|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2005
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMI RAHBARLAR TARKIBINI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda 1094-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-mart 04/QQ-son, 01-77-son va 01/1185-son qarori (ro‘yxat raqami 1462, 28.03.2005-y.) asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-martdagi 109-son “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Boshqarma zimmasiga yuklatilagan vazifalarni to‘liq amalga oshirish va attestatsiya jarayonini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida Nizom”ga (ro‘yxat raqami 1094, 4.01.2002-y.) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi rahbari J. XUSANOV
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi rahbari J. XUSANOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-aprel,
10-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
direktori M. MUHITDINOV
direktori M. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-aprel,
293-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-aprel,
22-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2002-yil 29-apreldagi 10-son, 293-son va 22-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2002-yil 29-apreldagi 10-son, 293-son va 22-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. 6-bandda “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining” so‘zlari “Davlat test markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 7-bandda “Komissiya raisi Boshqarma ekspertlaridan, kotibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (Markaz) mutaxassislaridan tayinlanadi” so‘zlari “Komissiya raisi va kotibi Boshqarma ekspertlaridan, komissiya raisining o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (Markaz) mutaxassislaridan tayinlanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son)