1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Volontyorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
1. Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligining volontyorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) vazifalari va funksiyalarini bajarishda volontyorlik faoliyatini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. 2022-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi Oʻzbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi (keyingi oʻrinda — volontyorlar platformasi) ishga tushirilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
volontyorlarning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalardagi ishtiroki, shuningdek, davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashgan davrini qayd etib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlarni hisobga qoʻyish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
hududlar va faoliyat yoʻnalishi boʻyicha volontyorlik yordamini jalb qilishga qiziqish bildirayotgan davlat organlari roʻyxati hamda ularning tadbirlari, loyihalari va aksiyalarini joylashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
davlat organlarining volontyorlar bilan ishlashiga oid metodik tavsiyalarni joylashtirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.14.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi]
volontyorlik faoliyatini chet elda amalga oshirish.
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) volontyorlar platformasini toʻliq ishga tushirsin hamda uning doimiy texnik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlasin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
davlat organlari rahbarlari volontyorlar jalb etiladigan yoʻnalishlar roʻyxatini hamda ichki yoʻriqnomasini tasdiqlaydi;
davlat organlariga ularning faoliyatini samarali va tejamli shaklda amalga oshirishga koʻmaklashuvchi volontyorlik guruhlari tuziladi hamda ularga volontyorlar ushbu davlat organlarida tashkil etiladigan komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
davlat organlarida tuziladigan volontyorlik guruhlarining faol aʼzolari davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatiga volontyorlik tashkilotlarining tashabbuskor vakillari jalb qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
4. Davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosarlariga (maslahatchilariga) volontyorlar bilan ishlash vakolati yuklatilsin va uning doirasida ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
davlat organi faoliyati bilan bogʻliq volontyorlik dasturlarini tayyorlash va tasdiqlash uchun davlat organi rahbariga kiritish;
davlat organi tomonidan volontyorlar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash;
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
davlat organining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali samarali va tejamli shaklda amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
davlat organi faoliyatini amalga oshirishga jalb etiladigan volontyorlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
5. Belgilasinki, davlat organlarining ularning vazifalari va funksiyalarini bajarishda volontyorlikni joriy etish bilan bogʻliq faoliyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan baholanib, baholash natijalariga asosan ularning har choraklik reyting koʻrsatkichlari volontyorlar platformasida eʼlon qilib boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Davlat organlari rahbarlari:
a) bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida davlat organining vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, ularni volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni;
volontyorlar jalb etiladigan yoʻnalishlar roʻyxatini hamda ichki yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) har yili davlat organlarining vazifalar va funksiyalarini samarali amalga oshirishga koʻmaklashgan faol volontyorlarni ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin.
8. Yoshlar ishlar agentligiga davlat organlariga volontyorlar bilan samarali ishni tashkil etish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish vazifasi yuklansin.
9. Yoshlar ishlar agentligi (A. Saʼdullayev):
bir oy muddatda reja-jadvalga asosan davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosarlariga (maslahatchilariga) hamda boshqa xodimlariga volontyorlar bilan samarali ishni tashkil etish boʻyicha seminar va onlayn-kurslar oʻtkazsin;
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha har bir hududdagi 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun volontyorlik guruhlari va volontyorlik tashkilotlariga har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratsin;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda volontyorlar bilan ishlashda yuqori natijalarga (huquqiy, moliyaviy, tashkiliy va boshqalar) erishgan xorijiy mamlakatlarning amaliyotini oʻrganib, takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-aprel,
169-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 169-son qaroriga ILOVA
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Volontyorlarni davlat organlari faoliyatiga jalb etish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
2. Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
3. Quyidagi fuqarolarning davlat organi faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
muomalaga layoqati belgilangan tartibda cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlmagan;
davlat organi xodimi — oʻzi ishlayotgan davlat organi faoliyatida (korporativ volontyorlik bundan mustasno);
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, shuningdek, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan;
jinoiy jazoni oʻtayotgan;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
4. Professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar ushbu taʼlim muassasalaridagi taʼlimdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
5. Davlat organi rahbari tomonidan amalga oshirishga volontyorlar jalb etiladigan davlat organining vazifalari va funksiyalari roʻyxati tasdiqlanadi.
Bunda davlat organlarining quyidagi tarkibiy tuzilmalariga volontyorlarning jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;
maxfiy maʼlumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;
inson hayoti uchun xavfli boʻlgan, bajarilishi alohida bilim va koʻnikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
6. Davlat organlari doimiy ravishda oʻzining rasmiy veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oʻz faoliyatiga volontyorlarning jalb etilishi boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon berib boradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Eʼlonda volontyorlar jalb etiladigan davlat organining faoliyat yoʻnalishi hamda talabgorlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi.
7. Volontyorlarni saralab olish boʻyicha tanlov davlat organida tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Komissiya davlat organining toq sondagi masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Unga yoshlar bilan ishlash vakolati yuklatilgan davlat organlari rahbarining oʻrinbosari yoki maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda — rahbar oʻrinbosari (maslahatchisi)) raislik qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
8. Tanlov suhbat asosida oʻtkaziladi. Komissiya tashabbusiga yoki talabgorning iltimosiga asosan suhbat jarayoni audio yoki videoyozuv vositalari orqali qayd etilishi mumkin.
Suhbat yakuni boʻyicha davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan talabgorlar davlat organi huzuridagi volontyorlar guruhiga (keyingi oʻrinlarda — volontyorlar guruhi) qabul qilinadi.
3-bob. Davlat organlari faoliyatiga jalb etilgan volontyorlarni hisobga olish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
9. Davlat organi rahbarining buyrugʻiga koʻra davlat organi huzurida tanlov natijalariga asosan tanlab olingan volontyorlardan iborat volontyorlar guruhi tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlar davlat organi kadrlar xizmati tomonidan Oʻzbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali hisobga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
11. Volontyorlarni elektron platforma orqali hisobga qoʻyishda quyidagilar koʻrsatiladi:
volontyorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
tugʻilgan sanasi;
pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
davlat organi huzuridagi volontyorlar guruhida faoliyatini boshlagan sana;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yoʻnalishi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
12. Volontyorning volontyorlar guruhida faoliyat yuritgan davri doimiy ravishda elektron platformada aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Bunda volontyor tomonidan elektron platforma orqali volontyorlar guruhida faoliyat yuritgan davri toʻgʻrisida har qanday paytda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
4-bob. Volontyorlar ishini tashkil etish
13. Davlat organi rahbari buyrugʻi bilan har yili volontyorlik dasturi tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Volontyorlik dasturida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq toʻlanadigan jamoat ishlari]
davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan, jamoat uchun foydali boʻlgan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish orqali kutilayotgan natijalar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
Volontyorlik dasturida qonunchilikda belgilangan boshqa chora-tadbirlar ham koʻrsatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
14. Volontyorlar ishini tashkil etish rahbar oʻrinbosari (maslahatchisi) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
Bunda u volontyorlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, ular oʻrtasida ishni taqsimlaydi, har bir volontyorning ish hajmini belgilaydi, ishning ular tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, boshqa davlat organlari huzuridagi volontyorlar guruhlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
5-bob. Volontyorlarning huquq va majburiyatlari
15. Volontyorlik guruhi aʼzosi boʻlgan volontyor davlat organi faoliyatiga koʻmaklashish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar / 01.06.04.02 Mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi]
davlat organida oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat yoʻnalishini erkin tanlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
agar volontyor hamda davlat organi oʻrtasida tuzilgan volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat organidagi volontyorlik faoliyatini har qanday vaqtda erkin ravishda toʻxtatish;
davlat organiga oʻz loyiha va dasturlarini taklif qilish, ularni amalga oshirishda yordam olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
rahbar oʻrinbosaridan (maslahatchisidan), davlat organidan amalga oshiriladigan volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida ishonchli axborot olish;
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan volontyorlik aksiyalari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
