O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida
Barcha sport turlarini rivojlantirish orqali yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar sonini ko‘paytirish, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga (keyingi o‘rinlarda — Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari) sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo‘yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish;
sport menejmentini takomillashtirish, har bir bo‘g‘inni auditdan o‘tkazish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va o‘rganish, ular natijasida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, O‘zbekiston sportchilari o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash;
sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obyektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish;
mamlakatimizda belgilab berilgan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga to‘liq tatbiq etish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq;
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Maqsadli ko‘rsatkichlar:
Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo‘yicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritishni;
Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov) va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev):
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
b) Maqsadli ko‘rsatkichlardagi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha dasturlarda sportchilarning ishtirokini ta’minlasin, bu borada sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning faoliyatini samarali tashkil etsin;
v) ikki oy muddatda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari vakant lavozimlarini to‘ldirish, shuningdek, past natijalarni ko‘rsatgan, ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan federatsiya (assotsiatsiya)lar rahbarlari lavozimlariga yangi nomzodlar bo‘yicha taklif kiritsin;
g) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari bilan birgalikda Maqsadli ko‘rsatkichlardagi dasturlarda qatnashish va litsenziyalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha mas’ul ekanligi belgilansin.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2020-yil dekabrda qabul qilingan qarorga asosan 2024-yildagi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor gender tenglik ta’minlanib, erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar soni teng ravishda belgilab berildi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2024-yildagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida quyidagilarni amalga oshirsin:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ikki oy muddatda aholi o‘rtasida gender tenglik tamoyillarini “mahallabay” tizimi asosida taniqli sportchilar ishtirokida targ‘ib qilish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o‘rtasida ayol sportchilar ulushini oshirish choralarini ko‘rsin. Bunda, ularning erkak sportchilar sonidan farqi +/-3 foizgacha bo‘lishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
5. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan erkin va doimiy ravishda foydalanilishini, zarur shart-sharoitlar (elektr energiyasi, gaz, suv, ta’mirlash ishlari) yaratilishini ta’minlasin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar sport bazalarini balansda saqlovchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
milliy terma jamoalar sportchilarining yil davomida doimiy uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, xalqaro musobaqa va turnirlarda muntazam ishtirokini ta’minlash, malakali mahalliy va xorijiy trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilish;
milliy terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot, musobaqa va turnirlarga tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarni tibbiy va farmakologik ta’minlash, ularda sportchilarning ishtirokini davrida ilmiy jihatdan tahlil qilish bo‘yicha mutaxassislar (trenerlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar, ilmiy tahlilchilar va boshqalar) guruhlarini tashkil etish;
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) bajarilishini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlarga ko‘mak berish va metodik yordam ko‘rsatish, ko‘rilayotgan choralar natijalari, milliy terma jamoalarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi ahvoli, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha asosli takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish;
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)larini jalb qilgan holda sport bazalarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun qulay ijtimoiy, maishiy va moddiy sharoitlar tayyorlash bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etishni ta’minlasin.
7. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tegishli shart-sharoitlar yaratish uchun ularni vazirlik, idora va yirik tashkilotlarga biriktirsin, shuningdek, ushbu tashkilotlarning aniq vazifalarini belgilasin;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘ladigan budjet, budjetdan tashqari, shuningdek, homiylik mablag‘lari miqdorini ko‘rib chiqsin va belgilasin;
Dasturda nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin, Dasturga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning ijrosini har chorakda muhokama qilish va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rib borsin;
bir oy muddatda Respublika komissiyasining kengaytirilgan birinchi yig‘ilishini tashkillashtirsin. Bunda, mazkur qarorning mazmun-mohiyati, sportga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor, vazifalarni so‘zsiz bajarish zarurligi, past natija ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi haqida yetkazilsin;
ikki oy muddatda sport sohasida korrupsiyaning oldini olish, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida (musobaqalarni har bir bosqichda o‘tkazish, sportchilarni saralab olish, trenerlarni jalb qilish, sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish, normativ va imtihonlarni topshirish va boshqalar) korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin va amaliyotga joriy qilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
a) Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga milliy terma jamoa sportchilarining sifatli tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida Maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
sport bazalarining budjetdan tashqari va homiylar mablag‘lari hisobidan qurilishi, qayta qurilishi, kapital ta’mirlanishini ta’minlash, ularning to‘liq ishlatilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari, shu jumladan avtotransport vositalari bilan ta’minlash;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlash;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmoni bilan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda mazkur Farmon bilan belgilangan tegishli sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin;
v) joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larining hududiy bo‘linmalarini tashkil etsin, shuningdek, ularning moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashsin;
g) joylardagi rahbar kadrlar orasidan nomzodlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy bo‘linmalarining rahbari lavozimiga tavsiya etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sun’iy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashg‘ulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar 2024-yil 1-oktabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan xorijdan olib kelinayotgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sun’iy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashg‘ulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlarning maqsadli ishlatilishi va xavfsizligi ustidan doimiy qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov) mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona boji summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda Davlat budjetiga undirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov) bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash uchun markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitlarini ajratsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Belgilansinki, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga hamda keyingi o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish doirasida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan sportchi va trenerlarga Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda stipendiya ko‘rinishida har oyda to‘lanadigan to‘lovlar tayinlanadi;
milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sug‘urta badallari hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Moliya vazirligi (T. Ishmetov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son)
a) sportni moliyalashtirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ushbu jarayonning shaffof bo‘lishi hamda sarflangan mablag‘larning natijadorligiga e’tiborni qaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha alohida tartibni joriy qilish;
(13-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
v) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalari (kuboklari) g‘oliblari hamda sovrindorlari, shuningdek, sportchilarni tayyorlagan trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rag‘batlantirishning zamonaviy tizimini joriy qilish. Bunda:
ushbu masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
o‘zini namoyon eta olgan milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari, shifokorlari va boshqa sport mutaxassislarini uy-joy bilan ta’minlash;
yutqiziqsiz lotereyalarni tashkil qilish mexanizmlarini joriy qilish;
sportchilar, trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarining bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanishning aniq mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi.
14. Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Hisob palatasi (B. Turabov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilgan mablag‘lardan, shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratiladigan mablag‘lardan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, boshqa sport tashkilotlari tomonidan oqilona, tejamkor va samarali foydalanilganligi (foydalanilayotganligi), tender va tanlovlar ochiq va shaffof holda o‘tkazilganligi (o‘tkazilayotganligi), korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaganligi (yo‘l qo‘yilmayotganligi), davlat xaridlarining boshqa asosiy prinsiplariga to‘liq rioya qilinganligiga (rioya qilinayotganligi) qonuniy baho bersin hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
15. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
joriy yil yakuniga qadar 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar samaradorligini o‘rganib chiqsin hamda takliflar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan taqdim etilgan talabnomalar asosida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda 2022-yildan boshlab Davlat budjetidan ajratilishini ta’minlasin.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston sportchilari to‘g‘risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
PQ-5281-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga
2-ILOVA
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar

T/r

Sport turi

Dasturlar soni

Litsenziyalar soni

I. Olimpiya sport turlari

1.

Boks

13

12

2.

Dzyudo

14

12

3.

Yengil atletika

48

12

4.

Suzish

28

10

5.

Erkin kurash

12

7

6.

Yunon-rum kurashi

6

5

7.

Qilichbozlik

12

5

8.

Og‘ir atletika

10

5

9.

Akademik eshkak eshish

14

5

10.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish

10

5

11.

Velosport

22

5

12.

Taekvondo (WT)

8

4

13.

O‘q otish (stenddan otish)

12

4

14.

Tennis

5

2

15.

Zamonaviy beshkurash

2

2

16.

Badiiy gimnastika

2

2

17.

Sport gimnastikasi

12

2

18.

Slalomda eshkak eshish

6

1

19.

Trampolin

2

1

20.

Kamondan otish

4

1

21.

Futbol

2

1

22.

Basketbol

2

1

23.

Gandbol

2

1

24.

Chim ustida xokkey

2

1

25.

Voleybol

2

1

26.

Regbi

2

1

Jami

254

103

II. Paralimpiya sport turlari

1.

Parayengil atletika

167

40

2.

Paradzyudo

13

12

3.

Parasuzish

146

26

4.

