1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yish, aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlash maqsadida:
1. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlikni kuchaytirish;
etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlikni ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat ko‘rsatish belgisi)]
o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlik subyektlariga 1-ilovaga muvofiq faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga qo‘yiladigan cheklovlarni belgilash.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Bosh prokuratura Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
2. Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
2-ilovaga muvofiq murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi;
huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi;
musodara qilingan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan oziq-ovqat hamda alkogol va tamaki mahsulotlari jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida yo‘q qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2-ilovada ko‘rsatilgan murojaatlarni yagona axborot tizimi orqali qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
2023-yil 1-iyuldan boshlab ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
2023-yil 1-avgustdan boshlab alkogol mahsulotlarining tovar belgilari belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekitson Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
2023-yil 1-sentabrdan boshlab tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi, bundan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha litsenziya yoki xabarnomaga ega bo‘lgan subyektlar mustasno;
biriktirilgan hududda kontrafakt va iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq holatlarning sodir etilishi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari faoliyatini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
birja savdolarida xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirtining o‘z ehtiyojidan ortgan qismini realizatsiya qilish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi;
yil davomida birja savdolari orqali xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirti miqdori tadbirkorlik subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvati uchun iste’mol va texnik etil spirtining talabiga nisbatan 110 foizdan oshganda, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda ushbu tadbirkorlik subyektlari tomonidan iste’mol va texnik etil spirtidan maqsadli foydalanilishini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
5. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tadbirkorlik subyektlarning yillik ishlab chiqarish quvvati uchun iste’mol va texnik etil spirtining talabi hamda birja savdolari orqali xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirti miqdorining hisobini yuritib borsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
6. Soliq qo‘mitasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi bilan integratsiya qilish hamda undagi ma’lumotlardan huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli davlat organlari tomonidan foydalanish imkonini yaratish choralarini ko‘rsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
litsenziya (xabardorlik) talablari va shartlarini bajarmagan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda choralar ko‘rsin va har chorakda natijasini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka e’lon qilib borsin;
2023-yil 1-iyunga qadar alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz markalarining yangi namunasini joriy etish choralarini ko‘rsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
ikki oy muddatda litsenziya, ruxsat berish hujjati yoki xabardorlik faoliyati (harakati) to‘xtatilgan, bekor qilingan (tugatilgan) tadbirkorlik subyektlarining xatlanmagan ishlab chiqarish xomashyolari va realizatsiya qilinadigan mahsulotlarini sotish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Adliya vazirligi kontrafakt tovarlar muomalasiga barham berish maqsadida uch oy muddatda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
8. Bosh prokuratura bir oy muddatda iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tekshiruvlarni o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda sifatsiz va qalbaki tovarlarning iste’molga yaroqli tovarlardan farqi va ularning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sirini yoritib borishga alohida e’tibor qaratgan holda, “Sifat nazorati” teleko‘rsatuvini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
sifat nazoratini amalga oshiruvchi tashabbuskor jamoatchilik vakillari tomonidan tasvirga olingan videolavhalarni barcha telekanallar orqali namoyish etish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iste’mol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tegishli litsenziya (ruxsat etish, xabarnoma hujjati) va seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat o‘z ehtiyojlari uchun oxirgi iste’molchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga;”.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
PQ-110-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga 1-ILOVA
Litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qo‘shimcha talablar o‘rnatilayotgan faoliyat yo‘nalishlari
RO‘YXATI
I. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari:
1. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish.
2. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.
3. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno).
II. Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:
6. Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish.
7. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish.
8. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish.
9. Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish.
10. Pivo mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga 2-ILOVA
Sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yish bo‘yicha murojaatlar yagona axborot tizimi orqali yuboriladigan faoliyat turlarining
RO‘YXATI
1.
Adliya vazirligi
tovar ishlab chiqaruvchining nomidan yoki tovar belgisidan (shunga o‘xshatib) yoxud tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish yoki o‘tkazish;
mualliflik va turdosh huquqlarni buzish;
ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzish;
2.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va realizatsiya qilish joylarida hasharot va kemiruvchilarning mavjudligi;
oziq-ovqat mahsulotini ushbu maqsadga mo‘ljallanmagan joyda tayyorlash, saqlash va sotish;
sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotini sotish;
oziq-ovqat tayyorlash va sotish joyining sanitariya holati o‘ta qoniqarsiz holatdaligi;
3.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
savdo obyekti tomonidan sotuvga qo‘yilgan tovarga narxnoma qo‘yilmaganligi;
sotuvga qo‘yilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilishi;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qo‘ygan holda sotish;
ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart bo‘lgan tovarlarni bunday talablarga rioya etmasdan sotish;
4.
Ichki ishlar vazirligi
sifatsiz yoki kontrafakt dori vositasilari va tibbiy buyumlarni sotish;
qalbaki, sertifikati bo‘lmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish;
retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni retseptsiz sotish;
5.
Soliq qo‘mitasi
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;
majburiy raqamli markirovka kodi bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotini sotish;
ruxsati bo‘lmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish;
sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish;
6.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
iste’molga yaroqsiz go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotish;
go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini veterinariya ekspertizasidan o‘tkazmasdan realizatsiya qilish;
go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda sotish;
go‘sht va go‘sht mahsulotlarini belgilanmagan transport vositalarida tashish.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 07/23/110/0194-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)