1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent viloyatida qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratish, mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyali va zamonaviy obyektlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Tatariston Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati bilan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga, jumladan “Ximgrad” AJ (Tatariston Respublikasi) bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) tashkil etish haqida kelishuvga erishilganligi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
“Oʻzkimyosanoat” AJning boshqaruv organi qaroriga asosan ushbu jamiyat taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Kimyo-industrial texnoparklari direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
2. Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJning:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
a) Texnoparkni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Olmaliq KMK” AJning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hududining hamda “Maksam-Chirchiq” AJning 51-son metalli natriy ishlab chiqarish sexining jami 31,24 gektar maydonida tashkil etish;
b) “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga quyidagilarni:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
1-ilovada keltirilgan “Olmaliq KMK” AJning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasidagi 89 378,0 kv. metr bino-inshootlarni va ular joylashgan 25,66 gektar yer maydonlarini “Olmaliq KMK” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga qoldiq (balans) qiymatida;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.03.00 Noturar joyni xususiylashtirish. Noturar joy fondi obyektlari bilan bitimlar]
2-ilovada keltirilgan “Maksam-Chirchiq” AJning 51-son metalli natriy ishlab chiqarish sexining 22 923,7 kv. metr bino-inshootlarini va ular joylashgan 5,58 gektar yer maydonlarini qoldiq (balans) qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJga berish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
v) “Oʻzkimyosanoat” AJga oʻtkazib berilgan bino-inshootlarni ular joylashgan yer maydonlari bilan birga “Oʻzkimyosanoat” AJning Direksiya ustav kapitalidagi ulushi sifatida shakllantirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Belgilansinki, ushbu band bilan oʻtkazilayotgan mulk, mulkiy huquqlar, jumladan ustav kapitalidagi aksiyalar va ulushlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
3. Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
yuqori qiymatga ega boʻlgan, tashqi bozorda xaridorgir va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududda ishlab chiqarishni kengaytirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Texnopark ishtirokchilari oʻrtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini oʻrnatish orqali mahalliy xom ashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni koʻrsatish infratuzilmasini yaratish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Texnoparkning faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Texnoparkning investitsiya faoliyati Direksiya va “Ximgrad” AJ (Tatariston Respublikasi) muassisligidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Kimyo-industrial texnoparklari boshqaruv kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv kompaniyasi) tomonidan shartnoma asosida boshqariladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
Texnopark hududida bino va inshootlarni hamda ular joylashgan maydonlarni ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish boʻyicha tanlov asosida takliflar tayyorlash boshqaruv kompaniyasi tomonidan, shuningdek, Texnopark hududida qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari Direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Maʼmuriy kengashning bino va inshootlarni sotish, ijaraga berish, lizing yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish boʻyicha ijobiy qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-127-sonli qarori tahririda)
Texnoparkning faoliyatini muvofiqlashtirish, uning hududini kengaytirish, investitsiya loyihalarini saralab olish va joylashtirish, boshqaruv kompaniyasining takliflari boʻyicha qarorlar qabul qilish 3-ilovada keltirilgan tarkibdagi Texnoparkning maʼmuriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Direksiya va Texnopark ishtirokchilari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Texnopark hududida maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan va kelgusida belgilanadigan alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari, Direksiya va boshqaruv kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan qatʼi nazar 10 yil muddatga beriladi;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-127-sonli qarori tahririda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Boshqaruv kompaniyasi Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, V. Haydarov koʻchasi 1-uy manzilida Texnopark faoliyat koʻrsatish muddatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-127-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
5. Texnopark hududida ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatning barcha yoʻnalishlarida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha taklif tayyorlash hamda investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boshqaruv kompaniyasi tomonidan mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
a) ishtirokchilar yoki ularning taʼsischilari investitsiya buyurtmasini taqdim etish kuniga qadar kamida uch yil tadbirkorlik faoliyatini yuritgan boʻlishi lozim;
b) taklif etilayotgan loyihalar quyidagi asosiy mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
