1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydon sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2022-yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi.
Prognoz ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil vegetatsiya davrida suv resurslari hajmi ko‘p yillik me’yorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10 — 15 foizga, Amudaryo havzasida 15 — 20 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda.
2023-yil yozgi sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
1. 2023-yilda mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mavjud suv resurslarini suv iste’molchilari orasida qat’iy taqsimlagan holda foydalanish;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish;
irrigatsiya tizimlarida suv yo‘qotishlarni kamaytirish;
suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali to‘lov shaffofligini oshirish;
suv resurslarning boshqaruviga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish.
2. Suv xo‘jaligi vazirligining suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda 2023-yilda hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun 1-ilovaga muvofiq suv olish limitlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suv xo‘jaligi vazirligi (A.S. Nazarov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2023-yilda tumanlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv iste’molchilari kesimida suv olish limitlarini ishlab chiqsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
3. Suv xo‘jaligi vazirligiga O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat Budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan, istisno tariqasida, 2023-yilda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan diskret sug‘orish tizimlarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ham ajratilishiga ruxsat beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son qarorida belgilangan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash tartibi saqlab qolinadi.
4. 2023-yilda suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli qurilmalarni joriy qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari Suv xo‘jaligi vazirligi (A.S. Nazarov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (O.A. Pekos) bilan birgalikda 2-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (M.M. Mirzayev) Suv xo‘jaligi vazirligi (A.S. Nazarov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Q.A. Yuldashev) va Qashqadaryo viloyati hokimligi (M.B. Azimov) bilan birgalikda:
2028-yil 1-martga qadar Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tasarrufida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilishi, moliyalashtirish soliq organlarining moddiy rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi, foydalanilgan suv resurslarining iste’molchilar kesimida aniq hisobini yuritish tizimi yaratilishi va boshqa zaruriy chora-tadbirlar nazarda tutilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.D. Qudbiyev) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 31-dekabrga qadar suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali to‘lov shaffofligini oshirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son)
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish bo‘yicha to‘lovlarini maqbullashtirish;
qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini qayta ko‘rib chiqish;
suv xo‘jaligida maxsus xizmatlarning moliyalashtirilish tizimini takomillashtirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
7. Suv xo‘jaligi vazirligi (A.S. Nazarov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (O.A. Pekos) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (M.M. Mirzayev) bilan birgalikda suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Suv hisobi” AT) yaratsin.
8. 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” ATning joriy qilinadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.
9. Quyidagi ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi korxonalari va dehqon xo‘jaliklari kesimida “Suv hisobi” ATga kiritib borilishi ta’minlansin:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yili 10-mayga qadar asosiy maydonlarga ekiladigan ekin turlari (paxta, g‘alla, poliz, sabzavot, sholi va boshqalar), har yili 15-iyulga qadar takroriy maydonlarga ekiladigan ekin turlari to‘g‘risida;
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yili 1-avgustga qadar joriy yilda ekilgan ekin turlari bo‘yicha belgilangan suv iste’moli normativlari va suv olish limitlari to‘g‘risida.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.D. Qudbiyev):
2024-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari uchun suvni o‘lchash va boshqarishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga kamaytiruvchi va mazkur texnologiyalar o‘rnatilmagan hollarda soliq stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash bo‘yicha 2023-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yil uchun Davlat budjetini ishlab chiqishda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilish choralarini ko‘rsin.
11. Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A.Ya. Xaydarov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (T.A. Sattarov) bilan birgalikda 2023-yil noyabr oyiga qadar 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablag‘larining 50 foizini olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (D.Sh. Sultanov) Suv xo‘jaligi vazirligi (A.S. Nazarov) bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar Suv xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan har oyda suv xo‘jaligi maxsus xizmatlari xodimlari ish haqini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larning Suv xo‘jaligi vazirligining alohida hisob raqamiga o‘tkazib borishni tashkil qilish bo‘yicha taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) Suv xo‘jaligi vazirligi (Z.A. Irisboyev) bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (D.Sh. Sultanov):
