|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kirganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
135-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida:
20-banddagi “Oliy Majlis kotibiyati” so‘zlari “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Deputatlar, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining O‘zbekistonga oid qismi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “Oliy Majlisi deputatlarini” so‘zlari “Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati a’zolarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 154-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son; 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)