Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni hamda rolini kuchaytirish, ularning aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolar yigʻini xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali tizimning samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-oktabr,
PF-6324-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
b) 27-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi tarkibi*

T/r

Nomlanishi

Rais

Rais
oʻrinbosari

Oila
va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis

Harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodim

Moliyalashtirish manbasi

1.

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra lavozim maoshiga koeffitsiyent qoʻllanilishi**

1,4 baravar

1,25 baravar

1,2 baravar

1 baravar

Davlat budjeti

2.

Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari

Posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlarida

8

7

6

5

Shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yigʻinlarida

7

6

5

4

3.

Lavozim maoshiga har oylik ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti)

20 foiz

4.

Lavozim maoshiga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama haq

26 foiz

12 foiz

5.

Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi

mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining
15 foizi miqdorida

6.

Moddiy yordam koʻrsatish

bir oylik lavozim maoshi miqdorida

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari

Izoh:
* Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga tatbiq etilmaydi;
** hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun ushbu tarif koeffitsiyentlari 1,35 baravar oshirib hisoblanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)