Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN O‘TAYoTGAN ShAXSLARNI KO‘ZDAN KEChIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-fevralda 1307-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-4, 12.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda), Bojxona kodeksining 45-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 374-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasining 1995-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi Muvaqqat yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 59-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais o‘rinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-noyabr,
01-02/20-46-son
Davlat bojxona qo‘mitasining
2003-yil 5-noyabrdagi 1-02/20-46-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Bojxona kodekslariga hamda “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va bojxona chegarasidan o‘tayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aeroportlarning tranzit zonasida turgan shaxsni ko‘zdan kechirish asoslari va uning tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 49-moddasiga ko‘ra, bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan shakllarini qo‘llaydilar.
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qo‘llamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslarni qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.
2. Bojxona nazoratining “Shaxsni ko‘zdan kechirish” shakli bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma qaroriga asosan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
3. Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni o‘z yonida yashirayapti va ko‘rsatmayapti deb hisoblashga asoslar bo‘lgan taqdirda bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan yohud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan har qanday jismoniy shaxs ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni o‘z yonida yashirayapti va ko‘rsatmayapti deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda bildirgi orqali xabardor qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va sobiq Prezidenti, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan holda bojxona chegarasidan o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari bojxona nazoratining “Shaxsni ko‘zdan kechirish” shaklidan ozod qilinadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 5-apreldagi 01-02/22-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-1, 09.04.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 114-modda)
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasining sudyalari ham shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
1961-yil 18-aprelda qabul qilingan “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik immunitetga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan ko‘zdan kechirishdan ozod etilgan boshqa shaxslar ko‘zdan kechirilmaydi.
Agar, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni ko‘zdan kechirish zarurati mavjud bo‘lsa, “Shaxsni ko‘zdan kechirish” xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
II. Shaxsni ko‘zdan kechirish asoslari va tartibi
4. Shaxsni ko‘zdan kechirish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
a) fuqarolarning xabarlari yoki arizalari;
b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridan tushgan materiallar;
v) xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlari;
g) O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda mavjud bo‘lgan tegishli ma’lumotlar;
d) jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi to‘g‘risida gumon qilinishiga to‘g‘ridan to‘g‘riyoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarning bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanishi.
5. Jismoniy shaxsni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda yozma qaror qabul qiladi. Shaxsni ko‘zdan kechirish shakli bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan shaxsni ko‘zdan kechirishni tezlashtirish maqsadida aniq sharoitlar — vaqt, kun, masofaning uzoq yoki yaqinligiga qarab belgilanadi. Qarorda shaxsni ko‘zdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsi aniq ko‘rsatilishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
6. Shaxsni ko‘zdan kechirish — bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tayinlagan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, xolislar ishtirokida, zarurat tug‘ilganda mutaxassislar, shu jumladan tibbiyot xodimi va tarjimon taklif etilgan holda amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Voyaga etmagan shaxslar ularning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari) ishtirokida, qarovga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar esa ularni yetaklab yuruvchi shaxslar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.
Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etish uchun beriladigan ruxsat masalasi ushbu tadbirni amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi talablariga binoan va mazkur Yo‘riqnomaga asosan ko‘rib chiqiladi.
Ko‘zdan kechirilayotgan shaxs ko‘zdan kechirish jarayonida himoyachini (advokatni) ishtirok etishini talab qilishga haqli. Bu holda himoyachi etib kelguniga qadar ko‘zdan kechirish to‘xtatib turiladi.
Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etishi nazarda tutilmagan yoki ushbu tadbirga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslarning qatnashishi taqiqlanadi.
