1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning yangi tartibini belgilash;
sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish;
sport pasportining yangi shaklini tasdiqlash va koʻrsatilgan davlat xizmati uchun toʻlovlar miqdorini uch baravarga kamaytirish;
sport pasportining amal qilish muddatini cheklanmagan holda belgilash;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmati faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.
3. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimini YIDXP hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;
davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-iyul,
309-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qaroriga ILOVA
Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament muntazam sport bilan shugʻullanuvchi sportchiga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) sport pasportini berish, almashtirish (yangisini berish) va hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
sportchi — tanlagan sport turi yoki turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
sport musobaqasi — sportchilar yoki sportchilar jamoalari oʻrtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) boʻyicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan bellashuv;
sport pasporti — yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi;
sport tadbirlari — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
sport tashkiloti — faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki boshqa yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi;
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikatiga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
yagona elektron boshqaruv tizimi — sportchilarga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib borish hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy yangilab borish imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan sport sohasidagi “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
3. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
5. Sport pasporti ikkinchi oʻsmirlar sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
7. Sport pasportida quyidagilar koʻrsatiladi:
sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jinsi;
tugʻilgan sanasi;
sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligi;
tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;
sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
sportchi tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi;
sport musobaqalarida erishilgan natijalar;
sportchining sport diskvalifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
davlat mukofotlari va boshqa shakldagi ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;
tanlangan sport turi yoki sport turlarining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
8. Sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligi ularning oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yoki sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga aʼzoligi asosida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
9. Sport pasportidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishda;
sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishda;
tibbiy tekshiruvdan oʻtishda;
sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
10. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki elektron tarzda YIDXP tizimidan roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
12. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma-anketani toʻldiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda esa, uning maʼlumotnoma-anketasi davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Maʼlumotnoma-anketaga 16 yoshga toʻlmagan shaxslarning elektron shaklda 3x4 oʻlchamli oq fondagi fotosurati hamda qonuniy vakilning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza beruvchi tomonidan tizimga yuklangan fotosuratning sifati va haqqoniyligiga ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Maʼlumotnoma-anketaga ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjat rasmiylashtirilganidan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, maʼlumotnoma-anketani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
13. Arizaga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan tekshirib olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
14. Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 1/6 (oltidan bir) qismi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida belgilangan yigʻim miqdorining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻim miqdorining 25 foizi miqdorida undiriladi. Bunda imtiyoz Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifaga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifadagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
15. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilganda:
18 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
(15-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
0,5 foizi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(15-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
qolgan mablagʻlar vakolatli organ huzuridagi “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organ huzuridagi “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(15-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning maʼlumotnoma-anketasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
17. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ariza beruvchi tomonidan maʼlumotnoma-anketada haqiqiy boʻlmagan va notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi;
davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlovni toʻlamaslik (murojaat qilingan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar bundan mustasno);
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
sport pasportini olish uchun belgilangan talablar bajarilmasdan maʼlumotnoma-anketaning taqdim etilishi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
18. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilganda, uning maʼlumotnoma-anketasi avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
sportchi haqidagi tegishli maʼlumotlarni yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritadi;
sport pasportini mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda va tavsifda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi;
sport pasportini yagona elektron boshqaruv tizimida qayd qiladi;
sport pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchi yoxud uning qonuniy vakiliga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
20. Ariza beruvchi sport pasporti rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan soʻng davlat xizmatlari markaziga kelib, elektron shakldagi sport pasportini olish huquqiga ega boʻladi.
Maʼlumotnoma-anketasida ariza beruvchi tomonidan sport pasportini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda, sport pasporti ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
22. Sport pasporti rasmiylashtirilganda, vakolatli organ tomonidan sportchi haqidagi boshlangʻich maʼlumotlar yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
23. Sportchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ushbu maʼlumotlar sportchi mansub boʻlgan tegishli sport tashkiloti tomonidan doimiy yangilanib, yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritib boriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
24. Yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan sportchiga oid yangilangan maʼlumotlarning xaqqoniyligi va toʻgʻriligiga mazkur maʼlumotlarni kiritgan tashkilot javobgar hisoblanadi.
25. Sport pasporti sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganda almashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
26. Sport pasportini qayta rasmiylashtirish uchun ariza vakolatli organga davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Sport pasportini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza oldin berilgan sport pasporti ilova qilingan holda, vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida sport pasporti qayta rasmiylashtirib beriladi.
