Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURILISh QIYMATINI 1991 YIL NARXLARI DARAJASIDAGI YaNGI SMETA NORMATIVLARI NEGIZIDA “RESURS USULI” ASOSIDA ANIQLAShGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-oktabrdagi 463-sonli “Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qurilish qiymatini shakllantiruvchi qurilish materiallari va konstruksiyalari, energiya manbalari va boshqa xarajatlarning erkin narxlari sharoitida qurilish qiymatining aniq qiymatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Qurilish qiymatini kompyuter texnikasidan foydalangan holda “resurs usuli” asosida aniqlashga oʻtish tadbirlari dasturi tasdiqlansin (ilova* qilinadi).
* Ilova berilmaydi
Belgilansinki, 1997-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqiladigan smeta hujjatlari “resurs usuli” asosida tuzilishi kerak.
2. Vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi buyurtmachilar, loyihalash va pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilishning smeta qiymatini yangi “resurs usuli”ni qoʻllangan holda aniqlashga oʻtish uchun oʻzlariga qarashli tashkilotlarni normativ adabiyotlar, dasturiy vositalar va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha 1997-yilning 1 yarim yilligida tadbirlar ishlab chiqsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tashkilotlarga zarur uslubiy yordam koʻrsatsin, mazkur Dasturning amalga oshirilishini taʼminlasin va qurilish qiymatini aniqlashning yangi usuliga oʻtish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar tayyorlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
306-son