1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi (keyingi o‘rinlarda — Milliy antidoping agentligi) etib qayta tashkil qilinsin.
2. Quyidagilar:
Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Milliy antidoping agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Milliy antidoping agentligi faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Milliy antidoping agentligi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi va Butunjahon antidoping kodeksidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarining huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qilish choralarini ko‘radi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
sportda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
doping nazorati natijalarini boshqarish tartib-taomillarini belgilaydi, tuzilmasidagi komissiyalar faoliyatini tashkil etish orqali aniqlangan sportda doping qo‘llash holatlari bo‘yicha intizomiy choralar ko‘radi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
vazirlik va idoralar, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tuzilmalarning antidoping nazorati sohasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
2026-yil 1-fevraldan boshlab biologik namunalarni to‘plash va tadqiqotlar (doping-testlar) o‘tkazish bo‘yicha maxsus moslamalar hamda boshqa tovar va xizmatlarni xarid qilishni (xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilardan) “taklif so‘rovi” xarid qilish tartib-taomili orqali amalga oshiradi;
(3-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
o‘zining byulleten va boshqa rasmiy nashrlari hamda o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumot va materiallar chop etilishini ta’minlaydi.
4. Belgilansinki, Butunjahon antidoping agentligining tavsiyasini inobatga olgan holda, shuningdek, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiq vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy qilingunga qadar 2023-yil 15-maydan boshlab:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Milliy antidoping agentligi xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari 2,5 baravar miqdorda qo‘llaniladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Milliy antidoping agentligi xodimlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Bunda, ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lovlari koeffitsiyentini hisoblashda Milliy antidoping agentligi xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar (yakka tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari) barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
5. Milliy antidoping agentligi (A. Sadikov):
a) ikki hafta muddatda:
Milliy antidoping agentligi tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini hamda bo‘linmalar rahbarlarining vazifa va funksiyalarini tasdiqlasin;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Milliy antidoping agentligi malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon antidoping agentligiga yetkazish choralarini ko‘rsin;
b) 2023-yil 1-avgustga qadar respublikada va xorijda o‘tkaziladigan musobaqa va musobaqadan tashqari davrda doping-sinamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
v) 2023-yil 15-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda antidoping nazorati va monitoringi sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish;
sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasini yaratish;
bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy etish nazarda tutilsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
g) 2024-yil 1-yanvarga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda sportda doping qo‘llanishining oldini olish va antidoping qoidalarini o‘rgatish, shuningdek, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun onlayn va oflayn tarzda malaka oshirish kurslarini tashkil etsin.
51. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq sportda antidoping qoidabuzarliklar yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar (shu jumladan, Milliy antidoping agentligi huzuridagi komissiyalar qarorlari) bo‘yicha nizolar Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning faoliyat yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning 2023-yilda Davlat budjetida Yoshlar siyosati va sport vazirligi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
7. Milliy antidoping agentligi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
9. Milliy antidoping agentligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy antidoping agentligi direktori A.A. Sadikov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
PQ-149-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga 1-ILOVA
Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Quyidagilar Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) sportda dopingning oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(“a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
b) Butunjahon antidoping kodeksi va xalqaro antidoping standartlari asosida milliy antidoping qoidalari hamda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
v) olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilardan muntazam ravishda doping-testlarni olish va tekshirib borish;
g) antidoping nazoratining samarali tizimini qo‘llagan holda farmakologik ta’sir ko‘rsatuvchi dorivor vositalar va boshqa moddalarning sportda qo‘llanishini nazorat qilish;
d) doping-testlar va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, mamlakat sportchilari haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlash uchun mo‘ljallangan antidoping ma’muriyatchiligi va menejment (ADAMS tizimi) bo‘yicha onlayn tizimni qo‘llash;
e) antidoping nazorati sohasida ilg‘or uslublar va texnologiyalarni o‘zaro almashish hamda ularni joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
j) sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga sportda doping qo‘llanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim dasturlarini realizatsiya qilish, sog‘lom va halol sportni targ‘ib qilish;
z) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
* Axloq komissiyasi faoliyatini amalga oshirishda Milliy antidoping agentligidan boshqaruv jihatidan mustaqil hisoblanadi.
** Komissiya a’zolari tarkibi turli tashkilotlarda faoliyat olib boradigan mustaqil ekspertlardan shakllantiriladi va ular ishga zarurat bo‘lganda jalb qilinadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga 3-ILOVA
Milliy antidoping agentligi faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish muddati
Mas’ullar
Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi
I. Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilishga oid tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar
1.
Antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda taqiqlangan dori vositalari va boshqa moddalar qo‘llanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Farmakologik ta’sirga ega taqiqlangan dori preparatlari va boshqa moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining doimiy yangilab borilishi ta’minlanadi.
Sportda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlik amalga oshiriladi.
2.
Doping-testlar va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Butunjahon dopingga qarshi kurashish agentligining respublika sportchilari haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlash uchun mo‘ljallangan antidoping ma’muriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) bo‘yicha onlayn tizimini qo‘llash.
Reja asosida 2023-2024-yillar davomida
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
ADAMS ma’lumotlarni to‘plash va saqlash uchun mo‘ljallangan antidoping ma’muriyatchiligi va menejmenti onlayn tizimini qo‘llash orqali sportchilarning doimiy nazorati va boshqaruvi ta’minlanadi.
3.
Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada kuchaytirish va ish uslubini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.
Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va bu borada samarali ish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha agentlik tuzilmasi va nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda lavozim yo‘riqnomalari va vazifalar taqsimotini puxta ishlab chiqib, tasdiqlash.
