1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda professional futbolchilarni shakllantirish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, buning uchun futbol-ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol rivojlangan davlatlar bilan raqobat qila oladigan trener, hakam va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Argentina, Vengriya, Marokash va Fransiyaning professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha tajribasi joyiga chiqib o‘rganilganligi hamda mazkur qarorni tayyorlashda ularning ilg‘or va maqbul amaliyotidan foydalanilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
2. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida:
Milliy futbol markazi;
Futbol bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi tashkil etilsin.
Futbol bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansidagi bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga Toshkent shahri futbol maktabi balansiga bepul foydalanish huquqi asosida berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi — Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlansin.
Milliy futbol markazi tuzilmasiga:
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi;
Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
Respublika futbol akademiyasi;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi kiritilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
4. Quyidagilar Milliy futbol markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ilg‘or xorij tajribasini o‘zlashtirish hamda tajribali xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda trener va futbolchilarni zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash;
barcha darajadagi futbol-ta’lim muassasalarida yagona yondashuv asosida futbolchilarni tayyorlashni tashkil etish hamda ularni ilmiy va metodik ta’minlash;
futbolchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish orqali shaffof saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etishda inson omilini aralashuvini keskin qisqartirish;
joylardagi futbol akademiyalari va maktablaridan saralab olingan eng iqtidorli va yuqori mahoratga ega futbolchilarni — terma jamoalarga nomzodlarni zamonaviy futbolga mos usul va falsafa asosida professional tayyorlash;
futbolchilarga zamonaviy ta’lim berish, jumladan chet tili va O‘zbekiston tarixi fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish, futbol sohasiga yo‘naltirilgan kasblarga o‘qitish tizimini joriy etish;
futbol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilg‘or xorijiy sport texnologiyalarini jalb etgan holda sohani rivojlantirishga erishish;
futbolchilarning jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish hamda ularga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan futbol-ta’lim muassasalariga sport tibbiyoti yo‘nalishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish va futbolchilarda o‘tkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashni tashkil etish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
5. Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazining asosiy faoliyati yo‘nalishi etib barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarning asosiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, xalqaro musobaqalarga tayyorlash va ushbu musobaqalarda ishtirokini ta’minlash hisoblansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
6. Milliy futbol markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilishdan va Milliy futbol markazi ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydigan vaqtda bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa xalqaro tashkilotlar grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Quyidagilar:
Milliy futbol markazining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilansinki:
a) Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) talablari asosida futbol, futzal va sohil futboli trenerlariga tegishli litsenziyalar berish yagona tizim asosida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi orqali amalga oshiriladi;
b) Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan bog‘liq ishlarni joylarda samarali amalga oshirish uchun hududiy futbol assotsiatsiyalarida ularning mablag‘lari hisobidan alohida mutaxassis lavozimi kiritiladi;
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-ta’lim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli litsenziyalarni olgandan so‘ng faoliyat ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi;
g) Respublika futbol akademiyasi:
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi sifatida barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarga professional futbolchilarni yetkazib berish bo‘yicha bosh futbol-ta’lim muassasasi hisoblanadi;
o‘quvchilarining umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etib, ular 13 — 19 yosh toifalaridan iborat bo‘ladi;
o‘quvchilari “OLYMPIC” va boshqa professional futbol klublarida faoliyat olib boradi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi ta’minlanadi.
Bunda, Respublika futbol akademiyasiga hududiy futbol akademiyalari, futbol maktablari, nodavlat futbol klublari va boshqa futbol-ta’lim muassasalarining iqtidorli va salohiyatli yosh futbolchilari professional o‘sishni monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron dastur (platforma) orqali reyting tizimi asosida qabul qilinadi;
d) hududiy futbol akademiyalari:
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va ularning faoliyati futbol bo‘yicha eng iqtidorli yoshlarni avvalo futbol maktablari, nodavlat futbol klublari va boshqa futbol-ta’lim muassasalaridan tanlab olish hamda ularni professional tayyorlash orqali Respublika futbol akademiyasi va terma jamoalarga asosiy nomzodlarni yetkazib berishga yo‘naltiriladi;
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarining umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etib, ular 12 — 18 yosh toifalaridan iborat bo‘ladi;
huzurida sport klubi tashkil etiladi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi ta’minlanadi.
