1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻquvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Bolalarning iqtidor va isteʼdodini erta aniqlash, ularni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq oʻqitish, ijodkorlik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul jarayonlari teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-may,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-con qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
1. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi Prezident maktablariga (keyingi oʻrinlarda — Prezident maktablari) oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
2. Prezident maktablariga oʻquvchilar Agentlik tomonidan taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar) bilan birgalikda oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
3. Prezident maktablariga oʻquvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi (ikkita sinfga bir xil 12 nafardan oʻquvchi taqsimlangan, 24 nafar oʻquvchidan iborat) doirasida qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisida nizomning 28-bandi ikkinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
4. Prezident maktablariga oʻquvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
5. Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
6. Prezident maktablariga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam boʻlmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.

8. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlarining baholash mezonlari, oʻtkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
har bir Prezident maktabi boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini eʼlon qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
9. Qabul komissiyasi tomonidan har bir Prezident maktabi boʻyicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
10. Ishchi guruh:
oʻquvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini koʻrib chiqadi;
koʻrib chiqish natijasida oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga va telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
oʻquvchilarni, ularning ota-onalari (qonuniy vakil)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joy va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinet va telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida Prezident maktablariga oʻquvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
11. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
12. Prezident maktablariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining toʻrtinchi sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida matematika va tabiatshunoslik fanlaridan oʻquv yilini aʼlo baholarga tamomlagan) oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
13. Oʻquvchilar faqat taʼlim olayotgan maktabining hududidagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
14. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasida oʻqiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi boʻyicha hujjat topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda oʻquvchilar taʼlim olayotgan taʼlim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
15. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Prezident maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
16. Chet el fuqarolari farzandlarining kirish imtihonlarida ishtirok etishlariga ruxsat etilmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
17. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tegishli sinflarida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktabining shunday sinfida takroran oʻqishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
18. Prezident maktablariga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

Oʻquvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlaridan birini qoʻshimcha tanlash imkoniyati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Prezident maktabiga kira olmagan oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida hududdagi tanlagan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatining biriga oʻquvchilarning toʻplagan ballari ketma-ketligi boʻyicha imtihonsiz qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
19. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
20. Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
21. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
oʻquvchilar taʼlim olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (mazkur nizomning 14-bandi bundan mustasno);
ushbu nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar oʻqib boʻlmaydigan darajada nusxalangan boʻlsa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
22. Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

23. Quyidagi hollarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
oʻquvchilar oʻquv yili natijasiga koʻra mazkur nizomning 12-bandida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha “aʼlo” baholar olmagan boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
oʻquvchilar chet el fuqarosi boʻlsa;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining beshinchi (yoki beshinchi sinfdan yuqori) sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran oʻqish istagini bildirgan boʻlsa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
24. Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.

25. Prezident maktablariga kirish imtihonlarining har ikkala bosqichida oʻquvchilarga imtiyozlar berilmaydi.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
26. Kirish imtihonlari har yili qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
261. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
27. Kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek yoki qoraqalpoq tilida) yoki oʻquvchilarning tanloviga muvofiq ingliz tilida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
28. Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi:
birinchi bosqich — matematika fanidan (jami 30 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.
Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi:
1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa);
2) 10 ta oʻrtacha darajadagi savollar (B toifa);
3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
29. Birinchi bosqich imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
30. Birinchi bosqich natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball toʻplagan oʻquvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
31. Birinchi bosqich natijasiga koʻra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, yaʼni bir nechta oʻquvchilar bir xil umumiy ball toʻplaganda, imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri boʻyicha yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
S toifa savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
B toifa savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
A toifa savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻquvchilar barcha toifadagi savollar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi.

Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.

32. Ikkinchi bosqich kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida oʻtkaziladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish boʻyicha 40 ta;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) boʻyicha 40 ta test savollari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
33. Ikkinchi bosqich natijasiga koʻra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, yaʼni reytingda 24-oʻrin atrofida tenglik boʻlsa, muammoni yechish va tanqidiy fikrlash yoʻnalishlarining jamlanma bali boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan nomzodga, agar shunda ham natijalar teng boʻlsa, imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri boʻyicha yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
muammoni yechish yoʻnalishidagi savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
tanqidiy fikrlash yoʻnalishidagi savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
ingliz tilidan matn bilan ishlash (Reading component) yoʻnalishidagi savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
ingliz tili grammatikasidan (Grammar component) tuzilgan savollar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻquvchilar barcha toifadagi savollar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
34. Prezident maktablariga kirish imtihonlarining javoblar varagʻi qora qalam bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
35. Agentlik mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlari jarayonlarining teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
36. Kirish imtihonlariga tegishli savollar kitobi va javoblar varagʻi maxfiyligi taʼminlanishi lozim boʻlgan maʼlumot hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
37. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qoʻllagan holda belgilangan joylarda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
38. Oʻquvchilar imtihonga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin oʻquvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy maʼlumotlari bilan birga kirish imtihonining oʻtkazish joyi, guruhi va oʻtirish oʻrni koʻrsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

39. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
40. Kirish imtihoni oʻtkazilayotgan joylarga oʻquvchilar va kuzatuvchilar tomonidan aloqa vositalarini olib kirishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
41. Quyidagi holatlar oʻquvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos boʻladi:
boshqalardan koʻchirishga urinish va boshqa oʻquvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lugʻat, kitoblardan foydalanish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda oʻquvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi, oʻquvchilar javoblar varagʻini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan oʻquvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
42. Imtihon jarayonida oʻquvchilarning oʻziga bogʻliq boʻlgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon oʻtkazishga asos boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
43. Qabul komissiyasi tomonidan imtihon jarayonlariga jalb etilganlardan boshqa shaxslarning kirish imtihoni oʻtkazilayotgan auditoriya va binolarga jarayon tugaguniga qadar kirish-chiqishi qatʼiyan taqiqlanadi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
44. Kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
45. Kirish imtihonlari natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari oʻquvchilarga taqdim etilmaydi.
6-bob. Oʻquvchilarni maktabga qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
46. Kirish imtihonlari natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
47. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablari direktorlarining buyrugʻi asosida oʻquvchilar maktabga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
48. Oʻquvchilar Prezident maktablariga qabul qilingandan soʻng baholar tabelining asl nusxasi oʻquvchilarning avval oʻqigan maktabidan soʻrov asosida olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
49. Prezident maktabida qabul qilinishi belgilangan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan hollarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi boʻyicha navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Navbatdagi oʻquvchini qabul qilish ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
50. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, oʻquvchi oʻqishini davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi oʻquvchining qabul qilinishi uchun asos boʻladi. Ushbu holat boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
51. Qabul komissiyasi oʻquv yili yakuni boʻyicha oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
52. Boʻsh oʻrinlarni toʻldirish boʻyicha oʻtkazilgan imtihonlar natijalarini tahlil qilish va oʻquvchilarni boʻsh oʻrinlar doirasida oʻqishga tavsiya qilish qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
53. Prezident maktablarida 6 — 11-sinflardagi boʻsh oʻrinlarga oʻquvchilarni qabul qilish Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Prezident maktablariga sinflar kesimida boʻsh oʻrinlarga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
6-sinflar uchun:
oʻtgan oʻquv yilida 5-sinflar uchun oʻtkazilgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari asosida oʻquvchilarning egallab turgan oʻrinlar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7-sinflar uchun:
6-sinfni matematika, tabiiy fan (science), ingliz tili fanlaridan yillik aʼlo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan oʻtganlik toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 4,0 /TOEFL iBT 41, PBT 400 / milliy CEFR B1 yoki analog) ega oʻquvchilar orasidan quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
tabiiy fan (science) dan 40 ta test savollari beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Kirish imtihonlari yakunlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega boʻladi:
1-darajali (matematika) fanidan yuqori ball toʻplaganlar;
2-darajali tabiiy fan (science) dan yuqori ball toʻplaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
8-sinflar uchun:
7-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik aʼlo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan oʻtganlik toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,0 /TOEFL iBT 50, PBT 470 / milliy CEFR B2 yoki analog)ga ega oʻquvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
9-sinflar uchun:
8-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik aʼlo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan oʻtganlik toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,5 /TOEFL iBT 65, PBT 500 / milliy CEFR B2 yoki analog) ega oʻquvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
10-sinflar uchun:
9-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik aʼlo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan oʻtganlik toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 /TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega oʻquvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7 — 10-sinflarda kirish imtihonlari yakunlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega boʻladi:
1-darajali (matematika) fandan yuqori ball toʻplaganlar;
2-darajali (fizika) fandan yuqori ball toʻplaganlar;
3-darajali (biologiya, kimyo) fandan yuqori ball toʻplaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yuqoridagi barcha holatlarda oʻquvchilar koʻrsatkichlari teng boʻlgan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchiga ustunlik beriladi.

Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, oʻquvchilarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.

11-sinflar uchun:
10-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik aʼlo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan oʻtganlik toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 /TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega boʻlgan hamda xalqaro AS-LEVEL sertifikati qoʻlga kiritgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda oʻquvchilar xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter taʼlimi fanlarining kamida uchtasidan AS-LEVEL sertifikatlarining “s” (AS-LEVELning baholash darajasi) va undan yuqori darajasiga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yuqoridagi barcha holatlarda oʻquvchilar koʻrsatkichlari teng boʻlgan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchiga ustunlik beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, oʻquvchilarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
54. Oʻquvchilarning oʻqishi bir Prezident maktabidan boshqasiga boʻsh joy boʻlgan taqdirda, Agentlikning koʻrsatmasiga muvofiq koʻchiriladi. Qolgan hollarda oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
55. Ushbu nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
56. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Prezident maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Agentlik
Hujjatlar qabuli boshlanishi toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish
Prezident maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
2-bosqich
Oʻquvchilar tomonidan Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish
Agentlik
1. Oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
Ishchi guruh
3. Oʻquvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.
20 kundan kam boʻlmagan muddatda
4. Prezident maktablariga oʻquvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish davrida
3-bosqich
Imtihon oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari tayyorlanadi.
Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy tashkilot bilan birgalikda
2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.
4-bosqich
Kirish imtihonlarining 1-bosqichini oʻtkazish
Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy tashkilot bilan birgalikda
1. Kirish imtihonlarining 1-bosqichi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. 1-bosqich natijalari Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
3. Har bir oʻringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball toʻplagan oʻquvchilarga 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
5-bosqich
Kirish imtihonlarining 2-bosqichini oʻtkazish
Qabul komissiyasi xorijiy tashkilot bilan birgalikda
1. Kirish imtihonlarining 2-bosqichi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. 2-bosqich natijalarini Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida
6-bosqich
Qabul komissiyasi
Qabul qilishni rasmiylashtirish
Imtihon natijalariga asosan oʻquvchilarni Prezident maktabiga oʻqishga qabul qilish haqida Prezident maktabi Ijrochi direktorining oʻqishga qabul qilish haqidagi buyrugʻi chiqariladi.
Yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
7-bosqich
Qabul komissiyasi
Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
Sinflarning har biridagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kamaygan hollarda, mavjud boʻsh oʻrinlar tanlov asosida toʻldiriladi.
Oʻquv yili yakunlangandan soʻng
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
1. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
2. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan (Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir sinfiga 20 nafardan) oshmasligini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi hamda oʻquvchilar qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
3. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
4. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
Bundan tashqari:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
a) roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlardan gʻolib va sovrindor (1, 2, 3-oʻrinlar) boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻzi taʼlim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi;
b) Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga qabul qilinmagan 48 nafar oʻquvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda oʻqishga qabul qilinadi.
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Mazkur band Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga (keyingi oʻrinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar) nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
5. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
6. Chet el fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktablarga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu nizomga muvofiq qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam boʻlmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda tayyorlaydi;
kirish imtihonlarining baholash mezonlari, oʻtkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
taʼlim dasturlarining fanlararo va sinflararo integratsiyasidan kelib chiqib, zarur hollarda, kirish imtihonlarining yoʻnalishlariga, savollar miqdoriga oʻzgartirish kiritadi;
har bir hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini eʼlon qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
10. Qabul komissiyasi tomonidan har bir hudud boʻyicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
11. Ishchi guruh:
oʻquvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini koʻrib chiqadi;
koʻrib chiqish natijasida oʻquvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
oʻquvchilarni, ularning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinet yoki bogʻlanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini koʻradi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
13. Oʻquvchilar faqat taʼlim olayotgan maktabining hududidagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
14. Ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yoʻnalishiga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 6-sinfini tamomlagan oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda birinchi oʻquv yili uchun aniq fanlar yoʻnalishiga 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7 — 11-sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 1-bandining “a” kichik bandi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
15. Xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda oʻquvchilar tomonidan oʻzi taʼlim olayotgan taʼlim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.

16. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning shunday sinfida takroran oʻqishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
17. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻquvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan yana birini qoʻshimcha tanlash imkoniyati beriladi.
Bunda kirish imtihonlari natijalariga koʻra oʻquvchining toʻplagan ballari bir nechta ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish uchun yetarli boʻlgan taqdirda u tanlagan birinchi maktabga oʻqishga qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
18. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
19. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki telefon raqamiga SMS) xabarlarni oʻquvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (oʻqimasligi, arizada koʻrsatilgan telefon raqamining ishchi holatda boʻlmasligi va h.k.) boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
20. Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) koʻrib chiqilgandan soʻng ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
21. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
oʻquvchilar taʼlim olayotgan maktabning hududiy mansubligi ixtisoslashtirilgan maktabning hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (mazkur nizomning 15-bandi bundan mustasno);
ushbu nizomning 17-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar oʻqib boʻlmaydigan darajada nusxalangan boʻlsa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
22. Hujjatlari tahrirlashga yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
23. Quyidagi hollarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning shu sinfida takroran oʻqish istagi bildirilganda.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
24. Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
25. Kirish imtihonlari Agentlik tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.
251. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
26. Kirish imtihonlari materiallari malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.

27. Kirish imtihoni oʻquvchilar hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning taʼlim berish tilida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
28. Kirish imtihonlari yoʻnalishlar boʻyicha bir bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi.
Aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha:
5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.
Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha:
7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
29. Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda kirish imtihonlari bir bosqichda yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi tartibda oʻtkaziladi.
Axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha:
5-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.
Biologiya va kimyo yoʻnalishi boʻyicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanidan (jami 45 ta) test shaklida oʻtkaziladi.
Fizika va astronomiya yoʻnalishi boʻyicha:
7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
30. Kirish imtihonlari yakunlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, oʻquvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
a) tabiiy fanlar boʻyicha:
1-darajali (tabiiy fan (sceince) biologiya, kimyo) fanidan yuqori ball toʻplaganlar;
2-darajali (chet tili) fanidan yuqori ball toʻplaganlar.
b) aniq fanlar boʻyicha:
1-darajali (matematika, geometriya, fizika) fanidan yuqori ball toʻplaganlar;
2-darajali (chet tili) fanidan yuqori ball toʻplaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻquvchilar barcha darajadagi savollar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
31. Oʻquvchilar imtihonga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin oʻquvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy maʼlumotlari bilan birga kirish imtihonining oʻtkazish joyi, guruhi va oʻtirish oʻrni koʻrsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
32. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
33. Quyidagi holatlar oʻquvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos boʻladi:
boshqalardan koʻchirishga urinish va boshqa oʻquvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lugʻat, kitoblardan foydalanish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, oʻquvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varagʻini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan oʻquvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.

34. Kirish imtihonlari jarayonida oʻquvchilarning oʻzlariga bogʻliq boʻlgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon oʻtkazishga asos boʻlmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
35. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
36. Oʻquvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda natija eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
37. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning murojaatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan Agentlik direktori tomonidan belgilanadigan tartib asosida koʻrib chiqiladi.
Agentlikda tuzilgan apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori oʻrinbosari, hududlardagi taʼlim muassasalarida tashkil qilinadigan apellyatsiya komissiyasiga muassasa direktori raislik qiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
38. Apellyatsiya komissiyasi oʻquvchilarning murojaatini 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
39. Apellyatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi xulosasi oʻquvchilarga arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ball qoʻshib berilishiga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
40. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa oʻquvchilarning ishlarini koʻrib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
41. Oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.
42. Kirish imtihonlarining umumlashtirilgan natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
43. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi oʻquv yili boshlangunga qadar ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlarining buyrugʻi asosida oʻquvchilar maktabga qabul qilinadi.
Mazkur Nizomning 47-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
44. Oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingandan soʻng baholar tabelining asl nusxasi oʻquvchilarning avval oʻqigan maktabidan soʻrov asosida olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
45. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinishi belgilangan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan holatlarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi boʻyicha navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Navbatdagi oʻquvchi ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.

46. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, oʻquvchi oʻqishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi oʻquvchining qabul qilinishi uchun asos boʻladi. Ushbu holat boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
47. Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv yili yakunlangandan keyin boʻshab qolgan oʻrinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan oʻtkaziladi, mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan oʻquvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquv yilining I choragi yakuniga qadar ballar ketma-ketligi boʻyicha oʻquvchilar qabul qilinadi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
48. Oʻquvchilarning oʻqishi bir ixtisoslashtirilgan maktabdan boshqasiga yoʻnalish mos kelgan va boʻsh joy boʻlgan taqdirda Agentlikning koʻrsatmasiga muvofiq koʻchiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
49. Ushbu nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
50. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Agentlik
Hujjatlar qabuli boshlanishi toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
2-bosqich
Oʻquvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni topshirish
Agentlik
1. Oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
Ishchi guruh
3. Oʻquvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.
20 kundan kam boʻlmagan muddatda
4. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish davrida
3-bosqich
Imtihon oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari tayyorlanadi.
Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda
2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.
4-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda
Kirish imtihonlarini oʻtkazish
1. Kirish imtihonlari bir bosqichda oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. Kirish imtihonlari natijalari Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
5-bosqich
Apellyatsiya komissiyasi
Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish
1. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning arizalari qabul qilinadi.
Imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʻng 3 kun ichida
2. Oʻquvchilarning murojaatlari koʻrib chiqiladi, arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beriladi.
Ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida
6-bosqich
Qabul komissiyasi
Qabul qilishni rasmiylashtirish
Imtihon natijalariga asosan oʻquvchilarni maktabga oʻqishga qabul qilish haqida ixtisoslashtirilgan maktab direktorining oʻqishga qabul qilish haqidagi buyrugʻi chiqariladi.
Yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
7-bosqich
Qabul komissiyasi
Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
Sinflarning har biridagi oʻquvchilar soni 24 nafardan kamaygan hollarda, mavjud boʻsh oʻrinlar tanlov asosida toʻldiriladi.
Oʻquv yili yakunlangandan soʻng
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyungi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari toʻgʻrisida nizomga 4-ilovasi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
1. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ijod maktablariga (keyingi oʻrinlarda — ijod maktablari) oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
2. Ijod maktablariga oʻquvchilar Agentlik tomonidan belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ijod maktablarining 7-sinflariga oʻquvchilar ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfda 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
21. Agentlik tomonidan har yili oʻtkaziladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida badiiy adabiyot va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan tuman (shahar) va viloyat bosqichlaridan iborat tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1, 2 va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan 6-sinf oʻquvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz oʻqishga qabul qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
3. Ijod maktablariga oʻquvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
4. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ijod maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
5. Chet el fuqarolarining farzandlari ijod maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
6. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
7. Ijod maktablariga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — hamkor tashkilot) vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam boʻlmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
kirish imtihonlarining baholash mezonlari, oʻtkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
taʼlim dasturlarining fanlararo va sinflararo integratsiyasidan kelib chiqib, zarur hollarda, kirish imtihonlarining yoʻnalishlariga, savollar miqdoriga oʻzgartirish kiritadi;
har bir ijod maktabi boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
ijodiy imtihonlar uchun hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyalariga malakali mutaxassislarni jalb etadi hamda ularning tarkibini tasdiqlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini eʼlon qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
10. Qabul komissiyasi tomonidan har bir ijod maktabi boʻyicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
11. Ishchi guruh:
oʻquvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini koʻrib chiqadi;
koʻrib chiqish natijasida oʻquvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
oʻquvchilarni, ularning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinet yoki bogʻlanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini koʻradi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
13. Kirish imtihonlari barcha ijod maktablarida bir vaqtda oʻtkaziladi. Oʻquvchi hujjatlarini faqat bitta ijod maktabiga topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
14. Xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari farzandlari ijod maktablariga hujjat topshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bunda oʻquvchilar tomonidan oʻzi taʼlim olayotgan taʼlim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
15. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar ijod maktabining shunday sinfida takroran oʻqishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
16. Ijod maktablariga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
17. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
18. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki telefon raqamiga SMS) xabarlarni oʻquvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (oʻqimasligi, arizada koʻrsatilgan telefon raqamining ishchi holatda boʻlmasligi va h.k.) boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
19. Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) koʻrib chiqilgandan soʻng ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
20. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
ushbu nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar oʻqib boʻlmaydigan darajada nusxalangan boʻlsa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
21. Hujjatlari tahrirlashga yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
22. Quyidagi hollarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar tomonidan ijod maktabining shu sinfida takroran oʻqish istagi bildirilganda.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
23. Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
24. Kirish imtihonlari materiallari hamkor tashkilot bilan birgalikda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
25. Kirish imtihonlarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida oʻquvchilarning ijodiy ishlarini baholash uchun Agentlik tomonidan hamkor tashkilot bilan birgalikda har bir ijod maktabida 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda hakamlar hayʼati tarkibi tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
26. Kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida chet tilida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
27. Kirish imtihonlari:
birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida oʻtkaziladi (Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
28. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi uchun kirish imtihonlari:
birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
uchinchi bosqich — ingliz tili (20 ta topshiriq), ona tili va adabiyoti (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
281. Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi ijod maktablarining oʻzida oʻtkaziladi.
