.

Jizzax viloyati

1 780

463,2

980

323,4

500

51,0

300

88,8

5.

Qashqadaryo viloyati

2 517

695,3

1 420

468,6

500

51,0

597

175,7

6.

Navoiy viloyati

1 988

500,7

870

287,1

500

51,0

618

162,6

7.

Namangan viloyati

2 593

724,6

1 580

521,4

500

51,0

513

152,2

8.

Samarqand viloyati

3 555

1 043,0

2 470

815,1

500

51,0

585

176,9

9.

Surxondaryo viloyati

2 675

758,9

1 750

577,5

500

51,0

425

130,4

10.

Sirdaryo viloyati

1 346

319,4

550

181,5

500

51,0

296

86,9

11.

Toshkent viloyati

3 370

940,5

1 860

613,8

500

51,0

1 010

275,7

12.

Fargʻona viloyati

3 077

875,3

1 880

620,4

500

51,0

697

203,9

13.

Xorazm viloyati

2 252

600,4

1 202

396,7

500

51,0

550

152,7

14.

Toshkent shahri

5 777

2 029,8

3 500

1 470,0

500

51,0

1 777

508,8

* 2024-yilda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga zarur hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
4-ILOVA
2024-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari

mlrd soʻm

T/r

Hududlar nomi

Jami toʻlab beriladigan subsidiya summasi

shu jumladan quyidagilar hisobidan:

yangi uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha toʻlanadigan subsidiyalar

shundan:

yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha subsidiyalar

shundan:

2020 — 2023-yillarda ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari uchun subsidiya

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya

foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya

foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Respublika boʻyicha jami

27 000

2 363,8

20 000

851,6

600,0

251,6

7 000

147,4

126,0

66,4

69 107

1 409,8

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 340

75,2

840

33,5

25,2

8,3

500

10,5

9,0

1,5

1 586

31,1

2.

Andijon viloyati

2 140

191,3

1 640

65,4

49,2

16,2

500

10,5

9,0

1,5

5 872

115,3

3.

Buxoro viloyati

1 500

147,7

1 000

39,9

30,0

9,9

500

10,5

9,0

1,5

4 953

97,3

4.

Jizzax viloyati

1 400

109,7

900

35,9

27,0

8,9

500

10,5

9,0

1,5

3 221

63,2

5.

Qashqadaryo viloyati

1 800

136,3

1 300

51,9

39,0

12,9

500

10,5

9,0

1,5

3 765

73,9

6.

Navoiy viloyati

1 300

106,3

800

31,9

24,0

7,9

500

10,5

9,0

1,5

3 252

63,9

7.

Namangan viloyati

1 940

188,1

1 440

57,5

43,2

14,3

500

10,5

9,0

1,5

6 117

120,1

8.

Samarqand viloyati

2 760

304,2

2 260

90,2

67,8

22,4

500

10,5

9,0

1,5

10 363

203,5

9.

Surxondaryo viloyati

2 100

203,3

1 600

63,8

48,0

15,8

500

10,5

9,0

1,5

6 565

128,9

10.

Sirdaryo viloyati

1 000

55,4

500

20,0

15,0

5,0

500

10,5

9,0

1,5

1 270

24,9

11.

Toshkent viloyati

2 200

119,4

1 700

67,8

51,0

16,8

500

10,5

9,0

1,5

2 089

41,0

12.

Fargʻona viloyati

2 220

205,9

1 720

68,6

51,6

17,0

500

10,5

9,0

1,5

6 455

126,7

13.

Xorazm viloyati

1 600

127,7

1 100

43,9

33,0

10,9

500

10,5

9,0

1,5

3 730

73,2

14.

Toshkent shahri

3 700

393,5

3 200

136,3

96,0

40,3

500

10,5

9,0

1,5

9 869

246,6

* 2024-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlariga zarur hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
5-ILOVA
Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va mablagʻlarini shakllantirish manbalari
1. Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
ipoteka bozorini takomillashtirish, aholi uchun maqbul shartlarda yangi ipoteka mahsulotlarini taqdim etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan va belgilangan talablarga javob beradigan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish;
fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar toʻlash;
qurilish-pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun qisqa muddatli moliyaviy resurslar ajratish;
ikkilamchi uy-joy bozorini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga Jamgʻarmaning daromadlari prognozini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlar joylashtirish.
2. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro donorlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
6-ILOVA
2025-yil 1-yanvarga qadar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan yangi qurilish va maxsus texnikalar
ROʻYXATI

T/r

Qurilish va maxsus texnikalar nomi

TIF TN kodi

1.

Elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka)

8425110000

2.

Koʻtarish moslamasi (domkrat)

8425490000

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
7-ILOVA
2024-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurishning manzilli roʻyxati*

T/r

Hududlar nomi

Tuman (shahar) nomi

Mahalla va massivlar nomi

Quriladigan uy-joylar

shundan:

yildan yilga oʻtuvchi

2024-yilda yangi quriladigan

uy-joylar soni

kvartiralar soni

uy-joylar soni

kvartiralar soni

uy-joylar soni

kvartiralar soni

Respublika boʻyicha jami

52 ta**

768

31 173

463

17 779

305

13 394

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

“Aktuba” OFY

4

140

4

140

Qoraoʻzak tumani

“Yesim” MFY

4

120

4

120

Qonlikoʻl tumani

“Nauriz” MFY

8

240

8

240

Ellikqalʼa tumani

“Ellikqalʼa” OFY

8

240

8

240

Amudaryo tumani

“Doʻstlik” MFY

8

270

8

270

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

“Yangi Andijon” massivi

69

1 710

69

1 710

Asaka tumani

Asaka siti

5

140

5

140

Shahrixon tumani

“Shahrixon” massivi

6

150

6

150

3.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

“Baraka” MFY

12

240

12

240

Buxoro tumani

“Bogʻidasht” MFY

4

236

4

236

Qorakoʻl tumani

“Doʻrmon” massivi

6

120

2

40

4

80

4.

