O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
2022-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari va shartlari;
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi;
tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish tartibi;
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), tugatish tartibi;
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tartibi;
akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq to‘lash tartibi;
akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar:
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish standartlarini va ularni qo‘llash tartibini;
tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil ekspertlarni jalb qilish va haq to‘lash tartibini tasdiqlasin;
b) tasdiqlangan tibbiy ixtisoslik turlari nomenklaturasiga muvofiq xalqaro talablarni inobatga olgan holda, mavjud diagnostika va davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqsin va butlasin, shuningdek, ushbu standartlar Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlarining elektron bazasini shakllantirish orqali tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyasi hamda akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘tkaziladigan inspeksiya nazorati natijalarini raqamli qayta ishlaydigan;
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini saqlovchi;
“Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish” axborot kompleks tizimini yaratish va rivojlantirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, yagona yig‘im va davlat bojlari hisoboti billing tizimi, shuningdek, elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlariga integratsiyani nazarda tutuvchi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqsin hamda joriy etsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda tibbiyot tashkilotlariga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiyadan o‘tkazishda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va keyingi kuzatuvining buyurtmachisi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyasidan o‘tkazish standartlarini, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish, keyingi kuzatuvini ta’minlash va rivojlantirish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, davlat-xususiy sheriklik, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-son qaroriga
ILOVA
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyalovchi organ) hisoblanadi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) ixtiyoriy akkreditatsiya va inspeksiya nazorati bo‘yicha ishlar natijalarini ko‘rib chiqish hamda ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish asosiy vazifasi hisoblangan ekspertlar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, baholashda ishtirok etmagan xalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ huzurida tashkil etiladigan komissiya;
akkreditatsiya obyekti — tibbiyot tashkiloti;
akkreditatsiya sohasi — tibbiyot tashkilotining faoliyat sohasi, ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi va hajmi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti turi;
apellyatsiya komissiyasi — akkreditatsiya komissiyasining qarorlari bo‘yicha apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish asosiy vazifasi hisoblangan, tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholashda ishtirok etmagan hamda akkreditatsiya komissiyasi tarkibida bo‘lmagan ekspertlar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya;
ariza beruvchi — ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun tegishli ariza bilan akkreditatsiyalovchi organga murojaat qilgan yuridik shaxs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
baholash — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni;
inspeksiya nazorati — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiyalangan tibbiyot tashkiloti bilan kelishilgan holda joyning o‘zida, ixtiyoriy akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash uchun olib boriladigan majburiy davriy tashqi kompleks baholash tartib-taomili;
Oldingi tahrirga qarang.
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son — 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
rejadan tashqari inspeksiya nazorati — qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligini tasdiqlash yoki aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining hujjatlarini tahlil qilish va (yoki) tibbiyot tashkilotiga tashrif buyurish orqali o‘tkaziladigan baholash;
tashqi kompleks baholash — ekspert guruhi tomonidan tibbiyot tashkilotida uning faoliyatini ixtiyoriy akkreditatsiyalash standartlariga muvofiqligi yuzasidan o‘tkaziladigan baholash tartib-taomili;
texnik ekspert — so‘ralgan soha yo‘nalishiga muvofiq texnik ekspert ixtisosligi bo‘yicha oliy, o‘rta va qo‘shimcha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash va inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan va tayinlanadigan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot tashkiloti — qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
(3-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tibbiyot tashkilotining turi — kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji bo‘lmagan bemorlarga davolash-diagnostika yordami ko‘rsatiladigan ambulator hamda kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji bo‘lgan bemorlarga davolash-diagnostika yordami ko‘rsatiladigan statsionar tashkilot;
tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish standartlari — xalqaro amaliyot asosida ishlab chiqilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan, tibbiyot tashkilotining faoliyatiga tegishli bo‘lgan, tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy prinsiplar, tavsiflar, talablar va usullar belgilab qo‘yiladigan me’yoriy hujjatlar;
tibbiyot tashkilotini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari talablariga mosligini rasman tan olish;
tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida akkreditatsiyadan o‘tganlik haqida guvohnoma — tibbiyot tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari asosida sifatli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishini tasdiqlovchi hujjat;
tibbiy yordam hajmi — tibbiy ixtisoslik turi doirasida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning muayyan qismi;
treyser — bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishning turli bosqichlarini (bemor marshrutini) maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kuzatish yoki tizimning o‘zaro bog‘liq jarayonlarini baholash bo‘lib, unga tibbiyot tashkilotining turli bo‘linmalari xodimlari jalb etiladi;
o‘zini o‘zi baholash — tibbiyot tashkiloti tomonidan mustaqil yoki mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda o‘tkaziladigan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish standartlariga muvofiqligini baholash tartib-taomili;
ekspert — tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish huquqi uchun o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, tibbiyot tashkilotini (akkreditatsiya obyektini) mustaqil yoki ekspert guruhi tarkibida tashqi kompleks baholash uchun akkreditatsiyalovi organ tomonidan tayinlangan shaxs;
ekspert guruhi — tibbiyot tashkilotining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun jalb qilinadigan ekspertlar va texnik ekspertlar guruhi;
ekspert guruhi rahbari — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan zimmasiga tashqi kompleks baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan vakolatli ekspert.
4. Akkreditatsiya ixtiyoriy bo‘lib, akkreditatsiya obyekti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Akkreditatsiyalovchi organ tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tashkil etadi, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini shakllantiradi.
6. Ishchi organ doimiy asosda akkreditatsiyalovchi organning rasmiy veb-saytida:
akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot tashkilotlari reyestri;
akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan inspeksiya nazorati natijalari;
tibbiyot tashkilotni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan ekspertlar va texnik ekspertlar reyestri nashr etilishini ta’minlaydi.
2-bob. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya talablari va shartlari
7. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy faoliyatni qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun ariza beruvchining vakolati va baholashga belgilangan, tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga majburiy rioya qilish;
akkreditatsiya obyektining samarali faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, ularga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (shu jumladan, ijara huquqi) asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, uskunalar va boshqa texnik vositalar, shuningdek, tibbiy texnikaning mavjudligi;
joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimining mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;
so‘ralgan akkreditatsiya sohasi bo‘yicha malakali xodimlarning shtatda mavjudligi va ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyalovchi organ xizmatlari haqining to‘lanishi;
akkreditatsiyadan o‘tishda tibbiyot tashkiloti uchun majburiy bo‘lgan ayrim klinik, paraklinik va yordamchi funksiyalarini bajarish yuzasidan boshqa tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalarning tuzilganligi;
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiy laboratoriyaning yoki akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiy laboratoriya bilan shartnomaning mavjudligi.
3-bob. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi
8. Tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyadan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
9. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:
o‘zini o‘zi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
joyning o‘zida tashqi kompleks baholash;
inspeksiya nazorati.
10. Akkreditatsiyalovchi organga ariza berishdan oldin tibbiyot tashkiloti faoliyatining akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan o‘zini o‘zi baholaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali mazkur Ma’muriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi arizani taqdim etadi hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lov to‘laydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
12. Ariza kelib tushgandan so‘ng ishchi organ ikki ish kuni ichida ariza beruvchini ariza ro‘yxatga olinganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor qiladi hamda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kirish uchun login va parolni, shuningdek, o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish haqida shartnomani taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatini hisoblash orqali belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun to‘lovlar miqdorini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
13. Ariza beruvchi shartnomaga muvofiq o‘n ish kuni ichida o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasi narxining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini oldindan to‘lashi hamda akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini biriktirgan holda o‘zini o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritishi lozim.
O‘zini o‘zi baholash natijalari tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilmagan yoki belgilangan muddatda oldindan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda ariza bekor qilinadi, kiritilgan avans miqdori qaytarilmaydi.
14. Ishchi organ o‘n besh ish kuni ichida o‘zini o‘zi baholash natijalarini va ularga biriktirilgan, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlarni ularning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganadi.
O‘zini o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusxalarining muvofiqligi hamda to‘liqligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP portal orqali o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun yakuniy to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun yakuniy to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng ishchi organ ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali umumiy xizmat qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini oldindan to‘lash sharti bilan, tashqi kompleks baholashni o‘tkazish haqidagi elektron shartnomani yuboradi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan o‘zini o‘zi baholash natijalarining nomuvofiqligi va to‘liq emasligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga bir oy muddatda qayta ishlangan o‘zini o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga qaytadan kiritish zarurligini ma’lum qiladi.
Qayta ishlangach, tuzatilgan va to‘ldirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
Qayta ishlangan o‘zini o‘zi baholash natijalari belgilangan muddatda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilmasa, ariza bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tashqi kompleks baholashni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatini hisoblash orqali belgilanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tashqi kompleks baholashni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
16. Akkreditatsiyalovchi organ ariza beruvchi tomonidan tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng uch ish kuni davomida buyruq bilan tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestridan rahbarini ko‘rsatgan holda ekspertlar guruhini tasdiqlaydi.
Ekspertlar guruhi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.
Ekspertlar guruhi tarkibiga akkreditatsiyalovchi organ mutaxassislari va yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy mutaxassislar, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda qatnashish huquqi uchun o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tgan texnik ekspertlar va xalqaro ekspertlar kiritilishi mumkin.
17. Ekspertlar, texnik ekspertlar va xalqaro baholovchilar xizmatiga haq to‘lash tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
18. Akkreditatsiya obyekti joyning o‘zida tashqi kompleks baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, shu jumladan, ekspert guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish imkoniyatini yaratadi.
19. Joyning o‘zida tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun shart-sharoitlar ta’minlanmagan taqdirda, ekspert komissiyasi rahbari akkreditatsiyalovchi organga tegishli mazmundagi bildirgini taqdim etadi, uning asosida akkreditatsiyalovchi organ joyning o‘zida tashqi kompleks baholash ishlarini bir oydan oshmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Akkreditatsiya obyekti ko‘rsatilgan muddatda joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiyadan o‘tkazishga berilgan ariza bekor qilinadi.
20. Tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tashqi kompleks baholash ekspertning joyga chiqqan holda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqalarini to‘ldirishdan iborat bo‘lib, quyidagi prinsiplarda amalga oshiriladi:
standart talablarga muvofiq;
standart talablarga nomuvofiq;
“qo‘llab bo‘lmaydi”.
21. Akkreditatsiya standartlarining bajarilishi ekspert guruhi tomonidan:
hujjatlarni ko‘rib chiqish;
kuzatuv;
xodimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish;
treyserlar asosida baholanadi.
22. Hujjatlarni ko‘rib chiqish ekspertlar uchun ajratilgan maxsus xonada, hujjatlar bo‘yicha savollarga javob yoki izoh berish maqsadida tibbiyot tashkilotining bir yoki bir necha xodimlari ishtirokida o‘tkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspert guruhi yetarli bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlaydi hamda yakuniy baholashga erishish uchun xodimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish va (yoki) kuzatuv orqali yetishmayotgan ma’lumotlarni to‘ldiradi.
23. Kuzatuvda ekspertlar tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish va (yoki) xodimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishda olingan ma’lumotlarning aniqligi o‘rganiladi.
24. Xodimlar so‘rovi tibbiyot va texnik xodimlarni o‘z funksional vazifalarini qanchalik bajarayotgani va ixtisosligi bo‘yicha tegishli standartlarga rioya etayotganini so‘rash usulida olib boriladi.
