1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga muvofiq:
2022-yil 1-iyundan boshlab tajriba tariqasida, bosqichma-bosqich yil yakuniga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan xizmat koʻrsatilishi;
Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga oʻtkazilgan unitar korxonalarning boʻsh mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanoma taqdim etish orqali joylashtirilishi;
2022-yilgacha davlat unitar korxonalari boʻsh mablagʻlarining tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan milliy valyutadagi mablagʻlari depozitlar muddati tugagandan soʻng, ularning muddati uzaytirilmasdan tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
unitar korxonalarning mablagʻlari hisobini shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritish;
gʻaznachilikda unitar korxonalarning yuridik majburiyatlarini hisobga olish;
gʻaznachilikda unitar korxonalarning moliyaviy majburiyatlarini hisobga olish hamda xarajatlarni toʻlash;
unitar korxonalarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish.
3. Moliya vazirligi Markaziy bank, Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda:
a) oʻn kun muddatda Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarni mazkur qaror qabul qilingandan boshlab 2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich gʻazna ijrosi bilan qamrab olish grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) tasdiqlangan grafikda koʻrsatilgan muddatlarga qadar gʻazna ijrosi bilan qamrab olinadigan unitar korxonalarning tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, qoldiq mablagʻlarni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilishini hamda bank hisobvaraqlari belgilangan tartibda yopilishini taʼminlasin;
v) gʻazna ijrosi bilan qamrab olish jarayoniga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida masʼul xodimlarni unitar korxonalarga biriktirsin;
g) 2023-yil 1-fevralga qadar tajriba natijalaridan kelib chiqib, boshqa vazirlik va idoralar tarkibidagi unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatishni joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. Belgilansinki, gʻaznachilik bilan qamrab olingan unitar korxonalar tomonidan tijorat banklarida hisobvaraq ochish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-yanvarga qadar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan unitar korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini avtomatlashtirilgan holda yuritish maqsadida “OʻzASBO” dasturiy majmuasining xoʻjalik yurituvchi korxonalarga moslashgan yangi modulini ishlab chiqsin;
gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan unitar korxonalarning mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini tasdiqlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Bunda “OʻzASBO” dasturiy majmuasining xoʻjalik yurituvchi korxonalarga moslashgan yangi moduli ishlab chiqilgunga qadar gʻaznachilik bilan qamrab olingan unitar korxonalarga oʻzlari tomonidan foydalanib kelinayotgan dasturiy taʼminot orqali buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishga ruxsat berilsin.
6. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari 2022-yil 1-iyuldan boshlab shakllantirilgan reja-jadval asosida taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarning rahbarlari va bosh hisobchilari uchun davlat xaridlari hamda gʻazna ijrosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil qilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-iyun,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 345-son qaroriga ILOVA
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan va gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan unitar korxonalarga (keyingi oʻrinlarda — unitar korxonalar) gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yuridik majburiyatlar — unitar korxonalar tomonidan tuzilgan shartnomalar, shuningdek, tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida unitar korxonalarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
moliyaviy majburiyatlar — unitar korxonalardan mablagʻlarni oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 108-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/108/0177-son)
2-bob. Unitar korxonalar uchun shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish tartibi
3. Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq xizmat koʻrsatiladi.
Unitar korxonalar uchun gʻaznachilik tomonidan axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini (keyingi oʻrinlarda — SHGʻH) ochish va yopish ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakldagi arizaga asosan amalga oshiriladi.
Unitar korxonalarning SHGʻHni ochish yoki yopish uchun arizasi gʻaznachilikka taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Unitar korxonalar tomonidan SHGʻHni ochish yoki yopish uchun taqdim etilgan arizalar notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki toʻliq toʻldirilmagan hollarda, taqdim etilgan arizalar ulardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta kiritish uchun bir ish kuni davomida qaytariladi va bu haqda unitar korxonalar xabardor qilinadi.
4. 2023-yil 1-yanvardan boshlab unitar korxonaning SHGʻHni ochish yoki yopish uchun arizasi, SHGʻHni ochilganligi yoki qayta kiritish toʻgʻrisidagi xabarnomalar elektron shaklda “OʻzASBO” dasturiy majmuasi orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
5. Unitar korxonalar kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini joriy yilning 1-dekabriga qadar tuzadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning taʼsischisi boʻlgan budjet tashkilotlari joriy yilning 10-dekabriga qadar roʻyxatga oladi.
Unitar korxonalarning daromadlar va xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar ularning taʼsischisi boʻlgan budjet tashkilotlari tomonidan roʻyxatga olinadi.
