1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa respublika hududlaridan yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan faoliyatni tubdan takomillashtirish va yanada modernizatsiyalash, ularning xorijdagi nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarda, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalarda maqsadli taʼlim olishini hamda stajirovkadan oʻtishini tashkil etish, professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish borasida barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning qoʻshimcha vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa respublika hududlaridan davlat xizmatchilarini tizimli ravishda izlab topish, tanlash va ragʻbatlantirish, ularning xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish;
professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etishga koʻmaklashish;
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xizmati va taʼlim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;
xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy taʼlim dasturlari, oʻquv kurslari va boshqa taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mutaxassislarni izlab topish, tanlash va ularning xorijda taʼlim olishini tashkil etish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda, tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin:
ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish dasturlari Jamgʻarmaning asosiy taʼlim dasturlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim dasturlari) hisoblanadi;
Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarni saralash tanlovi muntazam ravishda va Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun, ularning respublikadagi ish va oʻqish joyidan qatʼi nazar ochiq tarzda amalga oshiriladi;
Jamgʻarma tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha stajirovkadan oʻtish dasturlari tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
4. Belgilansinki, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarning ochiq saralash tanlovi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
davlat va jamiyat boshqaruvi;
qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq sohasi;
taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari;
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
5. Jamgʻarma 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi uchun 100 ta oʻrin, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp oʻrin ajratsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Jamgʻarmaga Davlat budjetidan tegishli yil uchun ajratilib ishlatilmasdan qolgan mablagʻlar Jamgʻarma ixtiyorida qoldiriladi va keyingi yillar uchun uning taʼlim dasturlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarining xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda stajirovkasi tashkil etiladi;
xorijda kadrlar malakasini oshirish, ularning stajirovkadan oʻtishini tashkil etish va xorijiy tillarga oʻqitish tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladi;
Jamgʻarma stipendiyalari kvotalari Vasiylik kengashi qaroriga koʻra taʼlim dasturlari hamda istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda taʼlim sohalari kesimida nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish yoʻnalishlari boʻyicha ajratiladi;
Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan stipendiatlarga stipendiat bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartib hamda muddat mobaynida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi;
Jamgʻarma davlat xizmatchilari va boshqa toifadagi xodimlar salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni, eng avvalo respublika hududlaridagi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar hamda ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv kurslari, ilmiy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega;
stipendiat uzrsiz sababga koʻra taʼlim dasturlaridan chetlashtirilgan taqdirda yoki Jamgʻarma taʼlim dasturlari tugallanganidan soʻng mehnat faoliyatini vazirliklar, idoralar yoki boshqa davlat tashkilotlarida davom ettirishdan bosh tortgan hollarda, Jamgʻarma tomonidan stipendiatning taʼlim olishi uchun sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar u bilan imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) va uning oʻzi tomonidan solidar tartibda qoplanadi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
7. Jamgʻarma Vasiylik kengashi ikki oy muddatda:
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amalga oshiriladigan stajirovkadan oʻtishni tashkil etish tartibini;
Jamgʻarma stipendiyalarini moliyalashtirishning bir stipendiatga moʻljallangan cheklangan miqdorini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Quyidagilar:
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar:
har yili 1-sentabrga qadar eng yaxshi tayyorlangan nomzodlarni Jamgʻarmaning ochiq saralash tanlovida ishtirok etishga tavsiya etgan holda Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha real ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Jamgʻarmaga kiritib borsin;
tizimli asosda stipendiatlar mehnat faoliyatining monitoringini oʻtkazishda Jamgʻarmaga koʻmaklashsin, ularni munosib ishga joylashtirish, Oʻzbekistonda ularning kasbiy jihatdan oʻsishi va mansab pogʻonalarida koʻtarilishi uchun sharoitlar yaratsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
10. Jamgʻarmaga, istisno tariqasida, oʻz taʼlim dasturlarini tashkil etishi, respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb qilishi uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda import kontraktlari (shartnomalari)ni majburiy tarzda roʻyxatdan oʻtkazmagan holda birja tanlovlari va vakolatli organlarda kontraktlar (shartnomalar)ni ekspertizadan oʻtkazmasdan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha Jamgʻarma nomidan tuziladigan import kontraktlarini amalga oshirish muddatlari aynan ushbu kontraktlarda belgilangan muddatlar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Jamgʻarma manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Jamgʻarma (A.Sh. Bekmurodov) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Kuchimov) va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmon mohiyati va ahamiyati boʻyicha chiqishlar va tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari K.K. Kuranbayev belgilansin.
16. Mazkur Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har yil yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-fevral,
PF-6168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 1-ILOVA
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi
TUZILMASI
Ijrochi direktor
Ijrochi direktorning birinchi oʻrinbosari
Ijrochi direktor oʻrinbosari
Axborot-tahlil boʻlimi (2)
Professional kadrlarni xorijda tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va prognozlash boʻlimi (2)
Xorijda faoliyat yuritayotgan va qimmatli tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻlimi (2)
Ishlar boshqaruvchisi
Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi (3)
Taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya tanlovlarini tashkil etish boʻlimi (3)
Stipendiatlarni ishga joylashtirish va ularning mehnat faoliyati monitoringini yuritish boʻlimi (2)
Yuridik byuro (2)
Xorijda stipendiatlar taʼlim olishini tashkil etish boʻlimi (2)
Xorijiy hamkorlar bilan akademik aloqalarni oʻrnatish va protokol xizmati boʻlimi (2)
Jamgʻarma faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis
Ish yuritish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
Matbuot kotibi
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 28 nafar (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmaganda).
