1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini taʼminlash hamda oʻrta maxsus taʼlim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish va tizimlashtirish, oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini davlat namunasidagi hujjatlar bilan taʼminlash, diplom va uning ilovasidagi axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilgʻor xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar koʻrinishiga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Quyidagilar:
oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplomga ilovaning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Belgilab qoʻyilsinki:
oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplom va diplomga ilovani tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi;
oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplom va diplomga ilova (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga bepul beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplom, diplomga ilova va sertifikat blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi boʻyicha himoyalangan maxsus qogʻozlarda shartnoma asosida tayyorlab berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
4. 2023/2024 oʻquv yiliga qadar akademik litseylarning bitiruvchilariga berilgan qogʻoz shaklidagi diplom yoʻqotilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida belgilangan davlat namunasidagi diplomning dublikati beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
666-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplomning davlat namunasi va tavsifi
Akademik litsey diplomi muqovasining tomonlari 148x210 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan toʻq koʻk (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli muqova matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom muqova materiali — toʻq koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangdan iborat. Muqova materiali bumvinil, toʻq koʻk va qizil-marmar rangdan iborat boʻladi. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” nomi bosma naqsh usulida yoziladi.
Diplom blankasining ichki qismi 290x200 mm oʻlchamda, maxsus milliy naqsh tushirilgan suv belgili qogʻozda, matn qismi qora rangda va tasviriy elementlari esa koʻk rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi koʻk rang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilyosh elementidan iborat boʻladi. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat boʻladi.
“Aʼlo darajali” diplomning ichki qismi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” va “TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITN NONOURʼS” soʻzlari yoziladi.
Diplom blankasining ichki qismi himoya elementlari quyidagicha:
Qogʻoz tavsifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120 ± 5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy naqsh koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nur ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud;
Bosma tavsifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonda kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalaniladi;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushiriladi;
ichki varaqning asosiy foni koʻk rang, ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat, nusxa koʻchirilmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
diplom blankasining ikki tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushiriladi va u ultrabinafsha nur ostida koʻrinadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” mikromatnli soʻz birikmasi mavjud boʻladi;
seriyasi “L” va raqami sakkiz xonali sonda ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nur ostida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplomga ilovaning davlat namunasi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI REPUBLIC OF UZBEKISTAN
1. DIPLOM SOHIBI HAQIDA MAʼLUMOTLAR /
INFORMATION ABOUT THE DIPLOMA NOLDER
1.1. Familiyasi / Surname
1.2. Ismi, otasining ismi / First name, other name
1.3. Tugʻilgan sana / Date of birth
L № _____________________
2. MALAKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR / QUALIFICATION
DIPLOMGA ILOVA /
DEPLOMA SUPPLEMENT
(diplomsiz ilova haqiqiy hisoblanmaydi /
without diploma the attachment is invalid)
2.1. Yoʻnalish nomi / Field of study
Davlat attestatsiya komissiyasining qarori / Decision of the State Attestation Commission
2.2. Taʼlim muassasasining nomi / The name of educational institution
2.3. Taʼlim (imtihon) til(lar)i / Language (s) of education (examination)
Roʻyxat raqami / Registration number ___________________________________________
Berilgan vaqti / Date of issue __________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarorida:
a) 3 va 4-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 2-ilovaga, akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmalariga muvofiq har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin”;
b) 5-banddagi “Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“2. Bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan davlat va nodavlat umumtaʼlim muassasalari, akademik litseylar (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taqdirlanadi.
Bitiruvchilarga boʻysunuvidan qatʼi nazar, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma beriladigan taʼlim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, shuningdek, boʻysunuvidan qatʼi nazar, bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi”;
“9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi har yili 17-iyunga qadar taʼlim muassasasi joylashgan hudud boʻyicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etiladi.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi har yili 20-iyunga qadar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 25-iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 30-iyunga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlarni joylashtiradi.
11. Taʼlim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli oʻquv yilining 15-noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi.
12. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tegishli oʻquv yilining 25-noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga taqdim etadi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har oʻquv yilining 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. Vazirlik va idoralar buyurtmalarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 15-dekabriga qadar Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasiga buyurtma beradi.
15. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli oʻquv yilining 1-mayiga qadar tayyorlaydi.
16. Oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼminot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan tegishli oʻquv yilining 1-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yetkaziladi.
Oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari orqali tegishli oʻquv yilining 8-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Tizimida bitiruvchilariga oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan qabul qilib, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar taʼlim muassasalariga yetkazadi”;
“18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga koʻra ortib qolgan taqdirda tegishli oʻquv yilining 15-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tegishli oʻquv yilining 18-iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining masʼul xodimiga topshiriladi.
19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 30-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qaytariladi.
Oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisida diplom beriladigan taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarida ortib qolgan oltin va kumush medallarni 30-iyunga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida zaxira sifatida saqlanadi”;
“Ijrochilar” ustunidagi “xalq taʼlimi”, “Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi” hamda “Xalq taʼlimi” soʻzlari tegishlicha “maktabgacha va maktab taʼlimi”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi” hamda “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi” hamda “Xalq taʼlimi” soʻzlari tegishlicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi” hamda “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Medallarning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr”;
d) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga
3-ILOVA
Akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning
TAVSIFI
Bitiruvchilarga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira boʻrtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli boʻladi.
Oltin va kumush medallarning oʻrta qismida doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida boʻrtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 11 millimetr, eni 21 millimetr, pastki chap tomondan oʻng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻQISHDAGI MUVAFFAQIYATLARI VA NAMUNALI XULQI UCHUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
Medallarning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr. Qadagʻichda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.
Qadagʻichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tizimidagi harbiy akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan medallarning orqa tomonida tegishli vazirlik va idoralarning logotiplari tasvirlanadi hamda orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab, aylana boʻylab bosh harflar bilan tegishli vazirlik va idoraning nomi tushirilgan yozuv joylashtiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) V boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V. Professional taʼlim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish”;
“Professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik ish rejasi 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda oʻquv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari, ishlab chiqarish taʼlimini, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun materiallar qismini tayyorlash boʻyicha taqsimlab chiqiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish vaqti normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
v) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi” soʻzlari “professional taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“17. Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda professional taʼlim muassasasi rahbariyati oʻqituvchining oʻquv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Bunda oʻquv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki koʻpaytirish tomonga 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas”;
d) 18-banddagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” soʻzlari “professional taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“19. Professional taʼlim muassasasining har bir oʻqituvchisi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi yillik ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yoki professional taʼlim muassasasining boshqa kollegial organi majlisida har yili kamida bir marta hisobot beradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son)