6. Unitar korxonalar tomonidan ularning xarajatlar smetalari yil oylari boʻyicha taqsimlangan holda xarajatlarning birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari boʻyicha iqtisodiy tasnifga muvofiq har bir xarajat guruhi boʻyicha, uchinchi va toʻrtinchi guruhi xarajatlari bir xarajat guruhi boʻyicha yuritiladi.
Unitar korxonalarning xarajatlar smetalari uch nusxada tuziladi.
7. Unitar korxonalarning taʼsischisi boʻlgan budjet tashkilotlari ushbu korxonalarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
Unitar korxonalarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablagʻlar qoldigʻi hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
8. Unitar korxonalarning daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “OʻRMV” AT) avtomatik tarzda hisobga olinadi.
9. Daromadlar va xarajatlar smetasining va ularga ilovalarning shakllari, shuningdek, ularni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
4-bob. Yuridik majburiyatlarni hisobga olish
10. Unitar korxonalarning davlat xaridlari doirasida tuzilgan va belgilangan tartibda maxsus axborot portalida yuritiladigan Shartnomalarning yagona reyestriga kiritilgan shartnomalari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda hisobga olinadi.
11. Gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgunga qadar unitar korxonalar tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish yoʻli bilan toʻlab beriladi.
12. Unitar korxonalarning davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan shartnomalari va ularga qoʻshimcha kelishuvlari qonunchilik doirasida tuzilganligi uchun mazkur shartnomalarni imzolagan unitar korxonalarning rahbarlari javobgar hisoblanadi.
13. Shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlarning “OʻRMV” ATda hisobga olinishi ushbu shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha unitar korxonalarning nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/108/0177-son)
6-bob. Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish hamda xarajatlar toʻlovi
15. Unitar korxonalarga qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari uchun belgilangan budjet tasnifi qoʻllaniladi.
16. Unitar korxonalarning I va II guruh boʻyicha xarajatlar toʻlovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari toʻlovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari).
Tegishli SHGʻHda I va II guruh xarajatlari toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni qoplaydigan qoldiqlar mavjud boʻlganda, III va IV guruh xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
17. Unitar korxonalar budjetga oylik ish haqi boʻyicha majburiy yigʻimlarni toʻlash, naqd pul mablagʻlarini olish yoki xodimlarning bank kartalariga mablagʻlarni oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 5 — 7-ilovalarga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomalari, gʻazna memorial orderlari va buyurtmanomani “OʻzASBO” dasturiy majmuasidan foydalangan holda elektron shaklda Gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.
18. Unitar korxonalar naqd pul shaklidagi mablagʻlarni olish uchun tijorat banklarida tegishli balans hisobvaraqlari ochadi.
19. “OʻzASBO” dasturiy majmuasiga ulangan unitar korxonalar xodimlarining ish haqi summalarini bank kartochkalariga oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqatgina elektron shaklda yuboradi.
20. Unitar korxonalar qonunchilikka muvofiq xoʻjalik faoliyatiga doir soliqlar, davlat bojlari, boshqa majburiy yigʻimlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 4-5-ilovalarga muvofiq buyurtmanoma, toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini “OʻzASBO” dasturiy majmuasidan foydalangan holda elektron shaklda yuboradi.
21. Unitar korxonalar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini elektron shaklda yuborgandan soʻng Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqilib, xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida toʻlab beriladi.
Agarda, xato va kamchiliklar aniqlansa, ularni koʻrsatgan holda bir ish kunidan kechiktirmasdan elektron shaklda unitar korxonaga qaytariladi.
22. Unitar korxonalarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari boʻyicha toʻlovlar tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
Bunda tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar “OʻRMV” ATga elektron shaklda yuborilgandan soʻng toʻlovlar elektron toʻlov topshiriqnomalari va/yoki gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
23. Unitar korxonalarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari boʻyicha elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari tegishli shartnomaga (yuridik majburiyatga) muvofiqligi boʻyicha nazorat gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni ichida amalga oshiriladi, kamchiliklar aniqlanganida ularni koʻrsatgan holda elektron shaklda unitar korxonaga qaytariladi.
7-bob. Unitar korxonalarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish
24. Unitar korxonalar oʻzlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga Gʻaznachilikka buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtiradilar.
25. Unitar korxonalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hajmi va muddatlari, foiz stavkasining eng kam miqdori, lotlar soni va joylashtirish vaqti unitar korxonalar tomonidan belgilanadi.
