1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga band bo‘lmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq to‘lash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga zarur yordamni ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
600-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 1-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga band bo‘lmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari favqulodda holat joriy etilgan hududda volontyorlik yordamini ko‘rsatayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari ta’sirini tugatish va bartaraf etishga, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar;
buyurtmachi — ish beruvchi — mazkur Nizomga muvofiq avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tashabbuskor (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar);
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, odamlar hayoti, sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishga hamda jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan harakatlar;
favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
3. Band bo‘lmagan aholi quyidagi alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va ta’minlashga jalb etilishi mumkin:
uy-joy fondi, kommunal soha va boshqa infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini tiklash;
ko‘chalarni, yo‘llarni va yo‘lkalarni ta’mirlash;
irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari tashkilotlaridagi ishlar;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari;
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar.
4. Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Band bo‘lmagan aholini alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga jalb qilish tartibi
5. Hudud komendanti zaruratga ko‘ra favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni (keyingi o‘rinlarda — vaqtinchalik ishlar) amalga oshirish hamda ta’minlashga band bo‘lmagan aholini jalb etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda — maxsus ishchi guruh) tuzish bo‘yicha taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish nazarda tutilgan bo‘lsa, maxsus ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi rahbarligida hudud komendaturasi tarkibida tuziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi (hudud komendaturasi) bir ish kuni mobaynida o‘z tarkibida maxsus ishchi guruhni tuzadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7. Maxsus ishchi guruh bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatda turgan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan ishsiz mahalliy aholining (keyingi o‘rinlarda — jismoniy shaxslar) ro‘yxatini shakllantiradi, shuningdek, ushbu ro‘yxatni tizimli ravishda yangilab va to‘ldirib boradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
8. Vaqtincha ishlarga:
a) 18 yoshga to‘lgan, bilimi, malakasi va sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilishga qodir bo‘lgan jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin;
b) quyidagi jismoniy shaxslarni jalb etish taqiqlanadi:
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar;
mehnatga layoqatsiz shaxslar;
homilador ayollar;
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan shaxslar;
12 yoshgacha bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysi;
35 yoshgacha bo‘lgan ayollar, agar ishlar ionlashtiruvchi nurlanish xavfi zonasida amalga oshirilsa.
9. Vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishga mas’ul buyurtmachi — ish beruvchilar zaruratga ko‘ra maxsus ishchi guruhga vazifalarni bajarishga jismoniy shaxslarni jalb etish yuzasidan buyurtmalar bilan murojaat qiladi.
10. Maxsus ishchi guruh buyurtmachi — ish beruvchilar buyurtmalariga muvofiq bir ish kuni davomida Bo‘lim va buyurtmachi — ish beruvchilar o‘rtasida vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan shaxslar ro‘yxatini ilova qilgan holda favqulodda holatning amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
11. Bo‘lim shu kunning o‘zida tuzilgan shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Vaqtinchalik ishlarga jalb etilgan jismoniy shaxslarning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq to‘lash tartibi
12. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilishdan oldin:
ushbu Nizom talablariga muvofiq bir ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
mehnatni tashkil etish va mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
13. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda jismoniy shaxslarning vaqtinchalik ishlarda qatnashgan davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron mehnat daftarchalarida aks ettiriladi.
14. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq mehnat muhofazasi talablariga mos sharoitlarni ta’minlaydi.
15. Jismoniy shaxslar uchun ish vaqtining davomiyligi mehnat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Buyurtmachi — ish beruvchi ish kuni va ish haftasini tashkil etishning moslashuvchan shakllaridan foydalanishga, shuningdek, ishlagan soatlarga mutanosib ravishda haq to‘lanadigan ishlarni bajarish uchun qisqartirilgan ish vaqtini joriy etishga haqli.
16. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslar uchun vaqtinchalik ishlarning hajmini belgilaydi hamda ularning ish vaqtini hisobga olib boradi.
17. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda) jismoniy shaxslarga amalda bajargan ishi uchun tashkilotdagi amaldagi stavkalar va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda, ammo oyiga mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lmagan va mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi.
18. Buyurtmachi — ish beruvchilar ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan to‘lovlardan tashqari budjetdan tashqari jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan mehnatga qo‘shimcha rag‘batlantirish belgilashi mumkin.
19. Buyurtmachi — ish beruvchilar oy yakunida Bo‘limga jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblangan qaydnomalarni taqdim etadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
20. Bo‘lim bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga g‘aznachilik memorial orderlari yoki to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi.
Buyurtmachi — ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarni bajarishga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
21. Jismoniy shaxslarning vaqtincha ishlarni amalga oshirish vaqti mehnat stajiga kiritiladi. Ushbu jismoniy shaxslar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini olish huquqini saqlab qoladilar.