9. Belgilab qo‘yilsinki, Milliy futbol markazi Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, “G.T. Xvan” MFY hududida barpo etilayotgan Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi va unga tutash hududda tashkil etiladi.
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) ikki oy muddatda:
Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markaziga tutash hududdan qo‘shimcha 9,9 gektar yer maydonini belgilangan tartibda zaxiraga qaytarish;
zaxiraga qaytarilgan yer uchastkasini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini ko‘rsin.
Bunda, ajratiladigan yer maydonida Milliy futbol markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari uchun zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi obyektlar barpo etilishi nazarda tutilsin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov):
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, Milliy futbol markazining individual loyihasini ishlab chiqsin;
Milliy futbol markazining bino va inshootlarini barpo etish uchun tajribali xorijiy qurilish kompaniyalarini belgilangan tartibda jalb qilish choralarini ko‘rsin;
mazkur qaror asosida qurilishi va ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan inshootlar uchun eng maqbul me’moriy va texnik yechimlar qo‘llanilishini, ularni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurilishini, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarining kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
11. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev) Milliy futbol markazini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida 2024-2025-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ajratish uchun 50 million AQSH dollari miqdorida 10 yil muddatda 3 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2027-yildan boshlab har yili alkogol va tamaki mahsulotlariga o‘rnatilgan aksiz solig‘idan tushadigan tushumlarning 2 foizi hamda boshqa manbalar hisobidan kreditni qaytarish grafigidagi summasiga (7,1 mln AQSH dollari ekv.) yetarli miqdorda mablag‘larni yo‘naltirsin.
Bunda, kredit mablag‘lari Milliy futbol markazini ilg‘or va xalqaro standartlarga muvofiq barpo etish, zamonaviy jihoz va inventarlar bilan ta’minlash, xorijiy futbol mutaxassislarini jalb etish va professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Milliy futbol markazi va Respublika futbol akademiyasida bir nafardan professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarga yuqori malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirgan “texnik direktor” rahbarlik qiladi.
12. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
13. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy futbol akademiyalari faoliyatini 2023 — 2025-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
14. Quyidagilar hududiy futbol akademiyalari faoliyatini rivojlantirishning qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilansin:
har bir futbol akademiyasi uchun zarur sport infratuzilmasini yaratish (3 ta tabiiy, 1 ta sun’iy qoplamali futbol maydoni, mini-futbol, trenajyor va gimnastika zallarini o‘z ichiga olgan 24x60 o‘lchamli yopiq manej, 100 o‘rinli faollar zali, 6x15 o‘lchamli ixcham suzish havzasi, 154 o‘rinli yotoqxona, 8 ta o‘quv xonasi, sport tibbiyoti va reabilitatsiya xonasi, 2 ta ma’muriy xona va 100 o‘rinli oshxona);
futbol-ta’lim tizimining barcha bosqichlarini to‘liq raqamlashtirish orqali inson aralashuvini cheklash, futbolchi-o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar asosida saralashni (seleksiya) yo‘lga qo‘yish;
yagona yondashuv asosida futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ilmiy va metodik asoslarini tatbiq etish va uzluksiz yangilab borish;
faoliyatiga reyting baholash tizimini joriy qilish, belgilangan minimal talablarni oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
15. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimlari:
a) futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni joylarda to‘laqonli amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi;
b) 2024-yil sentabr oyida O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan:
hududlarda futzal jamoalarini tashkil etadi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal bo‘yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi;
ushbu jamoalar uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratadi, ularni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan talablar asosida moliyalashtiradi;
futzal jamoalarining respublika miqyosdagi musobaqalarda muntazam ishtirok etishi choralarini ko‘radi;
v) 2025-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hamda mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi va homiylik mablag‘lari hisobidan hududiy futbol akademiyalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan sport infratuzilmasini yaratadi hamda ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlaydi;
g) tuman va shaharlarda futbolni rivojlantirish, uning infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘ ajratilishini ta’minlaydi;
d) 2023-yil 31-dekabrga qadar hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, ta’lim va sport tashkilotlari hamda egasi noma’lum stadion va futbol maydonlari sport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishini taqiqlashni ta’minlaydi hamda ularni ta’mirlash va maqsadli foydalanilishini tashkil etadi.
16. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Sport vazirligi (A. Ikramov):
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab mini-futbol infratuzilmalari mavjud ta’lim tashkilotlarida sport seksiyalari faoliyatini, ular o‘rtasida tizimli musobaqalar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ysin;
2024-2025-yillar davomida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun mini-futbol bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Ko‘chqorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ta’lim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilishda mini-futbol maydonlari tashkil qilinishini inobatga olsin hamda zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
17. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun, istisno tariqasida, Markaziy bank asosiy stavkasida “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Asakabank” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan milliy valyutada 1,5 milliard so‘mgacha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
hududiy futbol akademiyalari bino-inshootlari hamda ularning hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli futbol loyihalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
18. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov):
Sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali nufuzli xalqaro futbol musobaqalari va tadbirlarini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Milliy futbol markaziga ikki nafar yuqori darajadagi “texnik direktor”ni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin;
Sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda faoliyatini tugatgan futbolchilar hamda futbol bo‘yicha yetarli nazariy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan kadrlarni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga qayta tayyorlashni tashkil etsin.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘ysin.
19. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
2024-yil 1-martga qadar respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reyestrini ishlab chiqsin hamda uning yuritilishini ta’minlasin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar futbol sohasini va futbolchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish choralarini ko‘rsin.
Bunda:
yagona reyestr bazasini yaratish, ishga tushirish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda futbol sohasini raqamlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud ma’lumotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchun axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, raqamli ma’lumotlar platformasi orqali bepul asosda taqdim etiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablaridagi mavjud futbol seksiyalari trenerlariga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
(20-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
har bir hududda ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, shuningdek, mavjud futbol infratuzilmasidan samarali foydalanishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha alohida o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq “birinchi trener” tamoyili asosida futbol trenerlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, yuqori mahoratli futbolchini bosqichma-bosqich tayyorlagan trenerlar futbolchi bilan professional faoliyati davomida tuziladigan shartnomalarning summalari hisobidan munosib rag‘batlantirib boriladi.
21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda:
2024-yil 1-iyunga qadar futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanalni tashkil qilsin;
2025-yil 1-oktabrga qadar Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) talablariga muvofiq o‘tkaziladigan hamda O‘zbekiston ichki musobaqalarini yoritish uchun 2 ta ko‘chma televizion stansiyalarni xarid qilish choralarini ko‘rsin.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-sonli qarori tahririda)
22. Iqdisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi talabnomasiga binoan 2 ta ko‘chma televizion stansiyalar hamda zarur moddiy-texnik ta’minotlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni 2025-2026-yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-sonli qarori tahririda)
23. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
24. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
25. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-noyabr,
PQ-355-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga 1-ILOVA
Milliy futbol markazining tashkiliy tuzilmasi
Direktor
Yordamchi
Texnik direktor
Moliya-iqtisod bo‘limi
2
Yuridik masalalar va kadrlar bilan ishlash bo‘limi
2
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 194,5 nafar.
* Shifokor va massajchilar o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida shartnoma asosida jalb qilinadi.
** Tibbiy jihozlardan kelib chiqib, qo‘shimcha shtat birliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda ajratiladi.
*** Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Izoh: Respublika futbol akademiyasi hamda Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi alohida tuzilmaga ega yuridik shaxs hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga 2-ILOVA
Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi
Milliy futbol markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.
1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.