26. Unitar korxonalar tomonidan ilgari joylashtirilgan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlar depozit muddati tugagunga qadar tijorat banklarining depozit xisobvaraqlarida saqlanadi va muddati uzaytirilmasdan, depozit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytariladi.
27. Unitar korxonalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlari ikki ish kuni mobaynida toʻliq hajmda ularning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
28. Unitar korxonalar tomonidan ilgari joylashtirilgan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlar depozit muddati tugagandan soʻng oʻz vaqtida qaytarilishi uchun unitar korxonalar rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardir.
8-bob. Moliyaviy majburiyatlar boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini bajarish hamda toʻlovlarni amalga oshirish
29. Unitar korxonalarning moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mazkur Nizomga muvofiq bajariladi.
30. Ijro hujjatlarida qarzdor unitar korxonalarning rekvizitlari toʻgʻri (yagona gʻazna hisobvaragʻi va SHGʻH) koʻrsatilishi lozim. Qarzdorning rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilgan ijro hujjatlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan rekvizitlarni aniqlashtirish uchun qaytariladi.
31. Unitar korxonalarning moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish ularning SHGʻHdagi mavjud mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda unitar korxonalarning SHGʻHda mablagʻlari boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushishi rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻlab berilgandan soʻng ijro etiladi.
32. Gʻaznachilik boʻlinmalari ijro hujjatini olgandan soʻng oʻn kun muddatda uning bajarilishini quyidagi yoʻl bilan taʼminlaydi:
unitar korxonalarning barcha SHGʻHlari boʻyicha toʻlovlarini va shartnomalarini hisobga olishni (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar bundan mustasno) vaqtincha toʻxtatish, shuningdek, mablagʻlardan foydalanish boʻyicha ijro hujjatida nazarda tutilgan cheklovlarni taʼminlash;
ijro hujjatini ilova qilgan holda, tegishli xarajatlari vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisida unitar korxonalarni yozma xabardor qilish;
unitar korxonalarning SHGʻHdagi mablagʻlari qoldigʻi doirasida mablagʻlarni oʻtkazish.
33. Unitar korxonalar ijro hujjatini yoki gʻaznachilik boʻlinmasining tegishli xabarnomasini olgandan soʻng mablagʻlarni oʻtkazib berish uchun ikki ish kuni ichida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq buyurtmanomani “OʻzASBO” dasturiy majmuasidan foydalangan holda elektron shaklda yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmanomani keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va “OʻRMV” ATda elektron shaklda hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganda esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron shaklda unitar korxonaga qaytaradi.
34. Gʻaznachilik boʻlinmasida buyurtmanoma dasturiy majmuasidan hisobga olinganidan soʻng unitar korxona bir ish kuni ichida “OʻzASBO” dasturiy majmuasida toʻlov topshiriqnomasi yoki gʻazna memorial orderini shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov topshiriqnoma yoki gʻazna memorial orderlarini “OʻRMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov topshiriqnomasi va gʻazna memorial orderlarida kamchiliklar aniqlansa, tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron shaklda unitar korxonaga qaytaradi.
35. Unitar korxonalar tomonidan mazkur Nizomning 33 va 34-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganida yoki muddatida taqdim etilmaganda gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda ijro hujjati boʻyicha toʻlovni mustaqil amalga oshiradi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Unitar korxonalar gʻaznachilik boʻlinmalaridan tegishli SHGʻHdan koʻchirmalar va ularga ilovalarni oladi.
Bunda “OʻzASBO” dasturiy majmuasiga ulangan unitar korxonalar koʻchirmalarni elektron hujjat koʻrinishida “UzASBO” dasturiy majmuasidan oladi va elektron shaklda taqdim qilingan koʻchirmalar unitar korxonalarga qogʻoz koʻrinishida taqdim etilmaydi.
37. Unitar korxonalarning mablagʻlari ularning tegishli SHGʻHga kirim qilinadi va mazkur unitar korxonalar tushumlari yoki SHGʻH hisobidan avval amalga oshirilgan kassa xarajatlarining tiklanish summalari sifatida hisobga olinadi.
38. Unitar korxonalarning SHGʻHga kelib tushgan mablagʻlari toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash uchun tegishli tijorat banklari tomonidan yuboriladigan elektron toʻlov hujjatlarining “toʻlov maqsadi” ustunida mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq maʼlumotnomada koʻrsatilgan tegishli toʻlov kodlari, shuningdek, unitar korxonalarning SHGʻHlari koʻrsatilishi lozim.
39. Unitar korxonalarning SHGʻHga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan unitar korxonalarning yozma murojaatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida qaytariladi, davlat soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.
“OʻzASBO” dasturiy majmuasiga ulangan unitar korxonalarining SHGʻHlariga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarini gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborish orqali qaytariladi.
40. “OʻzASBO” dasturiy majmuasi orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuborilgan elektron hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, hujjatlarning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, elektron hujjatlarga asos boʻlgan hujjatlarning asli, shuningdek, shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun unitar korxonalar javobgar hisoblanadi.
41. Gʻaznachilik boʻlinmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarning oʻz muddatida va toʻgʻri va hisobga olinishiga, toʻlovlarning amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning toʻliqliligiga, shuningdek, oʻzlariga yuklangan boshqa vazifalarning mazkur Nizomga muvofiq bajarilishiga javobgardir.
42. Unitar korxonalar davlat xaridlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish, shu jumladan, boshlangʻich narxni belgilash, tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishi, maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimi, shuningdek, gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgan yuridik va moliyaviy majburiyatlar boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarning tuzilgan xarajatlar smetasiga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish
SXEMASI
1-bosqich
Unitar korxonalar
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga ariza taqdim etadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng 1 ish kuni ichida, mavjud unitar korxonalar — grafik asosida
2-bosqich
Gʻaznachilik boʻlinmalari
Davlat unitar korxonalari uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilishini amalga oshiradi.
1 ish kuni
3-bosqich
Gʻaznachilik boʻlinmalari
Unitar korxonalari tomonidan davlat xaridlari doirasida mahsulot (ish, xizmat) yetkazib beruvchi korxonalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarini tegishli axborot tizimida hisobga oladi.
Toʻlovlarni davlat unitar korxonalari tomonidan “OʻzASBO” dasturiy majmuasi orqali yuborilgan toʻlov topshiriqnomaga asosan amalga oshiradi.
doimiy
4-bosqich
Unitar korxonalar
Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanoma taqdim etish yoʻli bilan joylashtiriladi.
talabga koʻra
5-bosqich
Unitar korxonalar yoki tugatish komissiyasi
Tegishli Hukumat qaroriga muvofiq davlat unitar korxonasini tugatish jarayoni yakunlangandan soʻng shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga ariza taqdim etadi.
1 ish kunida
6-bosqich
Gʻaznachilik boʻlinmalari
Unitar korxonalar uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yopilishini amalga oshiradi.
1 ish kuni
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (lari) ochish toʻgʻrisida
____________________________________________________________________________ sababli
(sababi koʻrsatiladi)
shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopishingizni soʻraydi.
Korxona rahbari
_____________________ (imzo)
_________________________________ (F.I.O.)
M.Oʻ.
Korxona bosh hisobchisi
_____________________ (imzo)
_________________________________ (F.I.O.)
Gʻaznachilik organi tomonidan toʻldiriladi ------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Masʼul xodim
_______________ (lavozimi)
___________ (imzo)
__________________ (F.I.O.)
Tegishli boʻlim (sektor) boshligʻi
____________________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
Rahbar
____________________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
20 ___ yil “___” _____________
________________________________________________________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida Gʻaznachilik organi belgisi
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishga BUYURTMANOMA
20__ y. “___”___________-son
20__ y. ________________ uchun
Buyurtmachi nomi ____________________________________________________________________
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi______________________________________________________________
(soʻmda)
Hujjat raqami
Hujjat sanasi
Toʻlovni oluvchining nomi
Toʻlovni oluvchining bank rekvizitlari (shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi)
Summasi
Taqdim qilingan sana
20___ y. “__”______
Korxona rahbari
__________
(imzo)
__________________
F.I.O.
M.Oʻ.
Korxona bosh buxgalteri
__________
(imzo)
__________________
F.I.O.
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Toʻlov topshiriqnomasi
-sonli
Sana
kk.oo.yyyy
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomi
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi
Summa
Mablagʻlarni oluvchining nomi
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomi
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi
Summa (soʻz bilan)
Toʻlov maqsadi
SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi
Korxona rahbari
Korxona bosh hisobchisi
(F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Toʻlov topshiriqnomasi
-sonli
Sana
kk.oo.yyyy
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomi
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi
Summa
Mablagʻlarni oluvchining nomi
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank nomi
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank kodi
Summa (soʻz bilan)
Toʻlov maqsadi
SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi
Gʻaznachilik boʻlinmasi rahbari
Masʼul xodim
(F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
______ -sonli gʻazna memorial orderi
Sana
KK.OO.YYYY
Toʻlovchi
Toʻlovchining nomi
Toʻlovching sh.gʻ.h.