Kirish imtihonlarining birinchi va uchinchi bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
29. Oʻquvchilarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra ballari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar ustunlikka ega boʻladi:
birinchi bosqichda yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga;
ikkinchi bosqichda yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga;
uchinchi bosqichda eng koʻp topshiriq berilgan fandan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻquvchilar barcha toifadagi savollar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan hollarda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchiga ustunlik beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
30. Oʻquvchilar imtihonga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin oʻquvchining shaxsiy maʼlumotlari bilan birga imtihon oʻtkazish joyi, guruhi va oʻtirish oʻrni koʻrsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
31. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
32. Quyidagi holatlar oʻquvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos boʻladi:
boshqalardan koʻchirishga urinish va boshqa oʻquvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lugʻat, kitoblardan foydalanish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, oʻquvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varagʻini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan oʻquvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
33. Kirish imtihoni jarayonida oʻquvchilarning oʻzlariga bogʻliq boʻlgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon oʻtkazishga asos boʻlmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
34. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik hamda ijod maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
35. Oʻquvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda natija eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
36. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori oʻrinbosari raislik qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
37. Apellyatsiya komissiyasi oʻquvchilarning murojaatini 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
38. Apellyatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi xulosasi oʻquvchilarga arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ball qoʻshib berilishiga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
39. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa oʻquvchilarning ishlarini koʻrib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
40. Oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.
6-bob. Oʻquvchilarni maktabga qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
41. Kirish imtihonlarining umumlashtirilgan natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ijod maktablarining oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
42. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi oʻquv yili boshlangunga qadar ijod maktablari direktorlarining buyrugʻi asosida oʻquvchilar maktabga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
43. Oʻquvchilar ijod maktablariga qabul qilingandan soʻng baholar tabelining asl nusxasi oʻquvchilarning avval oʻqigan maktabidan soʻrov asosida olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
44. Ijod maktabiga qabul qilinishi belgilangan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan holatlarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi boʻyicha navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Navbatdagi oʻquvchi ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
45. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, oʻquvchi oʻqishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi oʻquvchining qabul qilinishi uchun asos boʻladi. Ushbu holat boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
46. Ijod maktablarida oʻquv yili yakunlangandan keyin boʻshab qolgan oʻrinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan oʻtkaziladi, mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan oʻquvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ijod maktablariga oʻquv yili davomida oʻquvchilar qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
47. Oʻquvchilarning oʻqishini bir ijod maktabidan boshqasiga koʻchirish yoʻnalish mos kelgan va boʻsh joy boʻlgan taqdirda Agentlikning koʻrsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
48. Ushbu nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
49. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ijod maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Agentlik
Hujjatlar qabuli boshlanishi toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish
Ijod maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
2-bosqich
Oʻquvchilar tomonidan ijod maktablariga hujjatlarni topshirish
Agentlik
1. Oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
Ishchi guruh
3. Oʻquvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.
20 kundan kam boʻlmagan muddatda
4. Ijod maktablariga oʻquvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish davrida
3-bosqich
Imtihon oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari tayyorlanadi.
Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda
2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.
