1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2023-2024-yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi mavjud zaxiralardan toʻliq va samarali foydalanish, savdo, xizmat koʻrsatish va turizm sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
1. Toshkent shahar hokimligining Shayxontohur tumanida quyidagilarni nazarda tutuvchi 20,7 km uzunlikdagi “Turizm halqasi”ni barpo etish taklifi maʼqullansin:
uzilishsiz piyodalar yoʻlagi (nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda) va veloyoʻlaklar hamda yashil hududlar barpo etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
sugʻorish va irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
hunarmandchilik markazlari va tematik sayilgohlarni tashkil etish, aholi gavjum koʻchalarni tunu kun faoliyat koʻrsatadigan savdo, koʻngilochar, gastronomik va turizm koʻchalariga aylantirish;
Toshkent shahrining tarixiy darvozalarini qayta tiklash.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Samarqand darvoza mahallasidagi “Zamonaviy kasblar maktabi”ni yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishni tashkil etish uchun quyidagi majburiyatlar asosida xususiy sektorga tekin foydalanishga berishni taʼminlasin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar taʼlimi uchun grantlar ajratish;
taʼlim jarayonlariga tegishli sohadagi nufuzli ish beruvchilarni maʼruzachi sifatida jalb etish hamda oʻquv mashgʻulotlarini amaliyot bilan birgalikda olib borish;
Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan kvota doirasida bitiruvchilarni ishga joylashtirish.
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Sarxumdon mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududidan 0,08 ga yer maydonini Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida temirchilik ustaxonalarini rekonstruksiya qilish uchun maktabga tutash hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
6. Toshkent shahar hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi taʼlim tashkilotlarida mavjud boʻsh yer maydonlarini 2-ilovaga muvofiq auksion savdolariga chiqarsin.
Bunda, mazkur yer maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlar tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini va maktablarni taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
8. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Oʻzbekiston davlat sirki binosining rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
9. Toshkent shahar hokimligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va “Toshkentboshplanliti” DUK bilan birgalikda Shayxontohur tumanining arxitektura qiyofasini yaxshilash va investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida 2024-yil 1-iyunga qadar bosqichma-bosqich tuman hududlarining loyiha konsepsiyasini (dizayn kod va master rejalar) mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ishlab chiqsin;
salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda, konsepsiya asosida zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, energiya tejamkor texnologiyalar asosida turarjoy majmualari barpo etilishini taʼminlasin.
Bunda, qurilish ishlari xususiy investorlarni keng jalb etish hisobiga renovatsiya asosida, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatdagi kam qavatli uylarning muhandislik tarmoqlarini yangilashni nazarda tutgan holda amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
10. Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli investorlar bilan muzokaralar olib borgan holda uch oy muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida ekologik toza va yuqori texnologik ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 3-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
Bunda, mazkur obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va oʻzlashtirilmagan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan moliyalashtirilsin.
12. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyundagi PQ-182-son qaroriga 2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun auksion savdolariga chiqariladigan Shayxontohur tumanidagi taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh yer maydonlari
ROʻYXATI
T/r
Manzili
Maqsadi
Auksionga chiqariladigan yer maydoni
(ga)
1.
“Ibn Sino” MFYda joylashgan 262-son maktab hududi
Xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotini (MTT) tashkil etish
0,16
2.
“Katta Jarariq” MFYda joylashgan 320-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,16
3.
“Shodlik” MFYda joylashgan 276-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,08
4.
“Mannon Uygʻur” MFYda joylashgan 167-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,08
5.
“Tinchlik” MFYda joylashgan 92-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,16
6.
“Olim Xoʻjayev” MFYda joylashgan 157-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,16
7.
“Charxnovza” MFYda joylashgan 254-son maktab hududi
Xususiy MTT tashkil etish
0,16
8.
“Yangi Beltepa” MFYda joylashgan 316-son maktab hududi
Xususiy MTT va maktab tashkil etish
0,45
9.
“Kohota” MFYdagi faoliyati yuritmayotgan 21-son davlat MTT hududi
Xususiy maktab tashkil etish
0,36
JAMI:
1,77
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyundagi PQ-182-son qaroriga 3-ILOVA
2024-yilda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari
ROʻYXATI
T/r
Tadbirlar nomi
Oʻlchov birligi
Quvvati
Loyiha qiymati
(mln soʻm)
Moliyalashtirish manbai
Jami
176 760
I.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, jami
3 012
43 600
Rekonstruksiya qilish
180
6 400
1.
“Shofayzi” MFYdagi 187-son maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish va jihozlash
oʻrin
180
6 400
Respublika budjeti
Yangi qurilish va mukammal taʼmirlash
2 832
37 200
2.
“Shodlik” MFYdagi 588-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
oʻrin
840
12 000
Respublika budjeti
3.
“Bogʻkoʻcha” MFYdagi 321-son maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
oʻrin
72
2 500
Respublika budjeti
4.
“Ipakchi” MFYdagi 259-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
oʻrin
240
2 000
Respublika budjeti
5.
“Sarxumdon” MFYdagi 445-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
oʻrin
420
3 500
Respublika budjeti
6.
“Ibn Sino” MFYdagi 197-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash
oʻrin
720
10 000
Respublika budjeti
7.
“Zafarobod” MFYdagi 456-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash va 180 oʻrinli yangi qoʻshimcha bino qurish va jihozlash
oʻrin
540
7 200
Respublika budjeti
II.
Umumtaʼlim maktablari, jami
6 328
114 360
Yangi qurilish va mukammal taʼmirlash
6 328
114 360
8.
42-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 990 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash
oʻrin
1 050
25 500
Respublika budjeti
9.
59-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 540 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash
oʻrin
960
21 400
Respublika budjeti
10.
169-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 660 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash
oʻrin
1 010
22 460
Respublika budjeti
11.
132-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 540 oʻrinli bino qurish va jihozlash
oʻrin
1 500
21 400
Respublika budjeti
12.
180-son maktabga qoʻshimcha 540 oʻrinli bino qurish va jihozlash
oʻrin
1 500
16 400
Respublika budjeti
13.
45-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 200 oʻrinli bino qurish va jihozlash
oʻrin
308
7 200
Respublika budjeti
III.
Boshqa obyektlar, jami
1 000
18 800
14.
“Kattahovuz” MFYda joylashgan tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi hamda binoda joylashgan 6-sonli bolalar stomatologik poliklinikasini mukammal taʼmirlash va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
qatnov
500
11 000
Respublika budjeti
15.
“Taxtapul” MFYda joylashgan 42-son poliklinikani mukammal taʼmirlash va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
qatnov
500
7 800
Respublika budjeti
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2023-y., 07/23/182/0349-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)