Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tashkil etilganligi hamda unga Transport vazirligining 269 ta shtat birligi oʻtkazilganligi;
Inspeksiya avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiradigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda javobgarligi;
transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning talablari hamda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan qayta oʻtkazish hamda ularga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yil 1-noyabrga qadar harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqsin hamda ishga tushirsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Axborot tizimining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) bilan integratsiya qilinishini hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq YIDXP orqali davlat xizmatlari joriy etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda 2026-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish taqiqlansin;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq joriy etilayotgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talablarining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha masʼul vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida reja-grafik asosida muntazam ravishda oʻquv seminarlari oʻtkazilishini, ular oʻrtasida targʻibot ishlari olib borilishini taʼminlasin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga boʻysunadi;
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari xizmat faoliyatini idoraviy formali kiyimda amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi uch oy muddatda Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining idoraviy formali kiyim namuna-etalonlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga asosan 4 ta shaxsan biriktirilgan avtotransport vositalarini;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalariga maxsus 33 ta hamda 2024-yilda xarid qilinadigan 14 ta maxsus jihozlangan avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratsin.
Bunda ushbu avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 2024-yilga Davlat budjeti parametrlarida Transport vazirligining tegishli hisob-kitoblariga asosan zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
7. Quyidagilar:
“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi organining Inspeksiya, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MCHJni Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur 1-tor koʻchasi 6-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari maʼmuriy binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
668-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
2. Inspeksiya avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiradigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) boʻysunadi va hisobot beradi.
4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlik qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Inspeksiya oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Inspeksiyaning qonunchilik hujjatlari va oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari hamda koʻrsatmalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega.
8. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi;
qisqartirilgan nomi — Transport nazorati inspeksiyasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Inspeksiya po nadzoru v sfere transporta pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Inspeksiya “Uztransnadzor”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The Inspection of transport supervision under Ministry of Transport of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — inspection “Uztranssupervision”.
2-bob. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarining vazifalari hamda funksiyalari
9. Quyidagilar Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;
avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan avtomobilda xalqaro tashish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish;
yuk va yoʻlovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reyestrini yuritish;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
10. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
a) avtomobilda tashishlar va harakat xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
yoʻlovchilar, bagaj va yuk tashish qoidalariga rioya etish, yoʻlovchilar va yuk tashish xavfsizligi, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatining zarur darajasini taʼminlash, yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida transport vositalarining bir maromda harakatlanishi, belgilangan harakat jadvali va oraliq intervallariga rioya etilishini;
yoʻlovchilar hayoti, sogʻligi va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalashga oid majburiyatlarning bajarilishini;
tashuvchining litsenziya talablari va shartlariga, ruxsatnoma hujjatlari shartlariga rioya qilishini;
yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish qoidalariga hamda transport vositalarini jihozlashga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini;
avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyat koʻrsatishiga qoʻyilgan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
b) suv transportida tashishlar va harakat xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
suv transportida tashish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
suv transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, suzish xavfsizligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar kiritadi;
suv transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek, suzish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, suv transporti faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kemalarni roʻyxatga/qayta roʻyxatga oladi va texnik koʻriklardan oʻtkazadi;
kemalarni qurish, yangidan jihozlash va taʼmirlash davrida texnik nazoratni amalga oshiradi;
kemalarning texnik-loyiha hujjatlarining Registr qoidalari va mahalliy suzish shartlariga muvofiqligini tekshiradi, kelishadi va ekspert xulosasini beradi;
suv havzalarida kechuvlarni tashkil etishda texnik talablarni belgilaydi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
suv transportida sodir etilgan avariya hodisalari sabablarini aniqlash ishlarida ishtirok etadi, tahlil etadi va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
suv transportida, shu jumladan, suzish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvda xalqaro tashish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
suv transportida kema hujjatlari mavjudligini nazorat qiladi;
kema ekipaji aʼzolarining bilimlarini tekshiradi;
kema haydovchilarini attestatsiyadan oʻtkazadi va kema haydovchisi guvohnomalarini beradi;
v) temir yoʻl transporti hamda metropolitenda tashishlar va harakat xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga ega boʻlgan yoki ulardan foydalanuvchi xoʻjalik boshqaruvi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻl transporti sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar, ularning boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — temir yoʻl transporti subyektlari) tomonidan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda, metropolitenda va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarida temir yoʻl transporti sohasidagi yuk va yoʻlovchilar tashish, harakat xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(10-band 1-kichik bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transporti subyektlarining yuk va yoʻlovchi tashishda harakatdagi temir yoʻl tarkibi, texnik vositalari, jihozlari va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini ishchi holatda saqlash, ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(10-band 1-kichik bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transporti va metropoliten temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini quradigan hamda ishlab chiqaradigan korxonalar va tashkilotlarda temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarish, kapital qayta tiklash va rejali taʼmirlash turlarini amalga oshirishda texnologik jarayonlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(10-band 1-kichik bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
temir yoʻl transporti va metropoliten obyektlarini quradigan hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini ularda poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha texnik tekshirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
temir yoʻl transporti va metropoliten obyektlari, mahsulotlari hamda texnologiyalarining qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan ularni doimiy yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
temir yoʻl transporti subyektlari va metropoliten tomonidan temir yoʻllarda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan subyektlarning huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari natijalarini ularning faoliyatiga aralashmagan holda tahlil etadi va baholaydi;
temir yoʻl transportida xavfli yuklar tranziti, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranziti boʻyicha belgilangan tartibda xulosalar beradi;
temir yoʻl transporti va metropolitenda poyezdlar halokati hamda avariyalar boʻyicha xizmat tekshiruvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
temir yoʻl transporti subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalar sodir boʻlganda, xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibida ishtirok etadi va xizmat tekshiruvlari hisobini yuritadi;
temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalar toʻgʻri tasniflanishini, ular tomonidan xizmat tekshiruvlarining belgilangan muddatlarda, xolisona oʻtkazilishi va toʻgʻriligini nazorat qiladi;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining yoʻlovchi poyezdlarining boshqa davlatlar hududida yuz bergan avariya va halokatlarining xizmat tekshiruvi ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
2) avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlashda (keyingi oʻrinlarda — yoʻl qurilishi) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
yoʻl qurilishi obyektlarida bajariladigan qurilish-montaj va taʼmirlash ishlarining, shuningdek, ularda qoʻllaniladigan materiallar hamda konstruksiyalarning shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda loyiha hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat nazoratini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
yoʻl qurilishi obyektining loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlar, shuningdek, yoʻl qurilishi jarayonida loyiha hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
yoʻl qurilishi obyektlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik, mualliflik va ichki nazorat yuritilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi, bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda ishlarning sifatini aniqlash boʻyicha diagnostika va laboratoriya sinovlari oʻtkazilishini nazorat qiladi;
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar hamda avtomobil yoʻllarini balansida saqlovchilarning qoidabuzarliklar toʻgʻrisida kiritgan maʼlumotlari asosida yoʻllar, shahar koʻchalari va boshqa aholi punktlarida yoʻl toʻshamasini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish hamda qayta tiklash ishlarini nazorat qiladi;
yoʻl qurilishida shaharsozlik qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan avtomobilda xalqaro tashish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
avtomobilda xalqaro yuk va yoʻlovchi tashish shartlariga rioya etilishini;
yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni muntazam hamda nomuntazam tashish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligini;
harakat jadvaliga rioya qilinishini;
xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va bagajni nomuntazam tashishlarda yoʻlovchilar roʻyxati mavjudligini;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar, bagaj yoki yuklarni tashish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha keltirilgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarida tashishda (kabotaj tashishda) xalqaro shartnomalar shartlariga rioya etilishini;
xorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalari haydovchilarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan harakatlar chizmasiga rioya etishini;
avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishda tashuvchilarning avtotransport vositasining davlat hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma blankalarisiz tashish bilan shugʻullanishi, ruxsatnoma blankalarini toʻldirish boʻyicha talablarni buzishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit oʻtishi uchun moʻljallangan yoʻnalishlarda harakatlanishini nazorat qiladi;
4) respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
statsionar va mobil postlarda transport vositalarining vazn hamda hajm parametrlariga (ogʻirlik, uzunlik, balandlik, kenglik va boshqalar) muvofiqligini;
katta hajmli va ogʻir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar mavjudligini;
Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtuvchi va tranzit hudud boʻylab xavfli yuk bilan harakatlanuvchi transport vositalarida:
xavfli yukni tashishga ruxsatnomasi mavjudligini;
yoʻnalish marshrutining mavjudligini;
tashuvlar kuzatuv asosida amalga oshirilayotganligini;
tashilayotgan xavfli yuklarni tovar transport hujjatlariga xosligini hamda harakatlanish tartibi buzilmaganligini nazorat qiladi;
5) yuk va yoʻlovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish sohasida:
haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yoʻlovchi tashish avtobuslarini, xalqaro yuk tashiladigan transport vositalarini nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz, nosoz taxografdan foydalangan yoki taxografni oʻchirgan holda hamda haydovchida maxsus taxograf kartasiz) boshqarishi, shuningdek, ishlash va dam olish rejimini buzishi (taxograf maʼlumotlariga asosan) yoki boshqa huquqiy asoslarga koʻra mehnat va dam olish tartibiga rioya etganligini tekshiradi;
raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda, temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashishda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat hamda dam olish rejimini nazorat qiladi;
yuk va yoʻlovchilarni tashishda haydovchilarning mehnat hamda dam olish rejimini tekshirish jarayonida qonun buzilishi holatlari yuzasidan qoʻshimcha holatlar aniqlangan taqdirda, tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reyestrini yuritish sohasida:
(10-band 6-kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish orqali ularning hisobini yuritadi;
(10-band 6-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestrini yuritadi;
(10-band 6-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini hisobga olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻriligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi, texnik holatini koʻrikdan oʻtkazadi va uning natijalari asosida maʼlumotlar yagona reyestrga kiritilishini nazorat qiladi;
(10-band 6-kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
(10-band 6-kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
majburiy talablar buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan maʼlumotlarni temir yoʻl transporti subyektlari faoliyatiga aralashmagan holda toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish orqali temir yoʻl transporti subyektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida monitoring qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berish sohasida:
belgilangan tartibga tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma beradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan 7-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-son Transport vositalarida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorining 7-bandi.
11. Inspeksiya qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
a) avtomobil va suv transporti nazorati boʻyicha:
avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalar yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yoʻlovchi tashishni nazorat qilish boʻyicha reyd tadbirlarida, statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun toʻxtatish;
statsionar va mobil postlarda reyd tadbirlari jarayonida tekshirish uchun transport vositasini toʻxtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslama, qoʻl yoki jezl ishoralaridan foydalanish;
toʻxtash ishorasiga boʻysunmagan transport vositalarini kuzatish yoki ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berish va ularga belgilangan tartibda qonuniy choralar koʻrish;
nazorat tadbirlarida yoʻlovchilarni va yuk tashishda mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlar (agregatorlar) orqali va boshqa holatlarda noqonuniy shugʻullanayotgan huquqbuzarlarni aniqlash;
tashuvchilarga yuk va yoʻlovchi tashish huquqi uchun berilgan litsenziyalar hamda ruxsatnoma hujjatlarining amal qilish muddatini belgilangan tartibda toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish choralarini koʻrish;
nazorat tadbirlari davomida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchilar bilan suhbat olib borish;
xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni tashishda kabotaj tashish holatlari yoki boshqa huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, statsionar va chegara oʻtish punktlarida vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda choralar koʻrish;
xizmat faoliyatini amalga oshirish jarayonida foto, video tasvirga olish moslamalaridan foydalanish;
huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan haydovchilarga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, ichki ishlar organlariga tegishli axborot kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazasidan belgilangan tartibda real vaqt rejimida foydalanish;
transport sohasida nazoratni amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
kema hujjatlarining amal qilish muddati tugaganda, kemalar malakali ekipaj bilan butlanmaganda, kemani kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxs boshqarganda, bortda avariya-qutqarish, yongʻinga qarshi inventar mavjud boʻlmaganda, suzib yuruvchi qurilmalarda odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi qurilmalardan foydalanishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqiqlash;
b) yoʻl qurilishi nazorati boʻyicha:
yoʻl qurilishida faoliyat yuritish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida vakolatli davlat organiga taklif kiritish;
vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun kerakli maʼlumotlarni hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlaridan ularning faoliyatida tekshiruv amalga oshirilayotgan jarayonda tekshiruv predmetiga oid maʼlumotlarni, hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
yoʻl qurilishi obyektlariga moneliksiz kirish;
qoʻllaniladigan yoʻl qurilishi materiallari, konstruksiyalari, buyumlari hamda bajariladigan yoʻl qurilishi ishlarining sifatini tekshirish uchun zarur boʻlgan loyiha, texnologik, ijro hujjatlarini va boshqa materiallarni loyiha, pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan soʻrash hamda olish;
pudrat tashkilotlariga konstruksiyalar, uzellar va detallarning ayrim elementlarini ochishni, tagzamindagi tuproqni sinashni va qayta yopib qoʻyish, qoʻllanilgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalarini, muhandislik tizimlarini sinab koʻrish ishlarini topshirish, zarurat boʻlganda tegishli xulosa tayyorlash uchun ilmiy-tadqiqot, sinash va loyiha tashkilotlarining ekspertlarini, mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish jarayonida bajarilgan ishlarning sifatini tekshirish uchun laboratoriya sinovlari va diagnostika oʻtkazilishini talab qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga yoʻl qurilishida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari aniqlanganda, buyurtmachilardan ushbu ish hajmlarini toʻlovga qabul qilingan umumiy ishlar hajmidan chiqarib tashlashni talab qilish;