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning soni davlat boshqaruv organlarining amaldagi normativlari boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 2-ILOVA
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
1. Ushbu Nizom Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar]
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tarkibiga kiradi va uning faoliyati ushbu agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Jamgʻarma moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
4. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, oʻz mustaqil balansi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi shaxsiy hisobvaraqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilidagi oʻz nomi tushirilgan muhr, shtamp va boshqa belgilariga ega.
Jamgʻarmaning joylashgan oʻrni (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 13-uy.
5. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi;
qisqartirilgan nomi — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Fond “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami;
qisqartirilgan nomi — Fond “El-yurt umidi”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “El-yurt umidi” Foundation for training specialists abroad and the dialogue with compatriots;
qisqartirilgan nomi — “El-yurt umidi” Foundation.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
6. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa davlat xizmatchilarini respublika hududlaridan tizimli ravishda izlab topish, tanlash va ragʻbatlantirish, ularning xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etish;
professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etishga koʻmaklashish;
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xizmati va taʼlim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;
xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy taʼlim dasturlari, oʻquv kurslari va boshqa taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish;
ustuvor va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni aniqlash, shu asosda Jamgʻarma stipendiatlarining yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda, shuningdek, tanlangan faoliyat sohasi boʻyicha ilgʻor tajribaga ega boʻlgan ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniya va tashkilotlarda taʼlim olishini tashkil etish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha stajirovkadan oʻtish dasturlarini tashkil etish;
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, taʼlim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish;
davlat organlarining kadrlar boʻyicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash mumkin boʻlgan, jahon mamlakatlari hamda mutaxassisliklar boʻyicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (maʼlumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida mehnat qilayotgan vatandoshlar orasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini toʻplash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, toʻplangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish;
nufuzli xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda istiqbolli mutaxassislarning oʻqishini monitoring qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga koʻmaklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga va mansab pogʻonalarida koʻtarilishida koʻmaklashish;
mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarimizning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda oʻqitish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda xorijda kadrlarni tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda ularni hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.
3-bob. Jamgʻarmaning huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
7. Jamgʻarma asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan kadrlarning xorijda taʼlim olishi boʻyicha ishlar holati, xorijiy mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj va ularni, xususan vatandoshlar orasidan jalb etish, shuningdek, ayniqsa davlat xizmatiga jalb etilgan mutaxassislar faoliyati samaradorligiga doir tegishli axborotni soʻrab olish;
stipendiatlarning nufuzli xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim dasturlari)da taʼlim olishi monitoringini yuritish masalalarida tegishli xorijiy va mahalliy tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy vakolatxonalari bilan hamkorlik qilish;
stipendiatlar xorijda oʻqishni tugatganidan soʻng ularning respublikadagi professional faoliyati monitoringini oʻtkazish, ularni Oʻzbekistonda munosib ishga joylashtirishga, kasbiy va mansab pogʻonalarida koʻtarilishiga koʻmaklashish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonlari, ilmiy tashkilotlarda tadqiqotchilik faoliyati, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda amaliy faoliyatda ishtirok etishi uchun xorijlik yetakchi oʻqituvchilar, olimlar, muhandis-texnik kadrlar hamda mutaxassislarni respublikaga belgilangan tartibda taklif etish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida oʻz nomidan va oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnomalar hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va imzolash;
Jamgʻarma taʼlim dasturlarini tashkil etish, shu jumladan respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, xususan vatandoshlarni jalb qilish uchun xorijiy hamkorlar bilan birja tanlovlari va vakolatli organlarda kontraktlar (shartnomalar) ekspertizasini oʻtkazmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida turli koʻrgazmalar, tanlovlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy hamda taʼlim tadbirlarini tashkil etish;
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida yetakchi xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni, jumladan vatandoshlarni jalb etgan holda oʻquv kurslari, ilmiy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Jamgʻarma faoliyatiga vazirliklar, idoralar, taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning ilmiy-pedagogik kadrlari hamda mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
belgilangan tartibda respublika hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan xalqaro taʼlim hamda ilmiy tashkilotlar, turli nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarining muassisi va hammuassisi boʻlish;
shartnoma asosida turli taʼlim, ilmiy, maslahat va boshqa xizmatlar koʻrsatish.
Jamgʻarma qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat bilan ham shugʻullanish huquqiga ega.
Jamgʻarma bir yilda kamida ikki marta nashr etiladigan “UzBridge” elektron ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy jurnalini chop etadi.
