1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3287-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3470, 31.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-yanvar,
1-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2022-yil 26-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 1-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ilmiy ekspert — ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan vakili;
mustaqil ekspert — Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs;”;
oltinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
“7. Korrupsiyaviy omillar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Uslubiyot (bundan buyon matnda Uslubiyot deb yuritiladi) asosida aniqlanadi, bunda korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotganda normativ-huquqiy hujjat yoki loyihaning har bir normasi yoxud qoidasining tahlili amalga oshiriladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.”.
4. 13, 21 va 25-bandlardagi “Metodika” degan soʻz “Uslubiyot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Loyiha ishlab chiquvchi tomonidan cheklist toʻldirilmagan holda adliya organlariga kiritilgan taqdirda, ushbu loyiha huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi.”.
“26. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringi doirasida oʻtkaziladi.
Davlat organlari va tashkilotlar oʻzlarining tashabbuslari asosida ham amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishlari mumkin.”.
7. Quyidagi mazmundagi 261 — 264-bandlar bilan toʻldirilsin:
“261. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasida belgilangan muddatlarda davlat organlari va tashkilotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazadi hamda natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist va aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Adliya vazirligiga kiritadi.
262. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni umumlashtiradi hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
263. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
264. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.”.
“41-bob. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish
291. Mustaqil va ilmiy ekspertlar oʻz tashabbusiga koʻra, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi.
292. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi Uslubiyot asosida cheklistni toʻldirish yoki xulosa tuzish orqali oʻtkaziladi.
293. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish:
davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan amalga oshirilganda mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha cheklist toʻldiriladi;
mustaqil va ilmiy ekspertlarning oʻz tashabbusiga koʻra amalga oshirilganda korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillar aniqlangan taqdirda, cheklistda yoki xulosada ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar va choralar koʻrsatilishi shart.
294. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist buyurtma bergan davlat organlari va tashkilotga yuboriladi.
295. Mustaqil va ilmiy ekspertlarning oʻz tashabbusiga asosan oʻtkazilgan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha tuzilgan xulosa:
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha ushbu normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan sohada yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organi va tashkilotga yuboriladi;
loyihalar boʻyicha ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga yuboriladi.
296. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist yoki xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida majburiy koʻrib chiqiladi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha cheklist yoki xulosada koʻrsatilgan har bir korrupsiyaviy omil qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi asoslantirilgan maʼlumotnoma tuziladi.
297. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist yoki xulosalarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan maʼlumotnoma imzolangan kuni ekspertiza oʻtkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga va tegishli adliya organlariga yuboriladi.
298. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist yoki xulosalarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan maʼlumotnoma imzolangan kuni ekspertiza oʻtkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga (barcha hollarda) hamda adliya organlariga (loyihani huquqiy ekspertiza uchun kiritish vaqtida) yuboriladi.
299. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyiha ishlab chiquvchilari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan mustaqil va ilmiy ekspertlarning hamkorligini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish Adliya vazirligining Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
10. 5-bobning nomidagi “adliya organi xodimining” degan soʻzlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 30 va 31-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “adliya organi xodimining” degan soʻzlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 32-banddan “mustaqil ekspertlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
13. 2-ilovaning nomidagi “METODIKASI” degan soʻz “USLUBIYOTI” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan toʻldirilsin.
15. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi mustaqil va ilmiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha Xulosa
___________ yil
_______-son
Mustaqil (ilmiy) ekspert ___________________________________________________________________
(F.I.O.)
tomonidan _______________________________________________________________________________
(normativ-huquqiy hujjat (loyihasi) nomi (ishlab chiquvchi) va rekvizitlari)
korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazildi va natijasi boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
1. Normalarning barqarorligi va huquqiy muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi:mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish boʻyicha taklif: ______________________ ___________________________________________________________________________________________.
2. Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi:mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish boʻyicha taklif: ______________________ ___________________________________________________________________________________________.
3. Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi:mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish boʻyicha taklif: ______________________ ___________________________________________________________________________________________.
4. Nazorat bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi:mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish boʻyicha taklif: ______________________ ____________________________________________________________________________________________.
5. Boshqa turdagi korrupsiyaviy omillarning mavjudligi: