1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Elektron hukumat markazi) tomonidan:
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) modernizatsiya qilinganligi;
“Elektron hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etuvchi “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli maʼlumotlar platformasi) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun ariza berish, arizani koʻrib chiqish va ularni platformaga ulash tartibi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot olish uchun elektron soʻrovlar yuborish, soʻrovlarni qayta ishlash va maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va maʼlumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari;
b) “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
nodavlat tashkilotlarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash uchun arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va platformaga ulash tartibi;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot olish uchun elektron soʻrovlarni yuborish, qayta ishlash va maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va maʼlumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari;
v) Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
talabgor tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi)ga ulanish boʻyicha operatorga tegishli soʻrov yuborish;
operator tomonidan talabgorni Yagona billing tizimiga ulash boʻyicha uning texnik imkoniyatlarini oʻrganish, uni tizimga ulanishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida talabgorni xabardor qilish;
Yagona billing tizimiga ulanish maqsadga muvofiq deb topilganda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va talabgor oʻrtasida shartnoma tuzish;
(2-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Markaziy bank oʻrtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari koʻrsatilgan Texnologik yoʻriqnomani tasdiqlash.
3. Elektron hukumat markazi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi, Raqamli maʼlumotlar platformasi va Yagona billing tizimining operatori etib belgilansin.
a) davlat axborot tizimlari va resurslarining maʼlumotlari axborot va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilgan holda:
idoralararo hamkorlik maqsadlarida foydalanish uchun — “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali begʻaraz asosda;
tijorat maqsadlarida foydalanish uchun — “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali toʻlov asosida taqdim etiladi.
Bunda:
nodavlat notijorat tashkilotlariga “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat beriladi;
qonunchilik hujjatlariga asosan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat xizmatlarini koʻrsatish funksiyalari yuklangan tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlardan bepul foydalanadi;
“Raqamli startaplar” dasturi va (yoki) Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”da ishtirok etuvchi startap loyihalarga “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasidan belgilangan tartibga rioya qilgan holda, bir yil muddatga qadar bepul foydalanish imkoniyati beriladi.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
b) Raqamli maʼlumotlar platformasiga yoʻllangan soʻrovlar soniga qarab, har bir soʻrov uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda toʻlov undiriladi. Toʻlov miqdori tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi.
Bunda nodavlat tashkilotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
v) Raqamli maʼlumotlar platformasiga yoʻllangan soʻrovlarga haq toʻlashdan kelib tushgan mablagʻlarning:
15 foizi — axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlariga;
15 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga;
10 foizi — “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yoʻnaltiriladi.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan har yili tasdiqlanadigan tegishli chora-tadbirlar rejasiga asosan raqamlashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun maqsadli foydalaniladi;
kadastr organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi boʻyicha toʻlovlarning Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga asosan “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq davlat muassasasi ixtiyorida qoladigan qismi ushbu kichik bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi;
soliq organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi boʻyicha toʻlovlarning Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga asosan xususiy sherik va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq davlat muassasasi ixtiyorida qoladigan qismi ushbu kichik bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(4-band “v” kichik bandining oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida mavjud maʼlumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali taqdim etishda:
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarga — taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi yuzasidan;
maʼlumotlarni oluvchi nodavlat tashkilotlarga — platformalar orqali olingan maʼlumotlar tarkibidagi shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish hamda uchinchi tomonga, qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, oshkor etmaslik boʻyicha zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻrish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi normativ-huquqiy hujjatlar va kelishuvlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻrgangan holda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini bosqichma-bosqich faqat Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilishini;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli maʼlumotlar platformasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ishlov berilishiga yoʻl qoʻyilmasligini, shuningdek, qonun bilan muhofaza qilinuvchi alohida toifadagi maʼlumotlarni, jumladan, bank siri, qoʻriqlanuvchi shaxslarga oid maʼlumotlarni masʼul vakolatli idoralar bilan kelishilgan holda qayta ishlanishini;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan barcha veb-servislar Raqamli maʼlumotlar platformasida ham joylashtirilishini taʼminlasin.
davlat axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarini davlat organi va tashkiloti boʻlmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali taqdim etishi;
oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ularning texnik topshiriq va axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalarini olmasdan amaliyotga joriy etishi taqiqlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 1-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining elektron hamkorligi va axborot almashinuvi, ularni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) — elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish doirasida axborot tizimlari va resurslarini integratsiyalash uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vositalar majmuasi;
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa maʼlumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, oʻz axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari;
veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlar almashinuvining formati va maʼlumotlar toʻplamini belgilaydigan dasturiy taʼminot tizimi;
veb-servis tavsifi — dasturiy taʼminotni qoʻllashda foydalanadigan texnik yondashuv va yechimlarni qamrab olgan qoʻllanma;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;
maʼlumotlarni qayta ishlash — maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, qoʻllash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir qator amallarni bajarish;
test soʻrovi — maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish jarayonida “shaxsiylashtirilgan” maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hamda taqdim etiladigan veb-servisni sinovdan oʻtkazish doirasida operatorga taqdim etiladigan xabar;
texnologik yoʻriqnoma — idoralararo maʼlumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat boʻlib, bunda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shakldagi texnologik yoʻriqnoma anʼanaviy shakldagi texnologik yoʻriqnomaga tenglashtiriladi;
foydalanuvchi — Idoralararo integratsiyalashuv platformasidan maʼlumotlar olishdan manfaatdor davlat organlari;
shaxsiy kabinet — “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasida maʼlumot taqdim etuvchi, operator va foydalanuvchining elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi doirasidagi huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan begʻaraz (bepul) foydalanish uchun moʻljallangan axborot resursi;
push-xabarnoma — maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimlari va resurslarida yigʻilgan, oʻzgartirilgan hamda toʻldirilgan maʼlumotlar paydo boʻlishi munosabati bilan foydalanuvchining axborot tizimiga yuboriladigan qisqa xabar;
push-xabarnomalar servisi — axborot tizimning push-xabarnomalarni qabul qilish va/yoki yuborish uchun moʻljallangan moduli.
3. Elektron hukumat doirasida maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi.
Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali tashkil etiladi.
4. Foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi axborot almashinuvi tegishli soʻrov yuborish yoʻli bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik hamda axborot almashinuvi doirasida yoʻllangan barcha soʻrovlar boʻyicha statistika maʼlumotlari maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchining shaxsiy kabinetida yuritiladi.
5. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.
2-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishning umumiy talablari va shartlari
7. Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish doirasida axborot almashinuvi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish orqali amalga oshiriladi.
8. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun “Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr tizimi) orqali elektron shaklda murojaat etiladi.
Bunda Yagona reyestr tizimida avtorizatsiyadan oʻtish uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
1-§. Maʼlumot taqdim etuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash
9. Maʼlumot taqdim etuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
10. Maʼlumot taqdim etuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun Yagona reyestr tizimida joylashtirilgan texnologik yoʻriqnoma loyihasini toʻldirib, kelishish uchun operatorga elektron shaklda yuboradi.