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
8. Jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi Vasiylik kengashi hisoblanadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashining majlislari rais yoki uning topshirigʻiga koʻra rais oʻrinbosari rahbarligida oʻtkaziladi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashining majlislari zarurat boʻyicha, ammo bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Vasiylik kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Jamgʻarmaning taʼlim dasturlarida ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
9. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi:
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish, Jamgʻarmaning taʼlim va boshqa dasturlari boʻyicha mablagʻlarini taqsimlash va foydalanishga oid eng muhim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yoʻnalishlari va Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim sohalari kesimida kvotalar ajratish uchun istiqbolli hamda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar roʻyxatini belgilaydi;
taʼlim dasturlari va nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish yoʻnalishlari boʻyicha istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda taʼlim sohalari kesimida stipendiyalar kvotalarini ajratadi, shuningdek, tanlovda raqobat darajasini eʼtiborga olgan holda, kvotalarga oʻzgartirishlar kiritadi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Jamgʻarma stipendiyalarini olish uchun tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kalendar yil davomida davriy ravishda, ajratilgan moliyaviy resurslar doirasida ochiq saralash tanlovlarini eʼlon qiladi;
Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha tavsiya etilgan mamlakatlar, taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarni tavsiya etgan holda ochiq saralash tanlovlari gʻoliblarini tasdiqlaydi;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amalga oshiriladigan stajirovkadan oʻtishni tashkil etishning tartibini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma stipendiyalarini moliyalashtirishning bir stipendiatga moʻljallangan cheklangan miqdorini tasdiqlaydi;
yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar bakalavriati, magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil oʻqishga kirgan hamda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
saralash tanlovining barcha yoʻnalishlarida Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun tavsiya etiladigan xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, agentliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar va boshqa tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning yillik daromad va xarajatlari, Jamgʻarma tomonidan xorijiy va mahalliy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan birgalikda tashkil etiladigan taʼlim, tadqiqot va boshqa loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarma sarf-xarajatlarini tasdiqlaydi;
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tobora ortib borayotgan talablarini hisobga olgan holda xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, muhandis-texnik kadrlar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni doimiy va vaqtinchalik asosda ishga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarning cheklangan miqdorini tasdiqlaydi;
vatandoshlar ishtirokida xorijda Oʻzbekiston haqida ijobiy axborot muhitini shakllantirishga, nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi;
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishda koʻmaklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida ilgʻor xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni, jumladan vatandoshlarni jalb etgan holda oʻquv kurslari, ilmiy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etishni moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Jamgʻarma faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi aʼzolari Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
5-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
10. Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi.
Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Jamgʻarmaning ijrochi direktori maqomi, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiriga tenglashtiriladi.
Ijrochi direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlari majburiyatlar taqsimotiga muvofiq uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
11. Jamgʻarmaning ijrochi direktori:
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarga erishishni taʼminlashga, Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadli va samarali sarflashga shaxsan javobgar hisoblanadi;
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish choralarini koʻradi;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilab berilgan yoʻnalishlarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarorlari bajarilishini taʼminlaydi;
Jamgʻarma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Jamgʻarma vakili hisoblanadi;
Jamgʻarma shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
boʻsh turgan moliyaviy resurslarning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq samarali boshqarilishini taʼminlaydi;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Jamgʻarma nomidan shartnomalar tuzadi va Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi.
Ijrochi direktor amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6-bob. Jamgʻarmaning mulki, moliyaviy mablagʻlari, hisobi va hisoboti
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
12. Jamgʻarmaning mulki asosiy vositalar, binolar, inshootlar, uskunalar, aylanma mablagʻlar va mablagʻlarni shakllantirishning barcha manbalari hisobidan xarid qilingan boshqa moddiy qimmatliklar, shuningdek, Jamgʻarmaning moliyaviy resurslaridan iborat.
13. Jamgʻarma toʻrtta, shu jumladan uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash limitiga ega.
14. Jamgʻarma mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
15. Quyidagilar Jamgʻarma xarajatlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Jamgʻarmaga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar quyidagi xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi:
a) taʼlim dasturlari, xorijiy olimlar va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarni taklif qilishni, shuningdek, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar qismida:
saralash tanlovi yoʻnalishlari boʻyicha stipendiyalar kvotalari va bir stipendiatga mablagʻlar sarfining cheklangan meʼyorlariga muvofiq ravishda Jamgʻarmaning taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb qilish, chet elda istiqomat qiluvchi qimmatli kasbiy tajribaga ega vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish va doimiy muloqot olib borish;
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va faol ilgari surish, nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forumlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv kurslari, ilmiy-maʼrifiy va boshqa tadbirlar tashkil etishni moliyalashtirish;
b) joriy taʼminot, shu jumladan ishchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash, Jamgʻarmaga yuklatilgan bevosita vazifalarni bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar qismida:
joriy taʼminot, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, Jamgʻarma kadrlarining salohiyatini oshirish, uning axborot va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq saralash tanlovini oʻtkazish, xorijiy olimlar va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarni taklif qilish boʻyicha faoliyatni taʼminlash;
Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
17. Jamgʻarma xodimlariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi tegishli lavozimlar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari va sharoitlari tatbiq etiladi.
Jamgʻarma xodimlarining lavozim maoshiga ular ish hajmi va samaradorligidan kelib chiqib (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda), lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi.
18. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq unga tegishli boʻlgan barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
19. Jamgʻarma belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini olib boradi, moliyaviy va statistika hisobotini yuritadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
20. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va uni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 3-ILOVA
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi
lavozimiga koʻra
—
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
A.Sh. Bekmurodov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
A.X. Toshkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
A.X. Kamilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
R.K. Davletov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
Sh.X. Shermatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri
B.S. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
N.B. Xusanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
A.M. Xadjibayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri
I.Yu. Abduraxmonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
U.N. Tashkenbayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi
M.M. Xodjimatov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
A.Z. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori
I.I. Norqulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
A.B. Voitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
J.I. Abruyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 4-ILOVA
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
1. Ushbu Nizom Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim dasturlari) boʻyicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini tashkil etish tartibi va mexanizmlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
2. Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuborish ochiq saralash tanlovi asosida amalga oshiriladi.
Ochiq saralash tanlovi arizalar kelib tushishi va toʻplanishiga qarab, kalendar yil davomida davriy ravishda, ammo bir yilda kamida ikki marotaba oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
3. Nomzodlarni ochiq saralash tanlovini tashkil etish va oʻtkazish Tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, uning shaxsiy tarkibi hamda ishlash tartibi Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishga qabul faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, qoidaga koʻra, oʻz nazariy bilim va/yoki amaliy tajribalari natijasida xorijda taʼlim olish uchun xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa tomonidan nomzodga taklif etilgan grant (stipendiya yoki boshqa moliyaviy imtiyoz)lar miqdori yoxud taʼlim muddatining qisqaligi tanlov jarayonida ustunlik beruvchi holat sifatida eʼtiborga olinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
5. Saralash tanlovlarida quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
a) bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha — 25 yoshdan katta boʻlgan, avval oʻxshash taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xorijda bakalavriatda taʼlim olganlar;
b) magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha — 20 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta boʻlgan, shuningdek, avval oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda magistraturada taʼlim olganlar;
v) doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha (shu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun) — 22 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta boʻlgan, shuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar;
g) tanlangan mutaxassislik boʻyicha mehnat staji 2 yildan kam boʻlganlar;
d) oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar (mazkur talab bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha nomzodlarga tatbiq etilmaydi);
e) davlat hokimiyatining saylab qoʻyiladigan organlarida faoliyat yuritayotganlar;
j) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmaganlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari tomonidan doktorantura va magistraturada taʼlim olish dasturlariga tavsiya etilgan nomzodlarga, shuningdek, bakalavriat taʼlim dasturi boʻyicha nomzodlarga mehnat stajidan qatʼi nazar saralash tanlovida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
7. Jamgʻarma stipendiyalari belgilangan tartibda Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan taʼlim dasturlariga muvofiq yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi dasturlar boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar;
magistratura — 1-2 yilga qadar;
bakalavriat — 3-4 yilga qadar.
Ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bunda, tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi lozim.
Doktorantura (shu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun), magistratura yoki bakalavriatda taʼlim olish tegishli xorijiy mamlakatlarning taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalari tomonidan qabul qilingan standartlar, talablar va oʻquv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tavsiyasi va Jamgʻarma Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq respublika uchun alohida ahamiyatga ega tibbiy mutaxassisliklar boʻyicha ikki yilgacha klinik ordinaturani oʻtash uchun stipendiyalar ajratilishi mumkin. Bunda klinik ordinaturaga magistratura dasturi boʻyicha oʻqishning oʻziga xos shakli sifatida qaraladi.
Jamgʻarma buyurtmachi tashkilotning asoslangan taklifiga muvofiq, istisno tariqasida, xorijiy oliy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarning murojaatlari asosida doktorantura va magistraturada taʼlim olish muddatini, qoʻshimcha moliyalashtirish huquqisiz, bir semestrgacha uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
8. Jamgʻarma stipendiyalari ushbu Nizom talablari asosida ochiq saralash tanlovidan oʻtgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Stipendiatlar)ga xorijda taʼlim olish maqsadida quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:
xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar hamda boshqa tashkilotlarda Stipendiatlarning bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada oʻqishi qiymati toʻlovi;
Stipendiatlar tomonidan vizalar olish;
Stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan taʼlim olish joyigacha boʻlgan yoʻlkira xarajatlari (ikkala tomonga, koʻpi bilan yiliga bir marta);
bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;
zarur oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʻchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʻlish;
xorijda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olish davrida Stipendiatlarni tibbiy sugʻurtalash;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qaroriga koʻra Stipendiatlarning xorijda taʼlim olishi bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlari.
