1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat taʼminotida boʻlishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat taʼlim muassasalari faoliyatini moliyaviy taʼminlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish toʻlovidan iborat boʻladi. Bunda taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga pul nafaqalari 2026-yil 1-dekabrga qadar naqd pul shaklida yoki bank kartalari, shu jumladan ijtimoiy karta orqali, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab esa faqat ijtimoiy karta orqali toʻlanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba) ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
21. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan bitiruv nafaqasi oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chetlashtirilgan (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi bundan mustasno) talabalarga ham ular mehnat shartnomasi asosida oʻzlarining bandligini taʼminlagan hamda uch oylik ish haqi olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda beriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular oʻqishdan chetlatilgan taʼlim muassasasi tomonidan beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
3. Quyidagilar:
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band toʻrtinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-noyabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
2. Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab oʻqishni tamomlagunga qadar toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
3. Ushbu Nizom:
a) quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab taʼlim muassasalarida, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga;
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan davrida yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlib qolgan hamda homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmaganligi sababli toʻliq davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba);
b) quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga;
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim yoʻnalishi, taʼlimning sirtqi shaklida taʼlim olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili oʻqishga qabul qilinmagan talabalarga.
4. Toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish toʻlovidan iborat boʻladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oʻquvchi (talaba)lar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan, 2-ilovaga muvofiq kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, oʻquvchi (talaba)larga ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilganligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganligi, vafot etganligi munosabati bilan oʻqishdan chetlatilganlik bundan mustasno), ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan oʻquvchi (talaba)lar bundan mustasno.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
5. Agar oʻquvchi (talaba)ning yashash joyi u taʼlim olayotgan taʼlim muassasasi joylashgan joydan 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, oʻquvchi (talaba)lar transportda yurish toʻlovlari bilan taʼminlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga toʻlganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi toʻhtatilgan yoki bekor qilingan oʻquvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari berib boriladi.
Ushbu pul mablagʻi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga toʻlanmaydi.
7. Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan vaqtida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ushbu muassasalarni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgandan soʻng ham toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan ushbu toifadagi talabalar ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
8. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchi (talaba)larga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu oʻquvchi (talaba)larga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa oʻquvchi (talaba) muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizom.
Tuman (shahar) hokimining qarori oʻquvchi (talaba)ning toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar toifasiga kirishiga asos hisoblanadi.
Ushbu toifadagi oʻquvchi (talaba)larga taʼlim muassasasini bitirayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — budjet) berilishi belgilangan bir yoʻla toʻlanadigan bitiruv nafaqasi berilmaydi.
81. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(81-band Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
2-bob. Oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek transportda yurish toʻlovini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
9. Taʼlim muassasasida oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy taʼminot yordami), shuningdek, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish yuzasidan murojaatlarni oʻrganish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
10. Ishchi guruh tarkibiga muassasaning tegishli xodimlari kiritiladi va muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi guruh kamida yetti kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ishchi guruh rahbari — muassasa rahbari;
ishchi guruhning masʼul kotibi — muassasa rahbarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
muassasa yuriskonsulti;
muassasa buxgalteri;
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolaning guruh rahbari yoki murabbiyi;
11. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
12. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari (murabbiy) yoki ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirishda oʻquvchi (talaba)larga muqaddam ushbu nafaqa berilmaganligini aniqlash uchun ularni boshqa taʼlim muassasalarini bitirgan yoki ulardan oʻqishdan chetlatilganda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali tekshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
13. Oʻquvchi (talaba) ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
14. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi berish masalasini hal qilish uchun guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan ishchi guruhga oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
a) oʻquvchi (talaba)ning arizasi;
b) tuman (shahar) hokimining oʻquvchi (talaba)ni davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish yoki toʻliq davlat taʼminotiga olish haqidagi qarori nusxasi;
v) oʻquvchi (talaba)ning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
g) oʻqishdan chetlashtirilgan talabaning uch oy ishlaganligi hamda ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
d) oʻquvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
15. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi.
16. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruhning qarori qabul qilinadi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ishchi guruh tomonidan barcha hujjatlar toʻliq, asoslangan holda taqdim etilganligi aniqlanganda oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish toʻgʻrisida, aksincha taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda nafaqa berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ishchi guruh tomonidan qaror nusxasi uch ish kunida oʻquvchi (talaba)ga yetkaziladi.
