|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.01.2008
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FAXRIY UNVONLAR UChUN GONORARLAR VA QOʻShIMChA HAQ MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mazkur qarorning Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining va tarmoq akademiyalarining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari unvonlari uchun gonorarlar miqdoriga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasida taʼsis etilgan faxriy unvonlar nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Faxriy unvonlarga ega boʻlgan kishilarning ish haqi va pensiyalariga har oyda beriladigan gonorarlar hamda qoʻshimcha haq miqdorlari shu yil 1-iyuldan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, gonorarlar va qoʻshimcha haqni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar budjet, Pensiya jamgʻarmasi, shuningdek xoʻjalik hisobidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan gonorarlar va qoʻshimcha haqlarni toʻlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ilgari tugatilgan faxriy unvonlarga haq toʻlash bekor qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-noyabrdagi 536-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 600-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-iyun,
274-son
Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qoʻshimcha haq miqdorlari
|
Faxriy unvonlarning nomi |
Oylik gonorar va qoʻshimcha haq miqdorlari | |
| 1 |
2 | |
| 1. | Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi | respublikada belgilangan eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida |
| 2. | Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi | Fanlar akademiyasi akademigi gonorari miqdorining 70 foizi |
| 3. | Tarmoq akademiyasining haqiqiy aʼzosi | Fanlar akademiyasi akademigi gonorari miqdorining 60 foizi |
| 4. | Tarmoq akademiyasining muxbir aʼzosi | Fanlar akademiyasi akademigi gonorari miqdorining 50 foizi |
| 5. | Oʻzbekiston xalq yozuvchisi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 6. | Oʻzbekiston xalq shoiri | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 7. | Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 8. | Oʻzbekiston xalq rassomi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 9. | Oʻzbekiston xalq artisti | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 10. | Oʻzbekiston xalq hofizi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 11. | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar�obi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 12. | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi | respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida |
| 13. | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist | respublikada belgilangan eng kam ish haqining 80 foizi |
| | Boshqa tarmoqlarning xizmat koʻrsatgan xodimlari | respublikada belgilangan eng kam ish haqining 60 foizi |
| 14. | Xizmat koʻrsatgan arxitektor |
—”— |
|
15. |
Xizmat koʻrsatgan jurnalist |
—”— |
| 16. | Xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi | respublikada belgilangan eng kam ish haqining 60 foizi |
| 17. | Xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizatorchi |
—”— |
| 18. | Xizmat koʻrsatgan irrigator |
—”— |
| 19. | Xizmat koʻrsatgan qorakoʻlchi |
—”— |
| 20. | Xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi |
—”— |
| 21. | Xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi |
—”— |
| 22. | Xizmat koʻrsatgan aloqachi |
—”— |
| 23. | Xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi |
—”— |
| 24. | Xizmat koʻrsatgan binokor |
—”— |
| 25. | Xizmat koʻrsatgan sportchi |
—”— |
| 26. | Xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
—”— |
| 27. | Xizmat koʻrsatgan maishiy xizmat sohasi xodimi |
—”— |
| 28. | Xizmat koʻrsatgan transport xodimi |
—”— |
| 29. | Xizmat koʻrsatgan sport ustozi |
—�— |
| 30. | Xizmat koʻrsatgan paxtakor |
—”— |
| 31. | Xizmat koʻrsatgan pillachi |
—”— |
| 32. | Xizmat koʻrsatgan iqtisodchi |
—”— |
| 33. | Xizmat koʻrsatgan yurist |
—”— |
| 34. | Xizmat koʻrsatgan chorvador |
—”— |
| 35. | Xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi |
—”— |