22. Jismoniy shaxslarning mehnat majburiyati buyurtmachi — ish beruvchi tomonidan belgilangan vaqtda yoki favqulodda holat bekor qilingan paytdan kechiktirmay tugatiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 204-moddasi.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasida favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni (keyingi o‘rinlarda — vaqtinchalik ishlar) amalga oshirish hamda ta’minlashga band bo‘lmagan aholini jalb etish to‘g‘risida taklif kiritadi
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi (hudud komendaturasi)
Tarkibida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi rahbarligida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda — maxsus ishchi guruh) tuzish bo‘yicha farmoyish qabul qiladi
Bir ish kunida
3-bosqich
Maxsus ishchi guruh
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatda turgan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan ishsiz mahalliy aholining (keyingi o‘rinlarda — jismoniy shaxslar) ro‘yxatini shakllantiradi
Bir ish kunida
4-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Maxsus ishchi guruhga vaqtinchalik ishlarni bajarishga jismoniy shaxslarni jalb etish yuzasidan buyurtmalar bilan murojaat qiladi
Zaruratga ko‘ra
5-bosqich
Maxsus ishchi guruh
Bo‘lim va buyurtmachi-ish beruvchilar o‘rtasida vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan shaxslar ro‘yxatini ilova qilgan holda favqulodda holatning amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi
Bir ish kunida
6-bosqich
Bo‘lim
Tuzilgan shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachilik boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazadi
Bir ish kunida
7-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazadi
Bir ish kunida
8-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslar uchun vaqtinchalik ishlarning hajmini belgilaydi hamda ularning ish vaqtini hisobga olib boradi
Mehnat shartnomasiga muvofiq
9-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslarga amalda bajarilgan ish uchun haq to‘laydi
Oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda)
10-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Bo‘limga jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblangan qaydnomalarni taqdim etadi
Oy yakunida
11-bosqich
Bo‘lim
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli G‘aznachilik bo‘linmalariga g‘aznachilik memorial orderlari yoki to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi
Bir ish kunida
12-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli G‘aznachilik bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachi — ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarni bajarishga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab beradi
Bir ish kunida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 2-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — jabrlanganlar) zarur yordamni ko‘rsatish va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari ta’sirini tugatish va bartaraf etish, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar;
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, odamlar hayoti, sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish hamda jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan harakatlar;
favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
2-bob. Jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish tartibi
3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hudud komendanti bilan kelishilgan holda favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish ehtiyojini, shu jumladan, ularni shaxsiy ma’lumotlari — yoshi, jinsi va boshqa aniqlovchi mezonlari asosida tasniflash orqali turar joy, oziq-ovqat, ichimlik suv, tibbiy xizmat va boshqa zarur insonparvarlik yordamiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi.
4. Jabrlanganlar uchun zarur yordamga quyidagilar kiradi:
vaqtincha yashab turish uchun turar joylar bilan ta’minlash;
kuniga uch mahal issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak (sovuq mavsumda — issiq kiyim), yoqilg‘i bilan ta’minlash;
tibbiy yordam, reabilitatsiya yordami;
favqulodda holat joriy etilgan davrda faoliyati cheklanishi tufayli daromadi yo‘qolgan taqdirda, eng zarur tovarlar bilan ta’minlash va moddiy yordam ko‘rsatish;
vaqtinchalik ishga joylashishga ko‘maklashish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi Farmoniga asosan favqulodda chora sifatida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan aholini hamda favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar oqibatlaridan qochish uchun uylarini (turar joylarini) tark etishga majbur bo‘lgan shaxslarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki ko‘chma turar joylar bilan ta’minlash (tashkil etish) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoxud Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tashkil etilganda ushbu Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Jabrlanganlarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar joylar bilan ta’minlash yoki ularga ko‘chma turar joylarni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi Farmoni bilan belgilangan hududlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida evakuatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — evakuatsiya komissiyasi) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
7. Favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki hudud komendaturasi tomonidan tegishli evakuatsiya komissiyalariga vaqtincha yashab turish uchun turar joylarga muhtoj jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi hamda ularning evakuatsiyasi tashkil etiladi.
8. Evakuatsiya komissiyalari jabrlanganlarga vaqtincha yashab turish uchun birinchi navbatda statsionar turar joylarni jamoat va ma’muriy bino va inshootlarda (sog‘lomlashtirish muassasalari, ta’lim tashkilotlari, bolalar dam olish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalar va boshqalarda) tayyorlaydi.
Jabrlanganlarni statsionar turar joylar bilan ta’minlash imkoni cheklanganda ularga evakuatsiya komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda vaqtincha yashab turish uchun ko‘chma turar joylar — palatkali shaharchalar barpo etiladi.
Jabrlanganlarning vaqtinchalik turar joylardagi hayot faoliyatini ta’minlash tegishli evakuatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jabrlanganlarni eng zarur tovarlar bilan ta’minlash hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan yordamga muhtoj shaxslar ro‘yxatiga muvofiq mavjud favqulodda holatni ta’minlash uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy resurslar, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining zaxiralari hamda insonparvarlik yordami sifatida taqdim etilgan moddiy va moliyaviy resurslar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Jabrlanganlarni issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shaklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya ko‘magida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tashkil etiladi.
11. Favqulodda holat joriy etilishi uchun asos bo‘lgan holatlar natijasida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, reabilitatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam tartibida amalga oshiriladi.
Tibbiy yordam tibbiy-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
12. Jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam miqdori va uni taqdim etish tartibi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbarining alohida qarori bilan belgilanadigan ijtimoiy to‘lovlar tartibida amalga oshiriladi.
