1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Aviakompaniya faoliyatini yanada takomillashtirish choralari | ||||
|
1. |
Aviakompaniya faoliyatini takomillashtirish. |
1. Aviakompaniyaning 2019-2020-yillardagi moliyaviy hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida tayyorlash; 2. Aviakompaniya moliyaviy auditini oʻtkazish uchun tender (yoki tanlov) asosida katta toʻrtlik (“big four”) tashkilotlaridan birini tanlash; 3. Aviakompaniyaning Kuzatuv kengashi va ijroiya organiga malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish; 4. Jahon banki bilan birga aviakompaniyaning biznes rejasini ishlab chiqish ishlarini yakunlash; 5. Xalqaro kredit reytinglarini olish. |
2021-yil may
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Moliya vazirligi (Nasritdinxojayev), Transport vazirligi (Maxkamov) |
|
2. |
Aviakompaniya yangi tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda aviakompaniyaning xalqaro standartlarga toʻgʻri keladigan yangi ijroiya tuzilmasini ishlab chiqish; 2. Ishlab chiqilgan ijroiya tuzilmasiga muvofiq ish oʻrinlarini optimizatsiya qilish. |
2021-yil iyun
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
3. |
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan aviatsiya sohasiga tegishli tovarlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar tomonidan bajariladigan xizmatlar importiga ruxsat berish masalasini koʻrib chiqish. |
1. Import qilinayotgan aviatexnika tovarlarining nomlanishi va TIF TN kodlarini qayta koʻrib chiqish; 2. Oʻzbekiston Respublikasida aviatexnika tovarlari ishlab chiqarilmasligini inobatga olib, TIF TN kodi isteʼmol tovarlariga mos keladigan aviatexnika tovarlarini davlat xaridlari asosida import qilishga oʻrnatilgan taqiqlar roʻyxatidan chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 3. Oʻrganish natijasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
2021-yil may
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarida majburiy sertifikatlash va standartlashtirishga tegishli tovarlar roʻyxatidan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan import qilinadigan xalqaro sertifikatlarga ega aviatexnika tovarlarini chiqarish. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror loyihasini tayyorlash; 2. Qaror loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish; 3. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may
2021-yil iyul |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov) |
|
II. Aviakompaniyaning xarajatlarini qisqartirish va daromadlarini oshirish tadbirlari | ||||
|
5. |
Aviakompaniya xarajatlarni qisqartirish. |
1. Aviakompaniyaning xorijdagi samarasiz faoliyat yuritayotgan vakolatxonalarini yopish; 2. Norentabel yoʻnalishlardagi aviaqatnovlarni bekor qilish; 3. Aviachiptalarni sotish boʻyicha Bosh agentlar bilan shartnomalarni bekor qilish; 4. Aviachiptalarni xorijda sotish boʻyicha agentlar (IATA) komissiyasi 5. Aviayoqilgʻi moylash materiallarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisqartirish. |
2021-yil iyun
2021-yil iyun
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov) |
|
6. |
Aviakompaniya daromadlarni oshirish. |
1. Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarda har ikki tomonga yoʻlovchi tashishni toʻla tiklash; 2. “Umra-2021” va “Haj-2021” mavsumida ziyorat aviaqatnovlarini tiklash boʻyicha muzokaralar olib borish va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning buyurtmasiga asosan parvozlarni amalga oshirish; 3. Vaqtinchalik mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolar uchun iqtisodiy (ekonom) klass aviachipta narxlariga 20 % miqdoridagi chegirmani bekor qilish; 4. Ilgʻor xorijiy aviakompaniyalar bilan birga yoʻlovchilarni oʻzaro tashish shartnomalarini (Code Share, Interline) tuzish orqali yoʻlovchi tashish hajmini oshirish; 5. Yangi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam parvozlarni tashkil qilish; 6. Charter aviaqatnovlar sonini oshirish. |
2021-yil davomida
2021-yil davomida |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Transport vazirligi (Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Din ishlari qoʻmitasi (Toshboyev) |
|
7. |
Import shartnomalarining hisob-kitobi roʻyxatini yuritish tizimini takomillashtirish. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlash; 2. Qaror loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish; 3. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyun
2021-yil avgust |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
III. Aviakompaniya havo kemalari parkini optimizatsiya qilish | ||||
|
8. |
“Uzbekistan Airways” AJning havo kemalari parkini unifikatsiya qilish. |
1. Yangi oltinchi Boing-787 havo kemasini qabul qilish; 2. Boing-757-200 (3 ta) havo kemalarini lizing beruvchiga qaytarish; 3. Boing-767 (2 ta) va Boing-757 (2 ta) havo kemalarini sotish; 4. A-321neo LR (2 ta) havo kemalarini ijaraga olish; 5. A-321neo (3 ta) havo kemalarini ijaraga olish. |
2021-yil may 2021-yil oktabr 2021-yil dekabr 2021-yil dekabr 2022-yil davomida |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
9. |
“Uzbekistan Nelicopters” MCHJ havo kemalari parkini modernizatsiya qilish. |
1. Mi-8 vertolyotlarini oʻrnatilgan tartibda sotuvga qoʻyish; 2. Ikkita “N125” Airbus rusumli vertolyotlarini xarid qilish; 3. Ikkita “N130” Airbus rusumli vertolyotlarini xarid qilish. |
2021-yil may 2021-yil iyun 2021-yil noyabr |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), “Uzbekistan Nelicopters” MCHJ (Safiullin) |
|
10. |
Yuk tashuvchi havo kemalari sonini toʻrttaga yetkazish. |
1. 2 ta Boing-767 yoʻlovchi havo kemasini yuk tashishga moslashtirish boʻyicha xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish; 2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma tuzish; 3. Havo kemalarini yuk tashish turiga konvertatsiya qilish. |
2021-yil may
2022-yil davomida |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
IV. “Uzbekistan airways” AJ tarkibidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish | ||||
|
11. |
“Uzbekistan airways technics” MCHJda xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga sifatli va tezkor texnik xizmat koʻrsatish hamda xizmatlar hajmini oshirish. |
1. “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ hududida erkin bojxona zonasini tashkil etish; 2. Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun jalb qilish; 3. Bozor talablaridan kelib chiqqan holda yangi xizmat turlarini oʻzlashtirish. |
2021-yil avgust
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
12. |
“Ketring” MCHJ faoliyatini rivojlantirish. |
1. Ilgʻor xorijiy ketring kompaniyalari (Do&Co, Dnata, Gate Gourmet va h.k.) bilan hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish; 2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; 3. Xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda bort taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish. |
2021-yil avgust
2022-yil davomida |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
V. Aviakompaniya faoliyatini raqamlashtirish | ||||
|
13. |
Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, tijorat va ishlab chiqarish tizimini (PSS) joriy etish. |
1. PSS tizimi boʻyicha eng yirik global provayderlardan biri boʻlgan “Amadeus” kompaniyasi bilan shartnoma tuzish; 2. Biznes jarayonlarni xatlovdan oʻtkazib, yangi tizimga moslashtirish; 3. Mavjud barcha interlayn va “Code share” almashinuvlar boʻyicha linklarga, parvozlar amalga oshiriladigan aeroportlarda roʻyxatdan oʻtishning yangi tizimiga ulanish; 4. Eski PSS-dan texnik migratsiya qilish; 5. Yangi tizimni ishga tushirish. |
2021-yil aprel
2021-yil oktabr
2021-yil dekabr |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
14. |
“Uzbekistan Airways” AJning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini kamaytirish. |
1. Aeroport hududida yoʻlovchilarga bojsiz tovarlar sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi (Duty Free) “Central Asia Megastar” MCHJdagi “Uzbekistan Airways” AJning 23,3 % ulushini “Uzbekistan Airports” AJga oʻtkazish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taklif kiritish; 2. “Central Asia Megastar” MCHJdagi “Uzbekistan Airways” AJning ulushini “Uzbekistan Airports” AJga oʻtkazishni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish. |
2021-yil may
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov), “Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva), Moliya vazirligi (Nasritdinxojayev) |
|
15. |
Mijozlar bilan ishlashni tizimli boshqarish dasturini joriy etish. |
1. Ilgʻor xorijiy IT kompaniyalari bilan CRM (Customer Relationship Management) dasturiy taʼminot masalasida muzokaralar oʻtkazish; 2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma imzolash; 3. Yangi dasturni joriy etish. |
