Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RAGʻBATLANTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud boʻlgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiya hajmlarida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 million AQSH dollaridan ortiq va 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining 1 — 3 toifadagi tuman va shaharlaridan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirishda qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin. Bunday hududiy cheklov turizm va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-97-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 06/25/97/0537-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi zimmasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan korxonalarning ushbu Farmon ilovasida koʻrsatilgan iqtisodiyot tarmoqlariga taalluqli ekanini aniqlash vazifasi yuklatilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-97-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 06/25/97/0537-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
5. Ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil barvaqtroq faoliyatini toʻxtatgan taqdirda foydani oʻz mamlakatiga oʻtkazish va xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini budjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmon qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-aprel,
PF-3594-son
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
2. Yengil sanoat:
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish;
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish;
tabiiy terilar ishlab chiqarish, koʻn-galantereya sanoati, poyabzal sanoati.
3. Ipakchilik sanoati:
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
4. Qurilish materiallari sanoati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF–3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
6. Oziq-ovqat sanoati:
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
7. Goʻsht-sut sanoati:
goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Baliq lichinkalari va chavoqlarini ishlab chiqarish, baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PF-5094-sonli Farmoni tahririda — OʻR QT, 2017-y., 27-son, 604-modda)
9. Kimyo sanoati.
10. Neft-kimyo sanoati.
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Koʻmir sanoati:
koʻmirni boyitish;
koʻmir briketlarini ishlab chiqarish;
slanets sanoati.
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish:
mashinasozlik;
traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi;
qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik;
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
19. Mikrobiologiya sanoati.
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Turizm:
mehmonxona xizmatlari;
turizm xizmatlari;
tematik xiyobonlarni tashkil qilish (turli yoshdagi tashrif buyuruvchilarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatuvchi bitta yoki bir nechta mavzu boʻyicha tashkil qilingan koʻngilochar xiyobon, xiyobonlar ansambli).
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PF-5444-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 06/18/5444/1244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-97-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 06/25/97/0537-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 109-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2006-y., 28-29-son, 262-modda; 2007-y., 4-6-son, 37-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda; 2012-y., 15-son, 167-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda, 19-son, 332-modda, 27-son, 604-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 22.05.2018-y., 06/18/5444/1244-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 25.06.2025-y., 06/25/97/0537-son)