yoʻl qurilishida mustahkamlik va barqarorlik tavsiflari buzilishiga olib keladigan loyiha yechimlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishi aniqlanganda, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yoʻl qurilishida avariyalar xavfi mavjud boʻlgan hollarda qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish (tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf yuzaga kelishining oldi olinishi munosabati bilan faoliyatni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno);
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishlari yuzasidan vakolat doirasida koʻrilgan choralar natijasida bartaraf etilmagan yoʻl qurilish ishlari toʻgʻrisidagi materiallarni huquq-tartibot organlariga berish;
v) temir yoʻl transporti va metropoliten nazorati boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligini taʼminlashga, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, texnik vositalari va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining aniqlangan buzilish holatlarini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish va bu borada koʻrilayotgan choralar haqida axborot berish muddatlarini belgilash;
(12-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
temir yoʻl transportining texnik vositalaridan foydalanishni va tashishlar jarayoni bilan bogʻliq ishlarni bajarishni belgilangan tartibda toʻxtatish, nosozligi sababli odamlar hayoti va sogʻligiga, tashishlar xavfsizligiga xavf tugʻdiradigan temir yoʻl infratuzilmalarida harakatlanishni toʻxtatish yoki harakatlanish tezligini cheklash toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
sifatsiz taʼmirlangani uchun lokomotivlar, motorvagonli harakatlanuvchi tarkib va vagonlarni, yoʻllar va bir izni boshqa izga oʻtkazish strelkalarini, signalizatsiya va aloqa moslamalari, bogʻlanish tarmoqlarini taʼmirlashdan chiqarishni taqiqlash;
lokomotivlar, vagonlar, yoʻllar, signal, aloqa va elektr taʼminoti tizimlari, shuningdek, temir yoʻl transportining boshqa texnik vositalari tegishli komissiya koʻrigidan belgilangan tartib buzilgan holda oʻtkazilgani uchun ularning natijalarini bekor qilish;
temir yoʻl transportiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzgan temir yoʻl transporti subyektlariga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqiqlovchi choralarni koʻrish;
poyezdlar harakati xavfsizligi talablari hamda temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash, harakatdagi tarkibni, temir yoʻl transportining texnik vositalarini saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilish holatlari yuzasidan materiallarni tegishli organlarga belgilangan tartibda berish;
temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalar boʻyicha oʻtkaziladigan xizmat tekshiruvi komissiyalarida, shuningdek, xizmat tekshiruvlari davrida oʻtkaziladigan tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalarda ishtirok etish;
temir yoʻl transporti subyektlaridan temir yoʻl transporti hamda metropolitenda sodir boʻlgan harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalar toʻgʻrisida tezkor xabardor qilishni, shuningdek, ushbu hodisalar boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi materiallarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini hamda oʻz muddatida taqdim etilishini talab etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlarini koʻrsatishda harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
(12-band “v” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va boshqa texnik vositalarini yangi turi oʻzlashtirilganda ularni ishlab chiqarish (qurish), sinash, ommaviy ishlab chiqarish va foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish;
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab xizmat safarlari chogʻida Inspeksiyaga tegishli vagondan poyezdlar tarkibida toʻsqinliksiz foydalanish;
Inspeksiya xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlar chogʻida lokomotivlar (1 nafargacha) va poyezdlar brigadalari tarkibiga tekshiruvchilar sifatida kiritish.
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari avtomobilda yuk hamda yoʻlovchi tashish, temir yoʻl, ichki suv va shahar elektr transporti hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzadi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllaydi.
Inspeksiya oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritadi.
Inspeksiya yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini Vazirlikka belgilangan tartibda kiritadi.
Inspeksiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni soʻrab oladi.
Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari:
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining amalga oshirilishi;
Vazirlikka kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularning himoya qilinishini taʼminlash;
nazorat natijasida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur oʻrganish hamda umumlashtirish asosida hududlardagi tegishli sohani rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
14. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Inspeksiya, shuningdek, hududiy boʻlinmalar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Inspeksiya faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyat darajalarini belgilash;
Inspeksiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Inspeksiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha buyruqlar chiqarish, koʻrsatmalar berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Inspeksiya rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Inspeksiya xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullarni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib, belgilangan muddatda va tartibda qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Inspeksiya xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Inspeksiya va hududiy boʻlinmalar xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
oʻz vakolati doirasida Inspeksiya xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, loyiha tashkilotlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qilish;
Inspeksiya boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Inspeksiyaning oʻzlari nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
oʻzlari nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzlari nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, oʻzlari nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Inspeksiyaning yigʻilish qarorlari, Inspeksiya boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash.
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Inspeksiya rahbarlarining javobgarligi
16. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
17. Boshliq oʻrinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan xodimlar tomonidan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
6-bob. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish
1-§. Inspeksiya rahbariyati
18. Inspeksiyaga Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
19. Inspeksiya boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlari tegishli oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
20. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiya markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarini ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlik hayʼati majlislarida, yigʻilishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Inspeksiya boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
2-§. Inspeksiya xodimlarining hududiy boʻlinmalar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
21. Inspeksiya xodimlarining hududiy boʻlinmalar bilan oʻzaro hamkorligi Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan taʼminlanadi.
22. Inspeksiya xodimlari:
hududiy boʻlinmalarga rahbariyat topshiriqlarini yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalariga ularning bevosita faoliyati boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni toʻplashni tashkil etadi;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
23. Hududiy boʻlinmalar:
Inspeksiya rahbariyati topshiriqlari bajarilishi haqida axborot beradi;
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Inspeksiyaga taqdim qiladi;
avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan takliflarni Inspeksiyaga yuboradi.
3-§. Inspeksiyaning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
24. Inspeksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
25. Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish
26. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.
27. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ragʻbatlantirishlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlardan iborat.
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshlariga, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdori bilan Inspeksiya va hududiy boʻlinmalari taʼminoti uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdori oʻrtasida yuzaga keladigan tafovut hisobiga 2 barobar oʻsib boruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Davlat budjeti hisobidan koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlanadi: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4.
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ish haqi fondiga nisbatan 200 foizgacha miqdorda amalga oshiriladi.
28. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transporti korxonalari xodimlarining ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha huquqi va imtiyozlari, shuningdek, xizmat safarlari davomida doimiy ravishda, taʼtil davrida — bir yilda bir marta avtomobil, temir yoʻl, havo transportidan imtiyozli foydalanish tatbiq etiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari (nazorat funksiyasi yuklanmagan xodimlar hamda qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan holatlar bundan mustasno) har uch yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