11. Operator texnologik yoʻriqnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani maʼlumot taqdim etuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida muhokama qiladi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnoma doirasidagi tegishli jarayonlarni har tomonlama sinovdan oʻtkazish maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan operatorga test soʻrovlarini taqdim etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi uch ish kunida kelishilgan texnologik yoʻriqnomani koʻrib chiqadi, kamchiliklar aniqlangan taqdirda, qayta koʻrib chiqish uchun operatorga qaytaradi yoki tasdiqlaydi.
12. Kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
13. Operator Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga maʼlumot taqdim etuvchi ulanish jarayonida axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida ular bilan birgalikda sinovlarni test soʻrovlarini yuborish orqali oʻtkazadi.
14. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator maʼlumot taqdim etuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga besh ish kuni ichida ulash choralarini koʻradi.
15. Maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuv jarayoniga qoʻyiladigan texnik talablar operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
16. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
17. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Bunda Yagona reyestr tizimida foydalanuvchi avtorizatsiyadan oʻtish uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi.
18. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgani hamda ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgani;
foydalanuvchining axborot tizimi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalari mavjudligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchligi;
foydalanuvchining axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining texnik funksiyalarini takrorlamasligi;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulangani;
foydalanuvchining axborot tizimini ulash uchun qonunchilik hujjatlarida tegishli topshiriq yoki vazifaning mavjudligi.
19. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida ishlab chiqadi va kelishadi.
Agar foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga bir nechta axborot tizimi yoki resursi ulanadigan boʻlsa, mazkur holatda har bitta axborot tizimi yoki resursi boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va kelishiladi.
Agar avval foydalanuvchining axborot tizimi yoki resursiga oid texnologik yoʻriqnoma belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlsa, mazkur axborot tizimi yoki resursi boʻyicha keyinchalik faqat ariza taqdim etiladi.
20. Kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator rad etish sabablarini koʻrsatgan holda Yagona reyestr tizimi orqali foydalanuvchiga xabarnoma yuboradi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
21. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga besh ish kuni ichida ulash choralarini koʻradi.
22. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuv jarayoniga qoʻyiladigan texnik talablar operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
23. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilmagani hamda ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagani;
foydalanuvchining axborot tizimi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va/yoki “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalari mavjud emasligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada maʼlumotlarning haqqoniy va/yoki ishonchli emasligi;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanmagani;
foydalanuvchining axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining texnik funksiyalarini takrorlagani;
foydalanuvchining axborot tizimini ulash uchun qonunchilik hujjatlarida tegishli topshiriq yoki vazifaning mavjud emasligi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
3-bob. Soʻrovlarni qayta ishlashning umumiy talablari
1-§. Soʻrovlarni qayta ishlash
24. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli soʻrovlarni yuborish orqali oladi.
25. Foydalanuvchilar uchun soʻrovga oid umumiy talablar operator va maʼlumot taqdim etuvchi oʻrtasida kelishiladigan texnologik yoʻriqnomaning veb-servis tavsifida belgilanadi.
26. Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan veb-servis texnologik yoʻriqnomaning veb-servis tavsifida belgilangan shartlarga muvofiq soʻrovga oid maʼlumotlar asosida test soʻrovini yuborish orqali sinovdan oʻtkaziladi.
27. Texnologik yoʻriqnomaga asosan soʻrov doirasida maʼlumotlar taqdim etilishi belgilangan boʻlsa, foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlar avtomatik ravishda taqdim etiladi.
2-§. Push-xabarnomalar servisiga ulanishning umumiy shartlari
28. Maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimlari va resurslarida yigʻilgan, oʻzgartirilgan hamda toʻldirilgan maʼlumotlar paydo boʻlishi munosabati bilan tegishli push-xabarnomalar Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisi orqali yuboriladi va/yoki qabul qilinadi.
Bunda Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish uchun tegishli axborot tizimlari va resurslari Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan boʻlishi zarur.
29. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishilgani yoki normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazifa belgilangani asosida ulanadi.
Bunda foydalanuvchi maʼlumot taqdim etuvchi bilan oldindan kelishib olishi lozim. Shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organi bilan kelishgan holda taqdim etiladi.
3-§. Maʼlumot taqdim etuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platfomasining push-xabarnomalar servisiga ulash
30. Maʼlumot taqdim etuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platfomasining push-xabarnomalar servisiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
Bunda maʼlumot taqdim etuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish uchun mazkur Nizomga 5-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
31. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
maʼlumot taqdim etuvchini push-xabarnomalar servisiga ulashning zarurligi asoslangani yoki normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazifa belgilangani;
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq va toʻgʻri kiritilgani;
maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulangani.
32. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani maʼlumot taqdim etuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida ishlab chiqadi va kelishadi.
Agar maʼlumot taqdim etuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga bir nechta veb-servislari ulanadigan boʻlsa, mazkur holatda har bitta veb-servis boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va kelishiladi.
33. Kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator rad etish sabablarini koʻrsatgan holda, Yagona reyestr tizimi orqali maʼlumot taqdim etuvchiga xabarnoma yuboradi.
Maʼlumot taqdim etuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
34. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator maʼlumot taqdim etuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga besh ish kuni ichida ulash choralarini koʻradi.
35. Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
maʼlumot taqdim etuvchini push-xabarnomalar servisiga ulashning zarurligi asoslanmagani yoki normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazifa belgilanmagani;
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq va/yoki toʻgʻri kiritilmagani;
maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanmagani.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
36. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platfomasining push-xabarnomalar servisiga ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
Bunda foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish uchun mazkur Nizomga 7-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
37. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uni quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
push-xabarnomalar servisiga foydalanuvchini ulash uchun maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishilgan yoki normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazifa belgilangani;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulangani;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi.
38. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida ishlab chiqadi va kelishadi.
Agar foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga bir nechta veb-servislari ulanadigan boʻlsa, mazkur holatda har bitta veb-servis boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va kelishiladi.
39. Kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator tomonidan Yagona reyestr tizimi orqali foydalanuvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
40. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga besh ish kuni ichida ulash choralarini koʻradi.
41. Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
foydalanuvchini push-xabarnomalar servisiga ulash uchun maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishilmagani yoki normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazifa belgilanmagani;
foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanmagani;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjud emasligi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
4-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi tomonlarining huquq va majburiyatlari
42. Operator quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish;
maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulashda koʻmaklashish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar boʻyicha tushuntirishlar berish;
foydalanuvchidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshimcha tarzda soʻrab olish;
maʼlumot taqdim etuvchidan uning maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan maʼlumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish;
maʼlumot taqdim etuvchidan tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligi taʼminlanishini, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha kelib tushgan shikoyatlar oʻz vaqtida bartaraf etilishini talab qilish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
43. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlarni qabul qilish va yuborish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan operatordan tushunchalar olish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi axborot almashinuvi ishtirokchilarining shaxsiy kabinetida oʻziga tegishli veb-servislardan foydalanuvchilar va foydalanayotgan veb-servislar roʻyxati, har bir veb-servisga berilgan soʻrovlar soni, davri va statistika maʼlumotlarini koʻrish hamda yuklab olish.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
44. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida soʻrovlar yuborish va maʼlumotlarni olish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi tegishli veb-servislarga belgilangan tartibda ulanish;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha operatordan tushunchalar olish.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi axborot almashinuvi ishtirokchilarining shaxsiy kabinetida oʻziga tegishli veb-servislardan foydalanuvchilar va foydalanayotgan veb-servislar roʻyxati, har bir veb-servisga berilgan soʻrovlar soni, davri va statistika maʼlumotlarini koʻrish hamda yuklab olish.
Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
45. Operator:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini taʼminlashga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchining shaxsiy kabinetlariga ulashga;
Yagona reyestr tizimida Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha ariza va texnologik yoʻriqnomani koʻrib chiqishga va kelishishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchining shaxsiy kabinetlari orqali elektron axborot hamkorligi doirasidagi statistika maʼlumotlari bilan tanishish imkoniyatini yaratishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini bajarishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan barcha veb-servislar boʻyicha rejali va rejadan tashqari uzilishlar va/yoki toʻxtalishlar vujudga kelishi yoki ular bartaraf etilishi yuzasidan maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarni mavjud qayta aloqa kanallari orqali real vaqt rejimida xabardor qilishga;
mazkur Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish va bu haqida ularni asoslarni koʻrsatgan holda rasmiy xabardor qilishga majbur.
Bunda operator Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilishdan oldin bu toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchini mavjud qayta aloqa kanallari orqali real vaqt rejimida xabardor qiladi.
Operatorga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
46. Maʼlumot taqdim etuvchi:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish shartlariga rioya qilishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha Yagona reyestr tizimida ariza va texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqishga va kelishishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha foydalanuvchining arizasini belgilangan tartibda kelishishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuborilgan soʻrovlarga muvofiq maʼlumotlarni texnologik yoʻriqnomada belgilangan tartibda taqdim etishga;
oʻziga tegishli boʻlgan axborot tizimlari va resurslari hamda maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi maʼlumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
oʻziga tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlashga, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqishga, joriy qilishga hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab borishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan oʻzining barcha veb-servislari boʻyicha rejali va rejadan tashqari uzilishlar va/yoki toʻxtalishlar vujudga kelishi yoki ular bartaraf etilishi yuzasidan operatorni mavjud qayta aloqa kanallari orqali real vaqt rejimida xabardor qilishga;
oʻziga tegishli veb-servisga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimchalar kiritiladigan taqdirda, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilguniga qadar bu haqida uch kun oldin operatorga xabar berishga;
oʻz axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar oʻtkazilishi natijasida Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin boʻlgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar oʻtkazilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilishga, axborot tizimlari va resurslari joylashgan serverlar yoki obyektlarda rejalashtirilgan favqulodda yuz bergan uzilishlar bundan mustasno;
Maʼlumot taqdim etuvchiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
47. Foydalanuvchi:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha Yagona reyestr tizimida ariza va texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqishga va kelishishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha oʻz arizasini belgilangan tartibda maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishishga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinayotgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlashga;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslikka;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslikka;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan oʻzining axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
mazkur Nizom talablariga va “Elektron hukumat” tizimi orqali olinadigan maʼlumotlarni olish, qoʻllash va saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga majbur.
Foydalanuvchiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
5-bob. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish
48. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish foydalanuvchiga bir yoki bir nechta veb-servislardan foydalanishiga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.
49. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va texnologik yoʻriqnoma talablarining buzilishi;
foydalanuvchining murojaati;
foydalanuvchi tomonidan maʼlumotlar uchinchi tomonga shaxsga va bank siriga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilgani haqida axborotning mavjudligi;
foydalanuvchining axborot tizimida axborot xavfsizligiga xavf soluvchi omillar aniqlangani;
foydalanuvchining axborot tizimi va/yoki Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish avtorizatsiya maʼlumotlari uchinchi shaxsda mavjudligi haqidagi maʼlumotlar aniqlangani;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish toʻgʻrisidagi arizada keltirilgan maʼlumotlarni olish uchun asoslar bekor qilingani;
foydalanuvchi tomonidan oʻz arizasiga muvofiq Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi bir yoki bir nechta veb-servisdan foydalanishda yuboriladigan soʻrovlarning maksimal sonidan yigirma foizdan oshib ketgani;
foydalanuvchi tomonidan unga foydalanish uchun ruxsat berilgan veb-servisga yuborilgan soʻrovlarning umumiy sonidan xatolik bilan qaytgan soʻrovlarning ulushi yigirma foizdan oshib ketgani;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida maʼlumotning mavjudligi.
50. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining axborot tizimlari bilan nomuvofiqligi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish toʻgʻrisidagi arizada keltirilgan maʼlumotlarni olish uchun asoslar bekor qilinganligi;
mazkur Nizom bilan belgilangan talablarning bajarilmasligi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Idoralararo integratsiyalashuv platformasining ishtirokchilari oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlarning axborot xavfsizligini taʼminlashi zarur.
52. Operator mazkur Nizom talablarining bajarilishi boʻyicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
53. Operator va maʼlumot taqdim etuvchi mazkur Nizom talablarini buzgan foydalanuvchining masʼul xodimlari xatti-harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
54. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Maʼlumot taqdim etuvchininig “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi, axborot tizimlarining platforma orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Maʼlumot taqdim etuvchining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi
1-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha Yagona reyestr tizimida texnologik yoʻriqnomani toʻldirib, operatorga kelishish uchun yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator,
maʼlumot taqdim etuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnomani Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
3-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali veb-servis yordamida tegishli soʻrovni yuboradi.
Avtomatik tarzda
2-bosqich
Operator
Tegishli soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchining veb-servisiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovni koʻrib chiqib, uning javobini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Foydalanuvchininig “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi, axborot tizimlarining platforma orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, Yagona reyestr tizimi orqali operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni kelishadi.
5 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali veb-servis yordamida tegishli soʻrovni yuboradi.
Avtomatik tarzda
2-bosqich
Operator
Tegishli soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchining veb-servisiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovni koʻrib chiqib, uning javobini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Foydalanuvchini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash toʻgʻrisida
(ariza beruvchi davlat organi yoki tashkiloti nomi)
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga (keyingi oʻrinlarda — IIP) maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining maqsad va vazifalari:
5. Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidagi (IMUT) IP-manzili: (axborot tizimiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning IMUT IP-manzili koʻrsatilgan taqdirda, mazkur arizaga tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi):
10. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursi arizaning 1 — 10-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch ish kuni mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
IIP orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
Izoh. Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi,Jinoyat kodeksining 1412-moddasi bilan tanishtirilgan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga olishiga majbur boʻladi.
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Maʼlumot taqdim etuvchini “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Maʼlumot taqdim etuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishi
1-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va push-xabarnomalar servisiga ulanishni kelishadi.