13. Favqulodda holat joriy etilgan hududdagi band bo‘lmagan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan mehnatiga haq to‘lanadigan vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etilishiga ko‘maklashiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Jabrlanganlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi
14. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi sababli yetkazilgan quyidagi zararlar qoplanishi lozim:
jabrlanganlarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar;
butunlay yo‘q qilingan va tiklashning imkoni bo‘lmagan mol-mulkning bozor qiymati.
15. Jabrlanganlarning mol-mulki tegishli xavf bo‘yicha sug‘urta qilingan holatlarda ularga yetkazilgan zarar tegishli sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
16. O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar, ishlab chiqarishlar va boshqa bino va inshootlarning qiymati, shuningdek, jabrlanganlarning boy bergan foydasi qoplanmaydi.
17. Jabrlanganlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, ularga bepul zarur tibbiy yordam ta’minlanadi, fuqaro halok bo‘lgan taqdirda esa — qonunchilikka muvofiq uning oila a’zolariga pensiya yoki boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi.
18. Hudud komendanti yuridik yoki jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkini yoki uning bir qismini, transport vositasini, mashina va mexanizmlarni, asbob-uskunalar yoki boshqa mulklarni, agar ulardan foydalanish avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun o‘ta zarur bo‘lsa va ularni tezkor yetkazib kelish imkoniyati mavjud bo‘lmasa yoki ko‘p harakatlarni talab qilsa, ularni majburiy foydalanish uchun vaqtincha olib qo‘yish (rekvizitsiya) to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
19. Majburiy foydalanish hudud komendanti tomonidan belgilangan muddatda, ammo favqulodda holat amal qilish muddatidan kechiktirmay to‘xtatiladi.
20. Majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish hudud komendanti tayinlagan mansabdor shaxs (keyingi o‘rinlarda — mansabdor shaxs) tomonidan amalga oshiriladi.
21. Hudud komendanti va mansabdor shaxs majburiy foydalanish uchun olib qo‘yishni amalga oshirishda ashyoning mulkdori yoki egasidan olib qo‘yilishi yoki majburiy foydalanilishi kerak bo‘lgan ko‘chma ashyoni topshirish uchun yetkazib berishga majburlashga haqli.
22. Majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi ashyoning mulkdoriga yoki egasiga beriladi.
Favqulodda holat amal qilish muddati tugagandan so‘ng saqlanib qolingan majburiy foydalanish uchun olib qo‘yilgan ashyo sobiq mulkdori yoki egasiga qaytarib beriladi.
23. Majburiy olib qo‘yilgan ashyoning yo‘q qilinganligi va (yoki) shikastlanganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
24. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
25. Shikastlangan yoki yo‘q qilingan mulkning egasi yoki mulkdori (keyingi o‘rinlarda — mol-mulk egasi) favqulodda holat amal qilish muddati tugagan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun mobaynida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga moddiy zararni qoplash to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan arizani taqdim etadi.
26. Zararni qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
mol-mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (bunday hujjat yo‘qolgan yoki yo‘q qilingan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma);
mulkni majburiy begonalashtirish yoki majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomaning nusxasi;
yo‘qolgan va / yoki shikastlangan mulk ro‘yxati.
27. Arizalar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etiladi.
28. Moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.
29. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi ariza ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan yetkazilgan zarar miqdori baholanishini tashkil etadi.
30. Yetkazilgan zarar miqdorini baholash quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
mol-mulk egasi uch ish kunigacha baholovchi tashkilotni tanlaydi;
baholovchi tashkilot bir ish kunida mol-mulk egasi bilan kelishgan holda baholash vaqti va joyini belgilaydi;
baholovchi tashkilot besh ish kunigacha mol-mulk egasi ishtirokida zararlangan mulkni baholaydi;
baholovchi tashkilot bir ish kunida baholash hisobotini tayyorlaydi, mol-mulk egasini tanishtiradi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi.
31. Zararni qoplash miqdori, ya’ni shikastlangan mulkni tiklash (ta’mirlash) uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va (yoki) buzilganligi sababli mulkning eskirish miqdorini yoki yo‘qolgan yoxud shikastlangan mol-mulkning eskirishini qoplash o‘sha vaqtda hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zararlangan mulkni tiklash (ta’mirlash) xarajatlari uni tiklash xarajatlarining smetasi yoki hisob-kitobi bilan tasdiqlanadi.
32. Mulk, agar uni qayta tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz bo‘lsa, yo‘q qilingan hisoblanadi. Mulkni tiklash uchun kutilayotgan xarajatlar zarar yetkazilgan kundagi uning bozor qiymatining sakson foizidan oshsa, mulkni tiklash iqtisodiy jihatdan asossiz deb hisoblanadi.
33. Baholovchi tashkilot tomonidan mulkiy zararni baholash ishlari tugagandan so‘ng mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi uch ish kunida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori bo‘yicha xulosa tayyorlaydi, tegishli qaror qabul qiladi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga ijro uchun yuboradi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasi mol-mulk egasiga mulkiy zararni qoplash to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qarorda qayd qilingan mol-mulk egasining bankdagi hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazadi.
Jabrlanganlarga yetkazilgan mulkiy zarar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
35. Turar joylarni tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz bo‘lganda ularning egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tekinga doimiy uy-joy berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekitson Respublikasi Uy-joy kodeksining 19-moddasi.