Parapauerlifting

20

8

5.

Paravelosport

51

1

6.

Parataekvondo (WT)

6

4

7.

Paraakademik eshkak eshish

4

4

8.

Parakanoeda eshkak eshish

9

6

9.

Parao‘q otish

13

1

10.

Parakamondan otish

9

1

11.

Bochcha

7

1

12.

Parastol tennisi

31

1

Jami

476

105

III. Istiqbolli olimpiya sport turlari

1.

Sinxron suzish

2

2.

Suv polosi

2

3.

Suvga sakrash

8

4.

Ot sporti

3

5.

Triatlon

2

6.

Stol tennisi

5

7.

Badminton

5

8.

Qoyani zabt etish

4

Jami

31

Hammasi

761

208

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga
3-ILOVA
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining
KONTINGENTI

T/r

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

Sport turi

Terma jamoa

Jami

Shundan:

Sportchilar

Shu jumladan:

Trenerlar

Boshqa mutaxassislar

Erkaklar

Ayollar

I. Olimpiya sport turlari

1.

O‘zbekiston badminton federatsiyasi

Badminton

30

24

12

12

4

2

2.

O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

Basketbol

60

48

24

24

8

4

3.

O‘zbekiston boks federatsiyasi

Boks

65

52

27

25

8

5

4.

O‘zbekiston velosport federatsiyasi

Velosport BMX

6

4

2

2

2

-

Velosport MTB

6

4

2

2

2

-

Velosport shosse

20

15

8

7

3

2

Velosport trek

23

18

9

9

3

2

5.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi

Voleybol

60

48

24

24

8

4

6.

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi

Gandbol

70

56

28

28

8

6

7.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi

Sport gimnastikasi

30

24

12

12

4

2

Badiiy gimnastika

27

21

-

21

4

2

Trampolin

8

6

3

3

2

8.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Dzyudo

70

56

28

28

10

4

9.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

Yengil atletika

159

129

65

64

20

10

10.

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

Kamondan otish

20

16

8

8

3

1

11.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi

Qilichbozlik

60

48

24

24

8

4

12.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

Og‘ir atletika

38

30

15

15

5

3

13.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Ot sporti

22

18

9

9

3

1

14.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi

Regbi

60

48

24

24

8

4

15.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

Erkin kurash

60

48

24

24

8

4

Yunon-rum kurashi

30

24

24

-

4

2

16.

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi

Stol tennisi

30

24

12

12

4

2

17.

O‘zbekiston suzish federatsiyasi

Suzish

70

56

28

28

8

6

Sinxron suzish

25

20

-

20

3

2

Suv polosi

55

44

24

20

7

4

Suvga sakrash

30

24

12

12

4

2

18.

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi

Taekvondo (WT)

40

32

16

16

6

2

19.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi

Tennis

30

24

12

12

4

2

20.

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi

O‘q otish va stenddan otish

30

24

12

12

4

2

21.

O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi

Chim ustida xokkey

80

64

32

32

10

6

22.

O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish

75

60

30

30

12

3

Akademik eshkak eshish

120

96

48

48

18

6

Slalomda eshkak eshish

23

18

9

9

3

2

23.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

Triatlon

8

6

3

3

2

24.

O‘zbekiston zamonaviy besh kurash federatsiyasi

Zamonaviy besh kurash

8

6

3

3

2

25.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Futbol

90

72

40

32

10

8

26.

O‘zbekiston sport raqsi federatsiyasi

Breyk-dans

10

6

3

3

2

2

27.

O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

Qoyani zabt etish

10

8

4

4

2

Jami

1 658

1 321

660

661

226

111

II. Paralimpiya sport turlari

28.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Paradzyudo

50

39

8

3

29.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi

Parataekvondo (WT)

22

16

4

2

30.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi

?arao‘q otish

20

15

3

2

31.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston suzish federatsiyasi

Parasuzish

40

29

8

3

32.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston pauerlifting federatsiyasi

Parapauerlifting

48

40

6

2

33.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

Parayengil atletika

80

67

10

3

34.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

Parakanoeda eshkak eshish

28

22

4

2

Paraakademik eshkak eshish

26

20

4

2

35.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Bochcha

18

13

3

2

36.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi

Paravelosport

30

25

3

2

37.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

Parakamondan otish

20

15

3

2

38.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi

Parastol tennisi

18

13

3

2

Jami

400

314

59

27

Hammasi

2 058

1 635

285

138

Izoh: 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar kontingentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga
4-ILOVA
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

Biriktirilgan sport bazalar

Asosiy sport bazalari

Hududiy sport bazalari

1.