Xodimlar so‘rovi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti rahbariyatidan so‘rov o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi. Ekspertlar tibbiyot tashkilotining rahbari va (yoki) uning o‘rinbosarini so‘rovdan o‘tkazadi. Tibbiyot tashkiloti rahbarini so‘rovdan o‘tkazish tibbiyot tashkilotining umumiy faoliyatini tashkil etish, shuningdek, zarurat bo‘lganda, akkreditatsiya standartlari talablariga muvofiqlik masalalarini o‘z ichiga oladi.
Ekspert guruhi a’zolari hujjatlarni ko‘rib chiqishda olingan ma’lumotlarni tasdiqlash yoki ularga aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib xodimlar so‘rovini o‘tkazishadi.
25. Uch turdagi treyserlar qo‘llaniladi:
yakka tartibda;
tizimli;
ixtisoslik bo‘yicha.
26. Bitta treyser bir soatdan uch soatgacha davom etadi.
Treyser usuli bilan kuzatuv olib boriladigan bemorlarning soni tibbiyot tashkilotining turi va quvvati, ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning turi va hajmi, shuningdek, akkreditatsiya baholashining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
27. Yakka tartibdagi treyser davomida muayyan bemorni davolash va parvarishlashning barcha bosqichlari tibbiy hujjatlarni o‘rganish hamda uni parvarishlashga jalb qilingan tibbiyot tashkiloti xodimlaridan so‘rash orqali kuzatiladi. Ekspert baholash uchun bemorni maqsadli tanlash usuli (eng murakkab yoki eng atipik holat) asosida tanlab oladi va uning tibbiy xaritasi tibbiyot tashkilotida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kuzatish uchun asos bo‘ladi. Bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishda u ishtirok etgan barcha davolash, tashxis qo‘yish jarayonlari va tibbiy bo‘lmagan jarayonlar baholanadi, ya’ni baholash bemorning “yo‘nalishi” bo‘yicha olib boriladi. Tashqi kompleks baholashni o‘tkazish davomida ekspert guruhi bemorning kamida uchta yakka tartibdagi treyserini olib boradi.
Tizimli treyserda akkreditatsiya standartiga muvofiq infeksiya nazorati, mutaxassislar malakasi, dori vositalari bilan ishlash, jihozlanganlik darajasi, sifat boshqaruvi va bino xavfsizligi tizimlarining barcha bosqichlari tekshiriladi.
Tizimli treyser usulida axborot to‘plash va tashkil etishni baholash xodimlardan so‘rash, shaxsiy kuzatuv, bemorlar hujjatlari va (yoki) tibbiy xaritalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ixtisoslik bo‘yicha treyser davomida akkreditatsiya sohasi doirasida tashxis qo‘yish va davolash standartlariga rioya etilishi baholanadi. Shuningdek, ushbu treyser turi ekspertlar tomonidan baholanayotgan tibbiyot tashkilotining noyob tavsiflari va dolzarb masalalarini tahlil qilish uchun ham qo‘llaniladi. Ixtisoslik bo‘yicha treyserning maqsadi ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning turli bosqichlarida bemor xavfsizligi muammolarini aniqlashdan iborat.
28. Tibbiyot tashkiloti faoliyatining o‘ziga xosligi bois standartning alohida mezonini baholash uchun qo‘llab bo‘lmagan taqdirda baholash varaqasining tegishli ustuniga “standart mezonini mazkur tashkilot uchun qo‘llab bo‘lmaydi” degan yozuv kiritiladi. Standart bo‘yicha o‘rtacha bahoni hisoblashda ushbu mezon inobatga olinmaydi.
29. Tashqi kompleks baholash tugagandan so‘ng tibbiyot tashkilotining xodimlari ishtirokida yakuniy yig‘ilish o‘tkaziladi, unda ekspert guruhi tashqi kompleks baholash natijalari bo‘yicha dastlabki hisobotni taqdim etadi.
30. Tashqi kompleks baholash yakunlangandan so‘ng ma’lumotlar ekspertlar tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga tibbiyot tashkilotining boshqa manzilda joylashgan har bir tarkibiy bo‘linmasi, shu jumladan, filiallari bo‘yicha alohida-alohida kiritiladi.
Ma’lumotlar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgandan keyin ekspert guruhi a’zolari standartlar bo‘limlari (bloklari) bo‘yicha to‘ldirilgan baholash varaqalarini ekspert guruhining rahbariga topshiradilar.
31. Olib borilgan tashqi kompleks baholash natijalari bo‘yicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, ekspertlar guruhi akkreditatsiya obyektiga ularni bartaraf etish uchun uch oygacha muddat beradi.
Tibbiyot tashkiloti ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini tuzadi.
Belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan so‘ng tibbiyot tashkiloti ekspert guruhiga ular bartaraf etilganligi haqidagi axborotni taqdim etadi, unga muvofiq ekspert baholash varaqasini to‘ldiradi va ma’lumotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
32. Akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholashni o‘tkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
33. Ekspert guruhining rahbari ikki ish kuni ichida baholash natijalari asosida tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimida shakllangan yig‘ma hisobotni ushbu Reglament 5-ilovaga muvofiq ishchi organga yuboradi.
34. Ishchi organ ikki ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP portal orqali akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirish kerakligi haqida xabardor qiladi.
35. Baholash davomida olingan tibbiyot tashkiloti faoliyati, bemorlar va xodimlar haqidagi ma’lumotlarni boshqa shaxsga berishga (shu jumladan, standartlar bo‘limlari (bloki) bo‘yicha axborotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi ga kiritish huquqini berishga) yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Ishchi organ ariza beruvchi tashqi kompleks baholash uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgandan so‘ng ikki ish kuni ichida uning natijalarini Komissiya yig‘ilishiga kiritadi. Komissiya yig‘ilishining yakuniga ko‘ra akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qarorni tasdiqlaydi.
37. Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:
ikkinchi akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 75 foiz bo‘lganda;
birinchi akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 85 foiz bo‘lganda;
oliy akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 95 foiz bo‘lganda.
Akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik darajasi qo‘llanilgan akkreditatsiya standartlari umumiy talablari sonining muvofiq bo‘lgan ulushiga nisbati bilan belgilanadi.
38. Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
akkreditatsiya obyekti u baholanayotganda zarur ma’lumotlarni taqdim etishni rad etishi;
akkreditatsiya obyekti tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda ishonchsiz yoki yolg‘on ma’lumotlar mavjudligi;
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik;
tashqi kompleks baholash natijasi akkreditatsiyaning ikkinchi toifasi uchun belgilangan eng past chegara darajasidan pastligi;
tibbiy faoliyatni taqiqlash haqida qonuniy kuchga kirgan sud qarori (hukmi)ning mavjudligi;
tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan to‘lovlarning ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilmaganligi.
Akkreditatsiyani boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari bilan rad etish bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
39. Ishchi organ ikki ish kuni davomida akkreditatsiya obyektini Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qarori haqida xabardor etadi hamda inspeksiya nazorati to‘lovi bo‘yicha akkreditatsiyalovchi organ va tibbiyot tashkiloti o‘rtasida tuziladigan elektron shartnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuboradi.
40. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzilgandan so‘ng ishchi organ tomonidan ikki ish kuni ichida akkreditatsiya obyektiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma yuboriladi.
41. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati akkreditatsiyalash haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran besh yilni tashkil qiladi.
42. Akkreditatsiyadan o‘tkazish muddati akkreditatsiyadan o‘tish haqidagi ariza ro‘yxatga olingan paytdan boshlab akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma berilgunga qadar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga belgilangan vaqt hisobga olinmagan xolda qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil etadi.
43. Komissiyaning salbiy qarori qabul qilinganda, ishchi organ rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor etadi.
44. Akkreditatsiya obyekti Komissiyaning akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha akkreditatsiyalovchi organ huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
4-bob. Tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
45. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish akkreditatsiya obyektining arizasi asosida akkreditatsiya sohasining kengaytirilayotgan qismi bo‘yicha tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibida amalga oshiriladi.
46. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasi Komissiyaning qarori bilan quyidagi asoslar bo‘lganda qisqartiriladi:
akkreditatsiya sohasini qisqartirish to‘g‘risida akkreditatsiya obyektining arizasi;
akkreditatsiya obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra.
47. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, ishchi organ tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
5-bob. Inspeksiya nazorati
48. Inspeksiya nazorati inspeksiya nazorati to‘g‘risidagi shartnoma asosida joyning o‘ziga borib, ushbu Reglamentga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin olti oydan kechikmay o‘tkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili akkreditatsiyalovchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati bo‘yicha davriy ravishda reja-jadvaliga muvofiq, biroq yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
49. Akkreditatsiya obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya talablari va shartlari buzilganligini hujjatlar bilan tasdiqlovchi dalillari bo‘lgan yozma murojaat kelib tushganda o‘tkaziladi.
50. Inspeksiya nazorati tashqi kompleks baholashni amalga oshirish tartibida o‘tkaziladi.
6-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash)
51. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganda;
inspeksiya nazorati vaqtida akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
akkreditatsiya obyekti inspeksiya nazorati bo‘yicha shartnoma qoidalariga rioya qilmaganda.
tibbiy faoliyatga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda.
52. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi olti oy muddatga to‘xtatiladi.
Ushbu Reglament 51-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Komissiyasi qarorining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlanadi.
53. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiya obyekti mavjud nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va akkreditatsiyalovchi organga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga asosan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
54. Akkreditatsiya obyekti tomonidan belgilangan muddatda harakatlar rejasi bajarilganligi haqidagi ma’lumot hamda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, ekspert guruhi rahbari akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida bildirgi taqdim etadi.
55. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatlarini o‘rganish, tashqi kompleks baholashni o‘tkazish tartibida amalga oshiriladi.
56. Hisobot taqdim etilgandan so‘ng ishchi organ tegishli qarorni qabul qilish uchun besh ish kuni ichida uning Komissiya majlisida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
57. Komissiya qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechikmay akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi.
58. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli davlat reyestrlariga va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilishi lozim.
7-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
59. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
yuridik shaxs (akkreditatsiya obyekti) tugatilganda;
akkreditatsiya obyektining guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turishiga sabab bo‘lgan holatlarni akkreditatsiyalovchi organ belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
akkreditatsiya sohasi buzilganda;
guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda.
60. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Komissiyaning qaroriga ko‘ra akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Komissiya qarori tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza ushbu Reglament 59-bandining to‘rtinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.
8-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
61. Akkreditatsiya obyektining nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, u yigirma ish kuni mobaynida mazkur o‘zgarishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning rekvizitlarini ko‘rsatib, uni qayta rasmiylashtirish uchun akkreditatsiyalovchi organni yozma ravishda xabardor etishi shart.
62. Akkreditatsiyalovchi organ nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat va ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtiradi hamda tegishli ma’lumotlarni akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankiga kiritadi.
9-bob. Akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq to‘lash tartibi
63. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
arizani ko‘rib chiqish uchun;
o‘zini o‘zi baholash natijalari va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun;
akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun;
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq akkreditatsiya obyektida o‘tkazilgan inspeksiya nazorati uchun.
Akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq to‘lash ularning natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya obyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
64. Arizani ko‘rib chiqish uchun olingan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
(64-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
qolgan mablag‘lar vakolatli organning maxsus bank hisobraqamiga.
b) YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
(64-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobraqamiga;
qolgan mablag‘lar vakolatli organning maxsus bank hisobraqamiga o‘tkaziladi.
65. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari uchun haq undirilmaydi:
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) va tugatish;
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
akkreditatsiya obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun.
10-bob. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish
66. Akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha Komissiyaning salbiy qarori chiqarilgan akkreditatsiya obyekti Komissiyaning qarorini olgan sanadan boshlab o‘n kalendar kuni mobaynida akkreditatsiyalovchi organga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan so‘ng o‘n kalendar kunidan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi.
67. Apellyatsiya komissiyasi har bir aniq apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga qarab shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi akkreditatsiyalovchi organ rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
68. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida bo‘lmagan akkreditatsiyalovchi organ vakillari, ekspertlar va texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlar orasidan shakllantiriladi. Bunda komissiya a’zolarining soni uch kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
69. Akkreditatsiyalovchi organ apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini hamda ekspert guruhi rahbarini apellyatsiya ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti vakili hamda ekspert guruhi rahbari apellyatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
70. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida akkreditatsiya obyektini yozma ravishda xabardor etadi. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kunidan oshmasligi kerak.
71. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
apellyatsiyani qanoatlantirish.
72. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, agar:
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
73. Apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
74. Akkreditatsiyalovchi organ ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yozma shaklda yuboradi.
75. Aynan bir masala bo‘yicha apellyatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Tibbiyot tashkiloti

Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini mustaqil ravishda yoki mustaqil ekspertlar ko‘magida o‘z-o‘zini baholaydi.

Tibbiyot tashkilotining xohishiga ko‘ra

II bosqich


Ariza beruvchi


Ishchi organ

Akkreditatsiya qiluvchi organga Markazlar yoki Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza beruvchi Markazlar yoki Yagona portal orqali arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi hamda o‘zini-o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun elektron shakldagi shartnomani yuboradi.

Hujjatlar nusxalarini ilova qilish bilan o‘zini-o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish uchun imkoniyat yaratadi.


Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra



2 ish kunida

III bosqich

Ariza beruvchi

O‘zini-o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun to‘lanadigan xizmat narxining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘laydi va akkreditatsiya standartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, o‘zini-o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.

10 ish kunida

IV bosqich

Ishchi organ

1. Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan o‘zini-o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini va to‘liqligini o‘rganadi:

a) agar o‘zini-o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusxalari izchil va to‘liq bo‘lsa, Ishchi organ o‘zini-o‘zi baholash va hujjatlarni tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish uchun xizmat narxini to‘liq to‘lash zarurligi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng murojaat etuvchiga Markazlar yoki Yagona portal orqali tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun xizmat umumiy narxining kamida 15 foizini oldindan to‘lash sharti bilan elektron shakldagi shartnomani yuboradi;

b) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan o‘zini-o‘zi baholash natijalar to‘liqsiz va nomuvofiq bo‘lganda, ishchi organ o‘zini-o‘zi baholash natijalari qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga qayta kiritilishi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali murojaat etuvchini xabardor qiladi

v) qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng ariza beruvchi to‘g‘rilangan va to‘ldirilgan ma’lumotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.


15 ish kunida











1 oy muddat ichida

V bosqich

Ishchi organ

2. Ariza beruvchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirganidan so‘ng Akkreditatsiya organi rahbarini ko‘rsatgan holda ekspertlar guruhining tarkibini buyruq bilan tasdiqlaydi, shuningdek, tibbiyot tashkilotining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.

3 ish kunida

VI bosqich


Ekspert guruhi





Ekspert guruhi rahbari

1. Joyida tashqi kompleks baholashni o‘tkazadi va tashkilotning boshqa manzilida joylashgan har bir tarkibiy bo‘linmasi, shu jumladan, filiallari bo‘yicha natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga alohida-alohida kiritadi.

Ma’lumotlar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilganidan so‘ng standart (blok)lar bo‘yicha to‘ldirilgan baholash varaqalari ekspert guruhi a’zolari tomonidan ekspert guruhi rahbariga topshiriladi.

2. Agar o‘tkazilgan tashqi kompleks baholash natijalari bo‘yicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, akkreditatsiya obyektiga ularni bartaraf etish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

Ishchi organga baholash natijalari bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimida shakllantirilgan yakuniy hisobotni yuboradi.

5 ish kunida


3 oy muddat ichida


3 oy muddat ichida

2 ish kunida

VII bosqich

Ishchi organ Akkreditatsiya organi

1. Akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali xabardor qiladi.

2. Tashqi kompleks baholash natijalarini ko‘rib chiqish uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.

Komissiya yig‘ilishidan so‘ng akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi.


2 ish kunida



2 ish kunida

VIII bosqich

Ishchi organ

1. Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qarori haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi va akkreditatsiya organi bilan tibbiyot tashkiloti o‘rtasidagi inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha shartnomani Markazlar orqali yoki Yagona portal orqali elektron shaklda yuboradi.


2 ish kunida

2. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolanganidan so‘ng, ishchi organ Nizomga 7-ilovaga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektiga elektron shaklda yuboradi.

2 ish kunida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

________________
‎(sana)‎

________________
‎(raqam)‎


‎ARIZA
‎I. Ariza mazmuni:

1. Akkreditatsiyani o‘tkazish.
‎2. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish.
‎3. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish (Tashkilotning nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda).
‎4. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish.
‎5. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish.
‎6. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish (tiklash).
‎7. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.‎‎

‎‎
‎II. Tibbiyot tashkiloti to‘g‘risida ma’lumot:

‎‎1. Yuridik shaxs nomi.
‎2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.
‎3. Pochta manzili.
‎4. Tibbiy faoliyat manzili.
‎5. Elektron pochtasi.
‎6. Telefon raqami.
‎7. Bank muassasasining nomi.
‎8. Bankdagi hisobraqami.
‎9. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (INN).

‎‎
‎III. Ilova qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati:

‎‎1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati: (bunda litsenziyaning amal qilish muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak).
‎2. Ilgari berilgan (amalda bo‘lgan) akkreditatsiya guvohnomasi bo‘yicha ma’lumotlar (uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan, kengaygan, qisqartirgan, to‘xtatib turilgan, bekor qilgan).
‎3. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.
‎4. Akkreditatsiya sohasi.