2. Milliy futbol markazi va uning tuzilmasidagi markazlar faoliyatini tashkil etishni o‘z ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish.
3. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
4. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
-
2024-yil fevral
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
2.
Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda:
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi;
Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
Respublika futbol akademiyasi;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazining faoliyat ko‘rsatish tartiblarini ishlab chiqish.
1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish.
2. Ustavni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2024-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3. Markazning shtat birligini tasdiqlash va kadrlar bilan to‘ldirish.
4. Markazni joylashtirish va aloqa vositalari bilan ta’minlash.
5. Markazni zarur mebel, kompyuter texnikasi va sport inventarlari bilan jihozlash.
6. Markaz tuzilmasidagi markazlar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil avgust
3.
Markazni joylashtirish va uning o‘z faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish.
1. Markazni joylashtirish uchun Toshkent viloyatida joylashgan Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markaziga tutash hududdan qo‘shimcha 9,9 gektar yer maydoni ajratish yuzasidan Toshkent viloyati hokimining qarorini qabul qilish.
-
2024-yil yanvar
Toshkent viloyati hokimligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
2. Markaz bino-inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish.
2025-yil sentabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
4.
Markaz uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlar qurilish obyektlarining zamonaviymaster-rejasini ishlab chiqish.
1. Professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha Argentina, Marokash va Fransiya davlatlarining tajribalari asosida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha individual loyihani ishlab chiqish.
Bunda, Markaz va uning tarkibiy tuzilmalari uchun zarur bino-inshootlar, mehmonxona, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi binolar barpo etishni nazarda tutish.
2. O‘rganilgan xalqaro tajribalar asosida zamonaviy master-reja ishlab chiqish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2023-2024-yillar davomida
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
5.
Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish.
1. Xorijiy qurilish kompaniyalarini belgilangan tartibda jalb qilish choralarini ko‘rish va qurilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish.
2. Qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish.
3. Markaz va uning tuzilmasidagi markazlarni zarur texnika va inventarlar bilan jihozlash.
4. Qurilish ishlarini yakunlash, topshirish va qabul qilish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2024 — 2026-yillar davomida
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
6.
Terma jamoalar, futbol akademiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, futbolchilarni ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida ushbu yo‘nalishda ijobiy natijalarga erishgan yuqori darajadagi xorijiy “texnik direktor”ni jalb etish.
1. Futbol sohasi tizimli yo‘lga qo‘yilgan va terma jamoalari yuqori natijaga erishayotgan rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini ishchi guruh tuzgan holda o‘rganish.
2. Xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish va ularni “texnik direktor” sifatida jalb etish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2024-yil mart
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
7.
Terma jamoalarni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tizimli tashkil etish.
1. Barcha yoshdagi terma jamoalar uchun yillik ish rejalar tuzish, samaradorlik strategiyasini ishlab chiqish.
2. Terma jamoalar murabbiylari faoliyatini monitoring qilib borish.
3. Milliy terma jamoaning o‘yin uslubidan kelib chiqib barcha yoshdagi terma jamoalar uchun tayyorgarlik bosqichi rejalarini ishlab chiqish.
4. Barcha yosh toifalari bo‘yicha futbol terma jamoalarning asosiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, xalqaro musobaqalarga tayyorlash va ushbu musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari
2024-yildan boshlab doimiy
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
8.
Barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarga professional futbolchilarni yetkazib berish bo‘yicha Respublika futbol akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1. Respublika futbol akademiyasiga futbolchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbol akademiyalari iqtidorli futbolchilarini saralash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
2. Futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan ilmiy va metodik asoslarini tatbiq etish.
-
2025-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
9.
Respublika futbol akademiyasini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.
Respublika futbol akademiyasining murabbiylari va tahlilchilari uchun ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, jihozlar xarid qilish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2025-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
10.
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markaziga jalb etiladigan mutaxassislarni yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash.