Har bir taʼlim dasturi boʻyicha bitta Stipendiatga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdori Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
3-bob. Saralash tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
9. Jamgʻarma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq taʼlim dasturlari boʻyicha oʻtkaziladigan ochiq saralash tanlovi haqidagi eʼlon hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy avval ommaviy axborot vositalari, shu jumladan internet nashrlar va Jamgʻarmaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ochiq saralash tanlovi oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim:
arizalarni qabul qilish muddatlari, tartibi va joyi;
zarur hujjatlar roʻyxati;
tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar (yoshi, mutaxassislik boʻyicha zarur mehnat staji, xorijiy tilni bilish darajasi hamda xorijda oʻqishga kirishga qoʻyiladigan talablar, ilmiy maqolalarning mavjudligi va boshqalar);
saralash tanlovini oʻtkazish joyi va muddatlari;
aloqa telefonlari va elektron manzillar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
10. Barcha taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar Jamgʻarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
a) taʼlim dasturi, shu jumladan oʻqiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa koʻrsatilgan holda belgilangan shaklda Jamgʻarma ijrochi direktori nomiga ariza;
b) pasport nusxasi;
v) ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli taʼlim dasturi tugaganidan soʻng ishga joylashtirish boʻyicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov gʻoliblari uchun);
g) uzrsiz sabablarga koʻra Stipendiat bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan taqdirda, Jamgʻarma moliyaviy xarajatlarini (oʻtgan yillar davomida isteʼmol narxlari indeksining oʻrtacha yillik darajasiga teng jarima bilan) qoplash toʻgʻrisida manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar — yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar (ustuvor ravishda Stipendiatning ota-onasi, aka-ukasi yoki opa-singlisi, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻla olmagan taqdirda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) tomonidan berilgan kafolat xati, bank kafolati yoki sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisi (tanlov gʻoliblari uchun).
Bunda, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga toʻliq kiritilishi taʼminlanishi shart.
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
11. Xorijda bakalavriatda oʻqish dasturi boʻyicha nomzodlar 10-bandda koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
a) xorijiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi boʻyicha V2 darajasidan past boʻlmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Xorijiy taʼlim muassasasiga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
v) xorijda taʼlim olishdan koʻzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
12. Xorijda magistraturada oʻqish dasturi boʻyicha nomzodlar 10-bandda koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
a) xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga oʻqishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi boʻyicha V2 darajasidan past boʻlmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
v) nomzodning Oʻzbekistonda va xorijda (agar mavjud boʻlsa) eʼlon qilingan ilmiy maqolalari roʻyxati hamda ularning elektron variantlari;
g) xorijda taʼlim olishdan koʻzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
13. Xorijda doktoranturada oʻqish dasturi boʻyicha nomzodlar 10-bandda koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
a) xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga oʻqishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi boʻyicha V2 darajasidan past boʻlmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
v) tanlangan sohani rivojlantirish hamda uning natijalarini Oʻzbekistonda qoʻllash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi toʻgʻrisida tegishli taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa rahbarining tavsiya xati;
g) nomzodning Oʻzbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan ilmiy maqolalari roʻyxati hamda ularning elektron variantlari;
d) rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadlari, uslublari va natijalari, ularni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari haqidagi esse (yozma ish).
14. Ochiq saralash tanlovida ishtirok etish uchun arizalar nomzodlar tomonidan onlayn tarzda elektron shaklda topshiriladi. Saralash tanlovining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar hujjatlarini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda chop etilgan shaklda taqdim etadilar.
15. Jamgʻarma xorijda taʼlim olish narxlari, muddatlari va shart-sharoitlarining maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, tegishli taʼlim dasturi boʻyicha Stipendiatning taʼlim olishi uchun nisbatan afzal boʻlgan xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasani tanlash huquqiga ega.
4-bob. Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha saralash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
16. Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich hujjatlarni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida qabul qilish, tahlil qilish va roʻyxatga olishni koʻzda tutadi.
Ushbu bosqich Jamgʻarma xodimlari tomonidan oʻtkazilib, uning yakunlari boʻyicha hujjatlarini Jamgʻarma talablariga mos ravishda taqdim etgan, saralash tanlovining 2-bosqichiga oʻtgan ishtirokchilarning yigʻma roʻyxati tuziladi.
2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda taʼlim olishdan koʻzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarni Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi boʻyicha bilim va koʻnikmalari, maʼnaviy-axloqiy tafakkuri, sogʻlom dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat oʻtkazilishi koʻzda tutiladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qaroriga koʻra tanlovning 2-bosqichi raqamli texnologiyalarga asoslangan holda onlayn videomuloqot shaklida tashkil etilishi mumkin.
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qoʻshimcha test sinovi oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
2-bosqich natijalari Tanlov komissiyasining imtihon qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
17. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlarini umumiy va Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha alohida shaklda umumlashtiradi hamda ularni tasdiqlash uchun Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
18. Jamgʻarma Vasiylik kengashining Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha oʻtkazilgan saralash tanlovi natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlov oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddat ichida eʼlon qilinishi lozim.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
19. Jamgʻarma Vasiylik kengashi bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish dasturlari boʻyicha ochiq saralash tanlovi gʻoliblarini tavsiya etiladigan mamlakatlarni koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ochiq saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan shakldagi sertifikatlar topshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
20. Jamgʻarma har yili oʻz rasmiy veb-saytida Stipendiatlar uchun tegishli taʼlim dasturi boʻyicha tavsiya etiladigan taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning roʻyxatini eʼlon qilib boradi.
Ushbu roʻyxat Jamgʻarma tomonidan, birinchi navbatda, taʼlim sohalari boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasalarining, yetakchi ilmiy muassasalar, shuningdek, manfaatdor va mutasaddi vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
Roʻyxatga, qoida tariqasida, THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), The U. S. News and World Report (Best Global University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʻor 300 ta (yoki tanlab olingan fan boʻyicha yetakchi 100 ta) taʼlim va ilmiy muassasalar roʻyxatidan joy olgan xorijiy taʼlim, ilmiy hamda boshqa muassasalar kiritiladi.
