Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BARQAROR RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA MILLIY KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
BMT Konferensiyasining atrof-muhit va rivojlantirish boʻyicha qarorlari va tavsiyanomalari bajarilishini tashkil etish, Oʻzbekistonning barqaror rivojlantirish prinsiplariga oʻtish muammolarini hal qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikda samarali qatnashishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarki6da tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
 LexUZ sharhi
1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan yangi tahrirda bayon qilingan. Ushbu bandning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan. Ushbu bandning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Milliy komissiya:
Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiya konsepsiyasini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “XXI asrga kun tartibi” milliy dasturi loyihasini ishlab chiqish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
BMT bilan kelishilgan muddatlarda Barqaror rivojlantirish boʻyicha har yillik Milliy hisobotlarni tayyorlasin va unga taqdim etsin;
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda BMT rivojlantirish dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan kelishgan holda Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasining doimiy ishlovchi kotibiyatini tashkil etsin.
 LexUZ sharhi
3-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Ushbu bandning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
3-bandning birinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan. Ushbu xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan yangi tahrirda bayon qilingan. Ushbu bandning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-noyabr,
510-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)