3 ish kunida
3-bosqich
Operator,
Maʼlumot taqdim etuvchi
Push-xabarnomalar servisiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnomani Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchini push-xabarnomalar servisiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Maʼlumot taqdim etuvchini “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash toʻgʻrisida
(ariza beruvchi davlat organi yoki tashkilotining qisqartma nomi (lotin alifbosida)
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining (keyingi oʻrinlarda — IIP) push-xabarnomalar servisiga maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining maqsad va vazifalari:
4. Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidagi (IMUT) IP-manzili: (axborot tizimiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning IMUT IP-manzili koʻrsatilgan taqdirda, mazkur arizaga tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi):
5. IIPning push-xabarnomalar servisi bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan/taqdim etilayotgan maʼlumotlar tarkibi:
T/r
Maʼlumot taqdim etish veb-servisining nomi
Maʼlumotni taqdim etish uchun asos
1.
2.
3.
6. IIPning push-xabarnomalar servisiga bir oyda taqdim etiladigan eng koʻp maʼlumotlar soni, axborot tizimining ish rejimi:
T/r
Maʼlumot taqdim etish veb-servisining nomi
Bir oy davomida taqdim etiladigan maʼlumotlarning maksimal soni
IIPning push-xabarnomalar servisi bilan ishlash rejimi
1.
2.
3.
7. Ariza beruvchi davlat organi yoki tashkilotining rekvizitlari:
8. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi arizaning 1 — 8-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch ish kuni mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
IIPning push-xabarnomalar servisi orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Foydalanuvchini “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash tartibi
Idoralararo integratsiyalashuv platfomasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni kelishadi.
3 ish kunida
3-bosqich
Operator, Foydalanuvchi
Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnomani Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Foydalanuvchini “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash toʻgʻrisida
(ariza beruvchi tashkilotning qisqartma nomi (lotin alifbosida)
“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasining (keyingi oʻrinlarda — IIP) push-xabarnomalar servisiga maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining maqsad va vazifalari:
4. Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidagi (IMUT) IP-manzili: (axborot tizimiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning IMUT IP-manzili koʻrsatilgan taqdirda, mazkur arizaga tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi):
5. IIPning push-xabarnomalar servisi bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan/taqdim etilayotgan maʼlumotlar tarkibi:
T/r
Maʼlumot oluvchi veb-servisining nomi
Maʼlumotlarni olish uchun asos
1.
2.
3.
6. Taqdim etiladigan maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarining batafsil tavsifi (foydalanish uchun ruxsat soʻralayotgan maʼlumot taqdim etish servislarining har biri boʻyicha alohida koʻrsatiladi):
T/r
Maʼlumot oluvchi veb-servisining nomi
Foydalanishning maqsadi
1.
2.
3.
7. Ariza beruvchi davlat organi yoki tashkilotining rekvizitlari:
8. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi arizaning 1 — 8-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch ish kuni mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
IIPning push-xabarnomalar servisi orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
Izoh. Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi va Jinoyat kodeksining 1412-moddasibilan tanishtirilgan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga olishga majbur boʻladi.
(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 2-ILOVA
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi, tijorat tashkilotlari va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Raqamli qumdon” moduli — foydalanuvchi tomonidan Raqamli maʼlumotlar platformasining veb-servislariga cheklangan miqdorda test soʻrovlarini sinov tariqasida yuborish uchun moʻljallangan axborot resursi;
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli maʼlumotlar platformasi) — tijorat tashkilotlari va xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar tomonidan oʻz tijorat xizmatlarini koʻrsatish doirasida davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlarni uzatish uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vositalar toʻplami;
axborot tizimlari va resurslari egalari boʻlgan maʼlumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa maʼlumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, oʻz axborot tizimlari va resurslarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash orqali maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari;
veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud maʼlumotlar almashinuvining formati va maʼlumotlar toʻplamini belgilaydigan dasturiy taʼminot tizimi;
veb-servis tavsifi — dasturiy taʼminotni qoʻllashda foydalaniladigan texnik yondashuv va yechimlarni qamrab olgan qoʻllanma;
maʼlumotlarni qayta ishlash — maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, qoʻllash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir qator amallarni bajarish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;
test soʻrovi — axborot almashinuvi doirasida foydalanuvchi tomonidan Raqamli maʼlumotlar platformasining “Raqamli qumdon” moduli orqali yoʻllanadigan xabar;
texnologik yoʻriqnoma — Raqamli maʼlumotlar platformasi doirasida idoralararo maʼlumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat;
foydalanuvchi — Raqamli maʼlumotlar platformasidan maʼlumotlar olishdan manfaatdor tijorat tashkiloti yoki xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt;
shartnoma — Raqamli maʼlumotlar platformasidan maʼlumot olish maqsadida operator va foydalanuvchi oʻrtasida tuziladigan kelishuv;
shaxsiy kabinet — “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasida maʼlumot taqdim etuvchi, operator va foydalanuvchining elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi doirasidagi huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi;
push-xabarnoma — foydalanuvchining axborot tizimiga maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimlari va resurslarida yigʻilgan, oʻzgartirilgan hamda toʻldirilgan maʼlumotlar paydo boʻlishi munosabati bilan foydalanuvchining axborot tizimi va resurslarida qayta ishlanayotgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish zaruratiga asosan yuboriladigan qisqa xabar;
push-xabarnomalar servisi — axborot tizimining push-xabarnomalarni qabul qilish va/yoki yuborish uchun moʻljallangan moduli.
3. Foydalanuvchilarning axborot tizimlarini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash faqat himoyalangan VPN tarmogʻi orqali tashkil etiladi.
Bunda soliq va kadastr organlarining axborot tizimlari Raqamli maʼlumotlar platformasiga Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartnomasining amal qilish muddatiga qadar xususiy sherikning axborot tizimlari orqali ulanadi.
4. Foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi axborot almashinuvi tegishli soʻrov yuborish yoʻli bilan Raqamli maʼlumotlar platformasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik hamda axborot almashinuvi doirasida yoʻllangan barcha soʻrovlar boʻyicha tegishli statistika maʼlumotlari maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchining shaxsiy kabinetida yuritiladi.
5. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bilan axborot almashinuvi Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumotlar foydalanuvchining vazifalarini bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.
Foydalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning ishonchliligi, toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlash sharti bilan ularni boshqa foydalanuvchilarga, davlat organlari va tashkilotlariga Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etishi mumkin.
2-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishning umumiy talablari va shartlari
1-§. Raqamli maʼlumotlar platformasiga dastlabki ulanish
7. Foydalanuvchi va operatorning axborot tizimlari oʻrtasidagi elektron hamkorlik va axborot almashinuvida axborot va kiberxavfsizlik talablarini taʼminlash maqsadida dastlabki ulanish doirasida foydalunuvchining axborot tizimi “Raqamli qumdon” moduliga ulanadi. Bunda “Raqamli qumdon” moduli doirasida foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi axborot almashinuvi test soʻrovlari tarkibidagi maʼlumotlarda biron-bir jismoniy yoki yuridik shaxsga oid maʼlumotlardan foydalanilmagan holda test soʻrovlarni yuborish orqali amalga oshiriladi.
