Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyrugʻning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3437]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-may,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 25-maydagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasasi deb yuritiladi) alohida holatlarda bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
alohida holatlar — tibbiyot muassasasiga davolanish uchun kelgan bemorlar tomonidan ularning tegishli asosiy kasalliklarini, shuningdek ularda oldindan mavjud boʻlgan yondosh surunkali va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan yozilgan retsept asosida shu kunga qadar qabul qilayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning tibbiyot muassasasiga foydalanish maqsadida olib kelinishi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
yondosh surunkali va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar — sil, oʻsma kasalliklari, jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, moxov, ruhiy kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari, endokrinologik va narkologik kasalliklar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tibbiyot muassasasida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlar smetasi boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida bepul, qolgan hollarda pullik asosda shifoxonaga kirim qilingan narxlarda amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, bemorlar tibbiyot muassasasiga davolanish uchun kelganda, ular oʻzlarining asosiy kasalliklarini, shuningdek ularda oldindan mavjud boʻlgan yondosh surunkali va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan yozilgan retsept asosida shu kunga qadar qabul qilayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni (bundan buyon matnda dori vositalari va tibbiy jihozlar deb yuritiladi) tibbiyot muassasasiga foydalanish maqsadida olib kelishi mumkin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berish, ularni saqlash va qoʻllash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berishda davolovchi shifokor tomonidan:
ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarning shifokor tomonidan yozilgan retseptda koʻrsatilganligi;
dori vositalari va tibbiy jihozlarning oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi oʻramdagi maʼlumotlarning mos kelishi, tashqi koʻrinishining butligi;
bemorning xozirgi xolatidagi kasallikning turi va ogʻirlik darajasi, kasallikning kechishi, bemorning yoshi, vazni, shuningdek dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarida koʻrsatilgan qarshi koʻrsatmalar, nojoʻya taʼsirlar hamda dori vositalarining oʻzaro taʼsirlashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Bunda, bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlar ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob berganda, davolovchi shifokor tomonidan shu tibbiyot muassasasining tor mutaxassisi bilan maslahatlashilgan holda mazkur dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bemor tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlar Mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa, ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bemorlar tomonidan olib kelingan va alohida saqlash sharoitlarini talab etmaydigan dori vositalari va tibbiy jihozlar bemor joylashtirilgan xonada saqlanadi.
Alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar esa tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tibbiyot muassasasining davolovchi shifokori bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlarning sarflanishi boʻyicha maʼlumotlarni har kuni kasallik tarixiga qayd etib boradi hamda kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor, boʻlim hamshirasi) va bemorlarning dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasiga olib kelinishi hamda ishlatilishidagi huquq va majburiyatlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
8. Quyidagilar tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda boʻlim hamshirasi)ning huquqlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlar alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan boʻlsa, ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlash uchun bemorlardan talab qilib olish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bemorlar tomonidan tibbiyot muassasasiga shifokor retseptida koʻrsatilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar olib kelingan taqdirda, ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasiga qabul qilmaslik hamda ishlatishga ruxsat bermaslik.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
9. Quyidagilar tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda boʻlim hamshirasi)ning majburiyatlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
bemor tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlar alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan boʻlsa, ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlash;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bemor tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy jihozlar tibbiyot muassasasining dori vositalari va tibbiy jihozlari, shuningdek boshqa bemor tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan aralashib ketmasligini taʼminlash;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
10. Bemorlarning huquqlari quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni oʻzlari bilan tibbiyot muassasasiga olib kelish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlari bilan olib kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlar alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan boʻlsa, ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlanishini tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda boʻlim hamshirasi)dan talab qilish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlari bilan olib kelgan hamda tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni tibbiyot muassasasi xodimlaridan (bosh shifokor, boʻlim hamshirasi) talab qilib olish.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
11. Bemorlarning majburiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlari bilan olib kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni (agar ular alohida saqlash sharoitlarini talab etmasa) tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor hamda boʻlim hamshirasi)ning tekshiruvidan oʻtkazgan holda muolaja xonasida saqlash chorasini koʻrish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzlari bilan olib kelgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni (agar ular alohida saqlash sharoitlarini talab etsa) tibbiyot muassasasining muolaja xonasida (shu jumladan ushbu xonadagi muzlatgichda) saqlash uchun tibbiyot muassasasi xodimlari (davolovchi shifokor, boʻlim hamshirasi)ga topshirish.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
4-bob. Yakunlovchi qoida
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3437/0307-son; 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)