Jizzax viloyati

Sh.Rashidov tumani

“Oqtosh ota” MFY

16

1 132

13

1 024

3

108

Doʻstlik tumani

“Chinobod” MFY

9

180

9

180

5.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Doʻstlik” MFY

16

368

15

348

1

20

Yakkabogʻ tumani

“Aygʻirkoʻl” MFY

36

880

11

364

25

516

Qarshi tumani

“Chaman” MFY

9

610

8

542

1

68

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Doʻstlik” MFY

8

200

4

100

4

100

Qiziltepa tumani

“Malikobod” MFY

4

100

4

100

Zarafshon shahri

13, 14, 19-kichik tumanlari

5

530

5

530

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

“Gulzor” MFY

11

220

11

220

Davlatobod tumani

Yangi Namangan shaharchasi

13

691

13

691

Pop tumani

“Mirishkor” MFY

3

60

2

40

1

20

8.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

“Gʻubdin” massivi

30

651

20

431

10

220

Urgut tumani

“Mergancha” massivi

17

1 037

17

1 037

Samarqand shahri

“Qorasuv” massivi

20

1 960

20

1 960

Toyloq tumani

“Charogʻbon” massivi

10

1 120

10

1 120

9.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani

“Sharq guli” MFY

17

376

13

298

4

78

Jarqoʻrgʻon tumani

“Qorayantoq” MFY

31

640

31

640

Sariosiyo tumani

“Lutfikor” MFY

27

834

22

734

5

100

Boysun tumani

“Mustaqillik” MFY

15

300

12

240

3

60

Termiz tumani

“Yangi obod” MFY

18

1 600

18

1 600

10.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahri

“A. Jomiy” MFY

38

760

28

560

10

200

Boyovut tumani

“Yangi avlod” MFY

14

1 008

14

1 008

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar

“Iftixor” MFY

11

658

10

562

1

96

Olmaliq shahar

“I. Karimov” va “A. Qahhor” MFYlar

21

2 393

15

1 242

6

1 151

Nurafshon shahri

“Yangiobod” MFY

29

1 000

29

1 000

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona tumani

“Yangi asr” MFY

14

488

4

96

10

392

Fargʻona shahar

“Ekoshahar” massivi

62

2 722

37

1 372

25

1 350

Yozyovon tumani

“Yuqori soy boʻyi” MFY

15

348

5

100

10

248

Qoʻshtepa tumani

“Sanoatchilar” massivi

6

294

6

294

Rishton tumani

“Nurafshon” MFY

5

100

5

100

13.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

“Doʻstlik” MFY

4

80

4

80

Xonqa tumani

“Yosh kuch” MFY

7

140

7

140

Urganch tumani

“Al-Xorazmiy” massivi

28

544

28

544

Urganch tumani

“Qumravot” MFY

5

140

5

140

Tuproqqalʼa tumani

“Obod” MFY

6

120

6

120

Qoʻshkoʻpir tumani

“Yovgʻur” MFY

8

260

5

200

3

60

Shovot tumani

“K. Raximov” MFY

5

100

5

100

Hazorasp tumani

“Ziyolilar” MFY

5

100

5

100

14.

Toshkent shahri

Sergeli tumani

“A. Navoiy” MFY

8

768

8

768

Yangihayot tumani

“Yangidarxon” MFY

10

703

10

703

Bektemir tumani

“Iyk ota” MFY

18

1 352

18

1 352

* 2024-yilda quriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurishning manzilli roʻyxati va uy-joylar soniga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga binoan Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumani “Qahramon” MFYdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi toʻliq barpo etilib 2023-yil yakuni bilan foydalanishga topshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
8-ILOVA
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer maydonlari
ROʻYXATI

T/r

Hududlar nomi

Tuman, shahar nomi

Jami quriladigan uy-joylar soni

Mahalla fuqarolar yigʻini nomi

Dala kontur raqami

Toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkasidan foydalanuvchi

Massivning jami yer maydoni (ga)

shundan:

Toifasi oʻzgarayotgan yer uchastkasi maydoni

Yer maydonining oʻrtacha ball boniteti

uy-joy

kvartira

sugʻoriladigan

koʻp yillik daraxtzorlar

boshqa yerlar

Jami

515

25 841

224,55

184,06

3,50

36,99

187,56

1.

Buxoro viloyati

Buxoro tumani

109

6 891

“Bogʻidasht”

8226, 8227k, 8229, 8231q, 8232q, 8251, 8253, 8254, 8255, 8256, 8257, 8258, 8260, 8261, 8252

1. Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

2. Dehqon xoʻjaliklari uchun fuqarolarga ajratilgan yerlar

44,50

40,04

4,46

40,04

47,0

2.

Andijon viloyati

Shahrixon tumani

100

4 893

“Karnaychi”

238 (1213), 262 (1338), 262 (1341), 262 (1340), 263 (1337), 238 (1216), 260 (1218), 264q (1305) 238 (1216)

1. “Sunday Business Group” MCHJ

2. “Agrochil invest” MCHJ

3. “Obod diyor Ilhomi bogʻ” f/x

4. “Shuxrat” f/x

35,35

26,50

3,50

5,35

30,00

70,0

3.

Namangan viloyati

Chust tumani

36

720

“Gulzor-Sabzazor” massivi, “Sadacha”

985k, 986k, 925, 928k, 926k, 907k, 906k

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

12,68

12,68

12,68

35,0

4.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

70

7 630

“Shodiyona”, “Qorasuv”

19 q, 20 q, 108 q, 109 q, 121, 122, 123 q, 124, 125q , 127

Shahar hokimligi zaxirasidagi yerlar

48,20

41,80

6,40

41,80

59,30

5.

Fargʻona viloyati

Rishton tumani

38

1 072

“Nurafshon”

33a, 34, 35, 38, 36, 37q, 246q, 243q

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

10,75

3,30

7,45

3,30

59,0

Qoʻshtepa tumani

27

975

“Sanoatchilar”

610, 611, 9168 q, 9169 q, 9170, 9175, 9176

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

10,17

0,54

9,63

0,54

76,0

6.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

29

1 540

“Qumravot”

101q,102q, 103q, 104q, 105q, 106q, 107q, 108q, 109q

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

26,00

23,60

2,40

23,60

66,0

Hazorasp tumani

50

1 000

“Ziyolilar”

27q

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

14,50

13,20

1,30

13,20

56,0

Shovot tumani

56

1 120

“K. Raximov”

356, 361q, 359,362

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

22,40

22,40

22,40

65,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
9-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar yangi oʻzlashtiriladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI

T/r

T/r

Hudud nomi

Oʻzlashtirilguniga qadar yer uchastkasi turi va yer uchastkasidan foydalanuvchining nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

Shundan

Oʻzlashtirishdan keyin yer uchastkasi turi

Oʻzlashtirish uchun bajariladigan ishlar

foydalanishdan chiqqan sugʻoriladigan yerlar, ga

lalmi yerlar, ga

boshqa yerlar, ga

Jami

1067,8

150,0

212,0

705,8

I.