7. Shaxsni ko‘zdan kechirishni amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lishlari shart. Shu bilan bir qatorda shaxsni ko‘zdan kechirishda qatnashuvchi boshqa shaxslar ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan kunga qadar voyaga etgan bo‘lishlari lozim.
Voyaga etmagan va o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni ko‘zdan kechirish ularning bir jinsdagi vakillari yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bir jinsda bo‘lmagan taqdirda, ko‘zdan kechirish ularning talablari asosida bir jinsdagi vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar kelgunga yoxud bir jinsdagi xolis yo‘lovchilardan birini tanlagunga qadar to‘xtatib turiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
8. Ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning tanasini tekshiruvdan o‘tkazish faqat tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Shaxsni ko‘zdan kechirish ushbu shaxsning qadr-qimmatini kamsitmasdan, uning sog‘ligi va mulkiga zarar yetkazmasdan, yashirishi mumkin bo‘lgan ashyoni aniqlash uchun zarur bo‘lgan doirada o‘tkaziladi.
10. Shaxsni ko‘zdan kechirish natijasida uning jo‘nab ketishi asossiz kechiktirilsa va u aybsiz deb topilsa bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur shaxs navbatdagi yaqin reys bilan manziliga jo‘natib yuborilishi shart.
III. Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
11. Ko‘zdan kechirishda bojxona organi mansabdor shaxsining huquq va majburiyatlari.
a) Bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi hollarda shaxsni ko‘zdan kechirishni o‘tkazishida qatnasha olmaydi va ko‘zdan kechirish o‘tkazishni rad etishi lozim:
ko‘zdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning qarindoshi bo‘lgan chog‘da;
bojxona organi mansabdor shaxsi, mazkur tekshiruv natijasidan to‘g‘ridan to‘g‘riyoki qisman manfaatdor bo‘lsa;
shaxsni ko‘zdan kechirish jarayonida ko‘zdan kechirilayotgan shaxsga zarar keltirishi ehtimoli mavjud bo‘lsa.
Bojxona organi mansabdor shaxsi yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra shaxsni ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs shaxsni ko‘zdan kechirishni yangi qaror bilan boshqa mansabdor shaxsga topshiradi.
(11-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Ko‘zdan kechirishni o‘tkazish vazifasi yuklatilgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni ko‘zdan kechirish o‘tkazishiga e’tiroz bildirib, ko‘zdan kechirilishi lozim bo‘lgan voyaga etmagan yoki aqli noraso bo‘lgan shaxslarning qonuniy vakillari shikoyat qilishlari mumkin.
Shikoyat asosli deb topilsa ko‘zdan kechirishni o‘tkazish bojxona organining boshqa mansabdor shaxsiga topshiriladi.
b) Shaxsni ko‘zdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek mazkur Yo‘riqnomada belgilangan huquqlarga ega.
v) Shaxsni ko‘zdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsining majburiyatlari:
shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi ko‘rsatmani aniq va o‘z vaqtida amalga oshirish;
shaxsni ko‘zdan kechirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibga amal qilish;
mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi bayonnomani tuzish va ko‘zdan kechirilayotgan shaxsni tuzilgan bayonnoma bilan tanishtirish;
(11-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
ko‘zdan kechirish jarayonida qatnashayotgan shaxslarning fikr-mulohazalarini bayonnomada to‘liq qayd etish.
12. Ko‘zdan kechirishda xolislarning ishtiroki.
a) Xolis sifatida, shaxsni ko‘zdan kechirish natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan voyaga etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilishi mumkin.
Taklif etiladigan xolislar soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi lozim.
b) Xolislar ko‘zdan kechirish jarayonini kuzatib borish, shaxsni ko‘zdan kechirish vaqtidagi xatti-harakatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish, fikr-mulohazalarini bayonnomada qayd etilishini talab qilish, bayonnoma bilan tanishish hamda ko‘zdan kechirish jarayonidagi bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga egalar.
v) Xolislar shaxsni ko‘zdan kechirishning barcha jarayonlarida ishtirok etishlari, o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalarini bayonnomada imzo chekib tasdiqlashlari hamda bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz ko‘zdan kechirishda aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari shart.
13. Ko‘zdan kechirishda tibbiyot xodimining ishtiroki.
a) Tibbiyot xodimi shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘ida jismoniy shaxs sog‘lig‘iga ziyon keltirmaydigan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish, ko‘zdan kechirilayotgan shaxsga savollar berish, o‘z fikr-mulohazalarini shaxsni ko‘zdan kechirish bayonnomasiga kiritishni talab qilish, ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnoma bilan tanishish, tana a’zolari ko‘rigiga aloqador bandlarda o‘z tuzatishlarini kiritish, ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
b) Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni ko‘zdan kechirishga jalb qilingan tibbiyot xodimi ko‘zdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning tana a’zolarini va zarur bo‘lganda ichki organlarini zarar keltirmagan holda shaxsan tekshirishi, ko‘zdan kechirish jarayoni haqida tushuntirish berishi, shaxsni ko‘zdan kechirish bayonnomasi va boshqa hujjatlarni o‘z imzosi bilan tasdiqlashi, shuningdek, ko‘zdan kechirish natijasida aniqlangan ma’lumotlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
14. Ko‘zdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassislarning ishtiroki.
