|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.01.2026
|
1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish yoʻnalishi boʻyicha | |||||
|
1. |
Oʻquvchilarda Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini yanada kuchaytirish hamda “Oʻzbekiston — Vatanim manim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil qilish. |
1. Qoʻshma qaror loyihasini tasdiqlash. |
2022-yil oktabr |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yilining birinchi kunida “Men — Yangi Oʻzbekiston farzandiman!” mavzusida darslar oʻtilishini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
3.Oʻquvchilardamilliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladigan “Vatanga sadoqat — oliy maqsadim” shiori ostidasuhbatlar va boshqa tadbirlar tashkil qilish. |
har yili noyabr-dekabr | ||||
|
4. “Oʻzbekiston — Vatanim manim mavzusida ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish. |
reja asosida | ||||
|
Oʻquvchilar ongida Vatanimiz ramzlarini ulugʻlash va ardoqlash tuygʻusini tarbiyalash maqsadida “Davlat ramzlari — faxrim, gʻururim” mavzusida tadbirlarni tashkil qilish. |
1. “Davlat ramzlari — faxrim, gʻururim” mavzusidagi tadbirlar turkumini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil oktabr |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi | |
|
2. Har bir oʻquv haftasini maktabda Davlat bayrogʻini koʻtarish va madhiyani joʻrlikda ijro etish bilan boshlash. |
har oʻquv yili davomida, | ||||
|
3. Davlat ramzlari qabul qilingan kunlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insholar tanlovlarini tashkil etish. |
har yili iyul, noyabr-dekabr oylarida | ||||
|
3. |
“Davlat tili — millat ruhi” gʻoyasi asosida turkum maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlarni tashkil qilish. |
1. Maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha idoralararo reja-jadvalni tasdiqlash. |
Har yili sentabr |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Reja-jadvalga muvofiq, “Davlat tili — millat ruhi” gʻoyasi asosida taniqli olim va ijodkorlar ishtirokida oʻzbek tilining tarixi, ifoda imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish. |
oʻquv yili davomida muntazam | ||||
|
3. “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida “Bilimdonlar bahsi” intellektual tok-shoularni tayyorlash,“Ona tili — millat ruhi”, “Navoiyni anglash — oʻzlikni anglash” mavzularida insholar, ijodiy ishlar, maqolalar va notiqlik tanlovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlashni nazarda tutish. |
| ||||
|
4. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitini baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni baholash mezonlari va talablarini ishlab chiqish. Bunda: a) ijtimoiy kompetentli (jamiyat va davlat oldidagi oʻz burchi va majburiyatlarini toʻliq anglagan, yaxshi xulq-atvor, keng dunyoqarash, bilim hamda ijodiy salohiyatga ega, vatanparvar) shaxsni tarbiyalash; b) baholash natijalari asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhiti nosogʻlom boʻlgan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish; v) ijtimoiy-maʼnaviy muhitni baholash orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qaroriga muvofiq “qizil” (qoniqarsiz) va “sariq” (qoniqarli) toifalarga ajratilgan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; g) ijtimoiy-maʼnaviy muhiti namunali boʻlgan maktablar tajribasini keng targʻib qilish va ommalashtirish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
2. Tizimli tahlillar asosida “Namunali maktab direktori”, “Namunali ustoz”, “Namunali oʻquvchi” va “Namunali ota-ona” modellarini ishlab chiqish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
3. Mahalla faollari va ota-onalar tomonidan taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash. |
|||||
|
5. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish. |
1. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari faoliyatini baholash indikatorlarini ishlab chiqish. |
2022-yil oktabr |
- |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Indikatorlar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida baholash ishlarini tashkil etish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
3. Baholash ishlari yakunlariga koʻra, boʻshagan ish joylariga munosib kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish. |
2022-2023 oʻquv yilidan | ||||
|
6. |
Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrish. |
1. Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar faoliyati monitoringini amalga oshirish. |
2022-yil oktabr |