36. Yetkazilgan zarar qoplangandan so‘ng yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish jurnaliga to‘langan zarar miqdori sanasi va to‘lovning raqami ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv kiritiladi.
37. Mulkka yetkazilgan zararni qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
a) zarur shaklda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va asoslanmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 204-moddasi.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplashni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Shikastlangan yoki yo‘q qilingan mulkning egasi yoki mulkdori (keyingi o‘rinlarda — mol-mulk egasi)
Tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun arizani taqdim etadi
O‘ttiz kalendar kun mobaynida
2-bosqich
Mol-mulk egasi
Baholovchi tashkilotni tanlaydi
Uch ish kunigacha
3-bosqich
Baholovchi tashkilot
Mol-mulk egasi bilan kelishgan holda baholash vaqti va joyini belgilaydi
Bir ish kunida
4-bosqich
Baholovchi tashkilot
Mol-mulk egasi ishtirokida zararlangan mulkni baholaydi
Besh ish kunigacha
5-bosqich
Baholovchi tashkilot
Baholash hisobotini tayyorlaydi, mol-mulk egasini tanishtiradi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi
Bir ish kunida
6-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi
Mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori bo‘yicha xulosa tayyorlaydi, tegishli qaror qabul qiladi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga ijro uchun yuboradi
Uch ish kunida
7-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasi
Yetkazilgan mulkiy zararni qoplash to‘g‘risidagi qarorda qayd qilingan mol-mulk egasining bankdagi hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazadi
Uch ish kunida
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
___________________________________________
(Moddiy zararni aniqlash va qoplash komissiyasi raisining F.I.O. (agar mavjud bo‘lsa))
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish
JURNALI
T/r
Shikastlangan yoki yo‘q qilingan mulkning egasi yoki mulkdorning F.I.O.
Ariza qabul qilingan sana
Yashash manzili
Zararni qoplash sababi
Yetkazilgan moddiy zarar miqdori
Moddiy zararni qoplash uchun to‘lov topshiriqnomasining raqami va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 3-ILOVA
Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash shartlarini belgilaydi.
2. Favqulodda holat rejimini ta’minlash (saqlab turish) ishlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi Farmonida belgilangan favqulodda choralarni amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar kiradi.
3. Favqulodda holat joriy etilgan hududda qo‘llanilgan favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlarni amalga oshirishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi (keyingi o‘rinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar) xodimlari va harbiy xizmatchilari, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilari, shuningdek, ushbu ishlarga jalb etilgan band bo‘lmagan fuqarolar — favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar hisoblanadi.
2-bob. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi
4. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish):
xizmat (mehnat) qilayotgan fuqarolarni — ular xizmat (mehnat) qilayotgan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan;
band bo‘lmagan fuqarolarni — Hudud komendaturasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari rahbarligida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat tuziladigan favqulodda holat joriy etilgan hududda band bo‘lmagan aholini vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etish, shuningdek, ularning mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Hisobga olish tegishli davlat organi va tashkilot rahbarining favqulodda holatni ta’minlash (saqlab turish) ishlariga jalb etish to‘g‘risidagi buyruqlari, shuningdek, favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash ishlariga jalb etish bo‘yicha mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash shartlari
6. Qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar faqat favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar sifatida hisobga olingan fuqarolarga qo‘llaniladi.
7. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga quyidagi qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llaniladi:
a) favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilari pul ta’minoti (lavozim maoshi va harbiy (maxsus) unvon maoshi yig‘indisi), shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilarining lavozim maoshlari miqdori 1,5 oshirish koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlanadi;
b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilariga pensiya tayinlash uchun xizmat (harbiy xizmat) stajini hisoblashda:
favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davrdagi xizmat (harbiy xizmat) muddatining bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi;
favqulodda holat rejimini ta’minlash (saqlab turish) ishlarini bevosita amalga oshirishda olingan yaradorlik, kontuziya, tan jarohati va kasalliklar natijasida shifoxona va boshqa tibbiyot muassasalarida uzluksiz davolanishda bo‘lgan bir kun imtiyozli ravishda xizmatning (harbiy xizmatning) uch kuniga teng hisoblanadi;
v) favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etilgan band bo‘lmagan fuqarolarga:
buyurtmachi — ish beruvchi tashkilotlarda amalda bo‘lgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi;
buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan ish haqidan tashqari budjetdan tashqari jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan mehnatga qo‘shimcha rag‘batlantirish belgilanishi mumkin;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llaniladi.
8. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan to‘lovlarni to‘lash — ular favqulodda holat joriy etilgan hududda o‘z vazifalarini haqiqatda bajargan vaqt uchun (favqulodda holat joriy qilingan kundan oldin bo‘lmagan va favqulodda holatning amal qilish muddati tugagan kundan kechiktirmay) amalga oshiriladi.
9. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan davlat organlari va tashkilotlarda — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minlanadigan tashkilotlarda — ushbu tashkilotlarning moliyalashtirish (ta’minlash) manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 4-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirishda xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat joriy etishga xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda jabrlangan aholiga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar yoki notijorat tashkilotlar, xorijiy davlatlar fuqarolari (keyingi o‘rinlarda — donorlar) tomonidan taqdim etilgan beg‘araz yordam, shuningdek, ushbu yordamni tashish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar xalqaro insonparvarlik yordami (keyingi o‘rinlarda — xalqaro insonparvarlik yordami) hisoblanadi.
3. Xalqaro insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasiga, davlat boshqaruv organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar) berilishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu tovarlarni to‘lashni nazarda tutuvchi tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari)ga muvofiq olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
5. Xalqaro insonparvarlik yordamini (to‘liq yoki qisman) sotish taqiqlanadi.
6. Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
7. Donorlar xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish istagi bo‘yicha ular to‘g‘risidagi hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga murojaat yuboradilar.
Ushbu hujjatlarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadlari, nomenklaturasi va hajmi;
xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar (oxirgi oluvchilar) toifalari — jismoniy shaxslar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar yuridik shaxslarning to‘liq ro‘yxati;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish usuli;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish davriyligi yoki bir marta ko‘rsatilishi;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish muddati va/yoki uni to‘xtatish muddati.
8. Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Hukumat komissiyasi xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarni olgan kunning o‘zida ularni Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
9. Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Hukumat komissiyasining ishchi organiga (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) quyidagi javoblardan birini taqdim etishlari lozim:
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlar kelishilganligi;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari fikr-mulohazalar va/yoki takliflar bilan kelishilganligi;
xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari kelishilishi asosli ravishda rad etilganligi.
10. Ishchi organ tomonidan bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari bo‘yicha taqdim etilgan kelishuvlar, fikr-mulohazalar, takliflar va raddiyalar umumlashtirilib, axborot ma’lumotnomasi rasmiylashtiriladi va navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
11. Hukumat komissiyasi ikki ish kunida taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash (tasdiqlashni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
12. Hukumat komissiyasining qarori uning majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning o‘zida barcha tegishli davlat organlariga elektron shaklda ijro uchun yuboriladi. Ushbu bayonda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida belgilangan tartibda tegishli donorlar xabardor etilishi nazarda tutiladi.
13. Xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish, qabul qilish, tarqatish va ulardan foydalanishni nazorat qilish maqsadida ular majburiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
14. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha kelishilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hukumat komissiyasining tegishli bayoni kelib tushgan kunning o‘zida “Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha yagona reyestr” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
15. “Yagona reyestr” AT ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, shakllantiriladi va yuritiladi.
“Yagona reyestr” AT quyidagilarni nazarda tutadi:
xorijiy davlatlar bilan o‘zaro elektron hamkorlikni qo‘llagan holda xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish;
xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
xalqaro insonparvarlik yordamining barcha turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish;
davlat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun “Yagona reyestr” ATdan zarur axborotni berish.
16. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnoma bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar hamda tegishli davlat organlari — ijrochilarga yuboriladi.
3-bob. Xalqaro insonparvarlik yordamini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, taqsimlash va qabul qilish tartibi
17. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari sertifikatlashdan o‘tkazilganidan va Hukumat komissiyasi tomonidan kelishilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi mumkin.
18. Xalqaro insonparvarlik yordami xalqaro insonparvarlik yordami oluvchisiga amalda topshirilguniga qadar donorning mulki hisoblanadi.
19. Donorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini olib kirish jarayonini muvofiqlashtirish Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida Hukumat komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi insonparvarlik yordamini olish talabnomasi kiritiladi.
Istisno hollarda, asoslar mavjud bo‘lganda, talabnomani kiritish muddati uch ish kuniga qisqartirilishi mumkin.
21. Ishchi organ bir ish kunida kelib tushgan talabnomalar asosida olib kirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordamining dastlabki taqsimotini manfaatdor davlat organlari ishtirokida o‘tkazadi.
Ishchi organ tomonidan shu kunning o‘zida xalqaro insonparvarlik yordamining oluvchilar o‘rtasidagi taqsimoti loyihasini Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hukumat komissiyasi ikki ish kunida navbatdagi yig‘ilishida xalqaro insonparvarlik yordami taqsimoti loyihasini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hukumat komissiyasining ushbu yig‘ilish bayoni shu kunning o‘zida xalqaro insonparvarlik yordami oluvchilarga va tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
22. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamini olib kelish rejasi haqida tegishli ma’lumotlarni olgach shu kunning o‘zida:
barcha jalb qilingan vazirliklar va idoralarga xalqaro insonparvarlik yordami yuklari kelib tushadigan sana, ularning nomenklaturasi va hajmi haqida xabar beradi;
omborlarning yuklarni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va umumlashtiradi.
23. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari O‘zbekiston Respublikasi hududiga avtomobil, temir yo‘l va havo transportlarida chegara — bojxona postlari orqali olib kiriladi.
24. Tegishli davlat organlari va xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va yetkazishni tashkil etadi.
25. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini berish va qabul qilishda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchining vakillarida lavozimga tayinlanganligini tasdiqlovchi hujjatning (vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari uchun) tasdiqlangan nusxasi yoki oluvchi tashkilotdan olingan ishonchnomaning asl nusxasi va unga ilova qilingan qabul qilish uchun vakolatli shaxsning pasportining tasdiqlangan nusxasi, tashkilotning muhri (agar ishonchnoma bo‘lmagan va/yoki ishonchnomaga muhrdan foydalanmagan holda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda) yoki insonparvarlik yordami yukini oluvchi tashkilot muhri bilan tasdiqlangan berish va qabul qilish dalolatnomalari blankalari bo‘lishi shart.