8. Foydalanuvchi oʻzining axborot tizimini “Raqamli qumdon” moduliga ulash uchun operatorga “Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr tizimi) orqali elektron tarzda xat orqali murojaat etadi hamda operator uch ish kuni davomida foydalanuvchining axborot tizimini “Raqamli qumdon” moduliga ulash choralarini koʻradi.
Bunda foydalanuvchi Yagona reyestr tizimida avtorizatsiyadan oʻtishi uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi.
9. “Raqamli qumdon” moduliga dastlabki ulanish muddati oʻn kundan oshmasligi zarur.
Dastlabki ulanish yakuni boʻyicha Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yoki ulanmaslik masalasi foydalanuvchining shaxsiy tashabbusi hisoblanadi.
2-§. Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash
10. Foydalanuvchi Raqamli maʼlumotlar platformasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
11. Foydalanuvchi Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda operatorga Yagona reyestr tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Bunda Yagona reyestr tizimida foydalanuvchi avtorizatsiyadan oʻtish uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtishi lozim (dastlabki ulanish doirasida avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi bundan mustasno).
12. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq koʻrib chiqadi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgani hamda arizaga ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgani;
foydalanuvchining axborot tizimi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalari mavjudligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi;
foydalanuvchining axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasining texnik funksiyalarini takrorlamasligi;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi.
13. Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish maqsadida operator kelib tushgan arizani Yagona reyestr tizimida maʼlumot taqdim etuvchiga kelishish uchun yuboradi.
Maʼlumot taqdim etuvchi arizani qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi jihatidan koʻrib chiqadi hamda eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda, uch ish kuni ichida Yagona reyestr tizimida kelishadi.
Bunda maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan arizani koʻrib chiqish va kelishish muddati uch ish kunidan oshmasligi zarur.
Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan arizani koʻrib chiqish yoki kelishish natijalari haqida operatorga Yagona reyestr tizimida elektron shaklda xabarnoma berilmasa, maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan foydalanuvchining arizasi kelishilgan hisoblanadi.
14. Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan ariza yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq asoslantirilgan eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda, arizani kelishish rad etiladi va Yagona reyestr tizimida operatorga xabarnoma yuboriladi.
15. Xabarnoma kelib tushgan kunning oʻzida operator foydalanuvchining arizasini rad etish orqali Yagona reyestr tizimida qaytaradi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
16. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida ishlab chiqadi va kelishadi.
Agar foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasiga bir nechta axborot tizimi yoki resursi ulanadigan boʻlsa, mazkur holatda har bitta axborot tizimi yoki resursi boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va kelishiladi.
Agar avval foydalanuvchining axborot tizimi yoki resursiga oid texnologik yoʻriqnoma belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlsa, mazkur axborot tizimi yoki resursi boʻyicha keyinchalik faqat ariza taqdim etiladi.
Bunda kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
17. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini koʻradi. Bunda operator va foydalanuvchi oʻrtasida Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
18. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada xizmat koʻrsatish darajasi (texnik qoʻllab-quvvatlash 24/7 rejimida koʻrsatilishi, hisobotlarni shakllantirish, qayta aloqa tizimi, axborot almashinuvidagi texnik uzilishlar yuzasidan xabardor qilish va boshqalar) bilan bogʻliq shartlar ham belgilanishi zarur.
19. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuv jarayoniga qoʻyiladigan texnik talablar operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
20. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgani hamda arizaga ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagani;
maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan arizani kelishish rad etilgani;
foydalanuvchining axborot tizimi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va/yoki “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalari mavjud emasligi;
foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada maʼlumotlarning haqqoniy va ishonchli emasligi;
foydalanuvchining axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasining texnik funksiyalarini takrorlashi;
ulanish bilan bogʻliq texnik-tashkiliy yechimning mavjud boʻlmasligi.
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
3-bob. Soʻrovlarni qayta ishlashning umumiy talablari
1-§. Soʻrovlarni qayta ishlash
21. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli soʻrovlarni yuborish orqali oladi.
22. Foydalanuvchilar uchun soʻrovga oid umumiy talablar operator va maʼlumot taqdim etuvchi oʻrtasida kelishiladigan texnologik yoʻriqnomaning veb-servis tavsifida belgilanadi.
23. Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servis texnologik yoʻriqnomaning veb-servis tavsifida belgilangan shartlarga muvofiq soʻrovga oid maʼlumotlar asosida test soʻrovini yuborish orqali sinovdan oʻtkaziladi.
24. Texnologik yoʻriqnomaga asosan soʻrov doirasida maʼlumotlar taqdim etilishi belgilangan boʻlsa, foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlar avtomatik ravishda taqdim etiladi.
2-§. Push-xabarnomalar servisiga ulanishning umumiy shartlari
25. Maʼlumot taqdim etuvchining axborot tizimlari va resurslarida yigʻilgan, oʻzgartirilgan hamda toʻldirilgan maʼlumotlar paydo boʻlishi munosabati bilan tegishli push-xabarnomalar Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisi orqali yuboriladi va/yoki qabul qilinadi.
Bunda Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish uchun tegishli axborot tizimlari va resurslari Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan boʻlishi zarur.
26. Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish uchun foydalanuvchi tegishli veb-servislarga kirishni maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishib olishi lozim.
27. Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida ulanadi.
Bunda foydalanuvchi mazkur Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
28. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uni quyidagi talablar asosida koʻrib chiqadi:
foydalanuvchini push-xabarnomalar servisiga ulash uchun maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishilgani;
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgani;
foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi.
29. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻriqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda Yagona reyestr tizimida ishlab chiqadi va kelishadi.
Agar foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga bir nechta axborot tizimi yoki resursi ulanadigan boʻlsa, mazkur holatda har bitta axborot tizimi yoki resursi boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va kelishiladi.
Agar avval foydalanuvchining axborot tizimi yoki resursiga oid texnologik yoʻriqnoma belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlsa, mazkur axborot tizimi yoki resursi boʻyicha keyinchalik faqat ariza taqdim etiladi.
Bunda kelishilgan texnologik yoʻriqnoma Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda QR-kod shakllantiriladi.
Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator tomonidan Yagona reyestr tizimi orqali foydalanuvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin.
30. Texnologik yoʻriqnoma oʻzaro kelishilgandan soʻng operator foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini koʻradi. Bunda operator va foydalanuvchi oʻrtasida Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
31. Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada xizmat koʻrsatish darajasi (texnik qoʻllab-quvvatlash 24/7 rejimida koʻrsatilishi, hisobotlarni shakllantirish, qayta aloqa tizimi, axborot almashinuvidagi texnik uzilishlar yuzasidan xabardor qilish va boshqalar) bilan bogʻliq shartlar ham belgilanadi.
32. Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
push-xabarnomalar servisiga ulanish maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishilmagani;
arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq kiritilmagani;
maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bogʻliq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjud emasligi.
Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
4-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasi tomonlarining huquq va majburiyatlari
33. Operator quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchiga Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish;
maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchiga Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishida koʻmaklashish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar boʻyicha tushuntirishlar berish;
foydalanuvchidan Raqamli maʼlumotlar platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan koʻzlangan maqsad va vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshimcha tarzda soʻrab olish;
maʼlumot taqdim etuvchidan uning maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan maʼlumotlarning Raqamli maʼlumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish;
maʼlumot taqdim etuvchidan tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligi taʼminlanishini, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha kelib tushgan shikoyatlar oʻz vaqtida bartaraf etilishini talab qilish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
34. Maʼlumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumotlarni qabul qilish va yuborish;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan operatordan tushunchalar olish;
Raqamli maʼlumotlar platformasidagi shaxsiy kabineti orqali oʻziga tegishli boʻlgan veb-servislarga ulangan foydalanuvchilarga oid statistika maʼlumotlarini olish.
Maʼlumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
35. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Raqamli maʼlumotlar platformasi yordamida soʻrovlar yuborish va maʼlumotlarni olish;
Raqamli maʼlumotlar platformasidagi tegishli veb-servislarga belgilangan tartibda ulanish;
Raqamli maʼlumotlar platformasidagi shaxsiy kabineti orqali foydalanishga ruxsat berilgan veb-servislarga oid statistika maʼlumotlarini olish;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha operatordan tushunchalar olish.
Foydalanuvchiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
36. Operator:
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
foydalanuvchiga Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali maʼlumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini taʼminlashga;
Raqamli maʼlumotlar platformasida maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchini shaxsiy kabinetlariga ulashga;
Yagona reyestr tizimida Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha ariza va texnologik yoʻriqnomani koʻrib chiqishga va kelishishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan barcha veb-servislar boʻyicha rejali va rejadan tashqari uzilishlar va/yoki toʻxtalishlar vujudga kelishi yoki ular bartaraf etilishi yuzasidan foydalanuvchilarni mavjud boʻlgan qayta aloqa kanallari orqali xabardor qilishga;
Maʼlumot taqdim etuvchi va foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron axborot hamkorligi doirasidagi statistika maʼlumotlari bilan tanishish imkonini yaratishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini bajarishga;
mazkur Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, maʼlumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish va bu haqida ularni asoslarni koʻrsatgan holda rasmiy xabardor qilishga majbur.
Operatorga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
37. Maʼlumot taqdim etuvchi:
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish shartlariga rioya qilishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha Yagona reyestr tizimida ariza va texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqishga va kelishishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha foydalanuvchining arizasini belgilangan tartibda kelishishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali yuborilgan soʻrovlarga muvofiq maʼlumotlarni texnologik yoʻriqnomada belgilangan tartibda taqdim etishga;
oʻziga tegishli boʻlgan axborot tizimlari va resurslari hamda maʼlumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi maʼlumotlarning Raqamli maʼlumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
oʻziga tegishli maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda dolzarbligini taʼminlashga, dolzarb boʻlmagan maʼlumotlar boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqishga, joriy qilishga hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab borishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan oʻzining barcha veb-servislari boʻyicha rejali va rejadan tashqari uzilishlar va/yoki toʻxtalishlar vujudga kelishi yoki ular bartaraf etilishi yuzasidan operatorni mavjud qayta aloqa kanallari orqali real vaqt rejimida xabardor qilishga;
oʻziga tegishli veb-servisga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimchalar kiritiladigan taqdirda, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilguniga qadar bu haqida ikki hafta oldin operatorga xabar berishga;
oʻz axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar oʻtkazilishi natijasida Raqamli maʼlumotlar platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin boʻlgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar bajarilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasida joylashtirilgan oʻz veb-servislariga foydalanuvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri ulashni cheklashga majbur.
Maʼlumot taqdim etuvchiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
38. Foydalanuvchi:
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha Yagona reyestr tizimida ariza va texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqishga va kelishishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha arizasini belgilangan tartibda maʼlumot taqdim etuvchi bilan kelishishga;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olinayotgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlashga;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslikka;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslikka;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulangan oʻzining axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrishga;
mazkur Nizom talablariga va “Elektron hukumat” tizimi orqali olinadigan maʼlumotlarni olish, qoʻllash va saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga majbur.
Foydalanuvchiga qonunchilik hujjatlari bilan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
5-bob. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish
39. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish foydalanuvchiga bir yoki bir nechta veb-servislardan foydalanishiga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.
40. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha toʻxtatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va texnologik yoʻriqnoma talablarining buzilishi;
foydalanuvchining murojaati;
foydalanuvchi tomonidan maʼlumotlar uchinchi tomonga shaxsga va bank siriga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilgani haqida axborotning mavjudligi;
foydalanuvchining axborot tizimida axborot xavfsizligiga xavf soluvchi omillar aniqlangani;
foydalanuvchining axborot tizimi va/yoki Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish avtorizatsiya maʼlumotlari uchinchi shaxsda mavjudligi haqidagi maʼlumotlar aniqlangani;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlar foydalanuvchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmasligi;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish toʻgʻrisidagi arizada keltirilgan maʼlumotlarni olish uchun asoslar bekor qilinganligi;
foydalanuvchi tomonidan oʻzining arizasiga muvofiq Raqamli maʼlumotlar platformasidagi bir yoki bir nechta veb-servisdan foydalanishda yuboriladigan soʻrovlarning maksimal sonidan yigirma foizdan oshib ketgani;
foydalanuvchi tomonidan unga foydalanish uchun ruxsat berilgan veb-servisga yuborilgan soʻrovlarning umumiy sonidan xatolik bilan qaytgan soʻrovlarning ulushi yigirma foizdan oshib ketgani;
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olingan maʼlumotlardan maʼlumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida maʼlumotning mavjudligi.
41. Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi;
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish toʻgʻrisidagi arizada keltirilgan maʼlumotlarni olish uchun asoslar bekor qilingani;
mazkur Nizom va shartnoma shartlari buzilishi yoki shartnomaning amal qilish muddatining tugashi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Raqamli maʼlumotlar platformasining ishtirokchilari oʻzaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlarning axborot xavfsizligini taʼminlashi zarur.
43. Operator mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
44. Operator va maʼlumot taqdim etuvchi mazkur Nizom va shartnoma talablarini buzgan foydalanuvchining xodimlarini xatti-harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Foydalanuvchininig “Elektron hukumat” tizimi Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishi, axborot tizimlarining platforma orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, Yagona reyestr tizimi orqali operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni kelishish uchun maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
5 ish kunida
Maʼlumot taqdim etuvchi
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Yagona reyestr tizimida kelishadi.
3 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnomani Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
4-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash choralarini koʻradi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani rasmiylashtiradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorligi va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
Avtomatik tarzda
2-bosqich
Operator
Tegishli soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchining veb-servisiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovni koʻrib chiqib, uning javobini Raqamli maʼlumotlar platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Foydalanuvchini “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash toʻgʻrisida
(ariza beruvchi tijorat tashkiloti yoki xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt nomi)
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasiga (keyingi oʻrinlarda — Raqamli platforma) ariza beruvchining axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursning maqsad va vazifalari:
3. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati elektron pochta manzili va masʼul xodimning telefon raqami:
5. Raqamli platforma bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan maʼlumotlarning tarkibi:
T/r
Maʼlumot olish servisining nomi
Maʼlumotlarni olish uchun asos
1.
