|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.10.2010
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1996-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini o‘tkazish, raqobat muhiti yaratilishini ta’minlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Narxlarni boshqarish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘ash va ularni ko‘rib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish bo‘yicha vazifalarni yuklash to‘g‘risida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 7-fevraldagi 34-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeni egallagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 19-sentabrdagi 323-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartib:
Monopolistik korxonalar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
narxlari Hukumat tomonidan yoki o‘z vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlarni shakllantirishda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat mablag‘lari yoki Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan qurilish obyektlarida foydalaniladigan tovarlari (ishlar va xizmatlari).
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Qolgan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Tartib birjalarning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yig‘imlari miqdorini shakllantirishda ham qo‘llanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
3. Narxlarni davlat yo‘li bilan tartibga solish:
monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga ko‘ra belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda narxlarni tartibga solishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mahsulotlari (tovarlari, xizmatlari)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar)ni, shu jumladan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
II. MONOPOLIST KORXONALARNING MAXSULOTLARIGA NARXLARNI DAVLAT YO‘LI BILAN TARTIBGA SOLISh
5. Monopol yuqori va monopol past narxlar belgilanishining (demping narxlar belgilanishining), xaridorgir mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga narxlar asossiz oshirilishi (pasaytirilishining, ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z natijasiga ko‘ra raqobatning cheklanishiga va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari kamsitilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olish, cheklash va ularga barham berish maqsadida monopolistlarning mahsulotlari (xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.
6. Muayyan sifat va turdagi mahsulotlar, xizmatlar va xalq iste’mol tovarlari aniq guruhlari va turlarining tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasining tovar bozorlarida harakat qiluvchi Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Davlat reyestri deb ataladi) kiritiladi.
7. Davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan paytda amalda bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyekt mahalliy yoki respublika bozorlarida ular bo‘yicha monopolist hisoblangan mahsulotga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) yoki rentabellik oshirilishi to‘g‘risida asosiy iste’molchi bilan yangi narxlar (tariflar) kelishilgandan keyin tegishli moliya organlariga deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar.
8. Monopolist korxonalar tomonidan narxlarning pasaytirilishi mustaqil amalga oshiriladi. Bunda raqobatni cheklash maqsadida monopolist tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar pasaytirilishiga (demping narxlar belgilanishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Bir xil mahsulot (xizmat)ning o‘zi bir necha iste’molchiga (buyurtmachiga) yetkazib berilgan taqdirda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotilayotgan asosiy iste’molchi (buyurtmachi) bo‘yicha narxlar (tariflar) oshishi, yoki hammasi bo‘lib mazkur mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotiladigan bir necha iste’molchi (buyurtmachi) bo‘yicha oldingi oyda shakllangan o‘rtacha narxlar (tariflar) to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etiladi.
10. Monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar) va rentabellikka deklaratsiya taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
11. Deklaratsiya uchun taqdim etilgan materiallar bo‘yicha tegishli moliyaviy organ bir hafta muddatdan kechikmay qaror qabul qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi cheklangan deklaratsiya taqdim etilgan narxlar (tariflar) yoki rentabellik joriy etilishi sanasi etib uning tegishli moliya organida ro‘yxatga olingan sana hisoblanadi. Deklaratsiya nusxasi yoki narxlar (tariflar)ni ro‘yxatga olish rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga va davlat monopoliyaga qarshi organiga yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
12. Monopol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya organlaridan hujjatlar olingandan keyin bir hafta muddatda iste’molchilarni moliya organlari tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
13. Moliya organlariga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinishi bo‘yicha materiallarni taqdim etgan korxonalar, agar moliya organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni taqdim etilgan loyihadan past darajada ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda iste’molchilar bilan keyinchalik hisob-kitob qilgan holda ular bilan kelishilgan narxlar (tariflar) bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni davom ettiradilar. Agar moliya organlari tomonidan monopolist tomonidan pirovard iste’molchiga emas, balki vositachi korxonalar, va tashkilotlarga yoki savdoga sotilgan mahsulotga loyihalashtirilayotgan narxlar (tariflar)ni pasaytirish yoki ilgari amalda bo‘lganlarini saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda haqiqatda sotilgan narxlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan narxlar o‘rtasidagi farq summasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) o‘tkaziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
IV. BELGILANGAN NARXLAR (TARIFLAR) VA USTAMALAR BELGILASh TARTIBI
17. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda o‘z vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha ularning ijtimoiy va iqtisodiy asoslanishi hollarida belgilangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
V. MAHSULOTLAR, TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA NARXLAR ShAKLLANIShI VA QO‘LLANILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
18. Belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qo‘llashning to‘g‘riligi ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘tkazilgan tekshirishlar va tahlillar asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni davlat yo‘li bilan tartibga solish tartibi buzilishi natijasida olingan summalarni iste’molchilarga qaytarish, yoxud iste’molchilarni aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda — maxsus tranzit hisob raqamiga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qiladi, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan va amalda tushgan mablag‘lar va jarimalar hisobini yuritadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
20. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qo‘llash tartibi buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish, birja savdolari va auksionlar natijasida shakllangan monopolist korxonalar mahsulotlari narxlari bundan mustasno;