2023-yil may
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Milliy antidoping agentligi faoliyati yanada takomillashtiriladi.
4.
Milliy antidoping agentligiga oid normativ- huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish hamda Butunjahon antidoping kodeksiga hamohang bo‘lgan milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish.
2023-yil oktabr
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Milliy antidoping qonunchiligi asosida agentlik va sport tashkilotlari faoliyati bo‘yicha sohaga oid me’yoriy hujjatlar tizimlashtiriladi.
5.
Hukumat qarorlarini xatlovdan o‘tkazish.
Zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil iyun
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Tegishli Hukumat qarorlarini xatlovdan o‘tkazib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtiriladi.
II. Milliy antidoping agentligida korrupsiyaning oldini olish, uning rivojlanish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish
6.
Milliy antidoping agentligida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning oldini olish, agentlikda mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, axborot-targ‘ibot materiallari va boshqa vositalardan foydalangan holda korrupsiya omillarini bartaraf etish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida agentlik xodimlarining bilimlarini oshirishga qaratilgan maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan, mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari o‘tkaziladi.
7.
Xodimlarni ishga qabul qilishda ular tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Xodimlar bilan mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvga asosan, poraxo‘rlik va tovlamachilikning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish tizimi samarali tashkil etilishi ta’minlanadi.
8.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Milliy antidoping agentligini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini sidqidildan va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
O. Xasanov
Agentlik malakali kadrlar bilan butlanadi va vazifalar ijrosi samarali tashkil etiladi.
III. Antidoping sohasini raqamlashtirish orqali doping qoidabuzarliklarini kamaytirish
9.
Sohani raqamlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar kesimida yagona axborot tizimini ishga tushirish. Jumladan:
doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish;
sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasini yaratish;
Butunjahon antidoping agentligi tomonidan tavsiya qilingan sportda taqiqlangan moddalar va boshqa uslublar bo‘yicha yillik ro‘yxat ishlab chiqish va Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy qilish.
Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini bosqichma-bosqich joriy etish va axborot tizimlarini to‘liq ishga tushirish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov,
Raqamli texnologiyalar vaziri
Sh. Shermatov
Sportchilar o‘rtasida dopingga qarshi kurashish jarayonlari kuchaytiriladi va shaffoflik hamda tezkorlik ta’minlanib, yagona elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
10.
Butunjahon antidoping agentligining xalqaro doping ofitser tayyorlash kursida Milliy antidoping agentligi mutaxassislarini o‘qitib xalqaro toifadagi doping ofitserlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2023-yil iyul
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Yurtimizda va xorijda o‘tkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalarni olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (ITA — International Testing Agency) o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
11.
Sportchilarda doping va doping oqibatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi uchun ta’lim elektron platformasini yaratish hamda o‘quv kurslari yakunida maxsus testlarni o‘tkazgan holda onlayn QR-kodli sertifikatlashni yo‘lga qo‘yish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Joylarda 20 mingdan ziyod sportchi va mutaxassislarning antidoping qoidalari bo‘yicha bilim saviyasi oshiriladi.
Taqiqlangan moddalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va dopingga qarshi kurashish, bu borada o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda trener va tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish bo‘yicha dastur va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi bilan yiliga 2,5 ming nafar trenerlar va tibbiyot xodimlarining bilimi oshiriladi.
Malaka oshirish kurslarining sayyor holda o‘tkazilishi tinglovchilar uchun qulayliklar yaratadi.
13.
Sportchi va trenerlarning dopingga qarshi kurashish va doping profilaktikasi bo‘yicha savodxonligini oshirish maqsadida2023-yilgi kalendar reja asosida ta’lim tadbirlarini o‘tkazish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlaridagi 15 ming nafar sportchi va trenerlar qamrab olinadi.
14.
Butunjahon antidoping agentligining “ADeL” elektron o‘quv platformasi asosida o‘zbek tilida antidoping qoidalari bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
2023-yil yakuniga qadar
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
O‘zbek tilida 20 ta antidoping elektron o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali tizimga kiritilayotgan yangilik va qo‘shimchalar mutaxassislar e’tiboriga yetkaziladi.
15.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlarining binolarida profilaktik targ‘ibot bannerlarini o‘rnatish (yangilash) hamda antidoping burchaklarni tashkil qilish.
2023-yil iyul
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov,
Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari
Sh. Maxmudov
Respublikadagi sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va sport klublarida antidoping qoidabuzarliklar haqida aholi xabardorligi oshiriladi.
IV. Sportda antidoping sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash
16.
Antidoping nazorati sohasida ilg‘or uslublar va texnologiyalarni o‘zaro almashish hamda ularni joriy qilish maqsadida yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil qilish va o‘tkazish.
2023-yil sentabr oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOKA) boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish.
Milliy antidoping agentliklari faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan trening sessiyasi o‘tkazish.
2023-yil sentabr-oktabr
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov,
Tashqi ishlar vaziri
B. Saidov
Antidoping nazorati sohasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi va mustahkamlanadi.
17.
Xalqaro test agentligi (ITA) bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish.
2023-yil iyul
Milliy antidoping agentligi direktori
A. Sadikov
Xalqaro test agentligi (ITA) bilan aloqalar rivojlantiriladi, shuningdek, antidoping sohasidagi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3457-son qarorida:
a) nomlanishi va 1-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
g) 15-banddagi “Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov” so‘zlari “Bosh vaziri A.N. Aripov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 31-pozitsiyasidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5057-son qarorida:
a) nomlanishi va 1-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandidagi “bosh direktori” so‘zlari “direktori” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat Budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-471-son qaroriga 1-ilovaning 6.8-pozitsiyasidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)