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Aniqlangan muammolar asosida Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi faoliyatini tartibga soladigan metodik tavsiya ishlab chiqish. |
2022-yil oktabr-noyabr, | ||||
|
3. Metodik tavsiyani nashr etish va maktablarga yetkazish. |
dekabr | ||||
|
4. Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarning malakasini tizimli ravishda oshirib borish choralarini koʻrish. |
reja asosida | ||||
|
7. |
Taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda darsliklarning yangi avlodini yaratish orqali oʻquvchilarni maʼnaviy yetuk va erkin fikrlaydigan shaxs qilib tarbiyalash. |
1. Mavjud taʼlim standartlari, oʻquv dasturlarini tahliliy oʻrganib chiqish. |
2022-2023-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha asoslangan takliflarni koʻrib chiqish. |
|||||
|
3. 1 — 11-sinf oʻquvchilari hamda ota-onalar uchun “Oʻquvchining maʼnaviy dunyoqarashi va kamoloti” haqidagi qoʻllanma yaratish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
8. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarda davlat organlari rahbar kadrlari hamda oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar, madaniyat, sanʼat va fan arboblari ishtirokida uchrashuvlarini tashkil etish. |
“Senator va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Olim va yoshlar”, “Ustoz va yoshlar”, “Vazir soati”, “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, “Ichki ishlar organi xodimi va yoshlar”, “Harbiy va yoshlar”, “Shifokor va yoshlar”, “Tadbirkor va yoshlar”, “Hunarmand va yoshlar” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish. |
2022 — 2026-yillar davomida reja asosida |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
9. |
Yoshlarning oʻqituvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish. |
2023-yildan boshlab |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
2. Oʻqituvchi va murabbiylar, iqtidorli oʻquvchilar faoliyatiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklar va maqolalar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. 3. Taʼlim sohasi fidoyilari va oʻqituvchilarning mavqeyini oshirishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovini tashkil etish. |
muntazam | ||||
|
II. Oʻquvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yoʻnalishi boʻyicha | |||||
|
10. |
Oʻquvchilarga kitob mutolaasi jarayonida “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab oʻqish malakasini hosil qilish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. |
1. Maktab oʻquvchilarning yoshiga mos ravishda badiiy asarlarni tanlash va ularning roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish. 3. “Kitob haqida kitobnoma” nomi ostida mutolaa madaniyati haqida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. |
2023/2024 oʻquv yilidan |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Xalq taʼlimi vazirining “Kitobxon oʻquvchi” tanlovini tashkil etish |
1. Tanlov tartibini ishlab chiqish. 2. Tanlovni 3 bosqichda oʻtkazilishiga hamda gʻolib oʻquvchilarni munosib taqdirlanishiga alohida eʼtibor qaratish. |
2022/2023 oʻquv yilidan |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
12. |
Maktab yoshidagi oʻquvchilarga moʻljallangan yangi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish hamda ularning mualliflarini ragʻbatlantirish. |
1. Bolalarga moʻljallangan yangi badiiy, maʼrifiy, dunyoqarashini kengaytiradigan ilmiy-ommabop yangi asarlarni yaratish boʻyicha yozuvchi va shoirlarga ijtimoiy buyurtmalar berish hamda nashr etishni tizimli joriy etish. 2. Yaratilgan yangi badiiy va tarjima asarlarni qardosh tillarda taʼlim oladigan bolalar uchun nashr etish. 3. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar maktab-internatlarini maxsus brayl yozuvidagi bolalar adabiyoti bilan taʼminlash. 4. Bolalar adabiyoti yoʻnalishiga ixtisoslashayotgan yosh isteʼdod egalarini qoʻllab-quvvatlash hamda asar mualliflarini ragʻbatlantirish. |
2022/2023 oʻquv yilidan |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
13. |
“Maktab kutubxonasi”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” ruknida yuz jildlik kitoblar toʻplamining nashrini yoʻlga qoʻyish hamda bolalar uchun filmlar yaratish. |