Bundan tashqari, ushbu roʻyxatga Stipendiat tomonidan tanlab olingan sohada eʼtirof etilgan va ilgʻor taʼlim, ilmiy hamda boshqa muassasalar, vazirliklar, agentliklar, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalar, xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, energetika hamda boshqa institutlar va tuzilmalar ham kiritilishi mumkin.
Stipendiat tomonidan tanlangan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa koʻrsatilgan roʻyxatdan joy olmagan boʻlsa, Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori asosida Stipendiatga oʻzi tanlagan muassasada taʼlim dasturidan oʻtishiga ruxsat berish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
21. Agar Stipendiat tanlangan mutaxassislik boʻyicha bakalavriat va magistratura dasturi uchun olti oy, doktorantura dasturi uchun bir kalendar yil mobaynida tanlangan xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni (“Letter of unconditional acceptance”) taqdim eta olmasa, uning stipendiyasi bekor qilinadi.
5-bob. Jamgʻarmaning Apellyatsiya komissiyasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
22. Ushbu Nizomga rioya qilish, suhbat (test)ning oʻtkazilishi, shuningdek, tanlovni oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Jamgʻarma apellyatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ishlash tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
23. Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat saralash tanlovi natijalari eʼlon qilinganidan soʻng uch kun ichida topshiriladi.
24. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan shikoyatni koʻrib chiqishi va ariza berilganidan soʻng besh kun ichida tegishli qaror qabul qilishi zarur.
25. Tanlov komissiyasining tegishli kichik komissiyalari aʼzolari, shuningdek, suhbat (test)ni olib borishda ishtirok etuvchi ekspertlar ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari va noxolisligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.
6-bob. Stipendiatlarning majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
26. Stipendiatlar shartnomalarni (kontraktlarni) Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda toʻldirishi va kelgusida roʻyxatga olinishi hamda ijro etilishi uchun koʻrsatilgan talablar va muddatlarga muvofiq Jamgʻarmaga taqdim etishi lozim.
Taʼlim dasturi tugallanganidan soʻng, Stipendiatlar shartnoma (kontrakt) talablariga qatʼiy amal qilgan holda Jamgʻarmaga diplom, sertifikat yoki boshqa hujjat nusxasini, shuningdek, dissertatsiyaning (diplom, bitiruv yoki sertifikat ishi yoxud boshqa hisobot shakli) elektron variantini Jamgʻarmaning barcha foydalanishi mumkin boʻlgan elektron kutubxonasiga joylashtirish uchun taqdim etishlari shart.
27. Xorijda taʼlim olishga ketayotgan Stipendiatlar quyidagi masalalar boʻyicha yakka tartibdagi instruktajdan oʻtishi kerak:
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari;
Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati, anʼanalari, sayyohlik va investitsion salohiyati;
xalqaro etiket va protokol, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari bilan hamkorlik hamda konsullik hisobida turish.
Uzrli sabablarsiz Jamgʻarma vakillari bilan yakka tartibdagi instruktajdan oʻtmagan Stipendiatlar Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori bilan Stipendiatlar safidan chiqarilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
28. Stipendiatlarga vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi boʻyicha quyidagi muddatda toʻliq bandlik rejimida uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi:
a) bakalavriatda oʻqish dasturi boʻyicha — 5 (besh) yildan kam boʻlmagan muddatda;
b) magistratura va doktoranturada oʻqish dasturi boʻyicha — 3 (uch) yildan kam boʻlmagan muddatda.
Stipendiatning oʻz xohishiga koʻra xorijda taʼlim olish xarajatlarini moliyalashtirishda uning oʻzi yoki moliyaviy kafillari qisman ishtirok etgan taqdirda Stipendiatning majburiy ishlab berish muddatiga oʻzgartirish kiritilmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
29. Respublika hududlarini yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada taʼlim olgan yosh mutaxassislar bilan taʼminlash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Jamgʻarma Vasiylik kengashi majburiy ishlab berish joyi sifatida respublikaning chekka hududlarida joylashgan davlat tashkilotlari yoki muassasalari hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarni tanlagan Stipendiatlarning majburiy ishlab berish muddatini bakalavriatda oʻqish dasturi boʻyicha 2 (ikki) yilga qadar, magistratura va doktoranturada oʻqish dasturi boʻyicha 1 (bir) yilga qadar qisqartirish boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
30. Stipendiat uzrsiz sabablarga koʻra xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalarning talabalari safidan chiqarilgan yoki Jamgʻarma taʼlim dasturlari tugagandan soʻng u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari yoxud davlat ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, Jamgʻarma tomonidan uni oʻqitishga sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar Stipendiat va uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan solidar tartibda qoplab beriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Stipendiya xarajatlarini hisoblashda Stipendiatning xorijda taʼlim olishi uchun xorijiy valyutada toʻlab berilgan stipendiya summasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi almashuv kursi asosida milliy valyutada aniqlangan miqdori asos sifatida qabul qilinadi.