a) Ko‘zdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassis ko‘zdan kechirilayotgan shaxsga savol berish, yashirilgan ashyolarni topish va aniqlashda ilmiy-texnika vositalari va usullaridan foydalanish, kuzatuvlar, o‘lchov va tadqiqotlar olib borish, shaxsni ko‘zdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsiga maxsus bilim va tajriba talab qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur bo‘lganda o‘z maslahatlarini berish, o‘zi ishtirok etayotgan masalalar yuzasidan fikr bildirish va ularni bayonnomada qayd etilishini talab qilish, shuningdek, ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
b) Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etayotgan boshqa mutaxassis bojxona mansabdor shaxsining talablarini aniq bajarishi, shaxsni ko‘zdan kechirishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi, o‘zining maxsus bilimlari va tajribasidan foydalanib, ko‘zdan kechirilayotgan shaxs yashirgan ashyolarni topish va aniqlashda qatnashishi, shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘ida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga bojxona mansabdor shaxsining e’tiborini qaratishi, o‘zi bajarayotgan xatti-harakatlarga izoh berib borishi, shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi bayonnoma va uning ishtirokida rasmiylashtirilayotgan boshqa hujjatlarga imzo chekishi hamda ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlangan holatlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi lozim.
15. Shaxsni ko‘zdan kechirishda tarjimonning ishtiroki.
a) Ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bayonnoma rasmiylashtirilayotgan tilni bilmasa, zarurat yuzasidan tarjimon jalb etiladi.
Tarjimon shaxsni ko‘zdan kechirishning barcha bosqichlarida bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi yoki ko‘zdan kechirilayotgan shaxs yohud uning qonuniy vakillari talabi asosida jalb qilinishi mumkin.
Tarjimon jalb qilingan hollarda ko‘zdan kechirish tarjimon kelguniga qadar to‘xtatib turiladi.
b) Ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etuvchi tarjimon tarjimani to‘g‘ri bo‘lishi maqsadida ishtirokchilarga savol berish, ko‘zdan kechirish bayonnomasi bilan tanishish, bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalarini bildirish, agar tarjima qilishga yetarli bilimi va tajribasi bo‘lmasa ko‘zdan kechirishda ishtirok etishni rad qilish hamda ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
v) Tarjimon ko‘zdan kechirish jarayonida qatnashishi, tarjimani aniq va to‘liq bajarishi, tarjimaning to‘g‘riligi haqida ko‘zdan kechirish haqidagi bayonnomaga imzo chekib tasdiqlashi, bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz ko‘zdan kechirishda aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi lozim.
16. Shaxsni ko‘zdan kechirish jarayonida ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari.
a) Ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
b) Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organi mansabdor shaxsidan ko‘zdan kechirish haqidagi qarorni ko‘rsatilishini talab qilish;
o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishish;
o‘z e’tirozi yoki noroziligini yozma yoki og‘zaki ma’lum qilish;
tushuntirish va tavsiflar berish;
shaxsni ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha to‘ldirilgan bayonnoma bilan tanishish, uning mazmuni bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirish;
tarjimon xizmatidan foydalanish;
ko‘zdan kechirish jarayonida himoyachi qatnashishini talab qilish va himoyachi xizmatidan foydalanish;
shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘ida qo‘llanilgan xatti-harakatlar yuzasidan hamda ko‘zdan kechirgan shaxs va boshqa ishtirokchilar ustidan shikoyat qilish.
IV. Shaxsni ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik
17. Bojxona organi mansabdor shaxsi shaxsni bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning ko‘zdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishtiradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
18. Ko‘zdan kechiriladigan shaxs bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning ko‘zdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishib, bayonnomaga o‘z imzosini qo‘yadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Agar shunday harakatdan voz kechilgan taqdirda, shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi va bojxona organining mansabdor shaxsi hamda xolislar imzosi bilan tasdiqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 4-noyabrdagi 01-02/12-29-son qarori (ro‘yxat raqami 1307-2 12.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 46-son, 415-modda)
19. Ko‘zdan kechiriladigan shaxs, shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga yoki mazkur Yo‘riqnomaga zid kelmagan ko‘rsatmalar va talablarga amal qilishi, shaxsni ko‘zdan kechirish tayinlangan vaqti, joyi, usullari va rasmiylashtirish tartiblariga bo‘ysunishi shart.
Bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablari, ko‘zdan kechirilayotgan shaxs tomonidan bajarilmasa yoki bajarilishiga to‘sqinlik qilinsa, ushbu xatti-harakatlar ko‘zdan kechirilayotgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 287-moddasi 6-bandiga binoan ma’muriy ushlab turilishiga asos bo‘ladi.
20. Shaxs ko‘zdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, ko‘zdan kechirish xonasiga olib kiriladi hamda xolislar ishtirokida ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan huquq va majburiyatlari to‘liq, ravon hamda tushuntirishlar berish yo‘li orqali o‘qib eshittiriladi.
Shaxs, ko‘zdan kechirish jarayoni boshlanishidan avval uning huquq va majburiyatlari o‘qib eshittirilganligini ko‘zdan kechirish bayonnomasining boshida imzo qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
21. Jismoniy shaxsga bojxona nazoratidan yashirgan buyum va ashyolarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishi taklif etiladi. O‘z xohishi bilan topshirilgan buyum va ashyolar ko‘zdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarga ko‘rsatiladi.
22. Jismoniy shaxs o‘z ixtiyori bilan yashirgan ashyolarini berishdan bosh tortsa yoki ushbu ashyo berilgandan keyin ham bojxona organi mansabdor shaxsi yashirilgan ashyolar borligi haqida shubha qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi jismoniy shaxsni ko‘zdan kechirishga kirishadi.
23. Agar jismoniy shaxs o‘zini ko‘zdan kechiradigan bojxona organi mansabdor shaxsidan norozi ekanligini ma’lum qilsa, bu holatda ushbu mansabdor shaxs bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni bu haqda xabardor etadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
V. Shaxsni ko‘zdan kechirish qoidalari
24. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning yonida o‘q-otar, gazli yoki sovuq qurollar yoxud hujum qilishga asqotadigan boshqa ashyolar yo‘qligiga ishonch hosil qilinganidan keyingina ko‘zdan kechirish amalga oshiriladi.
25. Shaxsni ko‘zdan kechirish bojxona organining ushbu tadbir o‘tkazishga mo‘ljallangan va maxsus jihozlangan xonasida o‘tkaziladi. Qoida tariqasida ushbu xonada stol, stul, kiyim — bosh ilish moslamasi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot qutichasi bo‘lishi lozim. Shaxsni ko‘zdan kechirish yopiq, tozalik qoidalariga mos binolarda, jumladan bojxona postlarida, aeroport, vokzal va boshqa tashkilotlarning berk xonalarida amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
26. Shaxsni ko‘zdan kechirish xonasiga olib ketilayotganda, u o‘zidagi ashyolar, hujjatlarini yerga tashlab yubormasligi yoki biror joyga yashirmasligi ustidan nazorat ta’minlanishi shart.
27. Shaxs ko‘zdan kechiriladigan xona, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilishi lozim. Xonaning eshigi, derazasi, tuynugi yopiq bo‘lishi, hujum qilish uchun foydalanadigan ashyolar bo‘lmasligi lozim.
28. Shaxsni ko‘zdan kechirish xonasiga begona kishilarning kirishi, chetdan xonani kuzatish imkoniyati butunlay bo‘lmasligi shart.
29. Bitta xonada bir vaqtning o‘zida bir necha kishini ko‘zdan kechirish qat’iyan man qilinadi.
30. Shaxsni ko‘zdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxsning kiyimi, poyabzali va boshqa buyumlarini diqqat bilan tekshirish zarur.
31. Shaxsni ko‘zdan kechirish paytida:
a) ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning barcha ashyolari (tayoq, soyabon, portmone, zajigalka, avtoruchka, portsigara va boshqalar) ko‘zdan kechiriladi;
b) ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning ustki kiyimi, poyabzali va bosh kiyimi echib ko‘zdan kechiriladi;
v) ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlarining ustki qismi sinchiklab ko‘zdan kechiriladi;
g) ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlari echib ko‘zdan kechiriladi;
d) ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning badani ko‘zdan kechiriladi, uning sochlari, qo‘llari, oyoqlarining tagi, barmoqlarining orasi ko‘zdan kechiriladi.
32. Shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘ida, uning o‘zini qanday tutishi doimo kuzatib boriladi, shuningdek kiyimlari, poyabzali va boshqa shaxsiy ashyolarining ta’mirlanganligiga, uning tanasiga bog‘langan bintlari yoki ba’zi bir narsalarni yashirishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor beriladi.
33. Kiyim-bosh va poyabzallarni ko‘zdan kechirayotganda ularning qo‘lda ishlanganligi, ortoped poyabzal, bosh kiyim yoki oyoq kiyimning tikilgan choklari, yamoqlari, qaytarilgan joylari, yelkalari, kiyim qavatlari, beli, poyabzalining qo‘nji, patagi va tovonlariga e’tibor qaratiladi.
34. Ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga ehtiyot bo‘lib muomalada bo‘lish maqsadida, ba’zi bir ashyolar faqat zarurat tug‘ilganda qo‘lga olib yoki ichini ochib ko‘riladi.
35. Agar ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bojxona nazoratiga taqdim etmagan ashyolarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa va bojxona organi mansabdor shaxsi ko‘zdan kechirilayotgan shaxsda boshqa ashyolar yo‘qligiga ishonch hosil qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi shu ashyolarni rasmiylashtirish bilan cheklanishi mumkin.
36. Ko‘zdan kechirilayotgan shaxsdan topilgan yoki uning o‘zi topshirgan ashyolar unga ko‘rsatiladi hamda uning olish imkoniyati bo‘lmagan joyga qo‘yiladi.
37. Bojxona organi mansabdor shaxsi ko‘zdan kechirish tugallangandan so‘ng, ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan xonani e’tibor bilan ko‘zdan kechiradi.
Agar ko‘zdan kechirilishiga qadar bo‘lmagan ashyolar, ko‘zdan kechirish o‘tkazilgandan keyin paydo bo‘lib qolgan bo‘lsa, bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu ashyoning kimga tegishli ekanini aniqlash uchun zarur choralar ko‘rishi lozim.
38. Ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslarning ko‘zdan kechirish natijalarini oshkor qilishlari qat’iyan man etiladi.
39. Ko‘zdan kechirish paytida shaxsning ma’lum bo‘lgan jismoniy kamchiliklari yoki boshqa o‘ziga xos tomonlarini oshkor qilish taqiqlanadi.