1. Yo‘nalishlar bo‘yicha jalb etiladigan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Mutaxassislar tayyorlash maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich masofaviy shaklda nazariy bilimlar berishni yo‘lga qo‘yish.
3. Tajribali mutaxassislar tomonidan “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri”, “futbol marketologi”, “futbol shifokori”, “futbol psixologi”, “sport farmakologi”, “sport diyetologi” yo‘nalishlarida amaliy bilimlar berishni tashkil etish.
4. Osiyo futbol konfederatsiyasi talablari asosida futbol, mini-futbol va sohil futboli trenerlariga hamda boshqa futbol mutaxassislariga tegishli toifalar, litsenziyalar berish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2025-yildan boshlab doimiy
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11.
Futbol sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish bo‘yicha Ilmiy-amaliy ekspert guruhini tashkil etish.
1. Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari, mustaqil va xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda Ilmiy-amaliy ekspert guruhini shakllantirish.
2. Ilmiy-amaliy ekspert guruhining har oyda amalga oshiradigan ishlar rejasini belgilash.
3. Ilmiy-amaliy ekspert guruhini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, uning faoliyati uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish.
Davlat budjeti mablag‘lari
2025-yildan boshlab
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Futbolchilarning jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish hamda ularga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish.
1. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi hamda uning ilmiy-amaliy laboratoriyalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan texnika va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash.
Bunda, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi simulyatsion amaliy laboratoriyasi uchun mo‘ljallangan simulyatsion uskunalarning Markaz uchun xarid qilinadigan tibbiy uskunalarga muvofiqligini inobatga olish.
2. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazini “Raqamli rentgen”, “Osteodenistometriya”, “Tredmil EKG” va boshqa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va “Tez tibbiy yordam avtomobili” bilan ta’minlash.
Davlat budjeti mablag‘lari
2025-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazida futbol-ta’lim muassasalariga sport tibbiyoti yo‘nalishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish va futbolchilarda o‘tkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashni tashkil etish.
2025-yildan boshlab doimiy
13.
Markaz futbolchilarini ovqatlantirish me’yorlarini ishlab chiqish.
1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat sutkalik oziq-ovqat normasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.
Bunda, ishchi guruh rahbari sifatida tajribali diyetolog jalb etiladi.
2. Markaz futbolchilarining xalqaro va milliy ovqatlanishning amaldagi me’yorlariga muvofiq futbolchilarning sutkalik oziq-ovqat normasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
-
2024-yil sentabr
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
14.
Yetakchi xorijiy ilmiy va tibbiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.
1. Argentina, Vengriya, Marokash, Fransiya va boshqa davlatlarining futbol bo‘yicha ilmiy va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.
2. Doimiy asosda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.
-
2024 — 2026-yillar davomida
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy futbol akademiyalari faoliyatini 2023 — 2025-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Moliyalashtirish manbalari
Ijro muddati
Ijro uchun mas’ullar
1.
Hududiy futbol akademiyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
1. Futbol akademiyalarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.
2. Xatlov natijalari bo‘yicha futbol akademiyalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni o‘z ichiga olgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
-
2023-yil noyabr-dekabr
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2.
Hududiy futbol akademiyalari infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Futbol akademiyalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan sport infratuzilmasini yaratish hamda ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.
Bunda, har bir futbol akademiyasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan sport infratuzilmasini yaratish (3 ta tabiiy, 1 ta sun’iy qoplamali futbol maydoni, yopiq mini-futbol maneji, 6x15 o‘lchamli ixcham suzish havzasi, 154 o‘rinli yotoqxona, 8 ta o‘quv xonasi, 2 ta ma’muriy xona, 100 o‘rinli oshxona, trenajyor va gimnastika zallari va 50 o‘rinli faollar zali).
2. Qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish.
3. Qurilish ishlarini yakunlash, topshirish va qabul qilish.
Davlat budjeti, mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi va homiylik mablag‘lari
2024-2025-yillar davomida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
3.
Hududiy futbol akademiyalari faoliyatini takomillashtirish.