Oʻquvchi (talaba) qaror nusxasini olgan kundan boshlab bir oy davomida tegishli kamchiliklarni bartaraf etgan holda nafaqa olish boʻyicha ishchi guruhga qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
17. Ishchi guruh rahbari va aʼzolari ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruh qarorining qonuniyligi va uning toʻgʻri qabul qilinganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
3-bob. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berishni rasmiylashtirish tartibi
18. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
19. Muassasa buxgalteri tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada soʻrovnoma tuziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
20. Soʻrovnomaning bir nusxasi uch ish kunida tegishliligi boʻyicha budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning moliya-iqtisod boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — moliya organlari) taqdim etiladi.
21. Soʻrovnoma muassasaning birinchi bosqichiga qabul qilingan oʻquvchi (talaba)lar uchun har yili 15-sentabrgacha, boshqa oʻquvchi (talaba)larga esa kelgusi yil uchun joriy yilning 15-dekabriga qadar shakllantiriladi.
Muassasada taʼlim olayotgan davrida toʻliq davlat taʼminotiga olingan oʻquvchi (talaba)lar uchun soʻrovnoma u toʻliq davlat taʼminotiga olingandan soʻng 15 kun ichida shakllantiriladi.
22. Moliya organlari tomonidan soʻrovnomaga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muassasaning xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali mablagʻ ajratiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordamini berish tartibi
23. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berish ularning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
24. Oʻquvchi (talaba)larning xohishiga koʻra ijtimoiy taʼminot yordamini olish uchun toʻlanadigan pul mablagʻlarining oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari berilishi mumkin.
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatda belgilangan ashyoviy taʼminot buyumlari orasidan oʻzi istagan buyumlarni koʻrsatgan holda oʻquvchi (talaba)ning muassasa rahbari nomiga yozgan arizasiga binoan beriladi.
25. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Ijtimoiy taʼminot yordami oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul oʻtkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qoʻydirish talab etilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
26. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan davr uchun toʻlanmay qolgan ijtimoiy taʼminot yordami keyingi toʻlovlarga qoʻshib toʻlanadi.
5-bob. Oʻquvchi (talaba)larni transportda yurish toʻlovi bilan taʼminlash tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
27. Transportda yurish toʻlovi umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan hududlarda oylik tarif rejalari asosida oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasi orqali amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy kartada transport karta funksiyasini faollashtirish bepul amalga oshiriladi.
Agar oʻquvchi (talaba) oʻqiydigan tuman (shahar)da yoki aholi punktida bu turdagi avtomatlashtirilgan tizim boʻlmasa, u holda ularga jamoat transportida yurishlari uchun tegishli oylik tarif rejasi miqdoridagi pul mablagʻi oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
28. Transportda yurish toʻlovi muassasalarning xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
29. Transportda yurish toʻlovi muassasalar tomonidan oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻqish davrida tarif amal qiladigan oydan oldingi oy tugashiga kamida ikki kun qolganida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
30. Transportda yurish toʻlovi oʻqish davri uchun amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6-bob. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish tartibi
31. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi bir marta, ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda oʻzi taʼlim olgan taʼlim muassasasidan beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari bitiruvchilariga bitiruv nafaqasi ular ishga qabul qilinayotganda, ushbu muassasalardan beriladi.
Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular tomonidan mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etilgan taqdirda beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
32. Agar oʻquvchi (talaba) umumiy oʻrta taʼlim muassasasining 11-sinfini yoki muassasani bitirib, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan taqdirda, unga bitiruv nafaqasi oʻzi taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
33. Bitiruv nafaqasi har yili 1-sentabrgacha bitiruvchining ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan eʼtiboran uch oy ichida uning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
34. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Bitiruv nafaqasi oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul oʻtkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qoʻydirish talab etilmaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
35. Bitiruvchi oʻz xohishiga koʻra bitiruv nafaqasi oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olishi mumkin.
61-bob. Oʻquvchi (talaba)larning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlarni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy taʼminot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasalari rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
353. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar taʼlim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
354. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
(354-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
355. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ga oʻquv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda toʻlab beriladi.
