Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.09.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOgʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YOʻLLARDA YuK VA YOʻLOVChILAR TAShISh XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVTEMIRYOʻLNAZORAT”NING
Qarori
LOKOMOTIV BRIGADALARI XODIMLARINING REYS OLDI TIBBIY KOʻRIGINI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-iyulda 1498-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Transport vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi 19 va 15-sonli “Temir yoʻl transporti xodimlarining tibbiy koʻrigini tashkil etish va oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3390, 30.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Temir yoʻl yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Lokomotiv brigadalar xodimlarining reys oldi tibbiy koʻrigini tashkil etish va oʻtkazish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan 10 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul,
3-son
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul,
1/6-7-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 221-modda)