40. Shaxsni ko‘zdan kechirish paytida ushbu Yo‘riqnomaning 38 va 39-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni oshkor qilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
VI. Shaxsni ko‘zdan kechirishni rasmiylashtirish
41. Shaxsni ko‘zdan kechirish nihoyasiga etgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda shaxsni ko‘zdan kechirish haqida bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning asl nusxasi bojxona postidagi yig‘ma jildda saqlanadi, kseronusxasi esa ko‘zdan kechirilgan shaxsga (vakil, hamrohlik qiluvchiga) berilishi shart. Agar shaxs bayonnomaning kseronusxasini olishdan bosh tortsa, asl nusxaning tegishli qismiga bojxona organi mas’ul xodimi tegishli ma’lumotni kiritib, imzo qo‘yadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
42. Shaxsni ko‘zdan kechirish bayonnomasida quyidagilar qayd etiladi:
bayonnomaning qayerda va qaysi kuni tuzilgani hamda shaxsni ko‘zdan kechirish boshlangan va tugallangan vaqti;
shaxsni ko‘zdan kechirgan va bayonnoma tuzgan bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
shaxsni ko‘zdan kechirish haqida qaror chiqargan bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
(42-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning (voyaga etmagan va o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning vakili, hamrohlik qiluvchisi yoki ko‘zdan kechirish jarayonida vakil, hamrohlik qiluvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning) fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, hujjatlaridagi ma’lumotlar;
(42-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
shaxsni ko‘zdan kechirish xonasi yoki joyi (aeroport, vokzal, poyezd va boshqa binolar) haqida ma’lumotlar;
shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan xolislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki ish joyi haqida ma’lumotlar;
shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan tibbiyot xodimi va tarjimon, shu jumladan boshqa mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi mutaxassisligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
ko‘zdan kechirilgan shaxs va boshqa ishtirok etayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi haqida ma’lumotlar;
ko‘zdan kechirilayotgan shaxsga ko‘zdan kechirish haqidagi qarorni e’lon qilinganligi hamda yashirgan ashyolarini o‘z ixtiyori bilan topshirish haqidagi taklif;
ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning yashirgan ashyolari qay holda topilgani yoki uning o‘z ixtiyori bilan topshirganligi, ashyolarning xususiyatlari, soni haqida ma’lumot;
shaxsni ko‘zdan kechirishning davomiyligi yoki chegarasi;
ko‘zdan kechirishda qo‘llanilgan texnika vositalari, tibbiy asbob-uskunalar (ularning turi, rusumi, markasi), ularning qo‘llanish sharoiti va tartibi;
ko‘zdan kechirilayotgan shaxs va ushbu tadbirda ishtirok etayotgan shaxslarning fikr-mulohazalari, e’tirozlari va arizalari;
ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning o‘zini qanday tutganligi haqida tavsifnoma (agar zarurat tug‘ilsa).
43. Ko‘zdan kechirilgan jismoniy shaxs bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, buning sababi bayonnomada qayd etiladi va xolislar tomonidan imzolanadi.
44. Shaxsni ko‘zdan kechirish bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
ko‘zdan kechirilgan jismoniy shaxs o‘z ixtiyori bilan bergan ashyolar;
shaxsni ko‘zdan kechirish vaqtida topilgan yoki tortib olingan ashyolar;
shaxsni ko‘zdan kechirish vaqtida olingan fotosuratlar, ularning negativlari, kinolentalar, audio va video yozuvlar;
ko‘zdan kechirilgan jismoniy shaxs, ushbu tadbirda ishtirok etgan mutaxassis, tibbiyot xodimi, xolislarning tushuntirish xatlari va arizalari;
rasmiylashtirilgan kuzatuv, o‘lchov va tadqiq natijalari hamda qo‘llanilgan tibbiy vositalar yoki ular to‘g‘risida ma’lumotlar.
45. Ko‘zdan kechirilgan jismoniy shaxsning o‘z ixtiyori bilan topshirgan yoki topilgan ashyolar, video, audio, foto va kinotasmalar va boshqa narsalar alohida paketga joylanadi va muhrlanadi. Ushbu paketda zarur bo‘lgan tushuntirishlar bo‘lishi, bojxona organi mansabdor shaxsi va xolislar imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
46. Shaxsni ko‘zdan kechirish bayonnomasi “Shaxsni ko‘zdan kechirishlarni qayd etish” jurnalida kun va yil tartibida qayd etilishi lozim.
47. Jurnal va bayonnoma shaxsni ko‘zdan kechirilgan bojxona organida saqlanadi.
Jurnal belgilangan tartibda tikilgan, raqamlangan va hududiy bojxona boshqarmasining muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
48. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qo‘zg‘atilsa, shaxsni ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi bayonnoma bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzish holati bo‘yicha yuritilgan ish materiallariga qo‘shiladi. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan postda uning nusxasi qoldiriladi.
49. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi holati aniqlansa, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
VII. Yakuniy qoidalar
50. Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘idagi noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish — ko‘zdan kechirilayotgan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Shaxsni ko‘zdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakati natijasida va ko‘zdan kechirish oqibatida ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoplanadi.
52. Shaxsni ko‘zdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu Yo‘riqnoma talablariga rioya qilmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA

‎‎“___________________” chegara bojxona posti boshlig‘i (o‘rinbosari — smena boshlig‘i), bojxona xizmati ____________________________________

‎‎(maxsus unvoni)

‎‎________________________________________ga

‎‎(ismi va familiyasi)


B I L D I R G I‎

‎‎Sizdan 20___ yil “_____” _______________ kuni ________________________ dan

‎‎(yil)

(kun)‎

‎‎(oy)

‎‎(davlat nomi)

‎‎_________________ ga o‘tish uchun “________________” chegara bojxona postiga kirib

‎‎(davlat nomi)

‎‎(post nomi)

‎kelgan ____________________ fuqarosi _____________________________________

‎‎(davlat nomi)

‎‎(shaxsning F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________ni
‎‎fuqarolarning xabarlari yoki arizalari;

‎‎huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa

davlat organlaridan tushgan materiallar; ‎

‎xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro

tashkilotlarning ma’lumotlari;

‎‎O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda

‎‎mavjud bo‘lgan tegishli ma’lumotlar; ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va

‎‎bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi to‘g‘risida gumon qilinishiga to‘g‘ridan-

‎‎to‘g‘ri yoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarga ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎asosan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 45-moddasiga muvofiq

‎‎shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

‎‎“______________” chegara bojxona
‎‎posti ____________ inspektori,

‎‎(lavozimi)

‎‎‎‎bojxona xizmati ____________

‎‎___________________________

‎‎(maxsus unvoni)

‎‎(ismi va familiyasi)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan
‎o‘tayotgan shaxsni ko‘zdan kechirish haqida
‎QAROR

‎‎________-son

‎‎20___ yil “____” _____________

‎‎_____________________

(kun)

‎‎(oy)

‎‎(hudud nomi)

‎‎Men, ______________________________________________________ chegara bojxona

‎(viloyat bojxona organi va chegara bojxona posti nomi)

‎‎posti boshlig‘i (o‘rinbosari — smena boshlig‘i), bojxona xizmati _____________________

‎‎(maxsus unvoni)

‎‎______________________, post ____________ inspektori ___________________ ning

‎‎(ismi va familiyasi)

(lavozimi)

‎‎‎‎(ismi va familiyasi)

‎‎bildirgisi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni‎

‎‎ANIQLADIM:

‎‎20___ yil “______” ________ kuni ______________ dan _________________ ga o‘tish

(yil)

(kun) ‎

(oy) ‎

‎‎(davlat nomi)

‎‎(davlat nomi)

‎‎uchun “_______________” chegara bojxona postiga kirib kelgan ___________________

‎‎(post nomi)

‎‎(davlat nomi)

fuqarosi ___________________________________________________ o‘zi tomonidan

‎‎(shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan shaxsning F.I.O.)

‎‎T-6 bojxona deklaratsiyasining tegishli bandlarini to‘ldirib, bojxona xodimiga taqdim etib, inspektor tomonidan o‘tkazilgan og‘zaki savol-javobda T-6 shaklidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlardan tashqari boshqa tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgandan so‘ng, post inspektori T-6 bojxona deklaratsiyasiga imzo qo‘yib, shaxsiy muhri bilan tasdiqlagan.

‎‎Biroq, post ________ inspektori bojxona xizmati _____________________________

‎‎(lavozimi)

‎‎(maxsus unvoni, ismi va familiyasi)

‎‎20___ yil “___” __________da bildirgi bilan ____________________________ga

‎‎(kun)

(oy)‎

‎‎(shaxsni ko‘zdan kechirish asosi)

‎‎asosan ushbu fuqaro o‘zida olib o‘tilishi taqiqlangan ashyolar yashirayotganligida va ularni bojxona nazoratiga taqdim etmayotganligida gumonlanayotganligini bildirgan.