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
uch oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilingunga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-aprel,
PQ-107-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun
SUV OLISH LIMITLARI
Hududlar nomi
Suv olish limiti
mln kub metr
shu jumladan oylar bo‘yicha
aprel
may
iyun
iyul
avgust
sentabr
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3 856,6
460,5
609,6
794,9
837,5
664,3
489,9
Andijon viloyati
1 702,0
197,8
200,3
278,1
476,9
306,1
242,7
Buxoro viloyati
2 077,3
199,4
208,5
374,6
721,8
458,2
114,8
Jizzax viloyati
1 870,3
240,7
299,3
352,6
450,8
319,9
207,0
Qashqadaryo viloyati
2 998,0
465,6
374,8
570,6
848,5
495,7
242,9
Navoiy viloyati
869,0
125,7
143,8
151,4
161,5
150,1
136,5
Namangan viloyati
1 709,7
194,5
273,4
316,5
427,7
349,0
148,6
Samarqand viloyati
2 290,5
213,0
324,9
417,2
542,5
359,0
433,9
Surxondaryo viloyati
2 361,7
276,5
376,0
435,8
494,9
376,8
401,7
Sirdaryo viloyati
1 647,3
150,0
214,4
350,1
468,4
321,3
143,1
Toshkent viloyati
2 395,1
331,0
402,3
440,9
573,6
438,2
209,1
Farg‘ona viloyati
2 086,4
262,8
337,5
373,5
419,7
362,5
330,4
Xorazm viloyati
2 588,8
255,6
415,3
535,2
602,8
526,4
253,7
JAMI
28 452,6
3 373,1
4 179,9
5 391,4
7 026,6
5 127,4
3 354,3
Izoh: manbalardagi suvning haqiqiy miqdoridan va ob-havo sharoitidan kelib chiqib, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv olish limitlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 2-ILOVA
2023-yilda suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli qurilmalarni joriy qilish bo‘yicha
PROGNOZ KO‘RSATKICHLAR
Hududlar nomi
Jami talab etiladigan mablag‘
(mlrd so‘m)
shu jumladan
“Aqlli suv” qurilmalari
“Dayver” qurilmalari
suv xo‘jaligi obyektlarini avtomatlashtirish
Qurilmalar
(dona)
Qiymati
(mlrd so‘m)
qurilmalar
(dona)
qiymati
(mlrd so‘m)
obyektlar
(dona)
qiymati
(mlrd so‘m)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
29,4
733
21,9
262
6,5
2
1,0
Andijon viloyati
49,1
1 503
45,1
141
3,5
1
0,5
Buxoro viloyati
30,2
752
22,5
242
6,2
3
1,5
Jizzax viloyati
15,8
362
10,9
174
4,4
1
0,5
Qashqadaryo viloyati
32,8
846
25,4
276
6,9
1
0,5
Navoiy viloyati
8,5
183
5,5
102
2,5
1
0,5
Namangan viloyati
44,6
1 360
40,8
113
2,8
2
1,0
Samarqand viloyati
23,8
708
21,2
66
1,6
2
1,0
Surxondaryo viloyati
20,1
560
16,8
113
2,8
1
0,5
Sirdaryo viloyati
30
848
25,4
165
4,1
1
0,5
Toshkent viloyati
46,1
1 416
42,5
104
2,6
2
1,0
Farg‘ona viloyati
50,2
1 479
44,5
187
4,7
2
1,0
Xorazm viloyati
10
187
5,6
155
3,9
1
0,5
JAMI
390,6
10 937
328,1
2 100
52,5
20
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihalariga tatbiq etilmaydi. Bunda, mevali bog‘ va tokzorlar barpo etgan talabgorlar tomonidan murojaat qilinganda ularga subsidiya mablag‘larining 100 foizi ajratiladi”;
“2023-yil 1-apreldan boshlab mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablag‘lari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga alohida maxsus hisobraqamlar (23210) ochish orqali birinchi navbatda ajratilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladi”;
2-banddagi jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
ming so‘m
Suvni tejaydigan sug‘orish tizimi turi
Paxta
Don ekinlari
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Poliz ekinlari
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar
Mevali ekinlar
Uzum
Tomchilatib sug‘orish
8 000*
x
8 000
1 300
2 500***
6 000
8 000
Keng qamrovli va mobil sug‘orish tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 500***
x
x
“Sprinkler” tizimi
x
8 000**
8 000
x
2 000***
x
x
Diskretli sug‘orish
4 000
x
x
x
x
x
x
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun 12 000 ming so‘m etib belgilanadi.
** Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming so‘m etib belgilanadi.
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sug‘orish, keng qamrovli va mobil sug‘orish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xo‘jaliklariga 8 000 ming so‘m etib belgilanadi”;
3.1-pozitsiyadagi “gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli gidravlik avtomat filtr va o‘g‘it berish moslamasi” so‘zlari “gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va o‘g‘it berish moslamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3.2-pozitsiyadagi “gidrotsiklonli, qumli, diskli yoki setkali hamda tozalanishi avtomatlashtirilgan filtr va o‘g‘it berish moslamasi” so‘zlari “diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va o‘g‘it berish moslamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1 gektar ekin maydoni uchun 25 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha loyiha sonidan qat’i nazar, tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
Diskretli sug‘orish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda
”;
“Donli ekinlar*” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Donli ekinlar*
Keng qamrovli va mobil sug‘orish
1 gektar ekin maydoni uchun 25 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha loyiha sonidan qat’i nazar, tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
“Sprinkler” tizimi
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-son qaroriga 1-ilovada:
a) 19-banddagi “hududiy ishchi guruhga” so‘zlari “tegishli vazirlik va idoralarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatining 1421- va 1431-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 441-son qaroriga 3-ilovaning 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4499-son qarorining 11-bandi hamda qarorga 2-ilova.