2.
3.
6. Raqamli platformaga bir oyda eng koʻp soʻrovlar soni, axborot tizimining ish rejimi:
T/r
Maʼlumot olish servisining nomi
Servis bilan ishlash rejimi
1.
2.
3.
7. Olinadigan maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarining batafsil tavsifi (foydalanish uchun ruxsat soʻralayotgan maʼlumot olish servislarining har biri boʻyicha alohida koʻrsatiladi):
9. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi yoki resursi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi arizaning 1 — 9-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch ish kuni mobaynida operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
Raqamli platforma orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
Izoh. Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi, Jinoyat kodeksining 1412-moddasibilan tanishtirilgan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga olishga majbur boʻladi.
(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Foydalanuvchini “Elektron hukumat” tizimi Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Foydalanuvchining Raqamli maʼlumotlar platformasi push-xabarnomalar servisiga ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platfomasining push-xabarnomalar servisiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga Yagona reyestr tizimi orqali yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanishni kelishadi.
3 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
Texnologik yoʻriqnomani Yagona reyestr tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda QR-kod shakllantiradi.
5 ish kunida
4-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulash choralarini koʻradi va Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga ulanish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma rasmiylashtiradi.
5 ish kunida
“Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(ariza beruvchi tashkilotning qisqartma nomi (lotin alifbosida))
“Elektron hukumat” tizimi Raqamli maʼlumotlar platformasining push-xabarnomalar servisiga (keyingi oʻrinlarda — push-xabarnomalar servisi) maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimini ulashni soʻrab, quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimining maqsad va vazifalari:
6. Push-xabarnomalar servisi bilan axborot almashinuvini tashkil etish va unga ulanish doirasida soʻralayotgan maʼlumotlar tarkibi:
T/r
Maʼlumot oluvchi veb-servisining nomi
Maʼlumotlarni olish uchun asos
1.
2.
3.
7. Taqdim etiladigan maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarining batafsil tavsifi (foydalanish uchun ruxsat soʻralayotgan maʼlumot taqdim etish servislarining har biri boʻyicha alohida koʻrsatiladi):
9. Maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi foydalanuvchilarining F.I.O., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
Mazkur arizani taqdim etish bilan maʼlumotlarga ishlov berish uchun moʻljallangan axborot tizimi arizaning 1 — 9-bandlariga muvofiqligini tasdiqlayman.
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman. Ushbu bandlarda oʻzgartirishlar amalga oshirilsa, uch ish kuni mobaynida Operatorga xabar berishni oʻz zimmamga olaman.
Push-xabarnomalar servisi orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish toʻgʻrisidagi roziligini olishni kafolatlayman.
Izoh. Mazkur arizani imzolash orqali shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi, Jinoyat kodeksining 1412-moddasibilan tanishtirilgan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qismiga oid qonunchilikka rioya etilmagan hollarda javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga olishga majbur boʻladi.
(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va imzosining yoyilmasi)
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi) — davlat xizmatlarini hamda boshqa xizmat va servislarni koʻrsatish jarayonida olinadigan ayrim boj, yigʻim, toʻlov va jarimalar hisobini yurituvchi axborot tizimi;
tranzaksiya — toʻlov summasining bir hisobvaragʻidan boshqa hisobvaragʻiga oʻtkazilishi;
invoys — hisob-kitob varaqasi;
invoys raqami — har bir tranzaksiya uchun yaratiladigan maxsus unikal (14 xonali) sonlar jamlanmasi;
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi (keyingi oʻrinlarda — kliring tizimi) — kliring tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishida kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi axborot tizimi;
“Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish funksiyasini bajaruvchi axborot tizimi;
talabgor — Yagona billing tizimiga xizmatlarini ulash istagini bildirgan subyekt;
Yagona billing tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Yagona billing tizimining ishlashi, undan foydalanish, uni tashkiliy va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
3. Yagona billing tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
tranzaksiyalar hisobini yuritish, hisobot va statistik maʼlumotlarni shakllantirish;
bank kassalari, toʻlov tashkilotlari va masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali hamda bank hisobvaragʻidan naqd pulsiz koʻrinishda amalga oshirilgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mijozlarga real vaqt rejimida yetkazish;
davlat xizmatlari, boshqa xizmat va servislarni koʻrsatish uchun toʻlanadigan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun invoys yaratish.
4. Yagona billing tizimi orqali toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
5. Yagona billing tizimini takomillashtirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
2-bob. Yagona billing tizimiga ulanish tartibi
6. Yagona billing tizimiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Talabgorning axborot tizimlari va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qilish talabgor axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
8. Yagona billing tizimiga “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Identifikatsiyalashning yagona tizimi) roʻyxatdan oʻtish orqali kiriladi.
9. Quyidagilar Yagona billing tizimiga ulanish uchun qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da davlat xizmati joriy etilishi yoki talabgorning axborot tizimlari, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha idoraviy axborot tizimlarining mavjudligi;
mazkur Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan shakldagi Yagona billing tizimiga integratsiya qilish xizmat pasportining mavjudligi;
bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari mavjudligi.
10. Yagona billing tizimiga ulanish quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:
a) YIDXPda joriy etilayotgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha Yagona billing tizimiga ulash, bunda davlat xizmatini koʻrsatuvchi davlat organi va tashkilot tomonidan faqat davlat xizmatlariga tegishli bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari taqdim qilinadi;
b) xizmatlarni taqdim etuvchi maydonlar, maʼlumotlarni yigʻish punkti orqali koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha talabgorning idoraviy axborot tizimlarini Yagona billing tizimiga ulash, bunda ulash axborot tizimining egasi (mulkdori) va operator oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulanish uchun:
talabgor tomonidan Yagona billing tizimiga ulanish boʻyicha operatorga tegishli soʻrov yuboriladi;
operator talabgorni Yagona billing tizimiga ulash boʻyicha uning texnik imkoniyatlarini oʻrganadi va natijasi boʻyicha ushbu tizimga ulash yoki ulanishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
ulash maqsadga muvofiq deb topilganda talabgor ushbu tizimga ulanadigan xizmat va servislarning parametrlari haqidagi xizmat pasportlarini toʻldiradi va tasdiqlaydi hamda Yagona billing tizimiga ulanish boʻyicha operator bilan shartnoma tuzadi;
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimiga ulanish uchun talabgor tomonidan ariza taqdim etiladi;
mazkur ariza asosida talabgor bilan Markaziy bank oʻrtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari koʻrsatilgan Texnologik yoʻriqnoma tasdiqlanadi;
Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni Yagona billingga yuborish yuzasidan tegishli soʻrov yuboriladi;
operator talabgorning xizmat va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qiladi;
talabgor toʻlov tizimlarini yurituvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi.