Bunda, oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) oʻquvchi (talaba) hamda taʼlim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
(61-bob Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
7-bob. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
36. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini moliyalashtirish budjet mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
37. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori ular taʼlim olayotgan muassasalar tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan muassasalarning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
38. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari uchun sarflanadigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti tegishli taʼlim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
39. Muassasalar tomonidan har oʻquv yili yakunida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobot tayyorlanadi hamda iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.
Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ushbu hisobotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
40. Asossiz ravishda toʻlangan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
41. Muassasalarning ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini toʻlash bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalarini asosli tayinlash va toʻlash tartibiga rioya qilinganligi va moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligi boʻyicha ishchi guruh rahbariga;
ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalari uchun ajratilgan mablagʻlarning muassasalarga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazib berilishi boʻyicha iqtisodiyot va moliya organi rahbariga;
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab berilishi boʻyicha muassasa rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
43. Ushub Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash
1. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha almashtirish jadvaliga muvofiq ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida almashtirishga ruxsat etiladi.
2. Muassasalar va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud boʻlmaganda, shuningdek, faqat bir martalik issiq ovqat mavjud boʻlganda, oʻquvchi (talaba)larga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) toʻliq yoki qisman oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga oʻtkaziladi yoki naqd pul shaklida beriladi.
(izohning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
3. Muassasalarda boshqa shaharlardan kelgan yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular muassasaga yetib kelgan vaqtdan boshlab oʻqishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash
NORMALARI
T/r
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar nomi
Oʻlchov birligi
Biroʻquvchi (talaba) hisobiga
Oʻgʻil bolalar uchun
Qiz bolalar uchun
soni
foydalanish muddati (yil)
soni
foydalanish muddati (yil)
Kiyim-bosh
1.
Qishki palto
dona
1
3
1
3
2.
Mavsumiy palto, kurtka
dona
1
2
1
2
3.
Oʻqish uchun kostum:
dona
1
2
1
2
4.
Qishki
toʻplam
1
1
1
1
5.
Yozgi
toʻplam
1
1
1
1
6.
Oʻqish uchun ip gazlamadan tikilgan oq koʻylaklar
dona
2
2
2
2
7.
Sport formasi va ketalar
toʻplam
2
2
2
2
8.
Oʻgʻil bolalar uchu kostumlar
toʻplam
3
2
9.
Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)
dona
3
2
10.
Qizlar uchun uy xalatlari
dona
2
2
11.
Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar
dona
3
1
12.
Bayramlar uchun qishki kostum yoki koʻylak
dona
1
2
1
2
13.
Bayramlar uchun yozgi kostum yoki koʻylak
dona
1
2
1
2
14.
Jun sviter (jemper)
dona
1
2
1
2
15.
Qizlar uchun reytuzalar
dona
2
1
16.
Yozgi bosh kiyim
dona
1
1
1
1
17.
Qishki bosh kiyim
dona
1
2
1
2
18.
Dastroʻmol
dona
4
1
4
1
19.
Uyshimlari (jinsilar)
dona
1
1
1
1
20.
Oʻgʻil bolalar uchun shimkamarlari
dona
1
1
21.
Yarim jun sharflar
dona
1
3
1
3
22.
Qoʻlqoplar (panjasiz qoʻlqoplar)
juft
1
3
1
3
23.
Byustgalter
dona
3
1
24.
Qizlar uchun triko
dona
5
1
25.
Kalta sport ishtonlari
dona
2
1
26.
Shortilar
dona
1
1
1
1
27.
Mayka
dona
3
1
28.
Futbolka
dona
2
1
2
1
29.
Ip gazlama paypoqlar, golflar
juft
5
1
5
1
30.
Tungi koʻylaklar, pijamalar
ta
2
1
2
1
31.
Kolgotkalar
juft
5
1
32.
Choʻmilish koʻylagi, plavkilar
ta
1
1
1
1
Poyabzal
33.
Botinkalar, tuflilar, krossovkalar
juft
3
1
3
1
34.
Shippaklar
juft
2
1
2
1
35.
Etiklar, qishki botinkalar
juft
1
1
1
1
Ashyoviy taʼminot buyumlari
36.
Portfellar, sumkalar
dona
2
3
2
3
37.
Jomadon
dona
1
5
1
5
38.