Fargʻona viloyatida jami:

105,0

105,0

1

Rishton tumani

1.

1.

“Mindonobod Yoʻldosh” shaharchasi

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar, “LOGʻON AGROSANOAT LYUKS” MCHJ

12q, 49q 60q, 61q, 68, 69q

105,0

105,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

II.

Andijon viloyatida jami:

150,0

150,0

2

Shahrixon tumani

2.

1.

“Marhamat” massivi

Tuman hokimligi zaxirasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer maydoni

6471, 6474, 6475, 6480, 6465, 6471, 6474, 6475, 6476, 6477, 6480, 6492, 6492

150,0

150,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

III.

Namangan viloyatida jami:

65,0

65,0

3

Chust tumani

3.

1.

“Axcha” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Dashnabod tabiat neʼmatlari” FX

391k

20,0

20,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

4.

2.

“Axcha” massivi

Qishloq xoʻjaligida
foydalaniladigan boshqa yerlar,
“Axcha Dashtnobod” FX

387k

45,0

45,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

IV.

Samarqand viloyatida jami:

212,0

212,0

4

Nurobod tumani

5.

1.

“Jom” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan lalmi yerlar, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni

195k

212,0

212,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

V.

Buxoro viloyatida jami:

200,0

200,0

5

Buxoro tumani

6.

1.

Qumsulton massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Klaster Bukhara Urfa” MCHJ

9659

200,0

200,0

sugʻoriladigan yerlar

tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish

VI.

Xorazm viloyatida jami:

335,8

335,8

6

Hazorasp tumani

jami:

74,04

74,04

7.

1.

“Hazorasp” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Ibroxim bobo” xususiy firmasi

3378, 3377

3,05

3,05

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

8.

2.

“Erkin” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni

7292, 7293, 7294

2,32

2,32

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

9.

3.

“Sh.Yulduzi” MFY

Qishloq xoʻjaligida
foydalaniladigan boshqa yerlar,
“Hazorasp tekstil” MCHJ

8724

0,9

0,9

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

10.

4.

“Sh.Yulduzi” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni

8127, 10440, 10441, 10432, 10436, 10472, 10473, 10803, 10807, 10808, 10809, 10811, 10812, 10813, 10819, 10832, 10834, 10837, 10838, 10839, 10844, 10845, 10846, 10857, 10852, 10859

47,07

47,07

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

11.

5.

“Sh.Yulduzi” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Bexrullo Bekzod” FX

10941, 10944

4,89

4,89

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

12.

6.

“Xorazm” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Sardor Diyor” FX

5756

4,16

4,16

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

13.

7.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Oybek Sanjar Doston” FX

4503, 4505, 4506

2,15

2,15

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

14.

8.

“Erkin” MFY

Qishloq xoʻjaligida
foydalaniladigan boshqa yerlar,
tuman hokimligi zaxirasidagi
yer maydoni

982

2,9

2,9

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

15.

9.

“Chorvador” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni

30k

6,6

6,6

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

7

Urganch tumani

jami:

149,5

149,5

16.

1.

“Bekobod Kumobod” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Raximboy Gʻaybu” FX

6106, 6119, 6127, 6129

19,45

19,45

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

17.

2.

“Bekobod Kumobod” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Bekobod chorva mahsulotlari” FX

5861, 5862, 5863, 5865, 5867, 5871, 5872, 5873, 5874, 5875, 5877, 5879, 5880, 5881, 5883

55,91

55,91

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

18.

3.

“Bekobod Kumobod” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Urganch xalq Nurafshonidan” FX

6181, 6182, 6208, 6186, 6187, 6211, 6212, 6210, 6184

18,66

18,66

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

19.

