1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini o‘zaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-yanvardan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
a) fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli, moyli va sholi ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 07/24/290/0625-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
b) meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kredit ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
v) “mahalla yettiligi”ning tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan hamda elektron onlayn-auksion savdolari orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlarga — mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridi uchun yillik 14 foiz stavkada (shundan 2 foizi bank marjasi), 6 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.
Bunda qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 07/25/322/1002-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
2. Mazkur qarorning 1-bandida ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Jamg‘armaga 1,4 trln so‘m budjet ssudasi ajratiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi PQ-387-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 07/22/387/0906-son)
Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan kelgusi yillar hosilini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larning Jamg‘armaga ajratib borilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:
a) meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga — eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sug‘urta puli xavf-xatardan sug‘urta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas;
b) meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya qilinadi. Bunda, meva-sabzavotchilik klasterlariga o‘ziga biriktirilgan mahsulot yetishtiruvchilar uchun bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish tavsiya etiladi;
v) mazkur bandda ko‘zda tutilgan kompensatsiya xarajatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
4. Mazkur qarorning 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ularni xarid qiluvchi tashkilot hamda tijorat banki o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga ega bo‘lgan, shuningdek, ushbu shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev) mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 2022-yil 1-fevralga qadar texnik imkoniyatlarni yaratsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligining (Xodjayev) “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan Jahon bankining 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash bo‘yicha kichik agrologistika markazlarini “Agroservis operator” DUK tomonidan qurib, istisno tariqasida tijorat banki ishtirokisiz 10 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan qishloq xo‘jaligi korxonalariga sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) Moliya vazirligi (Ishmetov) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Jahon banki bilan kelishilgan holda kichik agrologistika markazlarini “tayyor holda topshirish” shartlari asosida qurib, foydalanishga topshirish tartibini tasdiqlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PQ-225-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/225/0351-son)
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Energetika vazirligi (A.S. Sultonov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov), Transport vazirligi (I.R. Maxkamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ikki oy muddatda meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar), qayta ishlash korxonalari va agrologistika markazlari uchun zarur bo‘lgan tashqi muhandislik (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, avtomobil yo‘llari) tarmoqlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirib, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish va mavjudlarini ta’mirlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 100 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan qarz mablag‘larini 2024-yil yakuniga qadar jalb qilish choralarini ko‘rsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
7. Quyidagilar:
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etishning hamda klasterlar tomonidan 2022-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oylar bo‘yicha taqsimoti prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda amalga oshiriladigan sovitkichli sig‘imlar tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, xodimlar umumiy cheklangan soni 4 — 6 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarini hamda xodimlar umumiy cheklangan soni 2-3 nafar shtat birligidan iborat tumanlar (Quvasoy shahar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini (keyingi o‘rinlarda — loyiha ofislari) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
9. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislariga:
iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bog‘larni (uzumzorlarni) aniqlash, ularning o‘rnida intensiv bog‘lar (uzumzorlar) barpo etish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash va ochiq tanlovga chiqarishga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
ajratilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi loyihalarni ishlab chiqish;
meva va uzum yetishtirish, ularni saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etishga ko‘maklashish vazifalari yuklatilsin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislariga qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida haq evaziga xizmat ko‘rsatish huquqi berilsin.
10. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Agentlik markaziy apparati uchun talab etiladigan qo‘shimcha shtat birliklari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislarining shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Agentlik, uning hududiy bo‘limlari va loyiha ofislarining xodimlariga tegishincha Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Agentlik direktoriga Agentlikning jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish huquqi berilsin.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligida innovatsion biomahsulotlarni sinovdan o‘tkazish xizmatlari tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
meva-sabzavotchilik tumanlarini qayta ko‘rib chiqib, har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiya) faoliyatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni;
ishlab chiqaruvchi — klaster — tayyorlovchi korxona — qayta ishlovchi va eksportyorni uzviy bog‘lovchi tizimni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Agentlik (H.M. Karimov), Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.M. Boboyev) uch oy muddatda:
xalqaro moliya institutlari, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimida Respublika bog‘bonlar maktabi faoliyatini rivojlantirsin;
xalqaro moliya institutlari hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida Sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli ekinlar, gul hamda dorivor o‘simliklarni intensiv usulda yetishtirish maktabini tashkil etsin.
14. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ikki oy muddatda meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda sug‘urta mukofoti uchun to‘lovning hamda xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov)ga:
uch oy muddatda respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni eksport qilishga mo‘ljallangan logistika markazlarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida tashkil etish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish manzilli dasturini shakllantirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda zarur ruxsatnoma, sertifikatlar va bojxona hujjatlarining rasmiylashtirilishiga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, Agentlik va uning hududiy bo‘limlari (loyiha ofislari)ning tegishliligi bo‘yicha shtat jadvallarini tasdiqlab (o‘zgartirib), o‘rnatilgan tartibda moliya organlarida ro‘yxatga qo‘yilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori X.M. Karimov belgilansin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-dekabr,
PQ-52-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 1-ILOVA
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etishning hamda klasterlar tomonidan 2022-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oylar bo‘yicha taqsimoti
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Jami tashkil etiladigan klasterlar soni
Klasterlarni tashkil etish (oylar bo‘yicha)
Mavjud quvvatlar
Amalga oshiriladigan loyihalar
Loyihalarni amalga oshirish(oylar bo‘yicha)
soni
quvvati, tonna
qiymati, mln so‘m
sentabr
noyabr
dekabr
yanvar
fevral
mart
soni
tonna
soni
quvvati, tonna
qiymati, mln so‘m
soni
quvvati, tonna
qiymati, mln so‘m
soni
quvvati, tonna
qiymati, mln so‘m
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
9
4
5
7
5 500
22 386
3
3 000
12 036
4
2 500
10 350
2.
Andijon viloyati
7
6 200
5 350
2
1 700
1 750
1
500
1 000
4
4 000
2 600
3.
Buxoro viloyati
11
6
5
3
4 100
6
12 200
44 050
2
4 000
22 700
2
1 200
7 000
2
7 000
14 350
4.
Jizzax viloyati
2
2
1
4 000
1 900
1
4 000
1 900
5.
Qashqadaryo viloyati
4
4 100
15 220
2
1 300
1 020
2
2 800
14 200
6.
Navoiy viloyati
5
3
2
1
2 200
1
1 000
53 500
1
1 000
53 500
7.
Namangan viloyati
3
14 100
503 000
1
2 500
8 400
2
11 600
494 600
8.
Samarqand viloyati
5
18 500
74 800
2
4 500
59 300
3
14 000
15 500
9.
Surxondaryo viloyati
3
2
1
1
1 500
14
67 000
445 670
7
28 000
196 170
3
26 000
103 000
4
13 000
146 500
10.
Sirdaryo viloyati
1
1
3
9 000
5 000
1
8 000
1 000
2
1 000
4 000
11.
Toshkent viloyati
13
10
3
4
76 000
10
67 000
137 440
4
44 000
91 800
1
1 000
9 240
5
22 000
36 400
12.
Farg‘ona viloyati
5
3 400
29 000
3
2 400
3 000
2
1 000
26 000
13.
Xorazm viloyati
3
3 600
23 050
2
2 100
19 950
1
1 500
3 100
Jami:
44
11
22
11
9
83 800
69
215 600
1 360 366
31
106 500
472 526
7
28 700
120 240
31
80 400
767 600
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan sovitkichli sig‘imlar tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Agentlikning” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bog‘dorchilik” so‘zlari “intensiv meva-sabzavotchilik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv meva-sabzavotchilik, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, intensiv usulda yetishtiriladigan meva-sabzavot, uzum mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish”;
“meva-sabzavotchilik, uzumchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etish, shuningdek, ushbu sohalarda “daladan rastagacha” tamoyili asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatini rivojlantirish”;
o‘ninchi xatboshidagi “bog‘dorchilik” so‘zlari “intensiv meva-sabzavotchilik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar (loyiha ofislari)ning hamda “Agroservis operator” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ustamalar to‘lash”;
o‘ninchi xatboshidagi “bog‘dorchilik” so‘zi “intensiv meva-sabzavotchilik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5200-son qarorining 10-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “20 gektar” so‘zlari “10 gektar” so‘zlari bilan almashtirilsin.