26. Tegishli xalqaro insonparvarlik yordami yuklari bojxona chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng qabul qiluvchi tomonning vakili shu kunning o‘zida ishchi organni xabardor qilishi shart.
27. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sertifikatlashdan o‘tkazish (chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish bo‘yicha donorlarga ko‘maklashadi. Ishchi organning vakillari ushbu tartib yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradilar hamda to‘ldirilishi va vakolatli organlarga taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini taqdim etadilar.
29. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro insonparvarlik yordami yuklari ortilgan transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi va to‘xtash joylari, shu jumladan, tushirish joyiga yetkazish yo‘nalishlarini oldindan o‘rganadi hamda kolonnalarning kuzatuvini va xavfsizligini ta’minlaydi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini saqlash joylarida qo‘riqlash bo‘yicha navbatchilikni tashkil qiladi.
31. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan oluvchilarning omborlarida amalga oshiriladi.
32. Xalqaro insonparvarlik yuklarini qabul qilish, omborlarda yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish va hisobini yuritish ishlari xalqaro insonparvarlik yuklarini oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xalqaro insonparvarlik yordami ishchi organ vakili ishtirokida, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb qilgan holda qabul qilinadi.
33. Ishchi organ va bojxona organi xodimlarisiz transport vositasidan plombalarni (nazorat lentalarini) olib tashlash va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqiqlanadi.
Ishchi organ vakilining talabiga ko‘ra xalqaro qabul qiluvchining vakili yukni ochishi va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tekshirish uchun taqdim etishi shart.
Plombalarning (nazorat lentalarning) mavjudligi va butunligi foto-fiksatsiya bilan tasdiqlanadi.
Plombalar (nazorat lentalari) bo‘lmagan (zarar ko‘rgan) hollarda ishchi organ vakili dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga foto-fiksatsiya materiallari ilova qilingan holda yuboriladi. Transportning konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muhrlar bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
34. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish jarayonida ishchi organ vakili olingan yuklarning nomenklaturasini sertifikatlash uchun e’lon qilinganga muvofiqligini nazorat qiladilar.
35. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirishda qabul qiluvchi tomonidan shu kunning o‘zida ishchi organ vakili ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralarining vakillarini jalb etgan holda sanoqdan o‘tkaziladi va yuklarning haqiqiy mavjudligi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma nusxasi imzolangan kundan boshlab uch ish kunida donorga yuboriladi, dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi ishchi organga yuboriladi.
Sertifikatsiyalardan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining miqdorida tafovut va nomenklaturasida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, nomuvofiqlik to‘g‘risida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Dori vositalari va tibbiy jihozlar (keyingi o‘rinlarda — tibbiy mol-mulk)dan iborat xalqaro insonparvarlik yuklarini sanoqdan o‘tkazishda hujjatlar bo‘yicha miqdor bilan haqiqiy miqdor o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, xalqaro insonparvarlik yordamini qabul qilishda miqdor bo‘yicha tafovutlar yuzasidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda nomuvofiqlik to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga taqdim etiladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ushbu nomuvofiqlik to‘g‘risida dalolatnomalar xalqaro insonparvarlik yordami sifatida qabul qilingan yuklarning amalda mavjudligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Agar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining amaldagi haqiqiy miqdori (og‘irligi) yuk tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdordan (og‘irlikdan) ortiqcha bo‘lsa yoki yuk tashish hujjatlarida ko‘rsatilmagan yuk aniqlansa, bunday yuk nomuvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnomada qayd etilgan paytdan boshlab insonparvarlik yordami yuki deb hisoblanmaydi va u qabul qiluvchining mas’ulligida saqlanadi hamda tegishli qaror qabul qilinmaguncha undan foydalanilmaydi.
36. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish ishlari tugatilganidan so‘ng xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi tomonidan ishchi organ vakiliga quyidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari taqdim etilishi shart:
vagonlarga taxlash varag‘ining yoki tovar-transport yuk xatining tasdiqlangan nusxalari;
o‘tkazish joyidan to tushirish joyigacha bo‘lgan yo‘l uchun yuk xatining tasdiqlangan nusxasi;
topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi.
Nusxalar yuk olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etiladi.
4-bob. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tarqatish tartibi
37. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari jismoniy shaxslarga — oxirgi oluvchilarga xalqaro insonparvarlik yordami shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda beriladi va tarqatish varag‘ida jismoniy shaxsning imzosi bilan qayd etiladi. Tarqatish varag‘ining nusxasi uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi.
38. Tibbiy mol-mulk viloyatlar, shaharlar va tumanlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari/bo‘limlariga, tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi va ular tomonidan oxirgi oluvchilarga tarqatiladi.