30. Nazorat tadbirlari jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar Inspeksiya hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan transport sohasidagi nazoratni amalga oshirish uchun faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishga majburdirlar.
31. Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki toʻsqinlik qilish, notoʻgʻri maʼlumotni taqdim etish yoki taqdim etishdan boʻyin tovlash, shuningdek, Inspeksiyaning mansabdor shaxslarini Inspeksiyaga qonunchilik hujjatlari bilan yuklanmagan vazifalarni bajarishga majburlash hamda ularga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XI-bobi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan qayta oʻtkazish, ularga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish hamda ularni roʻyxatdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti hamda oʻz faoliyatini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti tizimiga kirmaydigan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda amalga oshiruvchi, guvohnoma olish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etuvchi harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazish harakatlari — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan qayta oʻtkazish va ularni roʻyxatdan chiqarish, shuningdek, texnik koʻrikdan oʻtkazish, ularga guvohnoma berish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) maʼlumotlarni kiritish va yagona reyestrini yuritish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjati (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yagona reyestr — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan davlat elektron axborot resursi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi — lokomotivlar, tortish lokomotivining yuk, bagaj, yoʻlovchi tashish vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib, shuningdek, tashishlarning amalga oshirilishini va temir yoʻl transportining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa transport vositalari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
harakatdagi temir yoʻl tarkibining egasi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida harakatdagi temir yoʻl tarkibiga egalik qiluvchi jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transporti infratuzilmasi — texnologik majmua boʻlib, ushbu majmua faoliyatini taʼminlovchi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, aloqa tarmoqlarini, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlarini, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimini, binolar, inshootlar, qurilmalar, jihozlar va uskunalarni oʻz ichiga oladi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti — temir yoʻl transporti infratuzilmasi quyi tizimlarining tarkibiy qismi yoki uning quyi tizimlarining tarkibiy qismlari toʻplami;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, transport ishlarini bajarish va temir yoʻl transporti xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qurilmalar, bino va inshootlar hamda boshqa obyektlarga egalik qiluvchi, jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish — harakatdagi mavjud temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini uning tarkibiy qismlarini yanada takomillashganlariga almashtirish orqali texnik-iqtisodiy tavsiflarni yaxshilashga qaratilgan ishlar majmui;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
harakatdagi temir yoʻl tarkibini modernizatsiya qilish orqali xizmat muddatini uzaytirish — xizmat muddatini uzaytirish maqsadida bazaviy konstruksiyaga oʻzgartirishlar kiritish orqali harakatdagi mavjud temir yoʻl tarkibining texnik-iqtisodiy tavsiflarini yaxshilash boʻyicha ishlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini doimiy hisobga olish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berish hamda yagona reyestrni shakllantirish;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish — tegishli huquqiy asoslar boʻlganda, harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar.
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi (keyingi oʻrinlarda — harakatdagi tarkib) va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari (keyingi oʻrinlarda — infratuzilma obyektlari) davlat roʻyxatidan Inspeksiya tomonidan harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari haqidagi maʼlumotlarni Axborot tizimiga kiritish orqali oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
4. Qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari, shuningdek, sohasi va qoʻllaniladigan joyidan qatʼi nazar, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiqish huquqiga ega boʻlgan hamda ichki texnologik maqsadlarda foydalaniladigan, jismoniy va yuridik shaxslar mulkiga tegishli harakatdagi temir yoʻl tarkiblarining birliklari davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va yagona reyestrda hisobga olinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari boʻyicha egalik huquqi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlgandan soʻng oʻn ish kuni muddatda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishi lozim.
Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari Inspeksiya tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
5. Davlat xizmati Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning talablari hamda shartlari
6. Quyidagilar harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning talablari hamda shartlari hisoblanadi:
harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarining texnik pasporti (formulyari) mavjud boʻlishi;
harakatdagi tarkibning xizmat muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, yangi xarid qilingan harakatdagi tarkibning muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlishi;
roʻyxatdan oʻtkazilgan harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlaridan guvohnomada koʻrsatilgan muddatlarda foydalanish;
Inspeksiyaning talabiga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazishning talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish paytida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi sababli qayta davlat roʻyxatidan oʻtganda, bu haqda oʻn ish kuni ichida Inspeksiyani xabardor qilish.
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchi harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
8. Toifalangan obyektlar haqidagi maʼlumotlar va tarqatilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Inspeksiyaga bevosita taqdim etiladi.
9. Harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar koʻrsatiladigan xizmat turlariga muvofiq arizani toʻldirish jarayonida avtomatik tarzda belgilanadi. Arizaga talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan “PDF” shaklidagi nusxalari ilova qilinadi.
10. Arizaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
11. Davlat xizmatini koʻrsatishda harakatdagi tarkibning birliklariga va har bir infratuzilma obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilganda, yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
13. Inspeksiyaga kelib tushgan arizaning toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi. Agar arizada xato va kamchiliklar boʻlsa, ularni besh ish kuni ichida bartaraf etish uchun qaytariladi.
Belgilangan muddatda xatolar bartaraf etilmagan, yetishmayotgan maʼlumotlar taqdim etilmagan va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan yoki davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan taqdirda, shuningdek, mazkur Reglamentning 6-bandida koʻrsatilgan talablar va shartlarga amal qilinmaganda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi tomonidan YIDXP orqali murojaat etilganda, ariza avtomatik tarzda Inspeksiyaga yuboriladi.
16. Ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi.
Bunda Inspeksiya xodimlari joyiga chiqqan holda, harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish orqali taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻriligini oʻrganib chiqib, uning natijalari asosida harakatdagi tarkibning yoki infratuzilma obyektlarining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
17. Inspeksiya hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha tegishli guvohnomani mazkur Reglamentga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyib rasmiylashtiradi va uni ERI bilan tasdiqlaydi hamda ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.
Guvohnoma harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari davlat roʻyxatidan chiqarilgan kunga qadar amal qiladi.
18. Guvohnoma berish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan tegishli bildirishnoma yuboriladi. Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi va koʻpi bilan bir oy muddatdan oshmasligi lozim.
Ariza beruvchi bildirishnomada belgilangan vaqt davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun YIDXP orqali taqdim etishi mumkin. Bunda hujjatlar qayta taqdim etilganda, toʻlov takroran undirilmaydi.
19. Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza Inspeksiyaga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida takroran koʻrib chiqiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Inspeksiyaning avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
4-bob. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
20. Harakatdagi tarkibni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
roʻyxatdan oʻtkazilayotgan harakatdagi tarkibning mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi roʻyxati;
harakatdagi tarkibning oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa harakatdagi tarkibga egalik huquqi vujudga kelishiga asos boʻluvchi hujjat nusxasi;
harakatdagi tarkibni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki harakatdagi tarkib topshirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
ishlab chiqilganidan, modernizatsiya qilinganidan yoki taʼmirlanganidan soʻng harakatdagi tarkibning foydalanishga topshirilganligi haqida dalolatnomaning nusxasi;