‎‎Ko‘rsatib o‘tilganlarni inobatga olib, fuqaro ___________________ni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va yonidagi ashyolarni ko‘zdan kechirish lozim deb hisoblayman.

‎Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 289-moddasini va Bojxona kodeksining 45-moddasini qo‘llab,

‎‎QAROR QILDIM:

‎‎1. Fuqaro _______________________________________ shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilsin.

‎‎2. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni boshlanishidan avval unga huquq va majburiyatlari to‘liq, ravon hamda tushuntirishlar berish yo‘li �rqali o‘qib eshittirilsin.

‎‎3. Fuqaroni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish post __________ inspektori________________

‎‎(lavozimi)

(ismi va familiyasi)

‎zimmasiga yuklansin.
“_________________” chegara

‎‎bojxona posti boshlig‘i (o‘rinbosari — smena boshlig‘i),

‎‎bojxona xizmati __________________ ‎

‎‎______________________

‎‎(maxsus unvoni)

‎‎(ismi va familiyasi).

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi bojxona organining
‎ShAXSNI KO‘ZDAN KEChIRISh
‎BAYoNNOMASI

‎‎201___ yil “____” _____________

____________________

(yil) ‎

‎‎(kun)

‎‎(oy)

‎‎(hudud nomi)

‎‎Men ____________________________________ shaxsni ko‘zdan kechirish haqidagi

‎‎(ko‘zdan kechirilayotgan shaxs F.I.O.)

‎‎_____________________ bojxona post boshlig‘ining (o‘rinbosari — smena boshlig‘i) qarori va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) 16-bandida sanab o‘tilgan quyidagi huquq va majburiyatlarim bilan to‘liq, ravon hamda tushuntirishlar berish yo‘li orqali o‘qib eshittirildim.

‎‎Ko‘zdan kechirilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.

‎‎Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:

1) bojxona organi mansabdor shaxsidan ko‘zdan kechirish haqidagi qarorni ko‘rsatilishini talab qilish;‎‎

6) shaxsni ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha to‘ldirilgan bayonnoma bilan tanishish, uning mazmuni bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirish;

‎‎ 2) o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishish;

‎‎7) ko‘zdan kechirish jarayonida himoyachi qatnashishini talab qilish va himoyachi xizmatidan foydalanish;

‎‎ 3) o‘z e’tirozi yoki noroziligini yozma yoki og‘zaki ma’lum qilish;
‎4) tushuntirish va tavsiflar berish;
‎ 5) t�rjimon xizmatidan foydalanish;

‎‎8) shaxsni ko‘zdan kechirish chog‘ida qo‘llanilgan xatti-harakatlar yuzasidan hamda ko‘zdan kechirgan shaxs va boshqa ishtirokchilar ustidan shikoyat qilish.

‎Huquq va majburiyatlarni o‘qib eshittirish bo‘yicha e’tirozlar: ____________________
‎‎_______________________________________________________________

‎‎_____________________________

‎‎____________

‎‎(ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirish soat ____ da boshlandi.

Men, ___________________________________________________________________

‎‎(shaxsni ko‘zdan kechirgan va bayonnoma tuzgan bojxona organi mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O., bojxona organi nomi)

‎‎quyidagi bayonnomani O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 45-moddasi va

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi

_______________________________________________________________‎‎

‎‎shaxsning lavozimi, unvoni hamda ismi va familiyasi)

‎‎_____________ning 20__ yil “___” _________ dagi _____-son qaroriga asosan tuzdim.
‎‎Shaxs quyidagi asosga ko‘ra ko‘zdan kechirildi:
‎‎fuqarolarning xabarlari yoki arizalari;
‎‎huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa
‎‎davlat organlaridan tushgan materiallar;

‎‎xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro

‎‎tashkilotlarning ma’lumotlari;
‎‎O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda mavjud
‎bo‘lgan tegishli ma’lumotlar;

‎‎bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va

‎‎bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi to‘g‘risida gumon qilinishiga to‘g‘ridan to‘g‘riyoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlar. ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirishda fuqaro ____________________________________________

‎‎(fuqaroligi, F.I.O., tug‘ilgan joyi va kuni,

_______________________________________________________________‎‎

(voyaga etmagan va o‘zgalarning parvarishiga muhtoj shaxslar bo‘lganda ularning vakillari va hamrohlik qiluvchilari‎

_______________________________________________________________‎‎

haqidagi ma’lumot ham ko‘rsatiladi), chegarani kesib o‘tishiga ruxsat beruvchi pasport yoki boshqa‎‎

_______________________________________________________________‎‎

‎‎hujjat raqami, ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan joy)

