Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
QARORI
“IXTISOSLAShGAN KENGASh HAQIDA NIZOM”GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 260-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/3-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2440, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 260-raqam bilan roʻyxatga olingan “Ixtisoslashgan kengash haqida Nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUXITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi
96/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 260-raqam bilan roʻyxatga olingan Ixtisoslashgan kengash haqida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima chiqarilsin.
2. 1-bandning beshinchi xatboshisi chiqarilsin.
3. 5-bandning birinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarilsin.
4. 6-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshining birinchi jumlasida “ixtisosliklar” soʻzi “kengash ixtisosliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) birinchi xatboshining ikkinchi jumlasida “rahbarining” soʻzidan keyin “yoki ixtisoslashgan kengash raisining” soʻzlari qoʻshilsin.
5. 7-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshidan “Bordiyu,” soʻzlari chiqarilsin;
b) ikkinchi xatboshi “Bir martalik himoya oʻtkaziladigan kengash tarkibi OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.” jumlasi bilan toʻldirilsin.
6. 12-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kengash dissertatsiyani himoyaga qabul qilish haqidagi qaroridan soʻng yetakchi muassasani, rasmiy opponentlarni tasdiqlaydi va oʻrnatilgan tartibda ushbu himoya haqida “OAK Byulleteni” jurnaliga eʼlon beradi.”
7. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Kengash, himoya toʻgʻrisida “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon nashr etilgach, qoʻlyozma tariqasida avtoreferatni chop etishga ruxsat beradi va uni tarqatish uchun qoʻshimcha roʻyxat tuzadi, himoya kunini tayinlaydi. Himoya toʻgʻrisida “OAK Byulleteni”da eʼlon nashr etilgach, himoya uch oy muddat ichida oʻtkazilishi shart.”.
8. 22-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Dissertatsiya ishining natijalarini amaliyotga (fan, texnika, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar va xalq xoʻjaligining boshqa sohalariga) tadbiqi yuzasidan ilmiy daraja talabgori tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Imkoniyat boʻlganda, ushbu tavsiyalarning qaysi vazirlik, idora va muassasalarda qoʻllanilishi koʻrsatiladi.”.
9. 23-bandning uchinchi xatboshisida “Bordiyu,” soʻzi chiqarilsin.
10. 24-bandda “hujjatlarini (4.1-shakl)” soʻzidan keyin “shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat, attestatsiya hujjatlarining elektron versiyasini” soʻzlari qoʻshilsin.
11. 29-band boʻyicha:
a) birinchi xatboshining 1-jumlasida “dissertatsiya” soʻzidan keyin “zarur hollarda” soʻzlari qoʻshilsin;
b) birinchi xatboshining 2-jumlasida “attestatsiya” soʻzidan oldin hamda “ekspertizaning” soʻzidan oldin “zarur hollarda” soʻzlari qoʻshilsin.
12. 38-bandning ikkinchi xatboshisida “bordiyu” soʻzi chiqarilsin.
13. Nizom quyidagi mazmundagi 46-band bilan toʻldirilsin:
“46. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)