1. Bolalar uchun moʻljallangan jahon adabiyoti namunalarini tarjima qilish va nashr etish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. 2. Jahon bolalari adabiyoti namunalari tarjima qilish va nashr etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish, grant va subsidiyalar ajratish tizimini joriy etish. 3. Ishchi guruh tomonidan tarjima asarlar roʻyxatini shakllantirish, mazkur roʻyxat asosida tarjima qilish hamda nashr etish ishlarini tashkil qilish. 4. Nashr etilgan adabiyotlarni targʻib qilish, shuningdek kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida maktab hamda taʼlim muassasalarida targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borish. 5. Bolalar adabiyotini keng targʻib qilish uchun teleradiokanallar va internet saytlarida imtiyozlar joriy etish. |
2023 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Moliya vazirligi, Kinematografiya agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
|
14. |
Bolalarga kitob sovgʻa qilishni anʼanaga aylantirish boʻyicha ijtimoiy aksiyalarni oʻtkazish. |
1. “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman”, “Maktab kutubxonasiga kitob sovgʻasi” ijtimoiy aksiyalarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va muddatini belgilash. 2. Aksiyalar doirasida sayyor kitob savdolarini tashkil qilish. 3. Tadbirda faol ishtirok etgan ota-onalar va oʻquvchilarning faoliyatini ibrat tariqasida keng targʻib qilish. |
har yili mart-may oylarida |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
15. |
Bosma va elektron nashrlarida bolalar ijodi namunalarini muntazam ravishda eʼlon qilish. |
1. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini (sheʼr, hikoya, tasviriy sanʼat va boshqa) oʻtkazish. 2. Tanlov natijasiga koʻra, gʻolib oʻquvchilarning ijod namunalarini “Yoshlik”, “Gulxan”, “Gʻuncha”, “Tong yulduzi”, “Yosh kuch” kabi bolalar davriy nashrlarida chop etish. 3. Isteʼdodli ijodkor oʻquvchilarni ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
16. |
Bolalarning bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, turli fan sohalari va kasb-hunarlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbir davomida oʻquvchilarga mashgʻulot oʻtkazish uchun uslubiy materiallarni tayyorlash (maʼruza matni, taqdimot, badiiy va hujjatli filmlar). 3. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini koʻrish. |
2022 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Kinematografiya agentligi, MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
III. Buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha | |||||
|
17. |
“Afsonaga aylangan jasorat” gʻoyasi asosida milliy qahramonlarning jasorati aks ettirilgan multimedia mahsulotlarini tayyorlash. |
1. Maktab kutubxonalarini Alpomish, Shiroq, Toʻmaris kabi buyuk ajdodlarimizning jasoratiga bagʻishlangan ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash. 2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida buyuk ajdodlarimiz matonati aks ettirilgan sahna asarlari yaratish. 3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida milliy qahramonlarning jasoratlari boʻyicha intellektual oʻyinlar tashkil qilish. 4. Alpomish, Shiroq, Toʻmaris kabi buyuk ajdodlarimiz jasorati aks ettirilgan multimedia mahsulotlarini tayyorlash, taqdimotlarini oʻtkazish va baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
oʻquv yili davomida muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
“Kim yurtiga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida Vatan ozodligi yoʻlida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati, shonli hayotini targʻib qilish orqali oʻquvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qatʼiyat tuygʻularini mustahkamlash. |
1. Oʻquvchilarni Jaloliddin Manguberdining hayoti, Vatan himoyasi yoʻlida koʻrsatgan mardligi va jasoratiga bagʻishlangan badiiy va sanʼat asarlari bilan yaqindan tanishtirish. 2. Jaloliddin Manguberdi haqidagi asarlar asosida sahna koʻrinishlari tayyorlash, ijodiy ishlar tanlovi va koʻrik-tanlovlar tashkil qilish. |
oʻquv yili davomida muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Alpomish avlodlari” va “Barchinoy oʻyinlari” toʻgaraklarini tashkil qilish, chavandozlik va kamondan oʻq otish oʻyinlarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
har chorakda bir marta | ||||
|
19. |
“Sohibqiron Amir Temur — markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi” gʻoyasi asosida oʻquvchilar ongida yurt ozodligi uchun kurash, xalqparvarlik, va bunyodkorlik tuygʻularini tarbiyalash. |
1.“Amir Temur — oʻzbek davlatchiligining iftixori” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. 2. “Amir Temur va Temuriylar ibrati” mavzusidadavra suhbatlari tashkil qilish. |
oʻquv yili davomida muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya |
|
3. “Temur tuzuklari” asari asosida oʻquvchilar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish. |