Sport pasportini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Sport pasportini qayta rasmiylashtirishda sport pasportini berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
3-bob. Yagona elektron boshqaruv tizimi va undan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
27. Yagona elektron boshqaruv tizimi markazlashtirilgan holda vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
28. Vakolatli organ yagona elektron boshqaruv tizimining doimiy ishlashini taʼminlash maqsadida:
sport tashkilotlari yagona elektron boshqaruv tizimida oʻz shaxsiy kabinetlari orqali sportchilarga tegishli maʼlumotlarni kiritib, doimiy yangilab borishni hamda maʼlumotlarning himoyalanishini;
yagona elektron boshqaruv tizimin maʼlumotlar bazasining shakllanishini hamda maʼlumotlarning oʻzaro almashinuvini;
avtomatlashtirilgan holda maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash, umumlashtirish va foydalanuvchilarga tizimdan maʼlumotlar taqdim qilinishini;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, tizimning texnik va dasturiy vositalari uzluksiz ishlashini;
tizimidan foydalanuvchilarni roʻyxatga olishni va ularning yagona elektron boshqaruv tizimiga ulanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
29. Yagona elektron boshqaruv tizimi foydalanuchilariga yagona elektron boshqaruv tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun vakolatli organ tomondan tizimga kirish imkoniyati yaratiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
30. Sportchining sport pasportidagi yangilangan maʼlumotlar axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, maʼlumot uzatish vositalari (aloqa kanallari, internet tarmogʻi) orqali yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
31. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
32. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
33. Ariza beruvchi sport pasportini berish asossiz rad etilganda, shuningdek, sport pasportini beruvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
34. Sportchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi (xalqaro sport federatsiya yoki assotsiatsiyalari talablari boʻyicha joriy etiladigan hujjatlar bundan mustasno) boshqa har qanday sport pasportini joriy etish qatʼiyan taqiqlanadi.
35. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Sport pasportini olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki elektron tarzda YAIXDP orqali murojaat qiladi.
1. Oʻz xohishiga koʻra.
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlaydi.
2. Murojaat qilinganda.
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi.
2. YIDXP.
Maʼlumotnoma-anketani Sport vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
Sportchining maʼlumotnoma-anketasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshiradi, sportchi haqidagi tegishli maʼlumotlarni yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritadi, sport pasportini QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi, sport pasportini yagona elektron boshqaruv tizimida qayd qiladi, sport pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Murojaat kelib tushgandan soʻng 1 ish kunida
4-bosqich
1. YIDXP.
1. Sport pasportini elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. Sport pasporti elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida.
2. Davlat xizmatlari markazi.
2. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra unga sport pasportini elektron yoki qogʻoz shaklida beradi.
2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Sportchi jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga aʼzo boʻlgan sana _______________________________________
(kun, oy, yil)
Tashkilot rahbarining F.I.O. ____________________________________________________________________
Sportchining sport musobaqalaridagi ishtiroki va erishgan yutuqlari haqida maʼlumot
T/r
Sport musobaqasining nomi (maqomi)
Sana
Koʻrsatilgan natija (normativ)
Erishilgan oʻrin
1.
2.
…
Izoh. Agar ariza oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qonuniy vakili (ota-onasi boʻlmagan) tomonidan berilsa, maʼlumotnoma-anketaga uning qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
NAMUNA
Sport pasportining
SHAKLI
(old tomoni)
(orqa tomoni)
Sport pasportining
TAVSIFI
Sport pasporti elektron shaklida, Lotin yozuvidagi davlat tilida tayyorlanadi. Pasportning rangi — och yashil. Seriya raqami uchta harfdan va yettita raqamdan iborat boʻladi.
Sport pasportida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) boʻladi.
Sport pasporti quyidagi maʼlumotlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri shakli;
Mikromatn — “SPORT PASPORTI”;
pasportning old va orqa tomonlarida 5 qatorli gorizontal, toʻlqinsimon chiziq shakldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi” toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
pasportning old tomoni yuqori qismida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI” logotipi bilan tasvirlanadi, gorizontal koʻrinishda “SPORT PASPORTI” va pasport raqami yoziladi, pasportda 3x4 oʻlchamli oq fondagi sportchining fotosurati va uning ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi, fotosuratning oʻng tomonida sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR va pasport berilgan sanasi hamda quyi qismida sport pasportining seriya raqami yoziladi (seriyaning birinchi harfi lotin alifbosidagi “S” harfi bilan boshlanadi), pasportning oʻng tomoni quyi qismida sportchining maxsus himoya QR kodi joylashadi.
Pasportning orqa tomoni yuqori qismida “USNBU SPORT PASPORTI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI TOMONIDAN BERILGAN” degan soʻzlar hamda sport muassasasi, sport turi hamda sport razryadi yoki unvoni yoziladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)