Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3224-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-avgustdagi 19/1-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3669, 18.08.2025-y.) asosan 2025-yil 20-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-son qarori (roʻyxat raqami 3224, 2020-yil 10-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 10/20/3224/0312-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-yanvar,
1/13-son
Kelishildi:
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2023-yil 13-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 21-yanvardagi 1/13-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish tartibini belgilaydi”.
2. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt oydan oshmasligi kerak. Bunda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Foydalanuvchilarning elektron raqamli imzo ochiq kalitlarini avtomatlashtirilgan bank tizimida roʻyxatga olinishi va hisobi yuritilishi kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2023-y., 10/23/3224-2/0064-son)