4.

“Bekobod Kumobod” massivi

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Gulinur Elektrik” FX

6403, 6405, 6406, 6408, 6410, 6412, 6414, 6416, 6437, 6433k, 6435, 6436, 6440

55,48

55,48

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

8

Shovot tumani

jami:

112,26

112,3

20.

1.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Uchqun Raxima” FX

4062

11,66

11,66

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

21.

2.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Nodir Shaxriyor Javoxir” FX

4063, 4086, 4087

31,32

31,32

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

22.

3.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Raximov otaxon bobo” FX

4088, 4089

12,69

12,69

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

23.

4.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “1-firdavs 2022” FX

4096, 4098

12,39

12,39

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

24.

5.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Goʻzal Dilnoza Shaxnoza” FX

4093

3,14

3,14

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

25.

6.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa yerlar, “Saparboyev Xurshid” FX

4092

10,53

10,53

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

26.

7.

“Doʻstlik” MFY

Qishloq xoʻjaligida
foydalaniladigan boshqa yerlar,
“Boʻzqala yogʻdusi” FX

4069, 4070, 4076, 4079, 4083

30,53

30,53

sugʻoriladigan yerlar

irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
10-ILOVA
2024-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Hududlarda zamonaviy arxitektura koʻrinishiga ega boʻlgan 100 mingta kvartiradan iborat koʻp qavatli uy-joylarni qurish.

1. Oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida va uy-joyga talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda quriladigan uy-joylarning manzilli roʻyxati va qurilish koʻrsatkichlarini tasdiqlash.

2024-yil may

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev)

2. Uy-joylar qurish uchun zarur boʻlgan 1 200 ta yer uchastkasini, shu jumladan Toshkent shahrida — 140 ta, Samarqand, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida — 110 tadan, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida — 95 tadan, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida — 90 tadan, Navoiy viloyatida — 60 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 45 ta, Jizzax viloyatida — 30 ta hamda Sirdaryo viloyatida — 25 ta yer uchastkasini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

2024-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov)

3. Koʻp qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanilishi hamda ushbu uy-joylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

Doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Uy-joy tannarxini pasaytirish.

1. Uy-joy tannarxini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Bosh prokuratura

(Samadov)

2. Chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatlarda

3. Hududlarda uy-joylar narxi asossiz oshib ketishining oldini olish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2024-yil davomida

4. Birlamchi uy-joy bozoridagi talabni qondirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 20 gektardan, Toshkent shahrida — 60 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini aniqlash hamda keyinchalik koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun onlayn auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrish.

2024-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov)

3.

Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishning huquqiy asoslarini yaratish.

1. Uy-joylarni renovatsiya qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2024-yil may

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

tegishli vazirlik va idoralar

2. “Renovatsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

4.

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olim Xoʻjayev mahallasida boshlangan renovatsiya loyihasi misolida har bir hududda bittadan renovatsiya loyihasini amalga oshirish.

1. Hududlarda renovatsiya loyihalari amalga oshiriladigan massivlarni tanlab, manzilli dasturni tasdiqlash.

2024-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Har bir hududda tajriba-sinov tariqasida bittadan renovatsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish.

1. Jamgʻarma faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

2. Jamgʻarmaga 200 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni bosqichma-bosqich ajratish.

2024-yil dekabr

6.

“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyotini joriy etish.

“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Kuranbayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Nurmuratov)

7.

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) faoliyatini rivojlantirish.

1. Kompaniyani yiliga 500 million AQSH dollari jalb qiladigan tashkilotga aylantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish.

2024-yil may

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Kompaniya

(Farmanov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Karshiboyev),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

2. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagini jalb qilish.

2024-yil may

3. Kompaniya ustav fondini 100 million AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish.

2024-yil iyun

4. Xalqaro va mahalliy investorlarni jalb etgan holda Kompaniyaning korporativ obligatsiyalarini chiqarish.

2024-yil iyul

8.

2024-yilda 4000 nafar fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar)ni uy-joy bilan taʼminlash.

Fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar)ni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

tegishli vazirlik va idoralar

9.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish va tasdiqlash.