Stipendiatdan kafillar bilan birgalikda asosiy toʻlab berilishi lozim boʻlgan xarajatlar miqdori bilan birga oʻtgan yillar davomida isteʼmol narxlari indeksining oʻrtacha yillik darajasiga teng jarimani hisobga olgan holda dasturning toʻliq qiymatini toʻlab berishi Stipendiatlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq talab etilishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoida
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 5-ILOVA
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbirlar nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
I. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish
1.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-aprel
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashida tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish:
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining shtatlar jadvalini hamda tegishli yilga moʻljallangan daromadlar va xarajatlar istiqbol koʻrsatkichlari;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining bir stipendiatiga moʻljallangan stipendiyasining eng yuqori meʼyorini belgilash va uni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amalga oshiriladigan stajirovkadan oʻtishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari xorijda taʼlim olishi sifati va natijadorligiga qoʻyiladigan minimal talablar;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining taʼlim olish jarayonlari hamda taʼlim olishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining xorijda taʼlim olishi (bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish) boʻyicha 4 (toʻrt) tomonlama shartnoma namunasi.
Vasiylik kengashi qarori
Har yili 1-fevralga qadar
2021-yil 1-aprel
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi
(R. Davletov)
3.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi kadrlari salohiyatini va tajribasini oshirish maqsadida ularni xorijdagi yetakchi mutasaddi tashkilotlar, hamkor universitetlar va ilmiy markazlar, ilgʻor kompaniya va tashkilotlarga malaka oshirish yoki stajirovkadan oʻtishga yuborishni tashkil etish.
Vasiylik kengashi qarori
2021-yil 1-apreldan boshlab doimiy
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xorijiy hamkorlar grantlari va stipendiyalari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)
4.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasida axborotlar almashuvi va ularni saqlashning mavjud elektron bazalarini takomillashtirish, jamgʻarma faoliyatini xorijiy hamkorlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol targʻib etish maqsadida maxsus innovatsion texnik vositalar xarid qilish.
Ochiq tanlovga muvofiq davlat xaridi toʻgʻrisida shartnoma
2021-yil 1-may
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
II. Xorijda taʼlim olish dasturlarini tashkil etish maqsadida stipendiya tanlovlarini oʻtkazishni tashkil etish
5.
Mazkur Farmonining mazmuni va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlariga kiritilgan asosiy oʻzgarishlarga bagʻishlangan Matbuot anjumanini tashkil etish va oʻtkazish.
Matbuot anjumani
2021-yil 1-aprel
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)
6.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq saralash tanlovida nomzodlarni ishtirok etishga tavsiya etgan holda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha real ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (buyurtmalar portfeli)ni shakllantirish.
Buyurtmalar portfeli
2021-yildan boshlab har yili 1-sentabrga qadar muntazam ravishda
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari
7.
Har yili kamida bir marta 1-sentabrga qadar ustuvor mutaxassisliklar boʻyicha xorijda oʻqitish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ochiq eshiklari” taqdimot tadbirlarini oʻtkazib borish.
Tadbir doirasida vazirlik, idora va hududlar rahbarlari bilan hamkorlikda kadrlarni xorijda tayyorlash boʻyicha eng ustuvor mutaxassisliklarni aniqlash hamda ularga mos ravishda stipendiya kvotalari loyihalarini tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Vasiylik kengashi qarori
2021-yildan boshlab har yili 1-sentabrga qadar muntazam ravishda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
8.
Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq tanlov oʻtkazish yoʻnalishlari hamda taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim sohalari kesimida (ustuvor va talab yuqori boʻlgan zamonaviy mutaxassisliklarni eʼtiborga olgan holda) kvotalarni tasdiqlash va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Vasiylik kengashi qarori
2021-yil 1-martdan boshlab har yili muntazam ravishda
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
(A. Koʻchimov)
9.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari orqali xorijda taʼlim olish uchun tavsiya etiladigan oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy muassasalar, kompaniyalar va tashkilotlar roʻyxatini ishlab chiqish va eʼlon qilish.
Vasiylik kengashi qarori
2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar muntazam ravishda
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiya tanlovlari tartibi bilan bogʻliq yangiliklarni vazirlik, idora va tashkilotlar, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari vakillari orasida keng targʻib etishga qaratilgan onlayn amaliy-uslubiy seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.
Onlayn amaliy-uslubiy seminarlar grafigi
2021-yildan boshlab muntazam ravishda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi
(A. Saʼdullayev)
11.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati va uning stipendiyalari uchun ochiq saralash tanlovlarini oʻtkazish tartibi va muddatlari yuzasidan turli videoroliklar tayyorlash hamda ularni OAV orqali namoyish etish.
Reja-jadval
2021-yildan boshlab muntazam ravishda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)
12.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlariga nomzodlar, xususan respublika hududlari yoshlari uchun qulaylik va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda onlayn rejimda qabul qilishning modernizatsiyalashgan platformasini ishga tushirish.
Onlayn hujjat qabul qilish platformasi
2021-yil 1-aprel
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
13.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlarini tashkil etish, tanlov jarayonlariga malakali olimlar va ekspertlarni, jumladan xorijda taʼlim olgan yoki tadqiqotlar oʻtkazgan tajribali vatandoshlarni, yoshlar orasida hurmatga sazovor boʻlgan yozuvchilar va shoirlarni keng jalb etish.