Choyshablar
dona
3
2
3
2
39.
Koʻrpa choyshablari
dona
2
3
2
3
40.
Kichik yostiq jildi
dona
1
4
1
4
41.
Katta yostiq jildi
dona
3
3
3
3
42.
Sochiq
dona
3
2
3
2
43.
Paxmoq sochiq
dona
3
3
3
3
44.
Jun yoki momiqli adyol
dona
1
6
1
6
45.
Paxmoq adyol
dona
1
4
1
4
46.
Toʻshak
dona
1
4
1
4
47.
Yostiq
dona
1
6
1
6
48.
Toʻshak qoplamasi
dona
1
6
1
6
49.
Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha
dona
1
6
1
6
Shaxsiy gigiyena buyumlar
50.
Tish pastasi
dona
12
1
12
1
51.
Tish choʻtkasi
dona
3
1
3
1
52.
Kir sovun
dona
12
1
12
1
53.
Atirsovun
dona
24
1
24
1
54.
Kir yuvish poroshoklari
oʻram (400 g.)
12
1
12
1
55.
Soqol olish buyumlari
dona
12
1
5
1
56.
Taroq
dona
2
1
2
1
57.
Hojatxona qogʻozi
oʻram
24
1
24
1
58.
Shampun
dona (200 g.)
12
1
12
1
59.
Dezodorant (aerozol)
dona
6
1
6
1
60.
Gigiyena qistirmalari
oʻram
(10 tadan)
12
1
61.
Momiq
oʻram
(200 g.)
4
1
62.
Poyabzal moyi
tyubik
6
1
6
1
63.
Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson
flakon (100 — 150 g.)
6
1
64.
Badanni yuvish uchun gubka
dona
2
1
2
1
65.
Togʻora
dona
1
3
1
3
Izoh: Muassasalar rahbarlariga koʻrsatib oʻtilgan taʼminot normalariga yangi fasonlarni va oʻquvchi (talaba)lar xohishini hisobga olgan holda ushbu maqsadlar uchun oʻquv muassasasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
SXEMASI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi
Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini hal qilish uchun murojaatlarni oʻrganish boʻyicha muassasada tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etadi.
Oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida
3-bosqich
Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh
1. Oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida
4-bosqich
Taʼlim muassasasi rahbari
Ishchi guruhning qarorini tasdiqlaydi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.
Ishchi guruhning qarori qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida
5-bosqich
Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) ni xarid qilish xarajatlari (soʻm)
Asos
Umumiy miqdori (soʻm)
Nafaqa
Oziq-ovqat
Kiyim-bosh va poyabzal
Shaxsiy gigiyena buyumlari
Ashyoviy taʼminot buyumlari
Transportda yurish toʻlovi
Bitiruv nafaqasi
Taʼlim muassasasi rahbari:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Bosh buxgalter:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Muassasa nomi:_____________________________________________________________ Muassasa joylashgan tuman (shahar) _____________________________________________
T/r
Ijtimoiy taʼminot yordami turi
Oʻlchov birligi
Yil boshidan
1.
Ijtimoiy taʼminot yordami uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdori
soʻm
2.
Qaydnomaga asosan berilgan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari miqdori
soʻm
3.
Qaydnomaga asosan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar soni
nafar
4.
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini olish yuzasidan arizalar soni
nafar
5.
Koʻrib chiqilgan arizalar soni
nafar
6.
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlar soni
dona
7.
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar soni
dona
8.
Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdori
soʻm
9.
Qaydnomaga asosan berilgan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun berilgan mablagʻlar miqdori
soʻm
10.
Qaydnomaga asosan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻ olayotgan oʻquvchi (talaba)lar soni
nafar
Taʼlim muassasasi rahbari:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Bosh buxgalter:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
20____ yil “____” ______________
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama oʻrganadi va oʻrganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi”;
“Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga taʼlim-tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi”;
d) 71-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar”;
“73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, bolaga nisbatan vasiy yoki homiy belgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa belgilanadi.
Har ikki holatda ham bolaning ota-onasidan rozilik arizasi talab etilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-yil, 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 204-bandi ikkinchi xatboshisiga “shuningdek FHDY organlari” soʻzlaridan keyin “vasiylik va homiylik organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 48-49-son, 485-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 22-23-son, 199-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 43-son, 435-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)