6. Texnopark hududida qurilish-montaj ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida Direksiyaga 2026-yil 1-yanvarga qadar qurilish-montaj ishlarini “fast-track” uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, xarid qilish va qurish), foydalanishga “tayyor holda topshirish” (Engineering Procurement Construction) sharti asosida va pudratchilarga loyihalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha toʻliq javobgarlikni yuklagan holda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Bunda, bosh pudrat shartnomasini imzolashda uning qiymati obyekt qiymatining dastlabki hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi, yakuniy narxi qurilish-montaj ishlarining haqiqiy qiymati belgilangan tartibda ekspertizadan va amalda bajarilgan ishlar hajmi nazorat oʻlchovidan oʻtkazilgandan soʻng aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
7. Belgilab qoʻyilsinki, Texnoparkning tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ Texnoparkning tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Toshkent viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Texnopark bosh rejasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
9. Texnopark bosh rejasini tuzishda, uning hududida loyihalashtirish, taʼmirlash va qurilish, jumladan ichki muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlarini amalga oshirishda quyidagilar:
Direksiya — buyurtmachi;
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
“Yuksak Parvoz Qurilish” MCHJ — bosh pudrat tashkiloti;
“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
demontaj, rekonstruksiya va qurilish ishlarini Texnopark foydalanishga topshirilgunga qadar moliyalashtirishni 2022 — 2026-yillarda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlar tomonidan yil yakunlari boʻyicha ularning ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushiga hisoblanadigan dividendlar (“Oʻzkimyosanoat” AJ sof foydasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda) hamda Kimyo sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-127-sonli qarori tahririda)
kelgusida ushbu xarajatlarni “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirish hisobiga Direksiya ustav jamgʻarmasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi sifatida kapitalizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Texnopark ishtirokchilariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafilliklar;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 5 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda kompensatsiyalar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
11. Qurilish vazirligi obyektlarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J. Mirzamaxmudov va Toshkent viloyati hokimi v.b. Z. Mirzayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 3-fevral,
PQ-116-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi PQ-116-son qaroriga 1-ILOVA
“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga oʻtkaziladigan aktivlari
Texnik suv taʼminoti nasos stansiyasi binosi, shu jumladan:
2 400,0
suv taʼminoti nasos stansiyasi
10128
suvni xlorlash va zararsizlantirish uchastkasi
20119
6.
9-sex binosi, shu jumladan:
43 100,0
maishiy (oshxona, tibbiy yordam) xonalar
10090
konditsionerlar xonasi (bir qavatli)
10091
binoning K100031 ishlab chiqarish qismi (105 m2)
10093
binoning 9-sex qismi
10094
binoning konditsionerlar qismi 505.2
10095
binoning K100031 qismi (3 000 m2)
10096
7.
Omborxonalar binosi (2-ishlab chiqarish maydonida), shu jumladan:
2 308,0
qurilish materiallarini saqlash ombori
10028
rampali materiallarni saqlash ombori
10022
uzoq muddatli saqlanadigan zaxiralar ombori binosi
10018
lak va kislota saqlash ombori
10016
8.
Konsentrat saqlash ombori (2-ishlab chiqarish maydonida)
10021
3 754,0
9.
Rampali uglerod (saja) saqlash ombori (2-ishlab chiqarish maydonida)
10027
184,0
10.
Rampali bostirma ombor (2-ishlab chiqarish maydonida)
20033
108,0
11.
18-sonli podstansiya (2-ishlab chiqarish maydonida)
10135
63,0
Jami:
89 378,0
Oʻtkaziladigan yer maydoni (25,66 Ga)
* Oʻtkazilayotgan aktivlarning batafsil tarkibi tegishli topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish natijasida aniqlanadi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi PQ-116-son qaroriga 2-ILOVA
“Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati 51-son metalli natriy ishlab chiqarish sexining “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga oʻtkaziladigan aktivlari
* Oʻtkazilayotgan aktivlarning batafsil tarkibi tegishli topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish natijasida aniqlanadi yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi PQ-116-son qaroriga 3-ILOVA
“Jizzax” va “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparklari
MAʼMURIY KENGASHI TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash rahbari
2.
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash rahbari oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
X.F. Teshabayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari
5.
A.J. Ortikov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
6.
E.A. Korjikov
—
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.v.b.
7.
F.F. Tashmetov
—
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ bosh direktori
8.
B.Sh. Usmonov
—
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori
9.
D.A. Abdusalomov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Maʼmuriy kengash kotibi
Izoh:
Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Maʼmuriy kengash rahbari, zaruratga koʻra, Maʼmuriy kengash qarori bilan Maʼmuriy kengash tarkibini oʻzgartirish vakolatiga ega.
Texnopark joylashgan hududga mos ravishda Jizzax yoki Toshkent viloyati hokimi Maʼmuriy kengash tarkibiga kiritiladi.
Maʼmuriy kengash oʻz faoliyati davomida, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining vakillarini jalb qilish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-127-sonli qarori tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2022-y., 07/22/116/0097-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)