muvofiqlik sertifikatining nusxasi (muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan harakatdagi tarkib uchun);
harakatdagi tarkib texnik pasportining nusxasi.
21. Mazkur Reglamentga 6-ilovada koʻrsatilgan infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda YIDXP orqali taqdim etadi:
infratuzilma obyektining texnik pasporti;
infratuzilma obyektini kapital qurilishdan soʻng qabul qilish boʻyicha, shuningdek, tashkilotlar balansidan oʻz balansiga oʻtkazish yoki sotib olish yuzasidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
22. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ariza beruvchidan ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish, shuningdek, ularning ijarasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish
23. Harakatdagi tarkibning modernizatsiya qilish (qayta jihozlash) natijasida modeli oʻzgarganda, egasi oʻzgarganda yoki xizmat muddati uzaytirilganda, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkaziladi.
24. Inspeksiya tomonidan harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish ariza taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun harakatdagi tarkibning birliklariga va har bir infratuzilma obyektiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilganda, yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
25. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
26. Ariza beruvchi YIDXP orqali mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron shaklda toʻldiradi.
27. Ariza beruvchi davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilayotgan harakatdagi tarkibning amaldagi guvohnomasi bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda arizani taqdim etadi:
a) harakatdagi tarkibni modernizatsiya qilish (qayta jihozlash) natijasida uning modeli oʻzgarganda:
amalga oshirilgan modernizatsiya va modernizatsiya kodi koʻrsatilgan harakatdagi tarkibni foydalanishga topshirilganligi haqidagi dalolatnomaning nusxasi;
muvofiqlik sertifikatining nusxasi;
harakatdagi tarkibning texnik pasporti nusxasi;
b) harakatdagi tarkibning egasi oʻzgarganda:
harakatdagi tarkibning oldi-sotdi shartnomasi yoki harakatdagi tarkibga mulk huquqini beruvchi boshqa hujjat nusxasi;
harakatdagi tarkibning texnik pasporti nusxasi;
v) harakatdagi tarkibning xizmat muddati uzaytirilganda:
ishlar texnik yechimga muvofiq amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi;
harakatdagi tarkibning texnik pasporti nusxasi;
muvofiqlik sertifikatining (harakatdagi tarkib modernizatsiya qilingan holda xizmat muddatlari uzaytirilganidan keyin olingan) nusxasi.
28. Infratuzilma obyektlari rekonstruksiya qilinganda, texnik maʼlumotlari yoki egasi oʻzgarganda, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilayotgan infratuzilma obyektining amaldagi guvohnomasi bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda arizani taqdim etadi:
infratuzilma obyektining texnik pasporti (temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining texnik maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan);
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtganligi haqida hujjat;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi;
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
29. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan taqdirda, shuningdek, mazkur Reglamentning 27 va 28-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
30. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari ijaraga berilganda yoki ijarasi tugatilganda, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilmaydi, bunda Axborot tizimida yagona reyestrga “ijaraga berilgan” va “ijara tugatilgan” yozuvi kiritiladi.
31. Harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlari ijaraga berilganda va ijarasi tugatilganda, ariza beruvchi YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda toʻldiradi:
ijara shartnomasi nusxasi;
guvohnoma nusxasi.
32. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlari ijaraga berilgan yoki ijarasi tugatilganligi toʻgʻrisida Axborot tizimiga maʼlumot kiritilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
33. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarining davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilganligi yoki oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek, ularning ijaraga berilganligi yoki ijarasi tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda yuboriladi.
6-bob. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish
34. Harakatdagi tarkib davlat roʻyxatidan quyidagi hollarda chiqariladi:
harakatdagi tarkib Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanish uchun olib chiqib ketilganda (rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida);
harakatdagi tarkib foydalanishga yaroqsiz deb topilganda (harakatdagi tarkib hisobdan chiqarilishi, uning tiklab boʻlmas darajada shikastlanishi, xizmat muddatining tugaganligi).
35. Harakatdagi tarkibni davlat roʻyxatidan chiqarish uchun ariza beruvchi YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda toʻldiradi hamda arizaga davlat roʻyxatidan chiqariladigan harakatdagi tarkibning mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi roʻyxatini va qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanish uchun olib chiqib ketilganda:
rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
amaldagi guvohnoma;
b) harakatdagi tarkib foydalanishga yaroqsiz deb topilganda:
harakatdagi tarkibni foydalanishga yaroqsiz deb topish va hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq yoki dalolatnoma;
amaldagi guvohnoma.
36. Inspeksiya tomonidan harakatdagi tarkibni davlat roʻyxatidan chiqarish ariza taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
37. Quyidagi holatlar harakatdagi tarkibni davlat roʻyxatidan chiqarishni rad etishga asos hisoblanadi:
mazkur Reglamentning 35-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan harakatdagi tarkibga qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari mavjudligi yoki taqdim etilgan hujjatlar soxtalashtirilganligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlaridagi yoxud davlat roʻyxatidan chiqarish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan harakatdagi tarkib va uning raqamli uzellari yoki agregatlari nomuvofiqligi aniqlanganligi;
harakatdagi tarkib, raqam uzellari hamda agregatlari qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlar yoʻqotilganlar (oʻgʻirlanganlar) jumlasiga kirishi haqidagi maʼlumotlar mavjudligi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi harakatdagi tarkibni davlat roʻyxatidan chiqarishga rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan qayta murojaat etishga haqli.
38. Infratuzilma obyektlari yaroqsiz deb topilganligi (hisobdan chiqarilishi, tiklab boʻlmas darajada shikastlanishi, xizmat muddatining tugagashi) sababli davlat roʻyxatidan chiqariladi.
39. Ariza beruvchi infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish uchun YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda toʻldiradi hamda arizaga infratuzilma obyektlari yaroqsiz deb topilganda, ularni demontaj qilish yoki foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq yoki dalolatnomani ilova qiladi.
40. Harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish uchun toʻlov undirilmaydi.
41. Harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlarining davlat roʻyxatidan chiqarilganligi yoki chiqarish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda yuboriladi.
42. Davlat roʻyxatidan chiqarilgan harakatdagi tarkib yoki infratuzilma obyektlariga berilgan guvohnoma Inspeksiya tomonidan bekor qilinadi.
7-bob. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatish
43. Harakatdagi tarkibning rejali turdagi taʼmirlash muddatlari oʻtganda, yurish qismining nosozliklari boʻlganda yoki harakatdagi tarkibdan foydalanish ehtiyoji boʻlmaganda, undan foydalanish vaqtincha toʻxtatiladi.
44. Harakatdagi tarkibdan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganda, ariza beruvchi YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda toʻldiradi. Arizaga davlat roʻyxatidan chiqariladigan harakatdagi tarkibning mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi roʻyxatini va qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
harakatdagi tarkib egasining foydalanish vaqtincha toʻxtatilganligi haqidagi belgisi qoʻyilgan harakatdagi tarkib texnik pasporti;
ariza beruvchining harakatdagi tarkibdan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganligi haqidagi buyrugʻi yoki dalolatnoma;
amaldagi guvohnoma.
45. Infratuzilma obyektlarining nosozligi yoki infratuzilma obyektidan foydalanishga ehtiyoj boʻlmaganda, undan foydalanish vaqtincha toʻxtatiladi.
Infratuzilma obyektidan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganda, ariza beruvchi YIDXP orqali mustaqil ravishda arizani elektron shaklda toʻldiradi. Arizaga infratuzilma obyektlari egasining infratuzilma obyektlaridan foydalanish vaqtincha toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi buyrugʻi yoki dalolatnoma ilova qilinadi.
46. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlaridan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganda, Axborot tizimida yagona reyestrga “foydalanishdan toʻxtatilgan” yozuvi kiritiladi.
47. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatish uchun toʻlov undirilmaydi.
48. Harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlaridan foydalanish vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda yuboriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
50. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy organlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
51. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
52. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XI-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Masʼullar

