Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-sonli “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-son “Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida”gi qaroriga asosan vaqtincha to‘xtatilgan.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini ishonchli tarzda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash uchun moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish va bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlarini hisobga olish va energetika sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-apreldan belgilanadigan yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari 2024 va 2025-yillarda faqat yillik inflatsiya darajasi miqdorida indeksatsiya qilib boriladi;
2026-yildan boshlab tabiiy gaz, elektr energiyasi va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq yoqilg‘i-energetika resurslarining joriy etilayotgan yangi narxlarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin va 2022-yil 15-iyuldan boshlab kuchga kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A. I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-son qaroriga
1-ILOVA
Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi
NARXLARI

T/r

Nomi

O‘lchov birligi

Bir o‘lchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda so‘m)

2022-yil 15-iyuldan

2023-yil 1-apreldan

1.

Elektr energiyasi

1.1.

Iste’molchilarning I va II guruhlari:

1.1.1.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari uchun

kVt soat

800

850

1.1.2.

qolgan iste’molchilar uchun

600

700

1.2.

Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, aholi:

1.2.1.

ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun:

kVt soat

147,5

1.2.2.

qolgan maishiy iste’molchilar uchun:

295

1.3.

Iste’molchilarning IV guruhi

kVt soat

600

700

1.4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar uchun

kVt soat

600

700

2.

Tabiiy gaz

2.1.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga, gazni hisobga olish uskunalari mavjud bo‘lganda:

kub m

380

2.2.

Tabiiy gazni hisobga olish uskunalari mavjud bo‘lmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga:

2.2.1.

ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun

kub m

660

2.2.2.

isitish uchun

kub m

380

2.3.

Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalariga (shu jumladan, balansida avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari bo‘lgan yuridik shaxslarga)

kub m

1 150

1 350

2.4.

Issiqlik elektr stansiyalari va elektr energiyasi yagona xarid qiluvchisiga

kub m

1 000

1 200

2.5.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari uchun

kub m

1 300

1 350

2.6.

Boshqa yuridik iste’molchilar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar uchun

kub m

1 100

1 350

3.

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan suyultirilgan gaz

kg

1 120

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Turmushda iste’mol qilinadigan suyultirilgan gaz, “UzGasTrade” AJ xamda “Hududgazta’minot” AJ va (yoki) uning hududiy bo‘linmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz”;
b) 6 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qarorida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali avtomobil benzini birja savdolari orqali sotiladigan tartib belgilansin.
2022-yil 15-iyuldan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har oylik kompensatsiya miqdori har chorakda “O‘zbekneftgaz” AJning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali hisobot davridan oldingi chorakning o‘rtacha sotish narxidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilsin.”;
v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son)