2024-yil may

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(Tursunov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Eshmuratov),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(Azimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini ushbu massivlarning bosh rejalariga asosan tashkil etish.

2024-yil davomida

3. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2024-yil davomida

10.

Andijon viloyati, Asaka tumani, “Chek” MFYda “Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5049 son qaroriga asosan Asaka tumani “Chek” MFYda “Avtosanoat-Injiniring” MCHJga ajratilgan 53,3 gektar yerdan 37,02 gektar yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish.

2024-yil may

“Oʻzavtosanoat” AJ

(Rozukulov),

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov)

2. Zaxiraga qaytarilgan yer maydonini lotlarga ajratgan holda belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

2024-yil iyun

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Kadastr agentligi

(Pulatov)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov)

11.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilish ishlarini tashkil etish.

1. 2024-yilda barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida ijtimoiy soha obyektlari, uy-joy, transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi va moliyalashtirilishida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi muhokamasiga kiritib borish.

2024-yil har chorakda

12.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlar tashkil etish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Savdo sanoat palatasi

(Vaxobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tasdiqlangan reja-jadval asosida kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlar faoliyatini tashkil etish.

Reja-jadvalga asosan

13.

Qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududlarda qurilayotgan uy-joylar toʻgʻrisidagi onlayn elektron maʼlumotlar bazasini takomillashtirish.

Bunda, maʼlumotlar bazasida uy-joylar qurilishini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi toʻgʻrisidagi dolzarb maʼlumotlarni shakllantirib borish hamda ushbu maʼlumotlar bilan ochiq tanishish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov, Tulyaganov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

14.

Koʻp qavatli uy-joylarni qurish sifatini oshirish hamda ularni foydalanishga topshirish jarayonini soddalashtirish.

1. Koʻp qavatli uy-joylarni qurish loyihalarini yetarli toifaga ega boʻlgan tashkilotlarda ishlab chiqish, ularni Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi yoki uning hududiy filiallarida ekspertizadan oʻtkazish hamda majburiy texnik nazoratni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Koʻp qavatli uy-joylarni foydalanishga topshirish jarayonida talab etiladigan hujjatlar sonini unifikatsiya qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyul

15.

Uy-joylarni qurish dasturi ijrosi ustidan nazorat tizimini oʻrnatish.

1. Uy-joylarni qurish dasturi ijrosini tegishli vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda joyiga chiqib oʻrganish.

2024-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov, Qoʻchqorov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Kamalov)

2. Dastur ijrosini muntazam ravishda muhokama qilish va muammoli masalalarni joyida hal etish.

Har chorakda

16.

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

1. Bosh sxema va hududiy sxemalarni hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

“OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bosh sxema va hududiy sxemalarni hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun yetakchi, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2024-yil oktabr

3. Loyihalarni kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil noyabr

4. Bosh sxema va hududiy sxemalarning konsepsiyasini tayyorlash.

2025-yil dekabr

5. Bosh sxema va hududiy sxemalar hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalari loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026 — 2028-yillar

17.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qurilish tashkilotlariga koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qurilish tashkilotlariga taqdim etiladigan kafillik va kompensatsiyalar uchun 200 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish.

2024-yil davomida

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(Maxamatov)

18.

Aholining pul mablagʻlarini uy-joylar qurishga jalb qilish tartibini takomillashtirish.

Uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb qilishning zamonaviy mexanizmini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, loyihada quyidagilarni nazarda tutish:

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb qiluvchi pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxatini yuritish;

elektron roʻyxatdan oʻtmasdan ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylar qurishni boshlagan pudrat tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash;

ulush kiritish asosida uy-joylar qurilishini monitoring qilish tartibini belgilash;

ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylarni qurishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni majburiy ravishda notarial tasdiqlash tartibini joriy qilish.

2024-yil may

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov, Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

19.

Ipoteka kreditlarini davlat resurslari hisobidan qayta moliyalashtirish tartibini belgilash.

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda banklar oʻrtasida ipoteka kreditlarini davlat resurslari hisobidan qayta moliyalashtirish tartibini belgilovchi hamkorlik memorandumini tuzish.