O‘zbekiston boks federatsiyasi

1.Toshkent shahri, O‘zbekiston boks federatsiyasi markazi.

2. Toshkent shahri, Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

1. Buxoro, Jizzax, Quvasoy va Qo‘qon shaharlaridagi sport maktablari.

2. Jizzax shahri, “Universal” sport kompleksi.

3. Samarqand shahri, Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktabi.

4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

5. Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

1. Toshkent shahri, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati.

1. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”.

2. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

3.

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi

1. Toshkent shahri, “Universal” sport saroyi.

1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

2. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

3. Hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.

4.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

1. Toshkent shahri, dzyudoni rivojlantirish markazi.

1. Chirchiq shahri, sport maktabi.

2. Chirchiq shahri, “Kimyogar” sport kompleksi.

5.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi

1. “Paxtakor” markaziy qilichbozlik zali.

2. “Umid” sport majmuasi.

1. Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. Andijon viloyati, ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

3. Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

4. Navoiy shahri, “So‘g‘diyona” sport majmuasi.

5. Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

6.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

1. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

2. Toshkent shahri, “Og‘ir atletika” markazi.

3. “Chirchiq Azamatlari” sport klubi.

1. Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

2. Xiva tumani sport maktabi.

3. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

7.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi

1. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi.

1. Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

3. Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

5. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

6. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

8.

O‘zbekiston suzish federatsiyasi

1. Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

2. Toshkent shahri suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi.

3. Toshkent shahri “Saxovat sport servis” MCHJ suzish havzasi.

4. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

1. Navoiy shahri, “So‘g‘diyona” sport majmuasi.

2. Namangan shahri, “Okean” suzish havzasi.

3. Angren shahri, “Delfin” suzish havzasi.

4. Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari.

9.

O‘zbekiston

“ROWING & CANOE” federatsiyasi

1. Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi.

2. “Water and rowing” sportklubi.

1. Namangan viloyati, “Farg‘ona kanali”.

2. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”.

3. Samarqand viloyati, “Eshkak eshish kanali”.

4. Toshkent viloyati, “Karanko‘l” dam olish maskani.

5. Toshkent viloyati, “Qaldirg‘och” dam olish oromgohi.

6. Toshkent shahri, “Bo‘z suv” kanali.

10.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi

1. Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi.

1. Nukus oliy sport mahorati maktabi.

2. Buxoro viloyati, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

3. Navoiy viloyati, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

4. Namangan viloyati, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

5. Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

6. Samarqand viloyati, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

7. Samarqand viloyati, “Sarteppo” sport majmuasi.

8. Farg‘ona viloyati, Gimnastika sport turlar�ga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

9. Farg‘ona olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji.

10. Mirobod tumani, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

11. Mirzo-Ulugbek tumani,, Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

12. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

11.

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

1. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

1. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Termiz va Farg‘ona viloyatlaridagi kamondan otish bazalari.

2. Hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.

12.

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi

1. Toshkent viloyati, “Zamonaviy o‘q otish” sport majmuasi.

2. Toshkent shahri, Mudofaa vazirligining sport markazi.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining sport bazalari.

13.

O‘zbekiston velosport federatsiyasi

1. Qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi.

1. Toshkent viloyati, “Chimgan-Aziya” mehmonxonasi.

14.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi

1. Toshkent shahridagi tennisga ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi.

1.Andijon viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

2. Namangan viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

3. Farg‘ona viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

15.

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

1. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

1. Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi.

2. “Umid” sport majmuasi.

16.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

1. “JAR” sport majmuasi.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorat maktablari, futbol akademiyalari va futbol maktablari.

17.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

1. “Universal Jumping Agro” MCHJ.

1. Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari.

2. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

3. Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi.

18.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi

1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji.

2. “Paxtakor” markaziy stadioni.

