|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2000
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1999-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-avgustdan boshlab boshlang‘ich razryadning oyiga 1750 so‘m miqdoridagi tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 247-son qarori 1999-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
349-son
Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif
SETKASI
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 1,880 |
| 2 | 2,068 |
| 3 | 2,276 |
| 4 | 2,502 |
| 5 | 2,741 |
| 6 | 2,991 |
| 7 | 3,252 |
| 8 | 3,521 |
| 9 | 3,793 |
| 10 | 4,070 |
| 11 | 4,352 |
| 12 | 4,641 |
| 13 | 4,935 |
| 14 | 5,232 |
| 15 | 5,536 |
| 16 | 5,842 |
| 17 | 6,153 |
| 18 | 6,468 |
| 19 | 6,788 |
| 20 | 7,112 |
| 21 | 7,441 |
| 22 | 7,773 |