Bunda, hamkorlik memorandumida:

banklarning ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjet depozitlarini joylashtirish orqali qayta moliyalashtirilishini;

budjet depozitlari hisobidan oʻz vaqtida qayta moliyalashtirilmaganligi natijasida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz stavkalari va bozor stavkalari orasidagi farq bilan bogʻliq xarajatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanishini nazarda tutish.

2. Hamkorlik memorandumida belgilangan shartlarni banklar va qarz oluvchilar oʻrtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida nazarda tutish.

2024-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Kamalov)

20.

Davlat resurslari hisobidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni “resurs.imv.uz” platformasi orqali amalga oshirish tartibini joriy qilish.

1. “resurs.imv.uz” platformasi hamda manfaatdor vazirlik, idora va banklarning elektron axborot tizimlari oʻrtasida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, banklar — barcha ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha maʼlumotlarni, Adliya vazirligi esa — ipoteka krediti asosida sotib olingan uy-joylar birlamchi yoki ikkilamchi bozorga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “resurs.imv.uz” platformasiga kiritish uchun masʼul etib belgilanadi.

2024-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Kamalov),

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Ipoteka kreditlarini davlat resurslari hisobidan qayta moliyalashtirishni “resurs.imv.uz” platformasi orqali amalga oshirish.

2024-yil davomida

21.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida 2024-yil 1-mayga qadar ajratilgan ipoteka kreditlarini mazkur Farmon qabul qilingunga qadar amalda boʻlgan shartlarda moliyalashtirish.

Reja-jadval asosida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev)

22.

Ipoteka qimmatli qogʻozlari va sekyuritizatsiya operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniy asoslarini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2024-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ

(Farmanov)

23.

Koʻp qavatli uy-joylarni foydalanishga topshirish jarayonini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritish:

pudrat tashkiloti, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan koʻp qavatli uy-joylar qurishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

pudrat tashkilotining reytingini pasaytiruvchi omil sifatida qurilishning belgilangan muddatlarini kechiktirishni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish.

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Adilov),

Markaziy bank

(Kamalov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev)

24.

Rasmiy daromadga ega boʻlmagan fuqarolarga kredit ajratish amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, kredit byurolarining “Elektron hukumat” maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. “Elektron hukumat” tizimining raqamli maʼlumotlar platformasi orqali kommunal tashkilotlar tomonidan taqdim etib kelinayotgan kommunal toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorlik maʼlumotlari tarkibiga oxirgi 12 oylik toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish amaliyotini joriy qilish.

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Markaziy bank

(Kamalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kredit byurolari tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mijozlarni identifikatsiya qilishga oid maʼlumotlaridan begʻaraz asosda foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2024-yil iyul

25.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni qisqartirish.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibining amal qilish muddatini 2025-yil yakuniga qadar uzaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Markaziy bank

(Saydullayev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5715-son Farmoniga 1-ilovada:
15-pozitsiyaning “Tadbir nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholiga qulay shaklda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalni ishlab chiqish:
ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar toʻlash tartibi;
uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni va joylashuvi;
ipoteka krediti olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoni 15-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” va undan yuqori boʻlgan qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga ega”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-son Farmoni 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “SSS” soʻzi “S” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoniga 6-ilovada:
a) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.

“Yashil” ipoteka krediti mahsulotini joriy etish.

1. “Yashil” uy-joy standartlarini tasdiqlash.

2024-yil 1-oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(Abduxakimov)

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Jumanazarov)

2. “Yashil” uy-joy standartlari asosida quriladigan koʻp qavatli uy-joylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish, ularni Qurilishi va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish hamda ulardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2024-yil 1-dekabr

3. “Yashil” ipoteka mahsulotlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan mablagʻlarni jalb qilish.

2025-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Kamalov)

4. “Yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish.

2025-yil 1-aprel

;

b) 9-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “ 2024-yil 1-mart” soʻzlari “2024-yil 1-iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-158-son qarorining 20-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) elektron reyting bahosi “S” boʻlgan tashkilotlarga — besh qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni, “SS” boʻlgan tashkilotlarga — toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi.”
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 27.02.2026-y., 06/26/29/0195-son)