 

Chora-tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.

2. Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.

3. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

 

Xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

YIDXP

 

Arizani Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Transport nazorati inspeksiyasi) yuboradi.

 

Avtomatik ravishda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Transport nazorati inspeksiyasi

 

1. Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilgani hamda toʻlovlarning toʻlanganini tekshiradi.

 

Hujjatlar qabul qilingan kunda

 

 

2. Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari joyiga chiqqan holda, harakatdagi temir yoʻl tarkibi yoki temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining texnik koʻrikdan oʻtkazish orqali taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻriligini oʻrganib chiqib, uning natijalari asosida harakatdagi temir yoʻl tarkibning yoki temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlaydi.

3. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli guvohnomani yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgani haqidagi bildirishnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

15 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

II. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

1. YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.

2. Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.

3. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

 

Xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

YIDXP

 

Arizani Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.

 

Avtomatik ravishda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Transport nazorati inspeksiyasi

 

1. Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilgani hamda toʻlovlarning toʻlanganini tekshiradi.

 

Hujjatlar qabul qilingan kunda

 

 

2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani yoki oʻtkazish rad etilgani haqidagi maʼlumotlar ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

10 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

 

III. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan chiqarish

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Ariza beruvchi

 

1. YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va murojaat qiladi.

2. Elektron shakldagi arizani unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini yuklagan holda toʻldiradi va tasdiqlaydi.

 

Xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

YIDXP

 

Arizani Transport nazorati inspeksiyasiga yuboradi.