har yili aprel oyi davomida | ||||
|
20. |
Mustaqillik va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan ajdodlar merosini keng oʻrgatishga qaratilgan “Jadidchilik saboqlari” onlayn resurslarni yaratish va ularning targʻibotini yoʻlga qoʻyish, “Millat oydinlari” mavzusida koʻrsatuvlarni tayyorlash. |
1. Jadidchilik namoyandalarining maʼnaviy‑axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik amaliyotga joriy etish boʻyicha seminar va davra suhbatlarini tashkil etish. 2. “Jadidchilik saboqlari” onlayn resurslarni yaratish va ularning targʻibotini yoʻlga qoʻyish. 3. Jadidmaʼrifatparvarlarining hayoti va adabiy-maʼrifiy merosini targʻib etishga moʻljallangan “Millat oydinlari” turkum telekoʻrsatuvlarni tayyorlash va mamlakatimiz telekanallarida keng namoyish qilish. |
2023-yildan muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
|
21. |
Milliy gʻurur, Vatanga muhabbat tuygʻularini shakllantirishda Qoraqalpoq adabiyoti asoschilari Ajiniyoz Qusiboy oʻgʻli, Berdaq, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroyim Yusupovlarning ilm-maʼrifat kalitiga qoʻshgan hissalarini targʻibotiga bagʻishlangan “ochiq dars”lar hamda maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. |
1. Hududdagi buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bogʻliq muqaddas ziyoratgohlarga oʻquvchilarning tashriflari rejasini ishlab chiqish. 2. Reja asosida oʻquvchilarning ziyoratgohlarga tashriflarini tegishli fan oʻqituvchilari, sinf rahbarlari (ota-onalar) kuzatuvida xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etish. 3. Ziyoratlar davomida oʻquvchilarga soha mutaxassislari ishtirokida ulugʻ ajdodlarimizning bebaho merosini targʻib etishga bagʻishlangan davra suhbatlari va “ochiq darslar” tashkil etish. |
2023-yildan muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
22. |
“Ajdodlar jasorati unutilmaydi!” shiori ostida oʻquvchilar ongida Vatanga sadoqat, milliy gʻurur, mardlik va jasorat, burch va masʼuliyat tuygʻularini mustahkamlash. |
1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqishda hamkorlik qilish. 2. Oʻquvchilarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Vatan ozodligi va yurtimiz tinchligi yoʻlida kurashgan ajdodlarimiz jasoratiga bagʻishlangan ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etish. |
oʻquv yili davomida muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya |
|
23. |
Maktab oʻquvchilarining milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va meʼmorchilik tarixi va milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida tarixiy obida, muzey va teatrlarda sayyor mashgʻulotlar uyushtirish. |
1. Har bir maktab kesimida yil davomida oʻquvchilarning muzey, teatr yoki boshqa madaniyat muassasalarda sayyor mashgʻulotlarni tashkil qilish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Oʻquvchilarning madaniyat muassasalari va tarixiy obidalarga tashrifini tashkil qilish reja-jadvallarini tasdiqlash. 3. “Vatan boʻylab sayohat” shiori ostida tarixiy joylar, muqaddas qadamjolar va madaniyat maskanlariga tashriflar uyushtirish. |
2022 — 2026-yillar davomida |
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan |
Turizm va madaniy meros vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
24. |
“Harbiy qismda bir kun” va “Vatanga qasam” turkum tadbirlari orqali oʻquvchilar ongida milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchani mustahkamlash. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan harbiy‑vatanparvarlik oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya |
|
2. Oʻquvchilarning harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish. Tashrif davomida ularni harbiy qismda askar va ofitserlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish. 3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “ochiq dars”lar va davra suhbatlari tashkil etish. |
oʻquv yili davomida muntazam | ||||
|
25. |
Harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar targʻiboti hamda namoyishini tashkil etish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
2. “Men yurt posboni boʻlaman”, “Alpomish izdoshlari”, “Toʻmaris qizlari”, “Mendirman Jaloliddin!” kabi mavzularda tanlov va musobaqalarni oʻtkazish. 3. Oʻquvchilarga “Boʻlgʻusi askarga sovgʻa” ruknida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni sovgʻa qilish. 4. Oʻquvchilarning harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish. Tashrif davomida ularni harbiy qismda askar va ofitserlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish. 5. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “ochiq dars”lar va davra suhbatlari tashkil etish. |