4-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda
Kirish imtihonlarining birinchi va ikkinchi (ijodiy) bosqichini oʻtkazish
1. Kirish imtihonlarining birinchi (ijodiy matn yaratish) bosqichi oʻtkaziladi.
2. Kirish imtihonlarining ikkinchi (ijodiy suhbat) bosqichi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
5-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda
Kirish imtihonlarining uchinchi (test) bosqichini oʻtkazish
1. Kirish imtihonlarining uchinchi (test) bosqichi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. Kirish imtihonlarining natijalari Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
test sinovlaridan keyin 20 kun ichida
6-bosqich
Apellyatsiya komissiyasi
Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish
1. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning arizalari qabul qilinadi.
Imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʻng 3 kun ichida
2. Oʻquvchilarning murojaatlari koʻrib chiqiladi, arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beriladi.
Ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida
7-bosqich
Qabul komissiyasi
Qabul qilishni rasmiylashtirish
Imtihon natijalariga asosan oʻquvchilarni maktabga oʻqishga qabul qilish haqida ijod maktabi direktorining oʻqishga qabul qilish haqidagi buyrugʻi chiqariladi.
Yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
8-bosqich
Qabul komissiyasi
Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
1. Sinflarning har biridagi oʻquvchilar soni 20 nafardan kamaygan hollarda, mavjud boʻsh oʻrinlar tanlov asosida toʻldiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga 3a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maktabga tayyorlov guruhi va 1 — 11-sinflarga oʻquvchilar va bolalarni (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar Agentlik tomonidan taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar) bilan birgalikda oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida qabul qilinadi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar yillik qabul kvotasi (1 — 4-sinflarga ikkita sinfga 12 nafardan, 5 — 11-sinflarga ikkita sinfga 24 nafardan oʻquvchi) doirasida qabul qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4. Ixtisoslashtirilgan maktabda 6 yoshli bolalar uchun 2 ta maktabga tayyorlov guruhi tashkil etiladi, ularga 10 nafardan 20 nafargacha bolalar qabul qilinishi mumkin.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
6. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish
7. Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat Qabul komissiyasi shakllantiriladi.
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam boʻlmagan toq sonda komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlarining baholash mezonlari, ularni oʻtkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
ixtisoslashtirilgan maktab boʻyicha tuzilgan ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini eʼlon qiladi.
10. Qabul komissiyasi tomonidan alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
11. Ishchi guruh:
oʻquvchining hujjatlari mazkur Nizom talablari asosida taqdim etilganini koʻrib chiqadi;
koʻrib chiqish natijasida oʻquvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrir qilishga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda, tahrir qilishga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
oʻquvchini, uning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinet yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
ixtisoslashtirilgan maktab uchun oʻtkaziladigan kirish imtihonlari hamda qabul jarayonlari boʻyicha murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini koʻradi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin Qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida eʼlon qilinadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhlari hamda 1-sinfiga oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
14. Xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktabning tegishli sinfiga hujjat topshirishi mumkin.
Bunda oʻquvchi tomonidan (ikkinchi va undan yuqori sinflar uchun) oʻzi taʼlim olayotgan taʼlim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktabda taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
16. Chet el fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktabga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq qabul qilinadi.
17. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning shunday sinfida takroran oʻqishni talab qilish huquqiga ega emas.
18. Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
19. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
20. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS) xabarlarni oʻquvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (oʻqimasligi, mobil uyali aloqa vositasining ishchi holatda boʻlmasligi va boshqalar) boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanmaydi.
21. Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) koʻrib chiqilgandan soʻng ularga hujjatlar qabul qilingani, tahrir qilishga yuborilgani yoki rad etilgani toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
22. Ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda hujjatlar tahrir qilishga yuboriladi.
23. Hujjatlar tahrir qilish uchun yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.
24. Quyidagi hollarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishi bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning shu sinfida takroran oʻqish istagi bildirilganda.
25. Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
26. Kirish imtihonlari materiallari malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
261. Ixtisoslashtirilgan maktabning kirish imtihonlari davlat tilida oʻtkaziladi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
27. Kirish imtihoni har yili Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
271. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
28. Maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinflar uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhiga qabul qilingan bolalar keyingi oʻquv yilidan kirish imtihonlarisiz 1-sinfga qabul qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
29. Birinchi bosqich mantiqiy fikrlash boʻyicha maktabga tayyorlov guruhi uchun 10 ta, 1-sinf uchun 20 ta test shaklida oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
30. Birinchi bosqich natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 5 nafar hisobidan maksimal ball toʻplagan oʻquvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
31. Birinchi bosqich natijasiga koʻra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, yaʼni bir nechta oʻquvchilar bir xil umumiy ball toʻplagan taqdirda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
32. Ikkinchi bosqich bolaning aqliy qobiliyati darajasini aniqlash boʻyicha turli darajadagi suhbatlar va amaliy topshiriqlar shaklida oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
33. Kirish imtihonlari:
a) 2 — 4-sinflar uchun bir bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi:
2-sinf uchun matematika fanidan 15 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;
3-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;
4-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 15 ta test savollari shaklida;
b) 5 — 11-sinflar uchun bir bosqichda matematika fanidan 40 ta, ingliz tili fanidan 40 ta test savollari shaklida oʻtkaziladi.
(33-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
34. Kirish imtihonlari yakunlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, oʻquvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
a) maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinfda amaliy topshiriqlar boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
(34-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
b) 2 — 4-sinflarda matematika fanidan yuqori ball toʻplaganlar;
matn bilan ishlash (Reading component) boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
grammatika (Grammar component) boʻyicha yuqori ball toʻplaganlar;
matematika fanidan:
tanqidiy fikrlash savollaridan yuqori ball toʻplaganlar;
muammoni yechish boʻyicha savollardan yuqori ball toʻplaganlar.
(34-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
35. Agar yuqorida qayd etilgan holatlar boʻyicha ham tenglik saqlanib qolsa, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchilarga ustunlik beriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, Qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
36. Oʻquvchilar imtihonga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin oʻquvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy maʼlumotlari bilan birga kirish imtihonining oʻtkazish joyi, guruhi va oʻtirish oʻrni koʻrsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
37. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Quyidagi holatlar oʻquvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos boʻladi:
imtihon jarayonida sogʻligi bilan muammo yuzaga kelib, imtihonni davom ettirish imkoni boʻlmagan hollarda;
boshqalardan koʻchirishga urinish va boshqa oʻquvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lugʻat, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, oʻquvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varagʻini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan oʻquvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
39. Kirish imtihonlari jarayonida oʻquvchilarning oʻzlariga bogʻliq boʻlgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon oʻtkazishga asos boʻlmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
40. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
41. Kirish imtihonlari natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari oʻquvchilarga taqdim etilmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
6-bob. Oʻquvchilarni maktabga qabul qilish
47. Kirish imtihonlari natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
48. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi oʻquv yili boshlangunga qadar ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrugʻi asosida oʻquvchilar maktabga qabul qilinadi, mazkur Nizomning 51-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
49. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinishi belgilangan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan holatlarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi boʻyicha navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi oʻquvchi ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.
50. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, oʻquvchi oʻqishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi oʻquvchining qabul qilinishi uchun asos boʻladi. Ushbu holat boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
51. Ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquv yili yakunlangandan keyin boʻshagan oʻrinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan oʻtkaziladi, mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan oʻquvchilardan hujjat qabul qilinadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
(keyingi oʻrinlarda — Agentlik)
Hujjatlar qabuli boshlanishi toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish
Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
2-bosqich
Oʻquvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlarni topshirish
Agentlik
1. Oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasini tuzadi. Tarkibni Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallarini tasdiqlaydi, Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
Ishchi guruh
3. Oʻquvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish jarayonida hujjatlarni qabul qiladi yoki rad etadi.
20 kundan kam boʻlmagan muddatda
4. Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilarning kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boradi.
Hujjatlarni qabul qilish davrida
3-bosqich
Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar (xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda)
Imtihon oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylarini tayyorlaydi.
2. Kirish imtihonlarining materiallarini tayyorlaydi.
4-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilotlar bilan birgalikda
Kirish imtihonlarini oʻtkazish
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazadi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. Kirish imtihonlari natijalarini Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida
5-bosqich
Qabul komissiyasi
Qabul qilishni rasmiylashtirish
Imtihon natijalariga asosan oʻquvchilarni maktabga oʻqishga qabul qilish haqida ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrugʻini chiqaradi.
Yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
6-bosqich
Qabul komissiyasi
Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
Ixtisoslashtirilgan maktabning mavjud boʻsh oʻrinlarini tanlov asosida toʻldiradi.
Oʻquv yili yakunlangandan soʻng
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.