Tibbiy mol-mulkning oxirgi qabul qiluvchisi statsionar sharoitda davolanayotgan hamda dispanser ro‘yxatida turgan bemorlar hisoblanadi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari/bo‘limlari, tibbiyot muassasalari tibbiy mol-mulkni olganligi to‘g‘risida xalqaro insonparvarlik yordamini olish jurnallarida qayd etadi. Tibbiyot muassasalarida statsionar va dispanser ro‘yxatida turgan bemorlar tomonidan tibbiy mol-mulk olinganligi jismoniy shaxs (bemor)ni tibbiyot muassasasidan chiqayotganida davolanish davrida olgan xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish jurnalida uning imzosi bilan qayd etiladi (o‘lim hollari, shuningdek, bolalar (yetimlar, tashlab ketilganlar), qarindoshlari bo‘lmagan behush holatdagi bemorlar va ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar bundan istisno hisoblanadi).
39. Xalqaro insonparvarlik yordamini yuridik shaxslarga — oxirgi oluvchilarga berish quyidagi hujjatlardan biriga muvofiq amalga oshiriladi:
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
yuk xati;
hadya guvohnomasi.
40. Yuridik shaxslar — oxirgi oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordami olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi.
41. Ijtimoiy obyektlarni tiklash, qurish, ta’mirlash, hayot faoliyatini ta’minlovchi obyektlar va boshqalar uchun qurilish materiallari, shuningdek, o‘rnatishni va montaj ishlarini talab qiladigan uskunalar va elektr ehtiyot qisimlari shaklidagi xalqaro insonparvarlik yordami ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlari yakunlangach bajarilgan ishlar dalolatnomasining imzolangan nusxasi ishchi organga taqdim etiladi.
5-bob. Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibi
42. Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati hamda zarur xollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida tasdiqlangan rejalarga asosan tekshiruvlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
43. Xalqaro insonparvarlik yordami noto‘g‘ri ishlatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq va bojxona organlariga taqdim etiladi.
44. Xalqaro insonparvarlik yordami noto‘g‘ri ishlatilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ushbu summalarga hisoblangan penya va jarimalar belgilangan tartibda Davlat budjetiga undiriladi.
45. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat va tekshirish tadbirlari natijalari to‘g‘risida Hukumat komissiyasiga axborot berib boradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Donor
Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish istagi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga murojaat yuboradi
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi)
Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarni Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi
Ariza kelib tushgan kunda
3-bosqich
Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va kelishilganligi, takliflar bilan kelishilganligi yoki kelishilishi rad etilganligi to‘g‘risida Hukumat komissiyasi ishchi organiga (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) javob yuboradi
Bir ish kunida
4-bosqich
Ishchi organ
Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan kelishuvlar, fikr-mulohazalari, takliflar va raddiyalar bo‘yicha axborot ma’lumotnomasini rasmiylashtiradi va tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasi taqdim etadi
Bir ish kunida
5-bosqich
Hukumat komissiyasi
Hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash (tasdiqlashni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda ijro uchun barcha tegishli davlat organlariga yuboradi
Ikki ish kunida
6-bosqich
Ishchi organ
Hukumat komissiyasi bayoni asosida kelishilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona reyestr” AT kiritadi va ro‘yxatdan o‘tkizadi
Hukumat komissiyasi bayoni kelib tushgan kunning o‘zida
7-bosqich
Ishchi organ
Hujjatlarini ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnomani xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar hamda tegishli davlat organlari — ijrochilarga yuboradi
Bir ish kunida
8-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar
Hukumat komissiyasiga xalqaro insonparvarlik yordamini olish talabnoma-xatini kiritadi
Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab yetti (istisno hollarda uch) ish kunida
9-bosqich
Ishchi organ
Manfaatdor davlat organlari ishtirokida kelib tushgan talabnoma-xatlar asosida olib kirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordamining dastlabki taqsimotini o‘tkazadi va ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi
Bir ish kunida
10-bosqich
Hukumat komissiyasi
Navbatdagi yig‘ilishida xalqaro insonparvarlik yordami taqsimoti loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi
Ikki ish kunida
11-bosqich
Ishchi organ
Barcha jalb qilingan vazirliklar va idoralarga xalqaro insonparvarlik yordami yuklari kelib tushadigan sana, ularning nomenklaturasi va hajmi haqida xabar beradi, omborlarning yuklarni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va umumlashtiradi
Xalqaro insonparvarlik yordamini olib kelish rejasi haqida tegishli ma’lumotlarni olgan kunida
12-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Tegishli xalqaro insonparvarlik yordami yuklari bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida ishchi organni xabardor qiladi
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari yetib kelgan kunning o‘zida
13-bosqich
Sertifikatlashtirish organlari
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sertifikatlashdan o‘tkazadi (chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadi)
Belgilangan muddatlarda
14-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Ishchi organ vakili ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralarining mutaxassislarini jalb etgan holda xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sanoqdan o‘tkazadi va yuklarning haqiqiy mavjudligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzadi
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish kunida
15-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Xalqaro insonparvarlik yordamini jismoniy va yuridik shaxslar — xalqaro insonparvarlik yordamini oxirgi oluvchilariga tarqatadi hamda tarqatish varaqlari, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (yuk xati, hadya guvohnomasi)ni ishchi organga topshiradi
Murojaatlarga ko‘ra, tarqatish, topshirish-qabul qilish ishlari yakunlangandan so‘ng uch ish kunida
16-bosqich
Ishchi organ
Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazadi
Tasdiqlangan rejalarga asosan
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisiga
Insonparvarlik yordamini olish uchun TALABNOMA-XAT
_______________dagi ___________–son bilan ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro insonparvarlik
(sana)
yordamini olib kirishni kelishib berishingizni so‘raymiz.