oʻquv yili davomida muntazam | ||||
|
IV. “Zamonamiz qahramonlari — yoshlarga ibrat timsoli” yoʻnalishi boʻyicha | |||||
|
26. |
“Zamonamiz qahramonlari” ruknida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratish va taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish. |
1. Tarixiy, adabiy hamda zamonamiz qahramonlari haqida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratish. 2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida zamonamiz qahramonlarining serqirra faoliyatiga bagʻishlangan asarlar, hujjatli filmlar va roliklarning taqdimotlarini oʻtkazish. 3.Internetning milliy segmentiga moʻljallangan qiziqarli formatdagi kontentlarni koʻpaytirish. |
2022 — 2026-yillar davomida muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, MTRK, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
27. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalarini Oʻzbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan boyitib borish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalarini Oʻzbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan toʻldirilganlik holatini oʻrganib chiqish. 2. Ushbu mavzuda yozilgan asarlar roʻyxatini shakllantirish, yangi ijodiy buyurtmalar berish va chop etish. 3. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimliklar tomonidan tuman hokimliklarining qoʻshimcha manbalari hisobidan barcha maktablarni mazkur adabiyotlar bilan taʼminlash. |
2022 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
28. |
“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy uchrashuv va muloqotlar tashkil etish. |
1. “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan madaniyat, adabiyot, sanʼat va fan arboblari, tadbirkorlar ishtirokida “maktabbay” tizimidauchrashuvlar oʻtkazish. 2. Oʻquvchilarga uchrashuvlar taassurotlari asosida insholar yozdirish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
29. |
Ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzeylari hamda ishxonalarida sayohat-darslar oʻtkazish. |
1. Oʻquvchilarni mamlakatimizda ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzey hamda ishxonalariga sayohatga olib borish. 2. Mamlakatimizdagi atoqli olim va ijodkorlar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
30. |
Ijodiy tanlovlar orqali iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish. |
1. “Beruniy izdoshlari”, “Ulugʻbek vorislari”, “Navoiy avlodlari”, “Zulfiyaxonim qizlari” kabi mavzularda ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 2. Tanlovlarni belgilangan muddatlarda hamkor tashkilotlar bilan oʻtkazish. 3. Tanlov gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish. |
2023 — 2026-yillarda muntazam |
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
31. |
“Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviyat maskanlari” rukni ostida sayohatlar uyushtirish, oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy ishlar va multimedia ishlanmalari tanlovlarini tashkil etish. |
1. Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviyat maskanlariga sayohatlar uyushtirish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish. 2. Reja-jadval asosida maʼnaviyat maskanlariga sayohatlar uyushtirish. 3. “Vatan manzaralari” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish. |
2023 — 2026-yillarda muntazam |
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
V. Maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yoʻnalishi boʻyicha | |||||
|
32. |
Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish yuzasidan tashkil qilinadigan tadbirlarning taʼsirchanligini oshirish choralarini koʻrish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etilgan mavjud toʻgaraklarni tahlil qilish. 2. Tahlil natijasiga koʻra, boʻsh turgan binolarda “Barkamol avlod” bolalar maktablari tarmoq toʻgaraklarini tashkil etish. 3. Tashkil etilgan toʻgaraklar doirasida maktablararo tanlovlar oʻtkazish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
33. |
“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mahalla, maktab va oila hamkorligini mustahkamlash. |
1. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish. 3. Ushbu toifadagi oilalar farzandlarini doimiy nazorat ostiga olish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
34. |
Muammoli oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan choralarini qoʻllash boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish. |
1. Oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. 2. Soʻrov natijasida aniqlangan muammoli oila farzandlarini aniqlash. 3. Aniqlangan oʻquvchilarga maktab psixologlarini biriktirish va maʼnaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan treninglar tashkil etish |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
|
35. |
Oʻquvchilarni mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, umumxalq bayramlari, oʻyinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish orqali ularni milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash. |
1. Mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, milliy oʻyinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish orqali oʻquvchilarni milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash. 2. Tadbirlarda faollik koʻrsatgan oʻquvchilarning ota-onasini ragʻbatlantirish va ularga minnatdorchilik xatlarini yuborish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
36. |
Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati mavzusidagi aforizmlarni “Kun hikmati” ruknida mobil aloqa operatorlari orqali yetkazishni tizimli yoʻlga qoʻyish. |
1. Farzand tarbiyasiga oid aforizmlar bazasini shakllantirish. 2. “Kun hikmati” ruknida aforizmlarni mobil aloqa operatorlari orqali yetkazish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
37. |
Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida “Eng namunali ota-ona” tanlovini oʻtkazish va ularni munosib ragʻbatlantirish. |
1. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Nizom ishlab chiqish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Farzandi maktabda taʼlim olayotgan ota-onalarga tanlov toʻgʻrisida maʼlumot berish va tanlovda qatnashish istagini bildirgan ota-onalar roʻyxatini shakllantirish. 3.Tanlovni tashkil etish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish, OAV orqali targʻibot qilish. |
har yili oktabr oyida | ||||
|
38. |
Oʻquvchilarning yosh psixologiyasiga bogʻliq feʼl-atvori hamda ruhiy olamidagi salbiy oʻzgarishlarni oila va maktab jamoasi bilan hamkorlikda bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish. |
1. Yosh psixologiyasiga bogʻliq feʼl-atvori hamda ruhiy olamida salbiy oʻzgarishlar boʻlgan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ular bilan psixologik treninglar oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilash. 3. Belgilangan tadbirlarni sifatli oʻtkazish va natijasini muntazam tahlil qilib borish. 4. Tahlil natijalariga koʻra aniq choralarni belgilash. |
2022 — 2026-yillarda |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
39. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda ota-ona, mahalla, maktab, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini tubdan yaxshilash. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar rejasi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash. 3. Oʻquvchi tarbiyasida mahalla faollari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tizimli ishtirokini taʼminlash. |
2022 — 2026-yillarda |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
40. |
“Uch avlod uchrashuvi” loyihasida maktab va mahallalarda turli avlod vakillari va oʻquvchilar ishtirokida muloqotlar tashkil etish. |
1. Urush va mehnat faxriylari, isteʼfodagi harbiylar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etish. 2. “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” arafasida oʻquvchilarning harbiy qismlarga sayohatlarini tashkil etish. 3. “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Eʼzoz” loyihasini amalga oshirish. 4. “Sinf soati” doirasida oʻquvchilar ongida vatanparvarlik hissini rivojlantirish maqsadida “ochiq dars”lar tashkil etish. |
2022 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
41. |
“Maʼnaviy barkamol avlod — barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida oʻquvchilarda turli gʻoyaviy xavf-xatarlardan himoyalanish immunitetini shakllantirish. |
1. “Bir tahdidga besh zarba” texnologiyasi asosida oʻquvchilarda Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar, treninglar tashkil qilish. 2. Oʻquvchilarda yot taʼsirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida taniqli diniy ulamo va mutaxassislar bilan uchrashuvlar uyushtirish. 3. Oʻquvchilarni mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ular oʻrtasida diniy bagʻrikenglik gʻoyasini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yirik diniy-maʼrifiy majmualarga oʻquvchilarning tashriflarini tashkil qilish. |
2023 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3-ILOVA