Vasiylik kengashi qarori asosida tanlov
reja-grafigi
Stipendiya tanlovlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(A. Toshkulov), Davlat test markazi (M. Karimov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
(M. Hojimatov), Yoshlar ishlari agentligi
(A. Saʼdullayev)
14.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlari natijalari boʻyicha Vasiylik kengashi qarorini qabul qilish, stipendiatlarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish va ularga stipendiatlik sertifikatlarini tantanali topshirish.
Vasiylik kengashi qarori
Stipendiya tanlovlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi
(A. Saʼdullayev)
15.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya gʻoliblarini xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilgʻor kompaniya va tashkilotlarga taʼlim olishga yuborishni tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xorijiy hamkorlar grantlari va stipendiyalari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar
16.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining xorijda taʼlim olishining hamda Oʻzbekistonga qaytgandan soʻng mehnat faoliyatining doimiy monitoringini olib borishni tashkil etish.
Monitoring dasturi
Har yili ikki marotaba
Talab etilmaydi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), manfaatdor vazirlik va idoralar
III. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlar, ekspertlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan doimiy muloqot qilish
17.
Xorijda istiqomat qilayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar bilan muloqotlar oʻrnatish ishlarini yanada kengaytirish, vatandoshlar elektron reyestrini takomillashtirish va undan foydalanish samaradorligini taʼminlash.
Idoralararo chora-tadbirlar rejasi
2021-yil 1-aprel
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
18.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi huzuridagi xalqaro ekspert vatandoshlar forumi faoliyatini rivojlantirish, xorijda istiqomat qilayotgan olimlar va ekspertlar bilan muloqotlar olib borish hamda sohalar kesimida turli mavzularda taqdimotlar oʻtkazish.
Onlayn video-konferensiyalar oʻtkazish grafigi
2021-yil yanvardan boshlab doimiy
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar
19.
“UzBridge” elektron jurnalida Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga oid tahliliy materiallar, jumladan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning ilmiy maqolalari va ocherklarini chop etish.
“UzBridge” elektron jurnali nashri
Har yili kamida ikki marta
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Xasanov)
20.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar uchun ochiq roʻyxatdan oʻtish elektron platformasini yaratish.
Jamgʻarma veb-saytida ochiq elektron platforma
2021-yil apreldan boshlab doimiy
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar
21.
Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar hamda sobiq “Umid” va “El-yurt umidi” jamgʻarmalari stipendiatlari ishtirokida anʼanaviy xalqaro forum oʻtkazib borish.
Vasiylik kengashi qarori
2021-yildan boshlab doimiy
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
(A. Xasanov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar
Izoh: Ushbu “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan oʻzga hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan koʻproq hujjatlar birlashtirilganda tegishli bandlarni bajarish uchun belgilangan eng kech koʻrsatilgan muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5545-son Farmonida:
“jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish”;
“a) Jamgʻarma stipendiatlarini xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqitishni tashkil etish, xorijiy olim va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarimizni respublikada mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish, shuningdek, Jamgʻarma taʼlim dasturlarining samaradorligini taʼminlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:”;
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishli yildagi isteʼmol narxlarining prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qoʻllagan holda” soʻzlari “Jamgʻarmaning xorijiy olim va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarimizni jalb qilish bilan bogʻliq taʼlim dasturlari, tadbirlari, shuningdek, Jamgʻarma taʼlim dasturlari samaradorligini taʼminlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan real ehtiyoji prognozini hisobga olgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“stipendiatlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qoʻyilishida, notarial va boshqa xizmatlar koʻrsatilishida, borgan davlatida stipendiatlarning oʻqishini monitoring qilishda”;
e) 1 — 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmonida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etishga koʻmaklashish”;
b) 7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-son qarorining 20-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlarining grantlari, budjet mablagʻlari va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3982-son qarorida:
a) 2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lavozimiga koʻra — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4091-son qarorida:
a) 2, 3, 4 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingiga koʻra jahondagi eng yaxshi 300 talik yoki tanlangan fan yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi 100 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarning bakalavriati, magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil tarzda kirgan va taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishga”;
beshinchi xatboshisidan “, shu jumladan, Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga oʻqitish dasturlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etishga koʻmaklashish”;
b) 12-band quyidagi mazmundagi “m” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“m) davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda taʼlim olishini tashkil etishga koʻmaklashish sohasida:
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash boʻyicha ustuvor va talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlaydi hamda taʼlim dasturlarini amalga oshirishga tashkiliy, huquqiy va moliyaviy jihatdan koʻmaklashadi;
davlat xizmatchilari va mutaxassislar salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni, eng avvalo respublika hududlaridagi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar hamda ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv kurslari, ilmiy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy taʼlim dasturlari, oʻquv kurslari va boshqa taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
davlat xizmatchilari va mutaxassislar tomonidan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish jarayonida olgan bilim, malaka va koʻnikmalardan samarali foydalanilishiga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning roʻyobga chiqarilishiga hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni ommalashtirishga koʻmaklashadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5121-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5139-son Farmonining 12-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)