STIR
Summasi
Oluvchi
Oluvchining nomi
Oluvchining sh.gʻ.h.
STIR
Summasi soʻz bilan
Toʻlov maqsadi
XXXXX (toʻlov kodi), SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi
Korxona rahbari
Imzo
F.I.O.
M.Oʻ.
Korxona bosh
hisobchisi
Imzo
F.I.O.
______ -sonli gʻazna memorial orderi
Sana
KK.OO.YYYY
Toʻlovchi
Toʻlovchining nomi
Toʻlovching sh.gʻ.h.
STIR
Summasi
Oluvchi
Oluvchining nomi
Oluvchining sh.gʻ.h.
STIR
Summasi soʻz bilan
Toʻlov maqsadi
XXXXX (toʻlov kodi), SHGʻH XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi,
STIR XXXXXXXXX, maqsadi
Gʻaznachilik boʻlinmasi rahbari
Imzo
F.I.O.
M.Oʻ.
Masʼul xodim
Imzo
F.I.O.
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ILOVA
I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha _____-son buyurtmanoma
______________
sana
__________________________________________
(tuman, shahar, viloyat) Gʻaznachilik boʻlinmasi
_______________________ning
korxona nomi
_______ oyi uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha
oy nomi
____________________________
shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi
(soʻm)
T/r
Iqtisodiy tasnif kodi
Hisoblangan ish haqi
Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar*
Jami ushlandi
Bank kartochkalariga oʻtkazish
Naqd pul olish uchun balans hisobvaraqlariga oʻtkazish
Oldingi oylar qarzdorligi
Jami toʻlash uchun
Yagona ijtimoiy toʻlov
(___%)
jami
shu jumladan: imtiyozli
(mod. yordam va boshqalar)
jismoniy shaxslar daromad soligʻi
fuqarolarning sugʻurta badallari
(____%)
kasaba uyushmasi badali
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badal
avans
alimentlar
….
….
….
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
…
…
…
…
…
…
…
…
…
Jami
Izoh. ushbu soʻrovnomada berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaymiz.
* Ushbu buyurtmaning “Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar” qismida koʻrsatilgan xodimlarning ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq va xodimlarning yozma roziligi asosida ushlanmoqda. Ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar masalasi boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yoki yuqoridagi xodimlarning roziligining ishonchsizligi aniqlanganda javobgarlikni toʻliq oʻz zimmamizga olamiz.
Korxona rahbari
________
_________________
Gʻaznachilik boʻlinmasining xodimi qabul qildi
________ 20__ y “__” _______
(imzo)
(F.I.O.)
(imzo)
M.Oʻ.
Korxona bosh buxgalteri
________
_________________
Korxonaning xodimi qabul qildi
________ 20__ y “__” _______
(imzo)
(F.I.O.)
(imzo)
Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalariga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 8-ILOVA
Toʻlov turlari boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/r
Toʻlov kodi
Toʻlov turlari
1.
09610
Unitar korxonalarning jamgʻarmalariga toʻlovlar:
1. Yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan unitar korxonalarga toʻlovlar;
2. Unitar korxonalar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish natijasida ijaraga oluvchilarning toʻlovlari;
3. Ajratmalar hisobiga toʻlovlar;
4. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan oldingi yillar shartnomalari boʻyicha debitorlik qarzlari toʻlovlari;
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan unitar korxonalarga koʻrsatiladigan homiylik (begʻaraz) yordamlari;
6. Yuqoridagilardan tashqari boshqa toʻlovlar.
2.
09620
Ortiqcha yoki notoʻgʻri oʻtkazilgan mablagʻlarning unitar korxonalarga qaytarilishi:
1. Naqd pul olish uchun ochilgan balans hisobvaraqlaridan mablagʻlarning qaytishi;
2. Ishlatilmagan deponentlarning qaytarilishi;
3. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlarni yetkazib beruvchining bankdagi hisobvaragʻi oʻzgarganligi, yopilganligi va boshqa sabablarga koʻra banklar tomonidan qaytarilishi;
4. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan amaldagi shartnomalar boʻyicha unitar korxonalarga mablagʻlarni qaytarish;
5. Birjaga oʻtkazib berilgan moliyaviy zakalat summalarining unitar korxonalarga qaytarish;
6. Boshqa holatlarda mablagʻlarni qaytarish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/345/0565-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 25.02.2025-y., 09/25/108/0177-son)