Xalqaro insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasi hududiga _______________
(sanasida)
olib kirilishi rejalashtirilmoqda.
Xalqaro insonparvarlik yordami yukining donori (jo‘natuvchisi) haqida ma’lumot:
tashkilotning to‘liq nomi: _________________________________________________;
yuridik manzili:_________________________________________________________;
mas’ul shaxs: ____________________________________________________________;
mas’ul shaxsning telefoni: ________________________________________________.
Xalqaro insonparvarlik yordami yukini oluvchi haqida ma’lumot:
tashkilotning to‘liq nomi: _________________________________________________;
yuridik manzili: _________________________________________________________;
moddiy javobgar shaxs: ____________________________________________________;
moddiy javobgar shaxsning telefoni: ________________________________________;
yukni tushirish joyi manzili _______________________________________________.
________________________________ mazkur yordamni beg‘araz asosda insonparvarlik
(oluvchi tashkilotning nomi)
maqsadlarida taqsimlashga va tarqatishga kafolat beradi.
Hududda insonparvarlik yordami yukini nazorat qilish uchun vakolatli vakil ajratishingizni so‘rayman.
Ilovalar:
1. Olib kirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordami yukining tasnifi.
2. Xalqaro insonparvarlik yordami yukini yetkazib beruvchi avtotransport va shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.
3. Xalqaro insonparvarlik yordami yukini kuzatuvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (mavjud bo‘lganda).
_________________
_____________
________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________dagi ______-son xatga ilovalar
Xalqaro insonparvarlik yordami yukining TASNIFI
T/r
Nomi
O‘lchov birligi
Miqdori
Izoh
1
2
...
Jami:
Xalqaro insonparvarlik yordami yukini yetkazib beruvchi avtotransport va shaxslar to‘g‘risida MA’LUMOT
T/r
Avtomobil
Shatak
Yukni yetkazib beruvchi shaxs
rusumi
davlat raqami
rusumi
davlat raqami
F.I.O.
Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
Telefon raqami
1
2
...
Xalqaro insonparvarlik yordami yukini kuzatuvchi shaxslar to‘g‘risida MA’LUMOT*
T/r
F.I.O.
Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
Telefon raqami
1
2
...
* Xalqaro insonparvarlik yordamini olib kirishda mazkur ma’lumot ko‘rsatilishi shart.
_________________
________________
________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Sana
M.O‘.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining haqiqiy mavjudligi to‘g‘risida DALOLATNOMA
Xalqaro insonparvarlik yordami oluvchining vakili:
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari:
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Ishchi organ vakili:
___________________________________
__________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Omborxona vakillari:
___________________________________
__________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining miqdorida tafovut va nomenklaturasida nomuvofiqlik to‘g‘risida DALOLATNOMA
_____________
(sana)
Bizlar, quyida imzo chekkan tomonlar, ushbu nomuvofiqlik dalolatnomasini ____________________________________________
(qabul qiluvchi tashkilot nomi)
tomonidan ___________da olib kirilgan _________________________________________ manzilida insonparvarlik yuklarini
(sana)
_______________________________________________________ avtotransport vositasi (treyler)dan xalqaro insonparvarlik
(rusumi va davlat raqami)
yordami yuklari tushirib olinayotganda quyidagi nomuvofiqliklar aniqlanganligi sababli tuzdik:
1) xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining nomenklaturasi va miqdori ularni jo‘natish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasligi:
T/r
Yuk tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan xalqaro insonparvarlik yuklarning nomi
Hujjatlar bo‘yicha soni
Xalqaro insonparvarlik yukining bir qismi sifatida haqiqatda olingan tovarlar va materiallarning nomi
Haqiqiy miqdori
Farqi (+/-)
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
1
2
...
2) xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining nomenklaturasi va miqdori sertifikatsiyalashdan o‘tkazilgan insonparvarlik yukining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasligi*:
T/r
Sertifikatsiyalashdan o‘tkazilgan insonparvarlik yuklarining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan nomi
Spetsifikatsiya bo‘yicha miqdori
Insonparvarlik yukining bir qismi sifatida haqiqatdan olingan yukning nomi
Haqiqiy miqdori
Farqi (+/-)
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
O‘lchov birligi
Miqdori
Og‘irligi, kg
1
2
...
* miqdoriy ko‘rsatkichlarning farqi, agar ular sertifikatsiyalashdan o‘tkazilgan xalqaro insonparvarlik yukining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan oshsa, aks ettiriladi.
Jo‘natuvchining yuk tashish hujjatlarida keltirilgan yuklarning qolganlari bo‘yicha miqdorida tafovutlar aniqlanmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili
______________________________________
________________
__________________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Xalqaro insonparvarlik yukini oluvchining vakili
______________________________________
________________
_________________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Tibbiy mol-mulkni qabul qilishda miqdor bo‘yicha tafovutlar yuzasidan DALOLATNOMA
________________
________________
(tuzilgan joy)
(tuzilgan sana)
________________________________________________________________ quyidagi tarkibdagi komissiya:
(komissiyani tuzgan organ nomi, qaysi hujjat asosida u tuzilgan)