davlat organidan volontyorlik faoliyati davomida yuzaga kelgan yoʻl haqi, yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa xarajatlarning qoplanishini hamda zarurat tugʻilganda maxsus kiyim-bosh, yakka tartibda himoyalanish vositalari, asbob-uskunalar bilan taʼminlashni talab qilish;
davlat organidan tavsiyanoma tusidagi xatlarni olish;
xavfli, zararli hamda noqulay omillar bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb qilinganda davlat organi mablagʻlari hisobidan hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qildirish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
16. Volontyorlik guruhi aʼzosi boʻlgan volontyor davlat organi faoliyatiga koʻmaklashish doirasida quyidagi majburiyatlarga ega boʻladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari]
volontyorlik faoliyati doirasida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni aniq, vijdonan va oʻz vaqtida bajarish;
rahbar oʻrinbosarini (maslahatchisini) oʻziga maʼlum boʻlib qolgan volontyorlik faoliyati doirasidagi tadbirlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan sabablar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
volontyorlik faoliyati doirasida oʻziga maʼlum boʻlgan davlat organi faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa volontyorlarning shaxsga doir maʼlumotlarini ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
volontyorlik faoliyati doirasida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmaslik, oʻz faoliyati bilan uchinchi shaxslarga va atrof muhitga zarar yetkazmaslik;
volontyorlik tadbirlarining boshqa ishtirokchilariga, shu jumladan, hamkorlik olib boriladigan muassasalar (tashkilotlar) xodimlariga hamda boshqa volontyorlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish;
volontyorlik tadbirlarini oʻtkazish jarayonida rahbar oʻrinbosarining (maslahatchisining) koʻrsatmalariga amal qilish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida rahbar oʻrinbosariga (maslahatchisiga) hisobot taqdim etib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
volontyorlik faoliyati doirasida davlat organida oʻrnatilgan xavfsizlik, texnika, sanitariya-gigiyena va ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish;
davlat organi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish.
6-bob. Davlat organining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
17. Davlat organi oʻz faoliyatiga jalb etilgan volontyorlar bilan munosabatda quyidagi huquqlarga ega:
volontyorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
volontyorlarni jalb qilgan holda volontyorlik aksiyalarini oʻtkazish;
volontyorlik guruhi aʼzolari orasidan volontyorlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlash;
volontyorlik guruhi aʼzolarini oʻqitish uchun taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni jalb etish, maxsus seminarlar, ishchi uchrashuvlar va volontyorlarning uchrashuvlarini oʻtkazish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
qonunchilikda belgilangan tartibda volontyorlarni ragʻbatlantirish, shu jumladan, eng koʻp oʻzini koʻrsatgan volontyorlarga tavsiya tusidagi xatlar taqdim etish hamda ularni ragʻbatlantirish va (yoki) mukofotlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibda taqdim etish.
18. Davlat organi oʻz faoliyatiga jalb etilgan volontyorlar bilan munosabatda quyidagi majburiyatlarga ega:
volontyorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.09.00 Majburiy mehnat]
volontyorlarni ularning xohish-istagidan tashqari volontyorlik shartnomasida koʻrsatilmagan vazifalarni bajarishga majburlamaslik;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
oʻzining faoliyatiga jalb qilingan volontyor, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan koʻproq band boʻlsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
volontyorga rejalashtirilayotgan hamda amalga oshirilayotgan volontyorlik dasturlari va volontyorlik aksiyalari, ular ishtirokchilarining soni, aksiyalar oʻtkaziladigan joy hamda vaqt, ularni oʻtkazishga doir talablar toʻgʻrisida axborot taqdim etish, shu jumladan, oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali axborot taqdim etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
volontyorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida volontyorlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, volontyorlarga ularning davlat organi faoliyatiga koʻmaklashishi davomida yuzaga kelgan yoʻl haqi, yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash hamda zarurat tugʻilganda maxsus kiyim-bosh, yakka tartibda himoyalanish vositalari, asbob-uskunalar bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
xavfli, zararli hamda noqulay omillar bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb qilinganda oʻz mablagʻlari hisobidan volontyorlarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish.
7-bob. Volontyorlik shartnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
19. Agar davlat organi faoliyatiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan koʻproq volontyorlik faoliyati bilan band boʻlsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.