 

Avtomatik ravishda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Transport nazorati inspeksiyasi

 

1. Kelib tushgan ariza va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganini tekshiradi.

 

Hujjatlar qabul qilingan kunda

 

 

2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat roʻyxatidan chiqarilgani yoki davlat roʻyxatidan chiqarish rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

5 ish kuni ichida

 

 

 

 

 

 

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________

(sana)

__________________

(raqam)

Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

ARIZA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

Harakatdagi temir yoʻl tarkibini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun

1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: (yuridik shaxslar uchun)

F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Rekvizitlari (STIR, bank kodi, hisobvaragʻi): (yuridik shaxslar uchun)

4. Egalik huquqi (xususiy mulk, boshqa mulkiy huquqlar, ijara shartnomalari va boshqalar)

5. Harakatdagi temir yoʻl tarkibning turi

6. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining joylashgan joyi

7. Harakatdagi temir yoʻl tarkibini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va boshqalar) uchun asos

Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun

1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: (yuridik shaxslar uchun)

F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Rekvizitlari (STIR, bank kodi, hisobvaragʻi): (yuridik shaxslar uchun)

4. Egalik huquqi (xususiy mulk, boshqa mulkiy huquqlar, ijara shartnomalari va boshqalar)

5. Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti joylashgan temir yoʻl stansiyasi yoki peregoni

6. Temir yoʻl infratuzilmasi transporti obyektini roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va boshqalar) uchun asos

II. Arizaga ilova:

Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (roʻyxatdan qayta oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarning elektron shakli:*

* Xizmat turidan kelib chiqib, hujjatlar roʻyxati va ular haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda belgilanadi.

Ariza beruvchining elektron raqamli imzosi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

Inspeksiya po nadzoru v sfere transporta pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan


Guvohnoma / Svidetelstvo

Harakatdagi temir yoʻl tarkibini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida /

o gosudarstvennoy registratsii jeleznodorojnogo podvijnogo sostava

Transport nazorati inspeksiyasi davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtgan / Zaregistrirovano v Gosudarstvennom reyestre Inspeksiya po nadzoru v sfere transporta

20__-y. “___” ________ ____-son

Mazkur guvohnoma / Nastoyasheye svidetelstvo vidano ___________________________

_____________________________________________________________________________

(yuridik shaxs nomi / naimenovaniye yuridicheskogo litsa)

berilgan va harakatdagi temir yoʻl tarkibining davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlaydi / i podtverjdayet gosudarstvennuyu registratsiyu jeleznodorojnogo podvijnogo sostava: _____________________________________________________

harakatdagi tarkib turi/ vid podvijnogo sostava

seriyasi, vagon turi / seriya, tip vagona _________________________________________

zavodda berilgan raqami / zavodskoy nomer ______________________________________

inventar raqami / inventarniy nomer ___________________________________________

seksiyasi / seksiya __________________________________________________________

qurilgan yili / god postroyki “____” _______________ 20__-yil / goda

Ushbu Guvohnoma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha hollarda qoʻllaniladi hamda harakatdagi temir yoʻl tarkibining egasini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda taqdim etiladi va unda keltirilgan maʼlumotlar oʻzgarganda almashtirilishi shart boʻladi / Nastoyasheye Svidetelstvo primenyayetsya vo vsex predusmotrennix zakonodatelstvom sluchayax i predʼyavlyayetsya vmeste s dokumentom, udostoveryayushim vladelsa jeleznodorojnogo podvijnogo sostava, i podlejit zamene v sluchaye izmeneniya privedennix v nem svedeniy.

20__- yil “____”______________

Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Transport vazirligi huzuridagi

Transport nazorati inspeksiyasi

Inspeksiya po nadzoru v sfere transporta pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan

Guvohnoma / Svidetelstvo

Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektini davlat roʻyxatidan
oʻtkazish toʻgʻrisida
/ o gosudarstvennoy registratsii obyekta
infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta

Transport nazorati inspeksiyasi davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtgan / Zaregistrirovano v Gosudarstvennom reyestre Inspeksii po nadzoru v sfere transporta

20 ___-y. “___” _________ ____-son

Mazkur guvohnoma / Nastoyasheye svidetelstvo vidano

__________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxs va obyektning nomi / naimenovaniye yuridicheskogo litsa i obyekta)

berilgan va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektining davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlaydi / i podtverjdayet gosudarstvennuyu registratsiyu obyekta infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta

Ushbu Guvohnoma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha hollarda qoʻllaniladi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektining egasini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda taqdim etiladi va unda keltirilgan maʼlumotlar oʻzgarganida almashtirilishi shart boʻladi / Nastoyasheye Svidetelstvo primenyayetsya vo vsex predusmotrennix zakonodatelstvom sluchayax i predʼyavlyayetsya vmeste s dokumentom, udostoveryayushim vladelsa obyekta infrastrukturi jeleznodorojnogo transporta, i podlejit zamene v sluchaye izmeneniya privedennix v nem svedeniy.

QR-kod

(matrik

shtrixli kod)

20____-yil “____” ____________

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
(5-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibining (lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib)
ROʻYXATI
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)

T/r

Seriyasi

Zavod raqami

Inventar raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Meʼyoriy xizmat muddati

Amaldagi xizmat muddati

Kapital taʼmir hajmida oʻtkazilgan oxirgi taʼmir sanasi:

Keyingi taʼmir sanasi

Texnik holati

Foydalanishda yoki saqlab turilibdi

Yaroqlilik muddati

Roʻyxatda turgan deposi

KT-1

KT-2

yaroqli

hisobdan chiqarilgan

1.

2.

3.

Ariza beruvchi tashkilot rahbari

_____________________

_____________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Yuk va yoʻlovchi vagonlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Vagon turi

Vagonning zavod raqami

Vagonning inventar raqami

Ishlab chiqarilgan sana

Vagonning meʼyoriy xizmat muddati

Vagonning amaldagi xizmat muddati

Oxirgi depo taʼmirining sanasi (DR)

Kapital taʼmir hajmida oʻtkazilgan oxirgi taʼmir sanasi:

Keyingi taʼmir sanasi

Texnik holati

Yaroqlilik muddati

Joylashgan temir yoʻl stansiyasi

KR

KRP

yaroqli

hisobdan chiqarilgan

1.

2.

3.

Ariza beruvchi tashkilot rahbari

_____________________

_____________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

(yuk va yoʻlovchi vagonlar roʻyxati jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Maxsus harakatdagi tarkiblar
ROʻYXATI

T/r

Seriyasi

Zavod raqami

Inventar raqami

Ishlab chiqarilgan sana

Meʼyoriy xizmat muddati

Amaldagi xizmat muddati

Kapital taʼmir hajmida oʻtkazilgan oxirgi taʼmir sanasi:

Keyingi taʼmir sanasi

Texnik holati

Yaroqlilik muddati

Joylashgan joyi

KR-1

KR-2

yaroqli

hisobdan chiqarilgan

1.