2021-yil dekabr |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
16. |
Aviakompaniya daromadlarini hisobga olish va boshqarishning yangi tizimini joriy etish. |
1. Revenue Accounting dasturini joriy etish boʻyicha “Amadeus” kompaniyasini jalb qilish; 2. Yangi dasturni joriy etish. |
2021-yil iyun
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
17. |
Aviakompaniyaning barcha resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarish boʻyicha yangi ERP (Enterprise Resource Planning) dasturiy tizimini joriy etish. |
1. Ilgʻor xorijiy IT kompaniyalari bilan kerakli dasturiy taʼminot masalasida muzokaralar oʻtkazish; 2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma imzolash; 3. Yangi dasturni joriy etish. |
2021-yil may
2022-yil davomida |
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov) |
|
VI. Aviakompaniya faoliyati samaradorligini oshirish va yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish | ||||
|
18. |
Aholi mobilligi va yoʻlovchi tashish hajmini oshirish. |
1. “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatini “gibrid” biznes modeli (full service carrier + LCC) asosida yoʻlga qoʻyish; 2. A-320 (4 ta) havo kemalarini toʻliq iqtisod klassga (full econom) oʻtkazish; 3. “Uzbekistan Airways” AJ tarkibida “Loukost” aviakompaniyasini tashkil etish; 4. Parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish. |
2021-yil iyun
2022-yil yanvar
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), “Oʻzaviatsiya” agentligi (Uljayev) |
|
19. |
Yoʻlovchilarning qoʻl yuki va bagajlarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish. |
1. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va qayta koʻrib chiqish; 2. Hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini tayyorlash; 3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash uchun kiritish. |
2021-yil iyun 2021-yil avgust
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), “Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
VII. Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish | ||||
|
20. |
Parvozlarni amalga oshirish vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarni tayyorlash. |
1. Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO) va Xalqaro aviatsiya transporti birlashmasi (IATA) oʻquv kurslariga xodimlarni joʻnatish; 2. Oʻquv-mashgʻulot markazi negizida parvozlar bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarni tayyorlash kurslarini bosqichma-bosqich tashkil etish. |
2021-2022-yillarda
|
“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov), Transport vazirligi (Maxkamov) |
|
21. |
Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birga Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
1. Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash boʻyicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” taʼlim yoʻnalishini ochish va Klassifikatorga kiritish. 2. Taʼlim yoʻnalishi meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. 3. Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdorini kelishish. 4. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida oʻqitish. |
2021-yil iyun
|
Transport universiteti (Abduraxmonov), Transport vazirligi (Maxkamov) |
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Oʻzbekiston aeroportlar tarmogʻi boshqaruvini yangi tizim asosida shakllantirish | ||||
|
1. |
“Uzbekistan Airports” AJga Boshqaruv kompaniyasi funksiyasini berish |
1. “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xalqaro aeroportlar ustavlariga oʻzgartirishlar kiritish; 2. “Uzbekistan Airports” AJ va uning har bir tarkibiy boʻlinmalarining tarkibiy tuzilmasiga va shtat birligiga oʻzgartirishlar kiritish hamda xodimlar sonini optimallashtirish; 3. Xodimlarga mehnat maoshini yangi ragʻbatlantirish tizim asosida toʻlash. |
2021-yil iyul
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), “Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
2. |
Xususiylashtirilmaydigan koʻchmas va koʻchar mulkni “Uzbekistan Airports” AJni tarkibidagi har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav kapitalidan chiqarish. |