3. Toshkent shahri, “Ekobog‘”.

1. Namangan viloyati, “Olmazor obod sihatgohi”.

2. Toshkent viloyati yo‘llari.

3. Ohangaron shossesi bo‘ylab.

19.

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi

1. Toshkent davlat transport universiteti.

1. Andijon viloyati, “Barkamol avlod” sport majmuasi.

2. Chust tumani sport maktabi.

3. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

4. Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

5. Farg‘ona viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

20.

O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Toshkent shahri, O‘zbekiston badminton federatsiyasi “Chorsu” sport bazasi.

2. Toshkent shahri, O‘zbekiston badminton markazi.

1. Buxoro viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

2. Namangan shahri, 1-son sport maktabi.

3. Xorazm viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

21.

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi

1. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. Toshkent shahri, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

1. Navoiy viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

2. Namangan viloyati, “Barkamol avlod” sport majmuasi.

3. Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

4. Samarqand shahri, 2-akademik litsey.

5. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

6. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

7. “Olmaliq KMK” AJ sport zali.

8. O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi.

22.

O‘zbekiston basketbol federatsiyasi

1. Toshkent davlat yuridik universiteti sport zali.

2. Toshkent shahri, “Umid” sport majmuasi.

3. O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi.

4. Mudofaa vazirligi sport klubi majmuasi.

1. Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti.

3. Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

4. Navoiy shahri, “So‘g‘diyona” sport majmuasi.

5. Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

6. Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

7. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

8. Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

23.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi

1. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi.

1. Andijon viloyati, E.Vohidov nomidagi shaxmat va voleybol maktabi.

2. Jizzax viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

3. Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

4. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

5. Qo‘qon shahri, 2-son sport maktabi.

6. Farg‘ona shahri, “Samo” sport majmuasi.

24.

O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi

1. Andijon shahri, “Barkamol avlod” sport majmuasi.

2. Buxoro shahri, “Sitora” stadioni.

1. Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

2. Uchqo‘rg‘on tumani, 1-son sport maktabi.

3. Samarqand viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

4. Toshkent viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

5. Toshkent viloyati, “Qibray” markaziy stadioni.

6. Farg‘ona viloyati, “Kimyogar” stadioni.

7. Xorazm viloyati, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

8. Toshkent shahri, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi stadioni.

25.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi

1. O‘zbekiston Milliy universiteti stadioni.

1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

26.

O‘zbekiston sport raqsi federatsiyasi

1. “International Nouse Tashkent” akademiklitseyi.

1. Toshkent viloyati,“Kumushkon” dam olish oromgohi.

27.

O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

1. “Lokomotiv” bog‘i.

28.

O‘zbekiston golf federatsiyasi

1. Toshkent shahri, golf-klub.

29.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

1. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi sport bazasi.

1. Angren shahri, “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasi.

2. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

3. Nukus, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Chirchiq va Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.

4. “Amirsoy” majmuasi.

5. “Xumo Arena” majmuasi.

6. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi sport majmuasi.

7. Navoiy shahri, “So‘g‘diyona” sport majmuasi.

8. Namangan shahri, “Okean” suzish havzasi.

9. Angren shahri, “Delfin” suzish havzasi.

10.Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Izoh: 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga
5-ILOVA
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi
tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, komissiya raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, komissiya raisining o‘rinbosari

3.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari

4.

A.J. Ramatov

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari

5.

D.A. Kuchkarov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

6.

B.A. Musayev

Bosh vazir o‘rinbosari

7.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

8.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

9.

A.X. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

Sh.X. Shermatov

xalq ta’limi vaziri

12.

A.X. Toshkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

13.

A.M. Xadjibayev

sog‘liqni saqlash vaziri

14.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

15.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

16.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

17.

A.K. Inakov

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori

18.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

19.

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

20.

R.M. Shaabduraxmonov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi

21.

M.M. Tashxodjayev

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi

22.

K.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

23.

U.S. Salixbayeva

“Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi

24.

O.A. Qosimov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi

25.

B.M. Maxsitov

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi

26.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

27.

Lavozimi bo‘yicha

sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga mas’ul etib biriktirilgan vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari

28.

Lavozimi bo‘yicha

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari

29.

Z.Z. Tadjibayev

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Izoh: komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5281/1034-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)