(20-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
moliya organlariga narxlar (tariflar) to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish yoki rentabellik, ularning oshib ketishiga olib keluvchi ustamalarning cheklangan darajasini belgilash uchun ishonchsiz axborot taqdim etilishi;
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda foydalanilmagan materiallar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarning buyurtmachi yoki pudratchi tomonidan iqtisodiy jihatdan asoslanmagan holda shakllantirilishi va ularning oshirilishi, davlat mablag‘lari va Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar hajmiga qo‘shib yozish.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yig‘imi cheklangan miqdorining tovar-xomashyo birjalari tomonidan oshirib yuborilishi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji sotish narxidan past narxlarda sotish.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 569-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qo‘shimcha daromad (foyda) olish mazkur Tartibning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qo‘yilmaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi 63-sonli qaroriga muvofiq to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 15-son, 126-modda)
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni shakllantirish va qo‘llash tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar oshirilgan narxlar va tariflar (qo‘shimcha haq, ularga chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan amaldagi tushum bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq shakllangan narxlar va tariflar (ularga qo‘shimcha haq, chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) bo‘yicha mana shu mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Mahsulot (tovarlar)ning sotish narxlarini sotish narxlariga savdo, ta’minot-sotish, ulgurji va boshqa ustamalarni qo‘shib shakllantiruvchi va qo‘llovchi savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot-sotish korxonalari, vositachilik tashkilotlari va tashkilotlar uchun olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan summa quyidagicha belgilanadi:
oshirilgan ustamalar qo‘llangan hollarda — mahsulotlar (tovarlar)ni sotishdan olingan ustamaning amaldagi summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlangan ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda belgilangan narxlarga belgilangan ustamalar qo‘llanilgan hollarda — oshirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan mahsulotning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan mahsulotning xuddi shu hajmiga ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida.
Mahsulotlariga, iste’molchilarga qaytarish rentabelligining cheklangan darajalari belgilangan korxonalar uchun umuman mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) guruhlari (turlari) bo‘yicha rentabellikning cheklangan darajasini oshirish hisobiga olingan va iste’molchilarga qaytarilmagan yoxud korxonalar tomonidan choraklik hisob-kitoblar asosida maxsus tranzit hisob raqamiga kiritilmagan summa olib qo‘yilishi kerak.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
22. Ushbu Tartibni buzish natijasida olingan mablag‘lar (mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qo‘llashdan olingan tafovutdan tashqari) iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda maxsus tranzit hisob raqamiga undirib olinadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qo‘llashdan olingan tafovut iste’molchilarga qaytariladi yoxud, iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, tegishli budjetga undirib olinadi.
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish tartibini buzganlik uchun ushbu Tartibning 28-bandida belgilangan hollarda va miqdorlarda jarima undiriladi.
Monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlarni birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining o‘rtacha olingan narxlarida sotishda ularga nisbatan deklaratsiya qilingan cheklangan narxni oshirganlik uchun sanksiyalar qo‘llanmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jarima qonunni buzishning butun davriga qo‘llaniladi va xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidan va uning budjet bilan o‘zaro munosabatlaridan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan foydadan undiriladi, mazkur Tartibning 28-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunsiz olingan mablag‘lar olib qo‘yilishi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
25. Maxsus tranzit hisob raqamiga olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yo‘l qo‘ygan korxonalarda soliqlarning va boshqa to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi korxonadan olib qo‘yiladigan summa pasaytirilishi hisobiga o‘tkazilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
26. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari sudning noqonuniy olingan mablag‘larni undirish va ushbu Tartib buzilganligi uchun jarima solish to‘g‘risidagi qarorini olgandan keyin bir oy muddatda ushbu mablag‘larni maxsus tranzit hisob raqamiga undirish choralarini ko‘radi.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablag‘larning 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
28. Ushbu Tartibning buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ularni iste’molchilarga qaytaradi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkazadi. Bu holda jarima qo‘llanmaydi.
(28-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Ushbu Tartibning buzilganligi monopoliyaga qarshi organ tomonidan aniqlangan taqdirda 10 foizdan 20 foizgacha miqdorda jarima qo‘llanadi, xuddi shunday buzilish jarima qo‘llangandan keyin bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda ushbu Tartibning 22-bandi birinchi va ikkinchi xatboshiga muvofiq qaytariladigan (olib qo‘yiladigan) summaning 20 foizdan 50 foizigacha miqdorda jarima qo‘llanadi, alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga:
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 20 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
aynan shu qonun buzilishi bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jarima qo‘llanadi.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulot qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxi bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Jarima solish sud tartibida amalga oshiriladi, tayyorlovchilar (ijrochilar, sotuvchilar) tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa — davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan miqdordagi jarimani undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 569-modda)
29. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan boshqarish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda mablag‘larni olib qo‘yish bunday qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob schyotidan amalga oshiriladi.
30. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (yozma ko‘rsatmasi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
31. Noto‘g‘ri olib qo‘yilgan mablag‘lar va jarimalarni qaytarish monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga ko‘ra, yoxud sud qaroriga ko‘ra maxsus tranzit hisob raqamiga tushayotgan mablag‘lardan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha foizlar qo‘shgan holda amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)