1. Har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatni mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish; 2. Har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatdagi xususiylashtirilmaydigan mulkni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish va balansdan tashqari hisobga (001) chiqarish; 3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan aeroportlarning xususiylashtirilmaydigan mulkdan tasarruf etish huquqisiz 49 yilga begʻaraz foydalanish boʻyicha shartnoma imzolash; 4. 2030-yilgacha aerodrom komplekslarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish; 5. Xususiylashtirilmaydigan mulkni ustav kapitaldan chiqarilgandan soʻng “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining aktivlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2021-yil iyul 2021-yil sentabr
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), “Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
II. Operatsion xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar | ||||
|
3. |
Yigʻim va tariflar stavkalari tannarxi tuzilishini optimallashtirish. |
1. Har bir asosiy va qoʻshimcha aeroportdagi toʻlovlarni shakllantirish tizimini tahlil qilish va ulardagi oylik maoshi, ijtimoiy soliq, joriy va qoʻshimcha xarajatlarni hisoblash usulini qayta koʻrib chiqish; 2. Operatsion xarajatlarni yangi usulda shakllantirish va hisoblash maqsadida ichki meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish; 3. Amortizatsiya ajratmalarini, mulk va yer soligʻini shakllantirish tizimini tahlil qilish; 4. Soliq va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash boʻyicha yangi ichki meʼyoriy hujjatlarni joriy etish; 5. Operatsion xarajatlarni yangi usulda shakllantirish, amortizatsiya va soliq ajratmalarini hisoblashni amalga oshirish maqsadida milliy qonunchilikka oʻzgartirish kiritish. |
2021-yil iyul
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), “Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
4. |
Barcha xarajatli shartnomalar shartlarini qayta koʻrib chiqib, ularni maqbullashtirish va vositachilardan voz kechish. |
1. Barcha shartnomalardagi joriy va boshqa xarajatlar auditini oʻtkazish; 2. Audit yakuni boʻyicha mavjud kontragentlar bilan muzokara olib borish yoki yangilarni qidirish; 3. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning aviayoqilgʻi tannarxini koʻrib chiqish va ichki bozorga sotiladigan aviayoqilgʻi narxidagi rentabellik darajasini 5 foizdan oshmasligini taʼminlash. |
2021-yil iyun 2021-yil sentabr
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva), Energetika vazirligi (Sultanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharaxmetov) |
|
5. |
Amaldagi turli ijtimoiy toʻlovlar tizimidan voz kechish hisobiga mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini koʻpaytirish va mehnatga haq toʻlashning KPI tizimiga asoslangan yangi uslubiga oʻtish. |
1. Xodimlar sonini qayta koʻrib chiqish; 2. “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv kompaniya va aeroportlar funksiyalarini aniq ajratish. Bunda boshqaruv kompaniyaga — aeroportlarni rivojlantirish, aeroportlarga — operatsion faoliyatni amalga oshirish vazifasi belgilanadi. |
2021-yil sentabr 2021-yil sentabr |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
6. |
2021-yil yakuniga qadar 11 ta aeroportlar boʻyicha yagona budjetni va xaridlar rejasini ishlab chiqish. |
1. Barcha aeroportlar boʻyicha xaridlar rejasini tuzish; 2. Barcha aeroportlar boʻyicha joriy va boshqa xarajatlardan iborat budjet rejasini tuzish. |
2021-yil iyul 2021-yil iyul |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini operatsion faoliyatga va tarmoqni boshqaruviga joriy etish | ||||
|
7. |
Barcha aeroportlarda ishlab chiqarishga oid birlamchi maʼlumotni onlayn rejimida olishga va resurslar boshqaruvini optimallashtirishga qaratilgan “Airport Operational Data Base” (AODB) 13 dasturlarni oʻz ichiga olgan tizimni joriy etish. |
1. Mazkur tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish; 2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish; 3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash. |
2021-yil iyul
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
8. |
“1S: Xoldingni boshqarish” dasturini joriy etib, unga barcha 11 ta aeroportlarni ulagan holda yagona hisobot tizimini joriy etish. |
1. Tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish; 2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish; 3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash; 4. Buxgalteriya hisobini yuritish milliy tizim va xalqaro moliya hisobot tizimiga mos ravishda hisob yuritishni joriy etish; 5. Boshqaruv hisobotini yuritishni shakllantirish. |
