O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazish vazifasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari;
chet el fuqarolarini taklif qilish bo‘yicha QR-kod bilan himoyalangan taklifnomalarni rasmiylashtirish va ariza beruvchiga taqdim qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-noyabr,
589-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qaroriga
ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun murojaat etish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori talablariga muvofiq ko‘rsatiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki Davlat xizmatlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ariza beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
6. So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning 1 dona 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rasmi, chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi;
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan birga taklif etilayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar)ning chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi (agar birga kelayotgan bo‘lsa);
ariza beruvchi taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan qarindosh bo‘lsa, u holda qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomaga tegishli ma’lumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
8. Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini to‘laydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, boj summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat boji to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
9. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) vakolatli organga o‘zi kelib murojaat etganda:
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
(9-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda:
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
11. Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
12. Ariza beruvchining so‘rovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar to‘liq emasligi yoki ularda xato ma’lumotlar aniqlansa, ushbu hujjatlar ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan elektron shakldagi xabarnoma ariza beruvchiga ikki ish kun ichida yuboriladi.
13. So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi rad etish uchun sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat etishga haqli.
Ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda qayta murojaat etilganda, undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
14. Ariza beruvchi besh ish kuni muddati o‘tgandan keyin takroran murojaat etgan taqdirda, so‘rovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi, yig‘im summasi o‘rnatilgan tartibda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Vakolatli organ tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi tekshirilgandan so‘ng so‘rovnoma elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli organlar) yuboriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli organlar yetti ish kuni ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida elektron tizim orqali fikrini bildiradi hamda tasdiq kodini yuboradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Vakolatli organ tomonidan o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra ijobiy deb topilgan talabnoma bir ish kuni davomida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda uni ariza beruvchiga taqdim etiladi yoki Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi taklifnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga taklifnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ushbu muddat mobaynida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga kirish vizasini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat etishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Ariza beruvchi davlat xizmatini ko‘rsatish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
19. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

(O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar)

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Ariza beruvchi

(O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar)

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini to‘laydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

Vakolatli organ

(O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari)

1. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi (Avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida).

2.1. So‘rovnomada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanmasa — so‘rovnomani maxsus vakolatli organga xulosa olish uchun yuboradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).

2.2. So‘rovnomada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanganda — so‘rovnomani ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Maxsus vakolatli organlar (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi)

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi hamda tasdiq kodini yuboradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).

Yetti ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

(O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari)

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnomani rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga (markaz orqali murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi taklifnoma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Tug‘ilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tug‘ilgan joyi

6. Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi

7. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi

8. Seriyasi va raqami

9. Berilgan sanasi

10. Kim tomonidan berilgan

11. Telefon raqami

II. O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi ma’lumotlar:

1. F.I.O.

2. Tug‘ilgan sanasi

3. Fuqaroligi

4. Jinsi

5. Tug‘ilgan joyi to‘g‘risida ma’lumot

6. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi

7. Seriyasi va raqami

8. Amal qilish muddati

9. Fotosurati

Yuklanganda jpeg formatida,

297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda

10. Chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi

Yuklanganda jpeg formatida,

600 kb oshmagan hajmda

11. Tanishlik darajasi

12. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi ma’lumotlar

III. O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi ma’lumotlar:

1. F.I.O.

2. Tug‘ilgan sanasi

3. Jinsi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

TAKLIFNOMA‎

‎QR-kod
‎(matrik shtrixli kod) ‎

ID-raqami:‎

1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi‎

1.1. Manzili‎

2. Taklif qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi‎

2.1. Fuqaroligi‎

2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda‎

2.3. Voyaga yetmagan farzandlari‎

3. Taklifnoma berilgan sana‎

4. Taklifnomaning amal qilish muddati‎

5.Tasdiq kodi

‎Izoh. Kirish vizasini rasmiylashtirish uchun chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs mazkur taklifnoma hamda “visa.mfa.uz” sayti orqali to‘ldirilgan so‘rovnoma bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat etadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2023-y., 09/23/589/0834-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)