Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQARO AVIATSIYASI XALQARO TAShKILOTI IShLARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida” Chikago (1944-y), konvensiyasiga haqiqatdan ham qoʻshilganligini hamda uning Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan organi — Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga 1992-yil 12-noyabrdan boshlab toʻla huquqli aʼzo etib qabul qilinganini hisobga olib, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining maqomi va fuqaro aviatsiyasi masalalari boʻyicha xalqaro huquqning yuridik jihatlari vakillik organlarining IKAO bilan davlat darajasida oʻzaro hamkorlik qilishini nazarda tutishini eʼtiborga olib, uning jahon hamjamiyatidagi ahamiyatini, shuningdek, hal etiladigan masalalar koʻlamining kengligini hisobga olib hamda fuqaro aviatsiyasi sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzilsin.
2. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
3. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining raisi etib Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi boshligʻi tayinlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Mudofaa, Makroiqtisodiyot va statistika, Ichki ishlar, Adliya, Moliya, Sogʻliqni saqlash vazirlarining oʻrinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi raislarining oʻrinbosarlari; “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktori; Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori, “Oʻzaeronavigatsiya” direktori; Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri; Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari — lavozimlariga koʻra va koʻrsatib oʻtilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining aʼzolari etib belgilansinlar;
(qaror 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
 LexUZ sharhi
3-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-apreldagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 271-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan har yilgi badalning, fuqaro tashkilotlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
(qaror 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga unga yuklatilgan vazifalarni hal etishda yordam koʻrsatsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-iyun,
271-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida tuzilgani hamda xalqaro fuqaro aviatsiyasi va respublika havo boʻshligʻidan foydalanish masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan idoralararo organ hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining normativ hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi.
3. Komissiya Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti va respublikada havo boʻshligʻidan foydalanish masalalari boʻyicha toʻla huquqli davlat organi hisoblanadi, uning qarorlarini bajarish barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar uchun majburiydir.
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga, bosma ish qogʻozlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xalqaro Fuqaro aviatsiyasi va havo boʻshligʻidan foydalanish sohasidagi muvofiqlashtirish va tartibga solish masalalari boʻyicha joriy kundalik ishlarni yuritish, komissiya ishlari uchun materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash uchun Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida Komissiyaning ishchi organi — kotibiyat tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
6. Komissiya raisi tuzilmani, shtat jadvalini va kotibiyatni mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.
7. Komissiya tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Komissiya aʼzolari vazifalarni jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari Komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari bu xodimlarning Komissiya tarkibida ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadilar.
Komissiya ishini Komissiya raisi, uning oʻrinbosari hamda lavozimi boʻyicha rais oʻrinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi kotib tashkil qiladilar va boshqaradilar.
8. Komissiya ishining asosiy shakli yiliga ikki marta oʻtkaziladigan kengashlar hisoblanadi. Kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal etish uchun navbatdan tashqari kengash chaqirilishi mumkin.
9. Komissiya kengashi unda aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda toʻla huquqli hisoblanadi. Qaror qabul qilish uchun Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
II. Vazifalari
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalqaro fuqaro aviatsiyasi, havo boʻshligʻini boshqarish va istiqbolni rejalashtirish sohasidagi uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish;
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida vakillik va IKAO faoliyatining barcha sohalarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash;
chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish, xalqaro hamjamiyatda respublikaning rolini oshirish;
1944-yilgi Chikago konvensiyasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqa konvensiyalardan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasi huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va boshqaruv boshqa organlarining tadbirlarini muvofiqlashtirib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
III. Funksiyalari
Komissiya:
respublikaning 1944-yilgi Chikago konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
IKAO faoliyatining asosiy masalalari boʻyicha respublikaning siyosiy, texnikaviy, iqtisodiy va mudofaa manfaatlarini hisobga olgan holda respublika nuqtai nazari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va uni tasdiqlaydi;
davlatning vakolatli organlari bilan birgalikda xalqaro havo yoʻllari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqadi;
respublika vakillarining IKAO sessiyalarida, konferensiyalarida va boshqa tadbirlaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, shuningdek, tayyorgarligi boʻlgan mutaxassislarni IKAOdagi rasmiy lavozimlarga hamda IKAO kotibiyatida kontraktlar boʻyicha ishlash uchun yoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlaydi;
respublikada qabul qilingan qoidalar va rasmiy marosimlarning IKAO standartlari va tavsiyalariga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ilgʻor chet el tajribasini respublika Fuqaro aviatsiyasi faoliyati amaliyotiga joriy qilishga doir tadbirlarni tasdiqlaydi, joriy etish natijalarini hisobga oladi va tahlil qiladi;
respublika Fuqaro aviatsiyasiga doir statistik maʼlumotlarni, IKAOga berilishi kerak boʻlgan boshqa axborotlarni tasdiqlaydi;
respublikaning IKAO faoliyatidagi ishtirokiga doir tajribani umumlashtiradi va uning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasining IKAOdagi ishtiroki bilan bogʻliq boʻlgan alohida masalalarni ishlab chiqish uchun Komissiya oʻz tarkibidan kichik komissiyalar, vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan esa IKAO faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishchi qoʻmitalar tuzadi. Kichik komissiyalar va ishchi qoʻmitalarning tarkiblari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 179-modda)