|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING IQTIDORLI YoShLARNING ChET ELDA TAʼLIM OLIShLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh “UMID” JAMGʻARMASI HOMIYLARINI SOLIQLARDAN OZOD QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining xayriya jamgʻarmalari sirasiga kiritilsin.
2. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek jismoniy shaxslarning “Umid” jamgʻarmasi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari foyda (daromad)ga soliq solish bazasidan chiqarib tashlanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-iyun,
328-son