11. Talabgor tomonidan taqdim etilgan xizmat pasportida keltirilgan maʼlumotlar, xususan, koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va talabgorning tarkibiy tuzilmalari yoki xizmat koʻrsatish shoxobchalari roʻyxati va koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar tushadigan bank va gʻaznachilik hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
12. Talabgorning axborot tizimlari va servislarining parametrlari Yagona billing tizimining parametrlariga muvofiq kelmagan hollarda axborot tizimlari va servislari parametrlarini Yagona billing tizimiga moslashtirish boʻyicha tavsiyalar taqdim etiladi. Operator soʻrovni qayta koʻrib chiqadi.
13. Talabgor tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali amalga oshirilsa:
talabgor Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar boʻyicha maʼlumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish yuzasidan tegishli soʻrov yuboradi;
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi ushbu soʻrovga asosan besh ish kunida koʻrsatilayotgan davlat xizmatining tegishli shaxsiy gʻazna xisobvaraqlari “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga ulanganligi yoki ulanmasligi haqida asoslangan javob qaytaradi.
14. Yagona billing tizimiga ulash operator tomonidan talabgorning tashabbusi bilan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Mijozlar uchun Yagona billing tizimi orqali oʻz hisobotlarini yuritish, hisobotlar va statistik maʼlumotlar olish, gʻaznachilik orqali tushgan va qaysi invoysga tegishliligi aniqlanmagan toʻlovlarni invoysga biriktirish uchun operator tomonidan alohida kabinet ochib beriladi.
3-bob. Yagona billing tizimi operatori va mijozlarning huquq va majburiyatlari
16. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Yagona billing tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatga olish, ulash va oʻqitish;
Yagona billing tizimini modernizatsiyalash va yangi versiyalarini ishga tushirish;
mijozlarga Yagona billing tizimidan foydalanish boʻyicha, shu jumladan, Yagona billing tizimida xato yoki notoʻgʻri ishlashining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
Yagona billing tizimidan foydalanuvchilar uchun tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratish;
Yagona billing tizimining funksional va foydalanish tasniflarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish;
Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Yagona billing tizimida profilatik tadbirlar oʻtkazish uchun oldindan vazirliklar va idoralarga xabar bergan holda ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish;
mijozlarning axborot tizimlari orqali Yagona billing tizimiga turli xil texnik xurujlar amalga oshirilganda va uning oqibatida kelib chiqadigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarni vaqtincha Yagona billing tizimidan uzib qoʻyish;
Yagona billing tizimida boʻlgan oʻzgarishlarga moslashishni talab qilish;
mijozlarning soʻroviga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hamda integratsiyalarni amalga oshirish.
17. Zarurat tugʻilganda, operator Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Yagona billing tizimini texnik tomondan qoʻllab-quvvatlashda yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish maqsadida boshqa tashkilotlarni (texnik guruh) jalb qilish huquqiga ega.
18. Mijozlarning Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlar boʻyicha invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaati tegishli hujjatlar bilan asoslangan taqdirda, toʻlov invoysdan yechib beriladi.
Bunda Yagona billing tizimida mazkur invoys bilan amalga oshirilgan operatsiya yakuniga yetkazilgan yoki mazkur invoys uchun mijozlarning idoraviy axborot tizimlarida xizmatlar koʻrsatish boshlangan hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, tushgan toʻlovlar invoysdan yechib berilmaydi.
19. Operator quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Yagona billing tizimiga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirishlar haqida vazirliklar va idoralarga aniq muddati koʻrsatilgan holda kamida bir oy oldin yozma xabarnoma yuborish;
Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish boʻyicha murojaatlar qabul qilinishini tashkil etish va tezkorlik bilan koʻrib chiqish hamda bartaraf etish;
Yagona billing tizimidagi davlat organlariga taalluqli axborotning butligini taʼminlash.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
20. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi huquqlarga ega:
Yagona billing tizimidan foydalanish, hisobotlar va statistik maʼlumotlar olish;
Yagona billing tizimi xizmatidan foydalanuvchilar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Yagona billing tizimidan foydalaniladigan xizmat turlarini koʻpaytirish, kamaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish;
Yagona billing tizimidan foydalanuvchilarning koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etishni talab qilish;
Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etishni soʻrab operatorga murojaat qilish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlarni tegishli invoysga bogʻlash, invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish boʻyicha murojaat qilish.
21. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Yagona billing tizimidan foydalanuvchi xodimlari Identifikatsiyalashning yagona tizimida roʻyxatdan oʻtishini taʼminlash;
Yagona billing tizimidagi foydalanuvchilar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda 5 ish kuni davomida operatorni xabardor etish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimidan oʻtgan mablagʻlar toʻlov hujjatida koʻrsatilgan subyektlarga berilgan invoysga toʻgʻri kelishini nazorat qilib borish;
Moliya vazirligining Gʻaznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan toʻlovlar boʻyicha invoysga xato bogʻlangan toʻlovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaat qilishda toʻlov xato bogʻlanganligi va uni yechish maqsadga muvofiqligini asoslab berish;
koʻrsatilgan xizmatlar haqi sifatida amalga oshirilgan har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizini hisobot oyining yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazish.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Operator Yagona billing tizimining uzluksiz ishlashi va undagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik uchun javobgar hisoblanadi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulanish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Raqamli maʼlumotlar platformasiga foydalanuvchilarning ulanishi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni kelishadi.
7 ish kunida
3-bosqich
Operator, foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
7 ish kunida
4-bosqich
Operator
Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash choralarini koʻradi.
5 ish kunida
II. Axborot tizimlarining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
1-bosqich
Foydalanuvchi
Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
Operator
Soʻrov tarkibining texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini tekshiradi va soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Maʼlumot taqdim etuvchi
Soʻrovga asosan maʼlumotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Operator
Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining oʻzaro hamkorlikda ishlashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga integratsiya qilishning
Xizmat koʻrsatuvchi davlat organi va boshqa tashkilotning nomi
Toʻliq nomi:
Qisqacha nomi:
3.
Xizmatdan foydalanuvchilar
Jismoniy shaxslar
Yuridik shaxslar
4.
Xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlarning toʻliq roʻyxati va/yoki xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar mavjud tashkilotlar
Xizmat koʻrsatish jarayonida qatnashadi:
1)
2)
5.
Xizmat narxi va toʻlov tartibi
Xizmat koʻrsatish uchun:
________soʻm yoki __% miqdorida yigʻim undiriladi (bazaviy hisoblash miqdorining ______baravari).
Toʻlov tartibi:
ariza topshirilishidan oldin yoki topshirish vaqtida.
6.
Xizmat koʻrsatish muddati
Xizmatlarni taqdim etishning oxirgi muddatlari:
a) 1 oy — yangi taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish uchun;
7.
Xizmat reglamenti
Xizmatlar koʻrsatish tartibini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar roʻyxati:
№
Nomi
Sana
Raqami
Havola
1.
Izoh. Hujjat Internet jahon axborot tarmogʻida jamoat domenida boʻlmagan taqdirda, siz uning nusxasini pasportga biriktirishingiz kerak.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va uning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar
MHOBT (SOATO) kodi
Hudud nomi
Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi shaxsiy hisobvaragʻi