Volontyorlik shartnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan biri volontyorlik faoliyatining tashkilotchisida, ikkinchisi esa volontyorda saqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
20. Volontyorlik shartnomasida “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan shartlar koʻrsatilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.06.00 Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major)]
21. Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida volontyorning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan holatlar taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga kelsa, shartnoma qayta koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.00 Majburiyatlarning bekor boʻlishi]
22. Agar volontyorlik shartnomasini bajarish jarayonida taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra shartnomani bundan buyon bajarish mumkin boʻlmay qoladigan holatlar yuzaga kelsa, shartnoma taraflardan birining tashabbusiga koʻra bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
23. Volontyorlik shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish, agar volontyorlik shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, volontyor tomonidan yoki jalb etilgan tashkilot tomonidan bu haqida yetti kun oldin dastlabki tarzda xabardor qilish sharti bilan va sabablarni koʻrsatish majburiyatlarisiz amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
24. Yakka tartibdagi mehnat shartnomasini yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoxud shu kabi har qanday boshqa shartnomani tuzishdan bosh tortish maqsadida volontyorlik shartnomasini tuzish taqiqlanadi.
8-bob. Volontyorlar guruhi aʼzoligidan chiqish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
25. Volontyor oʻzi istagan har qanday paytda volontyorlar guruhi aʼzoligidan chiqishi va u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.00 Majburiyatlarning bekor boʻlishi]
Volontyor bu haqida rahbar oʻrinbosarini (maslahatchisini) ikki kun oldin ogohlantirishi lozim.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
26. Volontyorning volontyorlar guruhi aʼzoligidan chiqishi davlat organining kadrlar xizmati tomonidan elektron platformada qayd etiladi.
Bunda volontyorning volontyorlar guruhida aʼzoligi davridagi faoliyati rahbar oʻrinbosari (maslahatchisi) tomonidan 10 ballik tizimda baholanishi mumkin.
27. Quyidagi hollarda volontyorlik shartnomasi davlat organi tomonidan bekor qilinishi lozim:
volontyor volontyorlik shartnomasi shartlarini ikki yoki undan ortiq marta uzrli sabablarsiz buzganda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
volontyor sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
volontyorga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish]
volontyor vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
volontyorning volontyorlik shartnomasi shartlarini bajarishiga monelik qiladigan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.14.00 Volontyorlik]
28. Volontyor volontyorlik guruhidan chiqqan taqdirda, volontyorlik dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat organi ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov orqali volontyorlarni jalb etishi mumkin.
9-bob. Yakunlovchi qoida
29. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ILOVA
Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (davlat organi)
Davlat organi rahbari amalga oshirishga volontyorlar jalb etiladigan davlat organining vazifalari va funksiyalari roʻyxatini va volontyorlik dasturini tasdiqlaydi.
Har yili
2-bosqich
Davlat organi
Oʻzining rasmiy veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oʻz faoliyatiga volontyorlarning jalb etilishi boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon berib boradi.
Eʼlonda volontyorlar jalb etiladigan davlat organining faoliyat yoʻnalishi hamda talabgorlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi.
Doimiy ravishda
3-bosqich
Davlat organida tashkil etiladigan komissiya
Suhbat asosida volontyorlikka nomzodlarni saralab oladi
Tanlov yakunlariga koʻra
4-bosqich
Davlat organi
Davlat organining volontyorlar jalb etiladigan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan talabgorlar davlat organi huzurida tashkil etiladigan volontyorlar guruhiga qabul qilinadi hamda davlat organi kadrlar xizmati tomonidan Oʻzbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi orqali hisobga qoʻyiladi.
Suhbat yakuni boʻyicha
5-bosqich
Davlat organi yoki volontyor
Davlat organi yoki volontyorning xohishiga koʻra volontyorlik shartnomasini bir tomonlama bekor qiladi.
Har qanday vaqtda ikkinchi tarafni shartnomani bekor qilish haqida yetti kun oldin ogohlantirgan holda
6-bosqich
Davlat organi rahbarining volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi oʻrinbosari
Volontyorning volontyorlar guruhida aʼzoligi davridagi faoliyatini 10 ballik tizimda baholaydi.
Volontyor volontyorlar guruhi aʼzoligidan chiqqanidan soʻng
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/169/0292-son)