Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, qurish va rekonstruksiya qilish, ayniqsa, suv omborlari va boshqa yirik suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashda jiddiy kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda.
Suv xo‘jaligi obyektlarining aksariyat qismi 30 — 40 yildan ortiq xizmat qilayotganligi hamda ularni loyihalashga malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish kabi masalalarga yetarli e’tibor qaratilmayotganligi sababli keyingi yillarda ayrim suv xo‘jaligi obyektlarida texnogen vaziyatlar va avariyaviy holatlar kuzatilmoqda.
Suv xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, suvning hisobi va hisobotini yuritishni takomillashtirish, suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini oshirish hamda samarali nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanganligi hamda Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga bo‘lgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash va ekspertiza qilish ishlariga malakali xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligini aniq ko‘rsatkich va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish;
suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-texnik ta’minlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
suv xo‘jaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilg‘or xorijiy tajribani keng qo‘llash;
suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
suv resurslarining hisobi va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash hamda ularning samaradorligini oshirish;
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish.
3. Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining suv xo‘jaligi vazirining:
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari;
davlat-xususiy sheriklik va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasida barcha suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
5. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) etib qayta tashkil etilsin.
6. Belgilansinki, Inspeksiya Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. Belgilansinki:
a) Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining (keyingi o‘rinlarda — xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizlik darajasini aniqlash ishlariga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy qilish;
favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
b) Inspeksiyaga:
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatkichlar va mezonlarga amal qilinmagan hollarda suv to‘plashni cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, loyiha tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qilish huquqi beriladi.
8. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi va “Yo‘l xaritasi” 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
9. Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi negizida Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazini;
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
10. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib:
bir hafta muddatda Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi;
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-aprel,
PF-6200-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
1-ILOVA
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish bo‘yicha
IShChI GURUH TARKIBI

1.

Sh.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozim bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

R.A. Mamutov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi

4.

D.B. To‘rayev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari

5.

T.N. Butunbayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

6.

H.H. Ishanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi

7.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

8.

A.M. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari

9.

Q.X. Taparov

moliya vaziri o‘rinbosari

10.

Sh.A. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

11.

Sh.J. Raximov

Bosh prokuror o‘rinbosari

12.

Lavozim bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari

13.

Lavozim bo‘yicha

mudofaa vaziri o‘rinbosari

14.

S.A. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

15.

M.J. Ganiyev

Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari

16.

A.H. Qo‘ldoshev

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

Sh.R. Xashimov

qurilish vaziri o‘rinbosari

18.

A.N. Karimov

adliya vaziri o‘rinbosari

19.

U.Sh. Begimkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

20.

O.A. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

21.

E.J. Xamrayev

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

22.

I.I. Boqijonov

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

23.

A.A. Kadirxodjayev

Davlat geologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

24.

S.Z. Mirzayev

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

25.

O‘.P. Umurzakov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

26.

A.A. Sanginov

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

27.

M.F. Nadjimov

“O‘zsuvloyiha” AJ bosh direktori

28.

B.A. Yusupov

“O‘zGIP” MChJ direktori

29.

M.M. Inoyatov

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK rahbari

30.

Y.D. Magrupov

“O‘zGAShKLITI” DUK rahbari

31.

M.A. Razzaqov

“O‘zsuvekspertiza” DUK rahbari

32.

Lavozim bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Ishchi guruh kotibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
2-ILOVA
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish

1.

Xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish uchun davlat budjeti, grant va boshqa turdagi mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2021-yil 10-may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (Q. Taparov)

2.

Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil 20-may

Adliya vazirligi (A. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Inspeksiya

3.

Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun xorijiy ekspertlar bilan muzokaralar olib borish.

2021-yil 30-may

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (Q. Taparov), Iqti�odiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (M. Ganiyev)

II. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarining sifatini hamda loyiha hujjatlarini nazorat qilish

4.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda pudrat tashkilotlari tomonidan loyiha talablari, qurilish normalariga amal qilinishi holatini o‘rganish.

Pudrat tashkilotlarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish bo‘yicha qonun loyihasiga takliflar tayyorlash.

2021-yil may

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya

5.

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlari tomonidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarining sifati bo‘yicha amaldagi nazorat tizimini o‘rganish.

2021-yil may

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlarining vakolatlarini kengaytirish va javobgarligini oshirish bo‘yicha qonun loyihasiga takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun

6.

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlarining moddiy-texnika bazasini, jumladan zamonaviy asbob-uskunalar, shuningdek, malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish.

2021-yil iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya, xorijiy ekspertlar

Qonun loyihasiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, malakali kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil iyul

III. Qonun loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish

7.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarining loyiha hujjatlari talablariga amal qilish holatini, sifati bo‘yicha nazorat tizimini o‘rganish, shuningdek, mazkur obyektlardan foydalanish holati hamda ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar tahliliga asosan takliflar ishlab chiqish, umumlashtirish va muhokama qilish.

2021-yil iyun-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Ishchi guruh

8.

Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risidagi xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganish, tahlil qilish va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun-iyul

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Ishchi guruh

9.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini o‘tkazilgan o‘rganishlar va tayyorlangan takliflar asosida qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil avgust-sentyabr

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev), Milliy gvardiya (A. Boboyev), Inspeksiya, “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov)

Tayyorlangan qonun loyihasini muhokama qilish.

2021-yil sentyabr

10.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev), Milliy gvardiya (M. Ganiyev), Inspeksiya, “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov)

11.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilish va takomillashtirish.

2021-yil dekabr

Ishchi guruh, xalqaro ekspertlar

12.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil mart

Inspeksiya, Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Milliy gvardiya (M. Ganiyev)

IV. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

13.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining loyiha-qidiruv ishlarini tashkil etish, loyihalash va foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil yanvar-fevral

Adliya vazirligi (A. Karimov), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya

14.

Normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa idoraviy hujjatlarda suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi bo‘yicha talablar, ko‘rsatkichlar va mezonlarni tahlil qilish.

2022-yil fevral-mart

Inspeksiya, “O‘zsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), “O‘zGIP” MChJ (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

15.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi bo‘yicha xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganish hamda tahlil qilish.

2022-yil mart — may

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), “O‘zGAShKLITI” DUK (Y. Magrupov), Inspeksiya, “O‘zGIP” MChJ (B. Yusupov), “O‘zsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov)

Milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil aprel

V. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish holati hamda ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash

16.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini va nazorat-o‘lchov asboblari, avariya holatlarida oldindan xabar berish tizimi, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar bilan jihozlanganlik holatini o‘rganish.

2022-yil fevral-mart

Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), “O‘zGIP” MChJ (B. Yusupov), “O‘zsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov)

Mazkur obyektlardan xavfsiz va ishonchli foydalanish bo‘yicha uch yillik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil mart

17.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlash tizimini o‘rganish va muammolarni aniqlash.

2022-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Milliy gvardiya (M. Ganiyev), Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev)

Aniqlangan muammolar tahlili asosida ushbu obyektlarning qo‘riqlanishi tizimini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil may

18.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining kadrlar bilan to‘ldirilganlik darajasini va ishlayotgan rahbar-xodimlarning malakasi�i o‘rganish.

2022-yil yanvar-fevral

Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (U. Begimqulov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (O‘. Umurzakov)

Malakali kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash, ehtiyojni qondirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5017-son Farmoni 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5883-son Farmonida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish bo‘yicha” so‘zlari;
ikkinchi xatboshidagi “orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 24-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxo‘jaliknazorat”)ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-2272-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5418-son Farmoni 3-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)