‎‎qayerdan kelmoqda _____________________ qayerga ketmoqda ______________________

‎‎(qaysi davlatdan)

‎‎(qaysi davlatga)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(safardan ko‘zlangan maqsad, reys, poyezd, avtomashina raqami)

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslar:
‎‎I. Ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning vakili (hamrohlik qiluvchisi):
‎‎1. ______________________________________________________________________

(F.I.O., pasport ma’lumotlari)

‎‎II. Xolislar: 1. ___________________________________________________________

‎‎(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)

2. ___________________________________________________________

‎‎(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)

III. Himoyachi, mutaxassis va tarjimon:
‎‎1. Himoyachi ______________________________________________________________

‎‎(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)

‎‎2. Mutaxassis ____________________________________________________________

‎‎(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)

‎‎3. Tarjimon _____________________________________________________________

‎‎(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)

‎Ko‘zdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) 12 — 15-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

‎‎Fuqaro _________________________ ga bojxona nazoratidan ko‘rsatilmagan ashyolarni

(F.I.O.)‎

‎‎(valyuta, qimmatbaho buyumlar va shu kabilarni) o‘z ixtiyori bilan topshirish taklif etildi.

‎‎Fuqaro ________________ o‘zi bilan _________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(ko‘rsatilgan bo‘lsa ularni�g alohida jihatlari, soni, qayerda turganini/

‎‎___________________________________________________________ ma’lum qildi.

‎‎nazoratga taqdim etilmagan boshqa ashyolari yo‘qligini)

‎‎1. _______ 2. ________ 3. ________ 4. _________ 5. _________ 6. ________ 7. ________

(shaxsning vakili) ‎

(xolis) ‎

(xolis) ‎

(mutaxassis‎

(himoyachi) ‎

(tarjimon) ‎

(bojxona xodimi)‎

‎‎(shaxsiy ko‘rikda ishtirok etgan shaxslarning tasdiqlovchi imzolari)

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirish natijasida fuqaro _________________________________ da

‎‎(F.I.O.)

‎‎bojxona nazoratiga taqdim etilmagan _________________________________________

‎‎(qanday ashyolar, ashyolarning bahosi, ularning xususiy

_______________________________________________________________‎‎

‎‎jihatlari, soni, qayerda saqlangani, ularni topishda

_______________________________________________________________‎‎

‎‎qanday texnik vositalardan foydalangani haqida)

‎‎____________________________________________ ashyolar aniqlandi (aniqlanmadi).
‎‎Ko‘zdan kechirilgan shaxsning e’tirozlari: _____________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎‎Ko‘zdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarning alohida fikrlari: ________________

‎‎(shaxslarning

‎‎_______________________________________________________________

‎fikrlari, e’tirozlari va shikoyatlari)

‎‎_______________________________________________________________
‎‎Suhbat fuqaro erkin so‘zlasha oladigan _______________________ tilda olib borildi.
‎‎Bayonnoma _______________________________________________________________
‎‎(tarjimonning ismi, familiyasi, ish joyi va yashash joyi)
‎‎____________________ tomonidan fuqaro erkin so‘zlashadigan tilga tarjima qilindi.

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirish soat ____ da tamomlandi.

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslar:

‎‎Ko‘zdan kechirilgan shaxs:

___________‎‎

‎‎_________________

‎‎(imzo)

‎‎(ismi va familiyasi)

‎‎Ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning vakili (hamrohlik qiluvchisi)

___________‎‎‎‎

_________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎‎‎(ismi va familiyasi)

‎‎Xolislar: ‎ 1.

___________‎‎‎‎ ‎‎

_________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎(ismi va familiyasi) ‎‎

2.‎

___________‎‎‎‎ ‎‎

_________________

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎(ismi va familiyasi)

Mutaxassis:‎

___________‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎

_________________‎‎

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(ismi va familiyasi) ‎‎

‎‎Himoyachi:

___________‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎

_________________‎‎

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(ismi va familiyasi) ‎‎

‎‎Shaxsni ko‘zdan kechirishni o‘tkazgan bojxona xodimi

___________‎‎

_________________‎‎

‎‎‎‎(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎(ismi va familiyasi) ‎‎ ‎‎

‎Bayonnomaning kseronusxasini oldim: ________________________________________

‎‎(ko‘zdan kechirilgan shaxsning (vakilning, hamrohlik qiluvchining) F.I.O., imzo)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(shaxsiy ko‘rikdan bayonnomani olishdan bosh tortilganda bojxona xodimi tomonidan bu haqda yozib, imzo qo‘yiladi).

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan 3-ilovaga o‘zgartirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 58-modda; 2008-y., 14-15-son, 114-modda; 2010-y., 46-son, 415-modda; 2013-y., 32-son, 430-modda)