2021-yil iyul
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
9. |
“Uzbekistan Airports” AJ va 11 aeroportlarda “Direktum” elektron hujjat almashinuv dasturini joriy etish va Oʻzbekiston davlat elektron tizimlariga integratsiya qilish. |
1. Tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish; 2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish; 3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash. |
2021-yil iyun
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
V. Daromadlarni oshirishga qaratilgan choralar | ||||
|
10. |
Xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish maqsadida asosiy aeroport yigʻimlarini kamaytirish. |
1. 50 foizgacha “ziyorat-turizm” dasturi doirasida oshirilayotgan reyslar boʻyicha; 2. Asosiy xizmat turlari boʻyicha yigʻim va toʻlovlarni 27 foizgacha kamaytirish; 3. Asosiy xizmat turlari boʻyicha yigʻim va toʻlovlarni 30 foizgacha qoʻshimcha ravishda kamaytirish; 4. Aeroportlarda xorijiy havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatishga qaratilgan shartnomalarni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) standartlariga mos ravishda qayta tuzish. |
2021-yil iyun
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
11. |
Havo kemalariga xizmat koʻrsatish vaqtini 1,5 soatdan 40 daqiqagacha tushirish (Minimum Connecting Time). |
1. “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida shuʼba xendling kompaniyasini tashkil etish (“Uzbekistan Airports Nandling”) 2. Aeroportlar uchun yagona axborot markazini (call-center) yaratish; 3. “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida “Uzbekistan Airports Cargo” shuʼba yuk tashuvlarini rivojlantirish kompaniyasini tashkil etish. |
2021-yil oktabr
2021-yil oktabr |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
VI. Aeroportlar infratuzilmasini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasi | ||||
|
12. |
“ARC” (Germaniya) kompaniyasi bilan aeroportlarni 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish. |
1. Barcha 11 ta aeroportlar boʻyicha investitsiya hajmlarini va moliyaviy manbalarni asoslantirish; 2. “Milliy bank” AJ imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish; 3. “Air Marakanda” MCHJ bilan Samarqand aeroportining aerovokzal va vokzal oldi kompleksini davlat sheriklik asosida ishlatish maqsadida konsessiya shartnomasini imzolash. |
2021-yil oktabr
2021-yil avgust |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
VII. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish | ||||
|
13. |
“Samarqand” aeroportida |
“Samarqand” aeroporti yangi aerodrom kompleksini qurish va uni foydalanishga topshirish |
2021-yil oktabr |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
14. |
“Termiz” aeroportida |
1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini qurish ishlarini yakunlash; 2. Yoqilgʻi quyish kompleksining toʻkish stansiyasi quvurlarini almashtirish; 3. Yuk terminalini qurish. |
2021-2022-yillar |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
15. |
“Buxoro” aeroportida |
1. Uchib kelish terminalini qayta taʼmirlash; 2. VIP turargoh perronini kengaytirish. |
2021-2022-yillar |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
16. |
“Navoiy” aeroportida |
1. Yangi yoqilgʻi quyish kompleksini ishga tushirish; 2. Xorijiy yuk aviakompaniya (operator)ni jalb qilish. |
2021-yil 2021-yil |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
17. |
“Qarshi” aeroportida |
1. Yoqilgʻi quyish kompleksining toʻkish stansiyasi quvurlarini almashtirish; 2. Aerovokzal kompleksini qayta taʼmirlash. |
2021-yil 2021-yil |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
18. |
“Andijon” aeroportida |
1. Aerodrom kompleksini qayta taʼmirlash; 2. Yoritish-signal uskunasini yangilash. |
2022-yil 2021-yil |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
19. |
“Fargʻona” aeroportida |
1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini qayta taʼmirlash (Mudofaa vazirligi balansida); 2. Yoritish-signal uskunasini yangilash. |
2021-2022-yillar |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
20. |
“Urganch” aeroportida |
1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini va perron qismini qayta taʼmirlash; 2. Ketring xizmatini davlat-xususiy sheriklik asosida ishlatish. |
2021-yil 2021-yil |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
21. |
“Nukus” aeroportida |
Beshta aerodrom xizmatlari uchun maʼmuriy binolar qoʻrish. |
2021-yil |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
22. |
Barcha aeroportlar boʻyicha avtomaxsustexnika va texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish |
1. Avtomaxsustexnikaning mavjud parki holatini inventarizatsiya qilish; 2. Xarid qilish va ekspluatatsiyani boshlash uchun texnik topshiriq ishlab chiqish; 3. Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish. |
2021-2025-yillar |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
VII. “Toshkent” aeroporti boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish | ||||
|
23. |
Oʻtkazish qobiliyatini tigʻiz vaqtda 1200 nafar yoʻlovchigacha oshirishni hisobga olgan holda aeroport xalqaro terminali binosini va vokzaloldi hududini rekonstruksiya qilish. |
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash; 2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish; 3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish; 4. Ekspluatatsiyaga topshirish. |
I bosqich — 2021-yil avgust
|
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
24. |
Aeroport hududida 7500 m2yuk terminalini qurish va sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi (SUQY-1), samolyotni yerda boshqarish yoʻlagi va perronini kapital taʼmirlash. |
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash; 2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish; 3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish; 4. Ekspluatatsiyaga topshirish. |
2021-yil dekabr |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
25. |
Harbiylashgan tuzilmalar uchun maʼmuriy bino va aeroport qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari uchun kazarma, shuningdek, aeroport situatsion markazini qurish. |
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash; 2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish; 3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish; 4. Ekspluatatsiyaga topshirish. |
2022-yil aprel |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva) |
|
26. |
Aeroport aerovokzal majmuasining oʻtkazish qobiliyati oshirilishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi DXXning Aviatsiya xavfsizligi yuzasidan tekshirish xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi DXX DCHQQ Chegara nazorati divizioni va Oʻzbekiston Respublikasi DBQ “Toshkent-Aero” IBM shtat boʻyicha xodimlari sonini koʻpaytirish. |
1. Taklif ishlab chiqish va Xavfsizlik kengashiga kiritish; 2. Xodimlar zarur miqdorini oʻzgartirishni aniqlash uchun joriy ishlar holatini oʻrganish; 3. Tasdiqlashga kiritish uchun soʻnggi taklifni tayyorlash. |
2021-2022-yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
27. |
Aeroportning noaviatsiya xizmatlaridan tushadigan daromadlarini oshirish. |
1. Xalqaro terminalning kutish zalida tijorat maydonini kengaytirish; 2. Tijorat maydoni ijarachilari bilan barcha shartnomalarni qayta koʻrib chiqish; 3. Jahon tarmoq kompaniyalarini taklif etish; 4. “Toshkent-2” xalqaro terminali va “Toshkent-3” mahalliy qatnovlar terminalining umumiy hisobda 7,13 gektarga teng boʻlgan vokzaloldi maydoni yer uchastkalarini Toshkent shahar hokimligi balansidan aeroport balansiga oʻtkazish. |
I bosqich — 2021-yil avgust II bosqich — 2022-yil may 2021-yil iyun |
“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva), Toshkent shahar hokimligi (Ortiqxoʻjayev) |
3-ILOVA
|
T/r |
Havo kemasi turi |
Bort raqami |
Ishlab chiqarilgan yili |
|
1. |
Boing 757 |
UK75701 |
1999-y. |
|
2. |
Boing 757 |
UK75702 |
1999-y. |
|
3. |
Boing 767 |
UK67007 |
2003-y. |
|
4. |
Boing 767 |
UK67008 |
2004-y. |
|
5. |
Boing 767 |
UK67000 |
2008-y. |
|
6. |
Il-76 TD |
UK-76821 |
1982-y. |
|
7. |
Il-76 TD |
UK-76793 |
1989-y. |
|
8. |
Il-76 TD |
UK-76794 |
1989-y. |
|
9. |
Il-76 TD |
UK-76427 |
1991-y. |
|
10. |
Il-76 TD |
UK-76831 |
1992-y. |
|
11. |
Il-114-100 |
UK-91102 |
1999-y. |
|
12. |
Il-114-100 |
UK-91105 |
2008-y. |
|
13. |
Il-114-100 |
UK-91104 |
2009-y. |
|
14. |
Il-114-100 |
UK-91106 |
2009-y. |
|
15. |
Il-114-100 |
UK-91107 |
2010-y. |
|
16. |
Il-114-100 |
UK-91108 |
2011-y. |
|
17. |
Il-114-100 |
UK-91109 |
2013-y. |
|
18. |
Il-114-100 Havo kemasining trenajeri |
0001 |
2010-y. |