2.

3.

Ariza beruvchi tashkilot rahbari

_____________________

_____________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Oldingi tahrirga qarang.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari
ROʻYXATI

T/r

Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti*

Roʻyxatga olinadigan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti texnik pasportida koʻrsatiladigan maʼlumotlar

1.

Temir yoʻl stansiyasi

1. Yoʻl xoʻjaligi boʻyicha:

temir yoʻllar (asosiy, temir yoʻl stansiya yoʻllari, boshqa yoʻllar);

strelkali oʻtkazgichlar;

temir yoʻl kesishmalari;

gabarit nazorat qurilmalari;

sunʼiy inshootlar, jumladan:

drenaj, deformatsiyaga qarshi, himoya va mustahkamlovchi inshootlar, suv oʻtkazuvchi quvurlar;

temir yoʻl koʻprigi, tunnellar;

temir yoʻl orqali piyodalar oʻtish joylari, koʻprigi, tunnellari.

2. Aloqa va signallashtirish xoʻjaligi boʻyicha:

signallashtirish markazlashtirish qurilmalari;

temir yoʻl kesishmalari qurilmalari;

aloqa qurilmalari;

markazlashgan strelkali oʻtkazgichlar;

boshqaruv pult qurilmalari.

3. Elektr taʼminoti xoʻjaligi boʻyicha:

kontakt tarmogʻi;

transformatorlar;

transformator podstansiyalari;

tortish podstansiyasi;

elektr uzatish tarmogʻi;

boshqaruv tizim qurilmalari.

4. Lokomotiv xoʻjaligi boʻyicha:

lokomotiv taʼmirlash va xizmat koʻrsatish punkti.

5. Vagon xoʻjaligi:

texnik xizmat koʻrsatish punktlari.

6. Yoʻlovchi tashish xoʻjaligi:

yoʻlovchi platformalari;

yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bino va inshootlari.

7. Yuk tashish xoʻjaligi:

temir yoʻl stansiyasi sinfi (klass);

toʻxtash punkti;

yuk ortish va tushirish maydonlari, konteyner maydonlari (m2);

yuk saqlash maydoni (m2);

saralash tepaliklari;

yuk platformalari;

yuvish va bugʻlash stansiyalari;

vagonlarni yuvish va dezinfeksiyalash punktlari;

vagonlarni yuk ortishga tayyorlash punktlari.

2.

Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻli

3.

Peregondagi temir yoʻllar

1. Yoʻl xoʻjaligi boʻyicha:

temir yoʻllar;

strelkali oʻtkazgichlar;

temir yoʻl kesishmasi;

sunʼiy inshootlar, jumladan:

drenaj, deformatsiyaga qarshi, himoya va mustahkamlovchi inshootlar, suv oʻtkazuvchi quvurlar;

temir yoʻl koʻprigi, tunnellar;

temir yoʻl orqali piyodalar oʻtish joylari, koʻprigi, tunnellari.

2. Aloqa va signallashtirish xoʻjaligi boʻyicha:

aloqa qurilmalari;

signallashtirish markazlashtirish qurilmalari;

temir yoʻl kesishmalari qurilmalari;

harakatdagi tarkiblar buksalarini masofadan nazorat qilish qurilmasi;

gabarit nazorat qurilmalari;

harakatdagi tarkiblar izdan chiqishini nazorat qiluvchi qurilmalar.

3. Elektr taʼminoti xoʻjaligi boʻyicha:

kontakt tarmogʻi;

elektr uzatish tarmogʻi;

transformatorlar;

seksiyalash postlari.

4. Yoʻlovchi tashish xoʻjaligi:

yoʻlovchi platformalari;

yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bino va inshootlari (kassa);

toʻxtash punkti.

* Har bir temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim undiriladi.
Roʻyxatga olinadigan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari soni, uzunligi, ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yili, xizmat qilish muddati, turi, foydalanishga topshirilgan sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi”;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarda:
a) 2-bandning oʻninchi xatboshisidagi “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)” soʻzlari “huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Transport vazirligining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining)” soʻzlari “Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tashish yoʻnalishlarini tender asosida amalga oshirish mexanizmini joriy etish,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 72-bandning birinchi xatboshisidagi “Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish qoidalarida:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining hamda shahar koʻchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishiladi”;
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Xalqaro ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining va shahar magistral koʻchalarini ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi bilan kelishiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 22-bandi “v” kichik bandi hamda 235-bandidagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 66-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasisoʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi “Transport vazirligi” soʻzlaridan keyin “huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qaroriga 2-ilova rus tilidagi matnining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ministerstvo transporta”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
oltinchi xatboshidagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) avtotashuvlar, avtovokzal, avtostansiyalar faoliyatini boshqarish va dispetcherlik nazoratini oʻrnatishni tashkil etadi”;
10-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasidan yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchilar yoʻnalishlaridagi toʻxtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilganligini, Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning sarflanishini nazorat qiladi”;
v) 21-bandning 6 va 10-kichik bandlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarorida:
a) nomidagi “, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-bandning uchinchi — oltinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 2-banddagi “, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 3-band hamda 2-3, 5 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 8-maydagi 387-son qarorida:
a) 1-ilovaning 20-bandi birinchi xatboshisidagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. J.A. Karimov — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi, komissiya rahbarining oʻrinbosari”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandida:
oltinchi xatboshidagi “avtomobil yoʻllari sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni (standartlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, idoraviy qoidalar va normalar, yoʻriqnomalar va boshqalar) ishlab chiqish va qayta ishlash hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“avtomobil yoʻllari sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni (standartlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, idoraviy qoidalar va normalar, yoʻriqnomalar va boshqalar) ishlab chiqish va qayta ishlash yuzasidan — Transport vazirligi”;
yettinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “hamda ularning talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tender talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat — Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi”.
15. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi 49-son qarorida:
a) 1-ilovaning 17-pozitsiyasi “Joylashtirish uchun masʼul vazirlik va idoralar” ustunidagi “Yoʻl qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 31-bandidagi “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentda:
a) 125-banddagi “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “I bosqich”, “III bosqich”, “V bosqich” va “VI bosqich” pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi ““Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi “d” kichik bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan Transport nazorati inspeksiyasida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)