‎‎Ariza beruvchining akkreditatsiya qiluvchi organning tibbiy xizmat sifatini boshqarish axborot tizimiga o‘zini-o‘zi baholash natijalarini kiritishga roziligi, shuningdek, akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligi. Yuridik shaxsning elektron imzosi.

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturi

Sana, vaqt _______ dan _______ gacha.

Amalga oshirilgan choralar

Ekspert familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tibbiyot xodimini jalb qilish

(lavozimi ko‘rsatiladi)

Talab qilinadigan hujjatlar


Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA

‎Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini baholash varag‘i

‎‎Tibbiyot tashkilotining nomi:__________________________________________________________________

‎Pochta va tibbiy faoliyat manzili: _______________________________________________________________

‎Baholashni o‘tkazish vaqti ________________________________dan _______________________________gacha

‎Akkreditatsiya sohasi__________________________________________________________________________

‎‎Standart nomi

‎‎Standart bo‘limi _____________________________________________________________________________

T/r‎

Bandlari‎‎

Muvofiq‎‎

Nomuvofiq‎‎

Qo‘llanilmaydi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Baholashni o‘tkazish natijasi foizlarda___________________________________________________________

‎Baholovchining familiyasi va ismi_______________________________________________________________
‎‎Imzo_________________________
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA

‎‎Tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish hisoboti

‎‎Tibbiyot tashkilotining nomi:___________________________________________________________________

‎Akkreditatsiyani o‘tkazish oralig‘i________________________________________________________________

‎Tibbiyot tashkilotining manzili_________________________________________________________________

‎Tibbiyot tashkilotining rahbari_________________________________________________________________

‎Ekspert F.I.O._______________________________________________________________________________

‎Tashqi kompleks baholash natijasi:______________________________________________________________

‎Xulosa:_____________________________________________________________________________________

‎Taklif:_____________________________________________________________________________________




‎‎Ekspert guruhi rahbari F.I.O. va imzosi__________________________________________________________
‎‎20 yil “____” “_____________”
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
6-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎‎Tibbiyot tashkiloti rahbari

____________________________________
‎‎(F.I.O.)

‎imzo______________________________

‎ 20___y. “___”_____________

‎‎Tashqi kompleks baholashda aniqlangan akkreditatsiya standartlari
‎talablariga nomuvofiqliklarni bartaraf etish
‎HARAKATLAR REJASI

T/r‎

Akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar‎‎

‎‎Bartaraf etish choralari

‎‎Realizatsiya qilish mexanizmlari

‎‎Mas’ul shaxslar

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
7-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

‎Akkreditatsiya guvohnomasi

‎‎__________________________________________________________________________________joylashgan
(tibbiyot tashkilotining pochta manzili)‎

‎‎________________________________________________________________________________
‎(tibbiyot tashkilotining nomi)

‎‎tashqi kompleks baholash natijalari hamda Akkreditatsiya komissiyasining 20___yil “____” _____________dagi
__________ ‎qarori_________________bilan toifasini berish bilan 5 yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tgan deb tan olinadi.
‎Ushbu guvohnoma tibbiyot tashkilotining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlikni tasdiqlaydi

Rahbar_______________________‎
‎‎Guvohnomani berish sanasi 20 ___ “ ___ ” ______________

‎Registratsiya raqami №______________________________.
QR — kod‎
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
8-ILOVA
Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


I bosqich

Akkreditatsiya organi

Baholash bo‘yicha ekspertlar guruhining tarkibi va baholashni o‘tkazish vaqtini ko‘rsatib, inspeksiya nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqni chiqaradi;
inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq


II bosqich

Ekspert guruhi

1. Joyida baholashni o‘tkazadi.

2. Natijalar asosida tashqi kompleks baholash to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va ishchi organga taqdim etadi.

10 ish kunida

3 ish kunida


III bosqich

Ishchi organ

1. Baholash natijalarini tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

2. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini akkreditatsiya obyektiga yetkazadi.

3 ish kunida davomida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 09/21/16/0037-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son)