1. Futbol bo‘yicha eng iqtidorli yoshlarni avvalo futbol maktablari, sport maktablari va klublaridan tanlab olish tizimini joriy etish.
2. Futbol ta’limining barcha bosqichlarini to‘liq raqamlashtirish orqali inson aralashuvini keskin qisqartirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida futbolchi-o‘quvchilarni seleksiya qilishni yo‘lga qo‘yish.
Davlat budjeti, mahalliy budjet,
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
2024-yildan boshlab doimiy
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3. Futbol akademiyalari faoliyatini reyting baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.
4. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida futbol akademiyalari faoliyatini masofadan onlayn kuzatish va nazorat qilish tizimini joriy qilish.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab
4.
Hududiy futbol akademiyalarida futbolchilar ta’limini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish.
Futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan ilmiy va metodik asoslarini tatbiq etish va uzluksiz yangilab borish.
-
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab doimiy
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
5.
Hududiy futbol akademiyalari faoliyati bo‘yicha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.
1. Futbol akademiyalari jamoalari uchun yillik ish rejalar tuzish, samaradorlik strategiyasini ishlab chiqish.
Mahalliy budjet mablag‘lari
2024-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Futbol akademiyalari trenerlari faoliyatini monitoring qilib borish.
3. Har bir futbol akademiyasining o‘yin uslubini va undan kelib chiqib akademiya jamoalari uchun tayyorgarlik bosqichi rejalarini ishlab chiqish.
4. Futbol akademiyalari jamoalarining asosiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlash va ushbu musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab doimiy
6.
Hududiy futbol akademiyalari tomonidan professional futbol klublari va turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchilarni yetkazib berish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
1. Futbol akademiyalaridagi iqtidorli futbolchilarni saralash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
2. Futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan ilmiy va metodik asoslarini tatbiq etish.
-
2025-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
7.
Hududiy futbol akademiyalarida professional futbol va terma jamoalarga futbolchilar zaxirasini shakllantirish.
Futbol akademiyalarida professional futbol va terma jamoalarga futbolchilar zaxirasini samarali ta’minlash maqsadida ilmiy-amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish, mashg‘ulot jurnallarini raqamlashtirish.
O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari
2024-yil sentabr
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
8.
Hududiy futbol akademiyalari futbolchilarining jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish hamda ularga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish.
1. Futbol akademiyalarining sport tibbiyoti va reabilitatsiya xonalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan texnika va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash.
Bunda, xarid qilinadigan tibbiy uskunalarining sport tibbiyoti va reabilitatsiya xonalariga muvofiqligini inobatga olish.
2. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya xonalarini “Raqamli Rentgen”, “Tredmil EKG” va boshqa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
Davlat budjeti, mahalliy budjet mablag‘lari
2025-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
3. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya xonalarida futbolchilarda o‘tkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashni tashkil etish.
2025-yildan boshlab doimiy
9.
Hududiy futbol akademiyalari futbolchilarini ovqatlantirish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish.
1. Sutkalik oziq-ovqat normasi ishlab chiqish bo‘yicha manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruh tuzish.
Bunda, ishchi guruh rahbari sifatida tajribali diyetologni jalb etish.
2. Futbol akademiyalari futbolchilari uchun xalqaro va milliy ovqatlanishning amaldagi me’yorlariga muvofiq sutkalik oziq-ovqat normasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
-
2024-yil avgust
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
10.
Yetakchi xorijiy futbol akademiyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.
1. Argentina, Rossiya, Fransiya, Marokash, Vengriya, Qatar, Yaponiya, Angliya, Ispaniya, va boshqa davlatlarning futbol akademiyalari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.
2. Doimiy asosda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.
-
2024-yildan boshlab doimiy
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
11.
Hududiy futbol akademiyalarida sport klublarini tashkil qilish.
Futbol akademiyalarining bitiruv futbolchilarini sport klub a’zosiga aylantirish, ulardan 1-liga jamoasini tashkil etish.