1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar]
1. Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik organlarining Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasini, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida esa Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarni tashkil etish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
a) Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
b) Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
49 nafar shtat birligidan iborat Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
168 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
621 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisiga:
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
4. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 5 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligidan iborat boʻlgan Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining kotibiyati tashkil etilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi har yili Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga Qoʻmita faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot berib boradi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparati xodimlariga, uning hududiy boʻlinmalari xodimlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi.
6. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
8. Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan 18 nafar shtat birligidan (shundan, 14 nafar hududiy vakillar shtat birligi) iborat Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi tashkil etilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Bosh prokuratura xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalaridagi qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
9. Qoʻmita:
a) ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida toʻldirilishini;
tarkibiy va boʻysunuvidagi boʻlinmalar, shu jumladan mahalladagi xotin-qizlar faoli toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
b) uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini hamda zarur aloqa, jumladan, Qoʻmitani hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
10. Belgilansinki, Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
11. 2022-yil 1-maydan boshlab mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Belgilansinki, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahallalardagi xotin-qizlar faollarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-avgustga qadar mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarini “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Qoʻmita hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda planshetlarda foydalaniladigan dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etsin.
13. Qoʻmita Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1 G-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoʻmita bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 14-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
15. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
PQ-146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari
Respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”
Mahalladagi xotin-qizlar faollari
“Oila va jamiyat” gazetasi, “Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
MARKAZIY APPARATINING TUZILMASI
Hayʼat
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi*
Raisning birinchi oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais kotibiyati
3
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi
5
Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi
4
Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi
3
Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi
5
Inson resurslari va komplayens nazorat boʻlimi
3
Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi
4
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish, boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻlimi
2
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Yuridik boʻlim
2
Xizmatlar koʻrsatish va moliyaviy taʼminot boʻlimi
3
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻlimi
2
Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi
2
Birinchi boʻlim
1
Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 49 nafar shtat birligi.
* Qoʻmitaning umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari*
Rais (boshliq) oʻrinbosari
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi
2
Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻlimi
2
Tashkiliy nazorat, tahlil va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha bosh mutaxassis*
1
Bosh yuriskonsult
1
Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Bosh hisobchi
1
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar shtat birligi, jami — 168 nafar shtat birligi.
*Qoʻmitaning (boshqarmaning) umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga 4-ILOVA
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi*
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish va tashkiliy nazorat boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassis*