|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA” 2005-YIL 19-IYULDAGI PF-3629-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin.
2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
3. Komissiya (F. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi o‘quv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga;
saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar bo‘yicha taqsimlashga, a’zolari kam sonli bo‘lgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga;
tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga o‘tkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyul,
164-son
Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati
bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha
Komissiya tarkibi
bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha
Komissiya tarkibi
| Nazirov F.G‘. | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, komissiya raisi |
| Vorisov A.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha) |
| Ziyoyev M.Q. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Sharopov N.O‘. | — | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari |
| Qo‘chqorov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
| Bolkunov V.F. | — | Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi |
| Usmonov R.J. | — | Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari |
| Karimov Sh.I. | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori |
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 211-modda)